O’zbek onasi mushtipar ham o‘zing, buyuk ham o‘zing


Download 340.47 Kb.
Pdf ko'rish
Sana28.12.2022
Hajmi340.47 Kb.
#1010750
Bog'liq
O\'zbek onasi



O’ZBEK ONASI
Mushtipar ham o‘zing, buyuk ham o‘zing, 
Kuyinchak ham o‘zing, kuyuk ham o‘zing, 
Olamga tatirlik suyuk ham o‘zing, 
Payt keldi aytmoqqa, gapning xonasi
Ey, o‘zbek onasi, o‘zbek onasi. 
Seni To‘maris deb, maqtaganim bor, 
Sen Temur beshigin tebratgan bedor
Sensan Bibixonim, Nodirai zor, 
Payt keldi aytmoqqa, gapning xonasi, 
Ey, o‘zbek onasi, o‘zbek onasi. 
Vatanni Ona deb bekor aytilmas
Ona buyurganda yo‘ldan qaytilmas, 
Sen o‘zing Ka’bamsan, Baytul muqaddas
Payt keldi aytmoqqa, gapning xonasi, 
Ey, o‘zbek onasi, o‘zbek onasi. 
Boshingdan nimalar o‘tmadi axir, 
Vatandek taqdiring bo‘ldi goh taxir, 
Bobur shoh bo‘lsa-da, qoshingda faqir
Payt keldi aytmoqqa, gapning xonasi, 
Ey, o‘zbek onasi, o‘zbek onasi. 
Kelajak toychog‘u toyingizdadir, 
Jannat ham, albatta poyingizdadir, 
Vatan-ku, Siz turgan joyingizdadir
Payt keldi aytmoqqa, gapning xonasi 
Ey, o‘zbek onasi, o‘zbek onasi... 
Abdulla Oripov "Saylanma"

Download 340.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling