“O’zbek tili va adabiyoti” kafedrasi o ‘qituvchisi n. P. Pazletdinovaning til va yozuv masalalari


Download 0.87 Mb.
bet2/4
Sana23.06.2022
Hajmi0.87 Mb.
#773095
1   2   3   4
Bog'liq
Соҳа. 2 мавзу.Тил ва ёзув i
ТЕСТ.Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi

  • Yozuv – jamiyatning madaniy yutuqlaridan biri. U jamiyat taraqqiyotining keyingi bosqichlarida hayotiy zarurat natijasi sifatida yuzaga keldi, yaratildi. Yozuv ham til kabi jamiyat a’zolarining aloqa-aralashuvida asosiy vosita sifatida xizmat qiladi. Ko‘p hollarda yozuv tilning o‘rnini bosadi. Lekin til va yozuvning o‘ziga xos ahamiyatli tomonlari bor. Yozuv fikrni yetkazishda masofa jihatidan chegara bilmaydi. Til esa vaqt va makon jihatdan chegaralangan. U yaqin masofada turgan suhbatdoshiga eshitiladi.
  • Yozuv madaniy, ma’rifiy va adabiy boyliklarni keyingi avlodlarga meros sifatida qoldirish imkoniyatiga ega. Og‘zaki nutq esa aytilayotgan paytdagina qabul qilinadi. Biroq yozuv maxsus yozuv qurollari, sharoit, vaqt va shartli belgi shakllarni talab etadi. U tilni barcha nozikliklari bilan aks ettira olmaydi. Shunga qaramay, jamiyatda yozuvning o‘z o‘rni bor; yozuv masofa bilan ajralgan odamlar orasida aloqa munosabatini ta’minlashda, barcha uchun tushunarli bo‘lgan adabiy tilning yuzaga kelishida, madaniy-adabiy boyliklarni keyingi avlodlarga yetkazishda katta imkoniyatlarga ega.
  • Tarixchilarning aniqlashicha, yozuv dastlab Mеssopotamiya dеgan joyda paydo bo’lgan va bu yozuv tarixga mixxat nomi bilan kirgan. Bu xat eramizdan oldingi V–IV asrlarda O’rta Osiyoning Eronga yaqin hududlarida rasmiy yozuv sifatida ishlatilgan. Hozirgi eramizdan boshlab taxminan VI asrgacha so‘g‘d yozuvi ishlatilgan. V-VIII asrlar davomida turkiy xalqlar runik yozuvidan foydalanishgan. Qadimgi turkiy yozuv yodgorliklari dastlab Janubiy Sibirning Enasoy daryosi havzalarida va Mo’g’ulistonning O’rxun vodiysida topilgan. Shunga nisbatan qadimgi turkiy yozuv O’rxun-Enasoy obidalarining yozuvi dеb ham yuritiladi. 1893-yili daniyalik olim N. Tomsеn va rus olimi V. V. Radlov qadimgi turkiy yozuvni o’qishga muvaffaq bo’ldilar. O’rxun-enasoy yozuvlari Rim yozuvlariga o’xshab kеtganligi uchun run (runik) yozuvlari yoki dulbarchin dеb ham yuritiladi.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling