O‘zbek she’riyatida folklor an’analari


Download 20.78 Kb.
bet1/2
Sana06.08.2022
Hajmi20.78 Kb.
#791154
  1   2
Bog'liq
Ahmatova Muxlisa. maqola
KIMYO mustaqil ish, Samarqand davlat universiteti, Samarqand davlat universiteti, Samarqand davlat universiteti, 2 5456627474211280183, ASOSIY QISM



O‘ZBEK SHE’RIYATIDA FOLKLOR AN’ANALARI
Ahmatova Muxlisa
Samarqand davlat universiteti magistranti
Annotatsiya: O’zbek she’riyatida folklor an’analarining namunalarini mumtoz adabiyot siymolari A.Navoiy, Atoiy va zamonaviy adabiyot namoyandalaridan A.Oripov, A.Qutbiddinlar ijodi misolida tahlil qilindi. Folklor va mumtoz adabiyotning o’zaro munosabati o’rganildi. Maqol janrining she’riyatdagi o’rni va ta’sir doirasi ko’rib chiqildi.
Kalit so’z: folklor, she’riyat, motiv, maqol, pari, daraxt, jamiyat, olqish, qarg’ish, ibora.

Yozma adabiyot bilan folklor o‘rtasidagi ijodiy aloqalar o‘ziga xos badiiy an’ana bo‘lib, muayyan estetik qonuniyatlar doirasida kechayotgan jarayondir. Bu ijodiy aloqalar natijasida badiiy ijodda yuzaga kelgan ko‘plab syujet, motiv, obrazlar, mavzu va badiiy detallar yozma adabiyotga ko‘chib, ijodkor badiiy niyati va poetik iqtidoriga bog‘liq holda, o‘ziga xos tarzda talqin qilina boshladi. Binobarin, folklorning yozma adabiyotga ko‘rsatgan ijodiy ta’siri hamda shoirlarning xalq og‘zaki ijodidan foydalanishdagi badiiy mahoratining o‘ziga xos qirralarini yoritib berish adabiyotimiz taraqqiyoti bilan bog‘liq ijodiy jarayonlarga daxldor g‘oyat muhim nazariy masalalarni keng qo‘llashda asos bo‘ladi.


Klassik adabiyotimizning cho‘qqisi – Alisher Navoiy asarlaridagi maqol va hikmatlar bir tomondan, xalqning o‘sha zamondagi turmushi ruhoniyatini o‘rganishga yordam bersa, ikkinchidan, shoirning xalq ijodidan bahramand bo‘lishdagi badiiy mahoratini, bu sohada ham ustoz san’atkor ekanligini namoyish qiladi. Adabiyotshunos Muhammadjon Hakimov Alisher Navoiy asarlarida maqol, matal, hikmatli so‘zlar shu darajada ko‘pki, ularni o‘qib og‘zaki badiiy ijodning yashirinib yotgan bir qismi shoirning badiiy merosini o‘zlashtirish jarayonida yaqqol ko‘rinadi, desak bo‘ladi. Navoiyning “Xazoyin ul maoniy”dagi g‘azallarida qo‘llangan maqollar aslida tarqoq holdagi injuni eslatishini yozadi. Quyida Navoiy g‘azallarida uchraydigan folklor namunalaridan ayrimlarin keltirib o‘tamiz. Zero, adabiyot va adabiyotshunoslik tarixi Navoiydan boshlanadi. Navoiysiz adabiyotga kirish, tadqiq qilish aslo mumkin emas. Biz shunday yo‘ldan bormoqchimiz.

Ey Navoiy, xasta ko‘nglimga madaddir novaki,


Rost andog‘kim, zaif elg‘a berur quvvat aso.1
Jismimdan oqib qoni, paykoni ayon bo‘ldi,
Shox uzra bo‘lur doim gul ketsa samar paydo.
Jism uyidin ko‘ngil tilar ul ko‘yni vale
G‘urbat suubatin kishi bilmas vatan aro.
May batining ko‘r nishotafoziligin huzn ahliga
Kim, kuyar o‘lu quruq chun naystonga tushdi o‘t.
Ey ko‘ngil ishq ichra yo‘q shoh-u gadoga imtiyoz:
O‘t aro tengdir quruq yol ul yog‘ochning xirqati.

Sen o‘z xulqingni tuzgil, bo‘lma el axloqidin xursand,


Kishiga chun kishi farzandi hargiz bo‘lmadi farzand.
Atoyining “Ul sanamkim...” deb boshlanuvchi g‘azalida ham xalq iboralari g‘oyat ta’sirchan tarzda ifodalangan. G‘azalning matlaasida xalq og‘zaki ijodida tez-tez uchrab turadigan, go‘zallikka nisbatan “bir qoshiq suv bilan yutib yuborgudek” iborasi qo‘llangan.

Ul sanamkim, suv yoqosinda paritek o‘lturur,


G‘oyati nozikligidin suv bila yutsa bo‘lur.2

Ma’shuqaning go‘zalligi, tiniqligi, pokizaligi shunchalikki, u qo‘lini suvda yuvib tozalamaydi, balki qo‘lni yuvib suvni poklaydi. Tadqiqotchi Laylo Sharipova mubolag‘a san’ati ham yozma adabiyotga folklordan o‘tganligini e’tirof etadi.


U ilikkim suvdan oriqdir, yumas oni suvda,


Balki suvni pok bo‘lsin deb iligi birla yur.
Istiqlol adabiyotida folklorga xos obrazlar Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, To‘ra Sulaymon, Xurshid Davron, Usmon Azimov, Abduvali Qutbiddinlar tomonidan muvaffaqiyatli qo‘llanildi. Folklorizmlar namunalari shoirlar maqsadini ro‘yobga chiqarishda badiiy vosita bo‘lib xizmat qildi. Vatan, erk, ozodlik kabi insonparvarlik tuyg‘ularini tarannum etadigan so‘zlar folklorizm namunalari bilan sintezlashib yagona zamonaviy she’riyatni vujudga keltirishga xizmat qildi.
Abduvali Qutbiddin she’riyati o‘zbek adabiyotida favqulodda voqea bo‘lgan she’riyat desak adashmaymiz. Shoir she’riyatida folklor an’analaridan tortib, mumtoz adabiyot ohanglarigacha, tasavvuf falsafasidan tortib, modern, ya’ni zamonaviy she’riyat tasvir ifodalarigacha bo‘lgan yuqori darajadagi she’rlarni ko‘rish mumkin. Uning “G‘ayriy daraxt” she’ri metaforalar hisobiga qurilgan ramziy xarakterdagi she’rdir. Daraxtning inson shajarasi bilan bog‘liqlik jihatlari mavjud. Shoir daraxt deyilganda insonlar tomonidan tabiatga qoldirilgan izni, o‘zgarishlarni tushunadi. To‘fon qo‘zg‘alishi, Nuh payg‘ambarning xoloskorligi sabab sohilda daraxt – inson yashaydi. Ramziy ma’noda daraxt jamiyat timsoli. Uning har bir shoxida daraxt mevalari bilan bir qatorda, ilonlar, chayonlar ham o‘tiradi. Bular barchasi shu jamiyat yetishtirgan hosildorlik.
Nahr sohilida daraxt ko‘ringay
Yaprog‘i chig‘alay,
Ildizi baliq,
G‘adir-budurida tufon ko‘ringay
Chayir shoxlariga
Ilingan qayiq.
Shu qayiq ichida sevgi o‘tirgay
Tizzasida dovul
Bo‘ynida ilon.3
Abdulla Oripov she’riyati ham folklorizmning turli ko‘rinishlariga boy: xalq maqollari, qarg‘ish va olqishlar, matallar, naqllar, xalqimizda uchraydigan bir qayroqi gaplar shoir she’riyatini har jihatdan jozibador qilib turadi. Ular she’r mohiyatiga singib, poetik xulosalar, falsafiy umumlashmalar hosil qiladi. Bu orqali shoir yuqorida ta’kidlaganlarimizdan tashqari, she’r ohangdorligiga, hukmning ixcham va lo‘ndaligiga hamda tushunarli xulosalarga erishadi. Xalq olqish va qarg‘ishlari shoir she’riyatida qog‘ozga o‘ralib beriladi. Ular G‘afur G‘ulom misralari kabi yalong‘och emas.

Istasang, istasang qo‘shiqlarim bor,


Ba’zan yaxshi yomon to‘qishlarim bor,
Gar she’rni sevmasang so‘kishlarim bor,
Omon aylamoqni kutmagil mendan.

Xalqda shunday naql bor. “Suv keltirgan xor, ko‘za sindirgan aziz” mazkur ibora xalq donishmandligi, uning turmush tajribasi orqali yuzaga kelgan real ifodadir. Mazkur ma’noda shoir she’riyatida yaxshilikka yomonlik, ezgulikning ustidan tubanlikni g‘alaba qozonishi kabi salbiy holatlarga urg‘u beriladi.


Kim berib dunyoga zar, abgor o‘lib qolgan o‘zi,


Kimki dorni buzdi gar anga qurildi dorlar.

Shoir mashhur xalq og‘zaki ijodi namunalarini keltirish orqali, o‘z yurtining to‘kin sochinligini, istagan narsaning muhayyo bo‘lishi mumkin bo‘lgan Vatan qudratini o‘xshatishlar orqali chizadi. Shu asosda adabiyotda, she’riyatda talmeh san’atini yuzaga keltiradi. Aynan yangi yil arafasida xalqimiz odatlariga binoan shohona dasturxon tuzaydilar. Ular ertaklardagi “ochil dasturxon”ga o‘xshatilmoqda.


Bunchalik shon-shuhrat uchramas tayin,
“Ming bir kecha”larning afsonasida.
Yurtim, seni yana qutlab qo‘yayin
Qutlug‘ yangi yilning ostonasida.

“Yigitning og‘zi oshga yetguncha boshi toshga tegadi” maqoli shoir she’riyatida tayanch vazifani o‘tab keladi. Maqollar kamdan kam holatda she’rning birinchi misrasida keladi. Shuning uchun ham mazkur maqol she’rning ochg‘ich vazifasini ham o‘tab kelgan. Epik asarlardagi kabi tugun bajargan vazifasini ham bajarmoqda. Nima uchun yigitning boshi toshga tegish sabablari shoir kechinmalarida izohlanadi.


Oshga yetganida yigitning boshi


Toshlarga tegmasin boshi hech qachon.
Sen inson tayanchi, sen bashar baxti,
Ey buyuk iroda, to‘zim bilmas jon.
Poetik mushohada shu ma’nodaki, shoir yigitning boshi toshlarga tegishini yana bir nechta sababini boshqa bir she’ri “Ikki soniya” she’ri orqali yaxshigina yechimini ham bergan. Biri yigitning uyida tinchi bo‘lishi, ikkinchisi do‘stining imoni butun bo‘lishligi xalq maqollarida qayd etilgan. Shoir uni she’rlarida jozibador qilib tasvirlagan. She’rning badiiy estetik g‘oyasiga munosib xulosa bo‘lib xizmat qilgan.

Download 20.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling