„Oʻzbek tili darsligi (7-sinf uchun, 1972-yil hammuallif)
Download 58.07 Kb.
|
Asqarova Mazluma
Asqarova Mazluma (1924.4.11, Toshkent — 17-noyabr 2010-yil) – oʻzbek tilshunosi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1965). Filol. fanlari doktori (1963), professor (1965), Rossiya Federatsiyasi Ta’lim akademiyasining muxbir a’zosi (1968). Toshkent ped. bilim yurti (1940), Toshkent pedagogika institutining oʻzbek tili va adabiyoti fakulteti (1944)ni tugatgan. Shu institut (hozirgi Toshkent ped. universiteti)da oʻqituvchi (1948– 52), dotsent (1957–63). Oʻzbek tilshunosligi kafedrasining mudiri (1952–57; 1964-yildan). Ilmiy faoliyati hozirgi oʻzbek tilida ergashish formalari va ergashgan gaplarning tiplari mavzuiga bagʻishlangan. A. oʻrta maktablar uchun "Oʻzbek tili darsligi", oliy oʻquv yurtlari uchun "Hozirgi oʻzbek adabiy tili" darsligi (1-qism, 1980; 2-qism, 1986) mualliflaridan. 2010-yilning 17-avgustida 86 yoshida vafot etdi.[1] Asarlari „Oʻzbek tili darsligi“ (4-sinf uchun, 1970, 1975, 1979, 1980, 1982, 1984, 1990, 1992-yillar; hammuallif), „Oʻzbek tili darsligi“ (7-sinf uchun, 1972-yil hammuallif), „Oʻzbek tili darsligi“ (8-sinf uchun, 1982-yil; hammuallif), „Oʻzbek til darsligi“ (7-8 sinflar uchun, 1974, 1977, 1981, 1983, 1987, 1991-yillar, hammuallif), „Oʻzbek tili“ (1976, 1989-yillar; hammuallif), „Oʻzbek tili darsligi“ (9-sinf uchun, 1980-yil; hammuallif), „Hozirgi oʻzbek adabiy tili“ (I tom, 1975-yil; hammuallif) „Hozirgi oʻzbek adabiy tili“ (II tom, 1976-yil; hammuallif), „Hozirgi oʻzbek adabiy tili“ (I qism, 1980-yil; hammuallif), „Oʻzbek tili grammatikasining praktikumi“ (1972, 1981-yillar; hammuallif). „Bogʻlovchisiz bogʻlangan qoʻshma gaplar“ (1955), „Sabab va maqsad ergash gapli qoʻshma gaplar“ (1957), Download 58.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling