O‘zbek tili tarixi fanining maqsad, vazifalari. Qadimgi turkiy til predmetiga kirish


Download 1.09 Mb.
bet1/3
Sana22.02.2023
Hajmi1.09 Mb.
#1220614
  1   2   3
Bog'liq
3-mavzu


TURKIY TILLARNING QIYOSIY-TARIXIY GRAMMATIKASI FANINING PREDMETI, MAQSAD VA VAZIFALARI

Reja:

  • 1. Kursning maqsad va vazifalari.
  • 2. Turkiy tillar oilasi haqida.
  • 3. Turkiy tillarga xos xususiyatlar.
  • 4. Turkiy tillar oilasiga mansub xalqlar.
  • 5. “Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi”ning boshqa fanlar bilan aloqasi.
  • 6. Fanni o‘qitishninig ahamiyati.

ADABIYOTLAR:
1. Абдурасулов Ё. Туркий тилларнинг қиёсий-тарихий грамматикаси. -Т, 2009.
2.Рафиев А. Туркий тилларнинг қиёсий-тарихий грамматикаси. -Тошкент, 2004.
3. Yo‘ldoshevR., Primov А., Yo‘ldoshev Sh. “Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi”. O‘quv-uslubiy qo‘llanma. –Urganch, 2012.
4. Dadaboyev H., Xolmonova Z. “Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi”. O‘quv-uslubiy qo‘llanma. –T, 2015.

Fanni o‘qitishdan maqsad

Filolog talabalarni turkiy tillarninig fonetik, leksik xususiyatlarini yoritish, turkiy tillarning morfologik, tipologik o‘ziga xosliklarini umumlashtirish, turkiy tillarning umumtaraqqiyot va xususiy bosqichlarini o‘rganish, umumtaraqqiyot bosqichiga oid xususiyatlarning hozirgi turkiy tillardagi ifodalanish darajasini belgilashdan iborat.

Mazkur fan barcha turkiy tillarni yalpi tizim sifatida o‘rganadi. Bunda grammatik hodisalarning sistem-struktur tahlili, bu tillarning o‘zaro ta’siri va munosabati inobatga olinadi.

Turkiy tillar oilasi haqida.

Qadimda turkiy xalqlar soni jihatdan qariyb 65 taga yetgan bo‘lsa, bugungi kunda jahonda 30 dan ortiq o‘z yozuviga ega turkiy xalq borligi aniqlangan. Bu tillarda so‘zlashuvchi xalqlar, asosan, Osiyo, Yevropa, Amerika va Avstraliyada yashaydilar. Turkiy tillarda so‘zlashuvchi xalqlarning ko‘pchiligi Osiyo qit’asida istiqomat qiladi.

Turkiy tillar oilasiga quyidagi tillar kiradi: turk, ozarbayjon, turkman, gaguz, qrim-tatar, qorachoy, balqar, qumiq, no‘g‘oy, tatar, boshqird, oltoy, shor, xakas, tuva, yoqut, qirg‘iz, o‘zbek, qoraqalpoq, chuvash, uyg‘ur, qozoq kabilar.



Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling