O„zbek tili va adabiyoti universiteti tilshunoslikda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar kafedrasi «O„zbek tili va adabiyotini o„qitishda innovatsiyon pedagogik texnologiyalar»


Download 0.6 Mb.
bet1/20
Sana18.06.2022
Hajmi0.6 Mb.
#765090
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat
Russkiy yazik programma 023fb, starik i more, Amir-Temur-davrida-markazlashgan-davlatning-tashkil-topishi, Attestatsiya-savollari, Shaxsiy topshiriq №2, 1-kurs, 5-dars, bosim olchash asboblari, bosim olchash asboblari (1), 51-mavzu, Nafas tizimining yosh xususiyatlari va gigiyenasi Reja I kirish, zamonavij dinij zharajonlar va yangi, 38, marketing asoslari, oliy matematika, Presentation-WPS Office

O„ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI


OLIY VA O„RTA MAXSUS TA‟LIM VAZIRLIGI


ALISHER NAVOIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT


O„ZBEK TILI VA ADABIYOTI UNIVERSITETI


TILSHUNOSLIKDA ZAMONAVIY AXBOROT VA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR kafedrasi


«O„ZBEK TILI VA ADABIYOTINI O„QITISHDA


INNOVATSIYON PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR»


fanidan


MA`RUZALAR MATNI


Bilim sohasi: 100 000 – Gumanitar


Ta‟lim sohasi: 110 000 – Pedagogika Mutaxassisligi 5 111 200 – O„zbek tili va adabiyoti


ТОSHKENT - 2019

1




Mundarija



  1. Ishchi dastur……………………………………………………....




    1. Ma`ruzalar matni………………………………………………….

3.Adabiyotlar ro`yxati………………………………………………



Tuzuvchi: Abdullayeva M.D.


Filologiya fanlari nomzodi

2
1-mavzu: Kirish. Adabiy ta‟limda innovatsion texnologiyalar fanining mazmun va mohiyati




Reja:



  1. Adabiy ta‟limda innovatsion texnologiyalar fanining maqsadi va vazifalari.




  1. Adabiy ta‟lim va davr talabi




  1. Adabiy ta‟limda innovatsion texnologiyalarni qo„llashdagi afzalliklar




  1. Adabiy ta‟limda innovatsion texnologiyalar fanining pedagogika va pedagogik texnologiyalar fani bilan aloqasi



Tayanch so`z va iboralar: adabiy ta‟limda innovatsion texnologiyalar, pedagogika, pedagogik texnologiyalar, fan va texnika asri, ta`lim beruvchi, ta`lim oluvchi, o`qitish usullari, ta`lim texnologiyalari.

O„qitish jarayonida va mashg„ulotlardan tashqari tadbirlarda fanlararo integratsiya bilan birga ommaviy axborot vositalari xabarlari, ijodkorlar bilan uchrashuvlar handa o„qitishning zamonaviy texnologiyalaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir.


Badiiy asarni o„qish va tahlil qilish hech vaqt tazyiq ostida bo„lmasligi lozim, chunki adabiyot umuminsoniy qadriyatlarga tayanib ish ko„radigan fanlar sirasiga kiradi. Ikkinchidan, ta‟limda o„quvchi va o„qituvchi o„rtasida hamkorlikni ta‟minlash, ular tomonidan berilgan har qanday savollarga ham xushmuomalalaik bilan javob berish, muloqotda har ikki tomonda ham fikrlarni erkin bayon etish imkoniyati mavjud bo„ lishi lozim.


XXI asr fan va texnika asridir. XXI asr o„quvchisi fan va texnikaning eng oxirgi yutuqlariga tayangan holda o„z bilim va iqtidorini oshirib borishi lozim, jumladan, eng so„ngi axborot texnologiyalari: kompyuter, undagi internet tizimi bilan bemalol tillasha oladigan bo„lmog„i lozim. Bugungi kunda o„qituvchilarimiz ma‟lum darajada bunga erishmoqdalar. Sir emaski, adabiyot o„z vazifasiga ko„ra limiy, estetik va tarbiyaviy vazifani bajaradi. Zero, adabiyot tufayli o„quvchilarda nafaqat badiiy tafakkur, individuallik, balki, axloqiy-estetik qarashlar, ma‟naviyat hamda umuminsoniy qadriyatlarga nisbatan ijobiy munosabat shakllanadi. Buni har bir o„qituvchi teran tushungan holda ish olib bormog„i va ana shu maqsadni amalga oshirish yo„lida ta‟lim tizimiga yangicha tarzda yondashmog„i talab etiladi. Bu hol ta‟limning turli bosqichlarida hisobga olinishi kerak, ya‟ni adabiyot o„qituvchisi badiiy asar g„oyasi va mohiyatini, mazmuni va ahamiyatini chuqur


anglashlari, o„qitishning zamonaviy texnologiyalarini to„la o„zlashtirgan bo„lishlari zarur.


Mamalaktimizda ma‟naviyat jabhasida olib borilayotgan benihoya keng qamrovli islohotlarda adabiy ta‟lim muammolari, xususan, adabiy ta‟limda



3

innovatsiyalardan foydalanish masalalariga alohida diqqat qilinayotganligi bejiz emas. Respublikamizning “Davlat tili haqida”gi, “Ta‟lim to„g„risida”gi Qonunlari, “Kadrlar tayyorlash bo„yicha milliy dastur” kabi ko„plab hujjatlarda va “Adabiyotga e‟tibor–ma‟naviyatga e‟tibor”, “Yuksak ma‟naviyat – yengilmas kuch” asarlarida bu yo„nalishdagi ishlarning asosiy jihatlari ko„rsatib berilgan.

Adabiyot o„qitish metodikasi fanini o„qitishda erishilgan tajribalar va bu sohada amalga oshirilhan tadqiqotlarni inobatga olib, bu sohaga innovatsion tarzda yondashuvning eng zarur jihatlari haqida to„xtalish lozim.


Birinchidan, umumnazariy jihatdan yondashilganda barcha adabiy asarlarda ifodalangan hayot in‟ikosi, umuminsoniy qadriyatlarning badiiy ifodasini o„quvchilar badiiy idrok etishiga erishish.


Ikkinchidan, adabiyot o„qitish metodikasi sohasida erishilgan yutuqlarga tayangan holda o„quvchilarda ezgu maqsadlarni kamol toptirish.


Uchinchidan, bunda Prezidentimiz I.A.Karimov asarlariga tayanish va ularda ilgari surilgan g„oyalar, mamlakatimiz oldida turgan vazifalardan kelib chiqqan holda ish ko„rish nazarda tutiladi.


To„rtinchidan, adabiy ta‟limda kutilgan natijalarga erishish uchun yangi ta‟lim texnologiyalaridan maqsadli foydalanish lozim.


Beshinchidan, o„zbek xalqining qadimiy yozma va og„aki adabiyot namunalari bilan tanishtirish jarayonida ularning tarixiy negizlarini o„rganishga mos texnologiyalarni qo„llash orqali Vatanga muhabbat tuyg„ularini tarbiyalash zarur.


Shuni alohida ta‟kidlash lozimki, pedagogikada o„qitishni bir qolipga solib qo„ymaslik doim uqtirib kelinadi. Chunki bu o„quvchilarning ong va tafakkuriga salbiy ta`sir ko„rsatadi. Vaholanki, yoshlarda fikr va qarashlar xilma-xilligiga erishish o„qitishdan ko„zlangan asosiy maqsaddir.Yurtboshimiz ta‟kidlagalaridek, yoshlarda erkin va mustaqil fikrlashni shakllantirishda yangicha ta‟lim tamoyillariga tayanish lozim.


Shuning uchun ham adabiyot o„qitishning innovatsiyon texnologiyalai fanini o„qitish jarayonida mamlakatimiz tarixi. Xususan, adabiyot o„qitish metodikasi tarixi bilan bog„liq holatlarga mushohadali tarzda yondashishda o„ta darajada formal mantiqqa tayanish emas balki, har bir o„qituvchi, ma‟ruzachi va amaliy mashg„ulot olib boruvchi adabiyot taraqqiyoti bilan birga hayotni ham chuqur bilishi, undagi yutuq hamda kamchiliklarni teran anglashi, tahlil etishi talab etiladi.


Ma‟lumki, pedagogikada o„qitishni bir qolipga solib qo„ymaslik qayta-qayta uqtiriladi. Chunki takrorlar o„quvchi ong va tafakkuriga salbiy ta‟sir ko„rsatadi. Vaholanki, bugungi kunda yoshlarda mustaqil, ilmiy asoslangan fikr xilma-xilligiga erishish ta‟limning asosiy maqsadlaridan biriga aylangan.

4


Adabiyot o„z xalqimizning adabiy boyligi, balki barcha fanlarga oid hamda chet ellarning asrlar mobaynida to„plagan madaniy-ma‟naviy boyliklari hamda umuminsoniy qadriyatlar, insoniyat tamadduni erishgan yutuqalrni ham o„zida mujassam etganligi tufayli, u aholining barcha qatlamlarini ma‟rifatli va

ma‟naviyatli qilish, yoshlarni tarbiyalashda muhim yo„naltiruvchi vosita hisoblanadi.


Adabiyot o„qitishning muhim vazifalaridan biri, badiiy asardagi voqelikni teran tahlil etish yo„li bilan yoshlarning ruhiy-ma‟naviy olamini yanada boyitishdir. Badiiy asarlar yoshlarda milliy ong va tafakkurni, insonparvarlik tuyg„ularinini, mustahkam iroda va sog„lom fikrni kamol toptirish metodlarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq qilishdir.


Bizga ma‟lumki, har qanday badiiy asarning asosiy manbasi hayotdir. Ayni shu nuqtai nazardan olib qaraganda, badiiy asarning mazmun-mohiyatini uning syujeti, voqealar rivojini shakllanishida jamiyat va ijodkor o„rtasidagi o„zaro bog„liqlik muhim o„rin tutadi. Adabiyot darslarida aynan anashu munosabatlar tahlilini ongli tarzda amalga oshirish zarur.


Adabiyot o„qitishning innovatsiyon texnologiyalari fanini o„rgatishda , doimo shuni nazarda tutish joizki, har qanday ijodkorning faoliyati va badiiy asarni o„rgatishda siyqalashgan usullardan foydalanish o„quvchilarni badiiy adabiyotdan bezdirishi, ularning kitobxonligini so„ndirishi mumkin. Bunday siyqaliklardan xalos bo„lish uchun esa, o„qituvchi badiiy adabiyotni bevosita hayot bilan bilan bog„liq tarzda tadqiq va tahlil qilishi, mavjud asar voqealari bilan hayotdagi muammolarni atroflicha tahlil etib, bu muammolarning badiiy asar bilam bog„liq jihatlarini atroflicha bilishi, ularni hal etish uchun to„g„ri xulosalar chiqara olgan tarzda hayotga tiyran ko„z bilan qarash tuyg„ularini shakllantiradi. Shuning uchun ham bu jarayondagi yangiliklardan xabardorlik va yangi ta‟lim texnologiyalarini amaliyotga tatbiq etish juda muhim hisoblanadi.


Adabiyotni, xususan, badiiy asarlarni o„qitish hech qachon tayziq ostida bo„lmasligi zarur. Shunday ekan, adabiy asarlarni o„rganish jarayonida yoshlarda mustaqil va to„g„ri fikrlashni shakllantirish hal etilishi lozim bo„lgan birinchi galdagi vazifa hisoblanadi.


Adabiy ta‟limda tayziqni rad etishdan ikkinchi maqsad, o„quvchi va o„qituvchi hamkorligini ta‟minlash va takomillashtirish, ular tomonidan beriladigan har qanday savollarga xushmuomalalik bilan javob berish lozimligidir. Bunday muloqot natijasida har ikki tomonda ham fikrlar erkinligi vujudga keladi. Bu esa o„z navbatida o„quvchilarda tadqiqotchilik, izlanuvchanlik va kitobxonlikni tarbiyalaydi.


Badiiy asarni o„rganish yoshlar ongi va qalbiga ta‟sir ko„rsatishisni nazarda tutgan holda o„rganiladigan har bir badiiy asarni bevosita hayot bilan, kishi tuyg„ulari bilan bog„liq jihatlarini hisobga olgan tarzda amalga oshirilmog„i zarur. Shubhasiz, bunda ta‟lim texnologiyalarining o„rni beqiyosdir.



5


Ta‟limda “O„qitish texnologiyasi” atamasining paydo bo„lishi tasodif emas. Barcha sohada bo„lgani singari ta‟lim sohasidagi islohotlarning ham bosh maqsadi ta‟lim tizimini bosqichma-bosqich takomillashtirishga qaratilgan. Davr taraqqiyoti natijasida inson faoliyatining nazariy va amaliy qirralari yangilanib turishi tabiiy. Adabiy ta‟limda ham bu alohida va murakkab mehnatni talab etadi. Bugun barcha sohada bo„lgani singari adabiy ta‟limda ham o„qituvchilar kafolatlangan natijalarni ko„zlab ish yuritmoqdalar. Chinki, zamonaviy talablar asosidagi DTS doirasida kuchaytirilgan mustaqil bilimlarni to„ldirish va yangilash ko„nikmasi, izlanish olib borish, yangi yechimlarni topish, ijodkor shaxs bo„lish, mustaqil fikr yuritish kabilar shaxs sifatlari tarkibiga kirib ulgurdi.

Bu esa o„z navbatida, o„qitish jarayoniga tegishli qator holatlarni: mustaqil ta‟lim salohiyatini kuchaytirdi, yakka tartibda o„qitishga ehtiyoj sezildi, ijodiy tafakkurni shakllantirish jiddiy e‟tiborni talab etmoqda.


Shu o„rinda, ta‟limda izohli-tasvirli yondashuv – an‟anaviy o„qitish texnologik yondashuvga o„z o„rninbi bo„shatib berayotganligi, ya‟ni o„qitish jarayonini texnologiyalashtirish ustivorlik kasb etayotganligining sababi nimada, degan haqli savol tug„ilishi tabiiy.


“Birinchidan, an‟anaviy o„qitish yozma va og„zaki so„zlarga tayanib ish


ko„radi hamda “axborotli o„qitish” sifatida tavsiflanadi. Bunda o„qituvchi nafaqat talaba-yoshlarning o„quv-biluv faoliyatini boshqruvchisiga, balki nufuzli bilimlar manbaiga aylanib qolayotganligi xavfli holatsdir.


Ikkinchidan, axborotlar hajmining ko„payib borishi, ulardan foydalanish uchun vaqtning cheklanganligi hamda ularni saralash va tizimlashtirishning birmuncha murakkabligi ham yangicha yondashuvni taqozo etadi.


Uchinchidan, sanoat va boshqa texnologiyalarning auditoriyaga uzluksiz kirib kelishi va jonli o„quv ob`yektlariga aylanishi o„qituvchining an‟anaviy metodika doirasidan chiqib ketishiga va tabiiy ravishda, texnologik yohdashuvlarni qo„llashga ehtiyoj tug„dirmoqda.” 1


Bugungi kunda ta‟lim tizimi davlat talablari va buyurtmalari asosida e‟tirof etilgan holda o„quv-tarbiya jarayonini yangi o„quv-uslubiy majmualar, ilg„or ta‟lim texnologiyalari bilan to„liq ta‟minlangan, desak mubolag„a bo„lmaydi.


Ta‟lim tizimida texnologiyalardan foydalanish muammolari bo„yicha adabiyotlarni o„rganish shuni ko„rsatdiki, bugungi ta‟lim texnologiyalari bundan 5-10 yil oldingilaridan tubdan farq qiladi.


Yillar davomida “texnologiya” tushunchasi ham mazmun jihatdan o„zgardi: zamonaviy yondashuvlar uchun birmuncha aniq qarashlar yuzaga keldi. Ayrim pedagog-tadqiqotchilar texnologiya tushunchasini tarbiya va rivojlantirish sohasida ishlatish maqsadga muvofiq emasligini ta‟kidlashdi. Shuni alohida ta‟kidlash





  1. Milliy g„oya: targ„ibot texnologiyalari va atamalar lug„ati T.: Akademiya nashriyoti. 2007..

6


joizki, pedagogik faoliyat oldindan tashxisli maqsadni o„rnatish va unga erishish yo„llarini aniqlab olishni taqozo etadi. Shu nuqtai nazardan olib qaraganda, konseptual ta‟limni amalga oshirishda tashxisli maqsadni aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi. Buning uchun talabani kasbiy faoliyatga tayyorlash uchun zarur bo„lgan o„quv materiali zarur bo„lish bilan birga maqsadga erishish yakuniy nazorat asosida amalga oshiriladi. Bu esa ta‟limni innovatsion texnologiyalar asosida tashkil etish mumkinligini ko„rsatadi.



Ta‟lim

jatayonini

texnologiyalashtirish borasidagi

tadqiqotlar

shuni

ko„rsatadiki,

texnologiya – zamonaviy ilmiy-amaliy

tafakkur usuli

desak

mubolag„a bo„lmaydi.

Chunki, u faoliyatni tubdan takomillashtirishga,

natijaviylik, tezkorlikka

asoslanibgina qolmay, texnikaviy qurollanganligini o„zida

mujassam etadi.










Texnologiya tushunchasini yanada aniqroq tasavvur qilishimiz uchun texnik fanlardagi mohiyatiga murojaat qilib ko„ramiz. Birinchidan, texnologiya tayyor mahsulot olish uchun ishlov berish jarayoni; ikkinchidan, bu jarayonning zaruriy o„zgartiruvchi bosqichlarini amalga oshirish uchun nima qilish kerakligini aniqlovchi me‟yoriy tomonlarni qamrab oladi.


Yuqoridagilardan ko„rinadiki, “texnologiya” insonninganiq, murakkab jarayonni ketma-ketlikda o„zaro bog„liq amallar tizimiga taqsimlash yo„li bilan kafolatli natijaga erishish usulidir.


Demak texnologik jarayonda o„zaro bog„liq bosqichlardan iborat; izlanayotgan natijaga erishishga qaratilgan harakatlarning izchil, bosqichma-bosqich amalga oshirilishi; qo„yilgan maqsdaga mos natijaga erishishning zaruruiy dsharti hisoblangan texnologik muolaja va amallarni bajarish muhim ahamiyat kasb etadi. Yani muayyan texnik vositalardan foydalanish asosida mahsulot ishlab chiqariladi, bunda har qanday o„zgarish ko„rsatkich va texnologiyalarning o„zgarishiga olib keladi.


Endi anashu jarayonlarni ta‟lim tizimi bilan qanday bog„liqligiga e‟tibor qaratamiz.


Ta‟lim texnologiyasi bevosita o„qitish texnologiyasi didaktik maqsadga qaratilgan bo„lib, unda darsdan ko„zlangan maqsadga erishish kafolatlanadi. Bunda maqsadga erishish uchun o„quv jarayoni loyihalashtirilishi lozim bo„ladi. Shunday qilib, o„quv jarayonidagi “texnologiya” tushunchasi o„rganilayotgan fan asoslariniing mohiyatini yoritishga qaratilgan muhim omil hisoblanadi.


Yuqoridagilardan ayon bo„ladiki, har qanday o„qitish texnologiyasida didaktik funksiyalarni joriy etishda asosiy e‟tibor o„qitish vositalarining qo„llanishiga qaratilmog„i lozim, ammo bu jarayonni mutloqlashtirish ham yaxshi samara bermaydi.


Ishlab chiqatishda unumdorlik va samaradorlikni ta‟minlash texnik vositalardan o„rinli foydalanish orqali amalga oshsa, o„quv jarayonidagi



7


unumdorlik va samaradorlik o„qitish vositalatidan, ya‟ni ta‟lim texnologiyalaridan oqilona foydaalnish vazifasini, mutlaqo yangi o„qitish modeli, ta‟lim jarayonining o„ziga xos madaniyatini vujudga keltiradi.

Innovatsion ta‟lim texnologiyasining sifati da uning tizimliligi, ilmiyligi, qayta tiklanuvchanligi, qo„shiluvchanligi, samaradorligi, sifatida va motivlashganligi, algoritmliligi, axborotliligi kabi jihatlariga e‟tibor qaratiladi.


Yuqoridagilardan ko„rinadiki, o„qitish texnologiyasi i8lmiy asoslangan didaktik jarayon loyihasini amalga oshiruvchi va yuqori darajadagi samaradorlik, ishonchlilik va kafolatga ega natijalarga molik innovatsiyon faoliyatdir.


O„qituvchining bu boradagi faoliyat mezonlari quyidagicha bo„ladi:


– maqsadning aniqligi va uni tashxis etish mumkinligi;


– o„rganilayotgan mavzuga oid nazariy va amaliy masalalar va uni yechish usulining tizimli tarzda taqdim etilishi;


– mavzuar ketma-ketligi, mantiqiyligi va bosqichma-bosqich bayon etilishi;


– o„quv jarayonining har bir bosqichida ishtirokchilarning o„zaro harakat usullarining ko„rsatilishi;


– o„qituvchining eng samarali o„qitish vositalaridan foydalanishi;


– o„qituvchi va o„quvchilar faoliyatining motivatsiyon ta‟minlanishi, bu

jarayonda ularning shaxsiy-kasbiy vazifalarining namoyon bo„lishi (erkin tanlsh, kreativlik, bahslshuv va hakozo).


Bulardan ko„rinadiki, ta‟lim texnologiyasini shlab chiqish asosida taq‟lim oluvchilarning samarali o„quv faoliyatini va o„qituvchining boshqaruv faoliyatini loyihalashtirish yotadi.


Endi biz yuqoridagirga tayangan holda adabiyot o„qitishning innovatsiyon texnologiyasi mohiyatini aniqlashga harakat qilamiz.


Birinchidan, mashg„ulotlar jarayonida takror ishlab chiqarish imkoniyatini (badiiy asar tahlili jarayonida yuz berishi mumkin bo„lgan turli xil qarashlarni) hisobga olgan holda o„quv jaryonini oldindan loyihalashtirish;


ikkinchidan, adabiy asarni o„rganish jarayonidan kutilayotgan didaktik maqsadga erishish sifatini obyektiv nazorat qilish imkoniyatlarining maqsadga muvofiqligi;


uchinchidan, ta‟lim texnologiyasining tuzilmaliligi va mazmunan yaxlitligi, ya‟ni uning komponentlaridan birini boshqalarga tegmasdan o„zgartirishni amalga oshirishga yo„l qo„yib bo„lmasligi;


to„rtinchidan eng ma‟qbul metodlar, shakl va vositalarni ta‟lim


texnologiyasining barcha qismlari tamoman qat‟iy va qonuniyatli bog„lanishlardan kelib chiqqan holda tanlanishi;


beshinchidan, o„qitish jarayonini o„z vaqtida va tezda tuzatishga imkon beradigan tezkor teskari aloqaning mavjudligi. Xulosa qilib aytadigan bo„lsak, innovatsiyon texnologiya o„zida birmuncha yaxlit didaktik tizimni qamrab oladi va mashg„ulotda muammolar yechimi birmuncha samarali va kafolatli yechimga ega bo„ladi. Innovatsiyon texnologiyalarning tuzilmali tashkil etuvchilariga didaktik



8


tizim sifatida o„qitish vositalari (o„qitish metodlari) ni, o„quv jarayoninng tashkil etilishini (o„qitish shakllarini), o„quvchi va o„qituvchini, shuningdek ularning hamkorligidagi faoliyat natijalarini kiritish maqsadga muvofiq bo„ladi.

Innovatsiyon texnologiya – pedagogik amal va ususllar ketma-ketligi (qatiy tartib shart emas) bo„lib, yaxlit didaktik tizimni tashkil etadi, uni o„quv jarayoniga jarayoniga joriy etilishi bilan kafolatli o„quv maqsadiga erishiladi va o„quvchi shaxsining to„liq rivojlanishiga imkon yaratadi. Innovatsion texnologiyani amalga oshirishda qo„llanadigan barcha amallar va usullardan ko„zlangan natijaga erishish yo„li ushbu texnologiyaning algoritmi sifatida qaraladi.


Demak, innovatsion texnologiya diadaktik masalalar yechimiga yo„naltirilgan yoki oldindan loyihalashtirilgan ta‟limning reja asosida izchil


amalga tadbiq etilgan ketma-ketli o„zaro bog„liq padagogik harakatlardir, desak bo„ladi.


Innovatsoyon texnologiya ta‟lim samaradorligini ta‟min etuvchi harakatlar majmuasi sifatida ham qaralishi mumkin. Ushbu texnilogianing asosiy vazifa va belgilari quyidagilardir: tashhisli maqsadllik, natijaviylik, tejamkorlik, algoritmlilik, loyihalanuvchanlik, boshqaruvchanlik va vizuallik. Endi ularning qisqacha mazmuniga to„xtalamiz.


Tashhisli maqsadlilik va natijaviylik maqsadlariga erishish ta‟lim jarayoni samaradorligini ta‟minlaydi. Bunda o„rganilayotgan badiiy asarni o„rgatish jarayonidan ko„zlanayotgan aniq natijaga erishilganligi, uni boshqa asarlardan farqlash; pedagogik jiyhozlar,usul, uni ajratish uchun zarur mezonlarning borligi; o„lchash natijalariga tayanadigan baholash shkalasining mavjudligi.


Tejamkorlik o„quv vaqti zahirasini, o„qituvchi mehnatini maqbullashtirishni ta‟minlaydigan texnologiya sifati va shu asosda rejalashtirilgan didaktik natijaga, ya‟ni o„quvchilarni badiiy adabiyotga muhabbatini oshirish hamda asardagi





voqealarni to„g„ri tahlil qiliashlariga erishishni ifodalaydi.










Algoritmlilik,

loyihalanuvchanlik,

boshqaruvchanlik

esa

adabiy

ta‟lim

texnologiyalarini

qayta

ishlab

chiqishni,

turli

g„oyalarni

o„zida

mujassamlashtiradi.



















Adabiyot o„qitishning innovatsiyon texnologiyalarida tuzatuvchanlik ham

muhim ahamiyat

kasb etadi. Yani badiiy asarni o„rganish jarayonida maqsadga

erishish yo„lida

tashhislilik

maqsadning badiiy

asardan ko„zlangan g„oyaga

muvofiq bo„lmasa-da, natijaviylik va tuzatuvchanlikni o„zaro bog„lanishda bo„lib, bir-birini to„ldiradi.


Vizuallik vbelgisi esa adabiy ta‟limda audiovisual, kompyuter texnologiyasi, singari zamonaviy axborot texnologiyalaridan o„rinlil foydalanish, yangi electron ko„rgazmalardan foydalanishdir.


Bulardan tashqari inovatsiyon texnologiya uchta asosiy: tavsiflovchi, izohlovchi va loyihalovchi vazifani amalga oshiradi.


Tavsiflovchi vazifa o„quv jarayonini amaliy jihati bo„lib, uning uchun zaruruiy vositalar turlicha bo„lishidan qat‟iy nazar bir xil tavsif berilaveradi.


Izohlovchi vazifa o„qitishning turli komponentlari (misol uchun, turli metodlar) samarasini aniqlashtish va uning eng maqbul uyg„unlashuvini belgilash imkonini beradi.



9


Loyihaviy o„qitish texnologiyasi oo„quv jarayonini barcha darajalarda amalga oshiriladigan ishlarni o„zida jamlaydi.

Adabiyotlar:





  • 1. Azizxo„jaeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat – T:. Nizomiy nomidagi TDPU, 2006.




  • 2. Pedagogik mahorat va pedagogik texnologiyalar

/ Ma‟ruzalar matni. Tuzuvchilar: A.X.Qosimov, F.A.Holikova.


– T:. TATU, 2004.





  • 3. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat / S.A.Madiyarova va boshq. – T:. “Iqtisod-moliya”, 2009.




  • 4. Sayidahmedov N. Pedagogik mahorat va pedagogik texnologiya. – T:. Oliy pedagogika instituti, 2003.




  • 5. Tolipov O„., Usmonbekova M.Pedagogik texnologiyalarning tatbiqiy asoslari – T:. Fan.2006.



Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling