O„zbek tili va adabiyoti universiteti tilshunoslikda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar kafedrasi «O„zbek tili va adabiyotini o„qitishda innovatsiyon pedagogik texnologiyalar»


Download 0.6 Mb.
bet7/20
Sana18.06.2022
Hajmi0.6 Mb.
#765090
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20
Bog'liq
Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat
Russkiy yazik programma 023fb, starik i more, Amir-Temur-davrida-markazlashgan-davlatning-tashkil-topishi, Attestatsiya-savollari, Shaxsiy topshiriq №2, 1-kurs, 5-dars, bosim olchash asboblari, bosim olchash asboblari (1), 51-mavzu, Nafas tizimining yosh xususiyatlari va gigiyenasi Reja I kirish, zamonavij dinij zharajonlar va yangi, 38, marketing asoslari, oliy matematika, Presentation-WPS Office
2.Inter faolusul–(inter-aro,o„zaro,birgalikda, act – harakat, faoliyat, tadbir) bunda axborotlar oqimini vujudga keltirish ham, yo„naltirish ham va o„zlashtirish ham barcha qatnashchilarning birgalikdagi faoliyati natijasida yuzaga keladi. Bu

21


usulda o„quvchi o„quvchi bilan, bir o„quvchilar guruhi boshqa guruh bilan, bularning har biri alohida yoki birgalikda o„qituvchi bilan o„zaro munosabatda bo„ladi. Mana shu munosabatlar jarayonida axborotlar o„zlashtiriladi.

3.Introfaol usul – (intro – ichki) axborotlar oqimi o„zlashtirish faqat o„quvchilar ichida sodir bo„ladi va tashqariga yo„naltiriladi. Bunda o„quvchilar o„qitishning sub‟ekti sifatida namoyon bo„ladilar. Bu usul o„quvchilarning mustaqil o„quv faoliyatlariga xosdir.


O„quvchilar faoliyatini tashkil etishdagi usullar


AVVAL

O„qituvchi ta‟lim jarayonining ijrochisi (sub‟ekt) o„qitadi

O„quvchi ta‟lim jarayonining qatnashchisi (ob‟ekt) o„qiydi


Ta‟lim mazmuni (bilim – ob‟ekt) o„zlashtiriladi


ENDILIKDA


Ikki sub‟ekt – o„qituvchi va o„quvchilar


Ikki ob‟ekt – o„quvchilar va ta‟lim mazmuni




4-mavzu: Badiiy asarlarni o„rganish jarayonida loyihalash texnologiyasidan foydalanish


Reja:

1.Loyihali ta‟lim texnologiyasining dolzarbligi


2.O„quv loyihaviy faoliyat tuzilishi va mazmuni


3.O„quv loyihalarini turlantirish


4. O„quv loyihaviy faoliyatning bosqichlari.




Tayanch so`z va iboralar: loyihali ta‟lim texnologiyasi, loyihaviy faoliyat, loyihani bajarish tartibi, loyihaning baholanishi , ta‟lim modeli, interfaol, o„qitish usullari, o„qitish shakllari, o„qitish vositalari.

“Maktabda adabiyot o„qitishning bosh maqsadi o„zga insonning


tuyg„ularini anglaydigan, o„tkir hissiyotli, yuksak didli, axloqan barkamol, aqlan



22

yetuk, o„z xatti - harakatiga ma'sul bo„la oladigan komil shaxsning ma'naviy

dunyosini shakllantirish, sog„lom e'tiqodli o„quvchilarda badiiy adabiyotga mehr uyg„otish, ularni badiiy asarlarni o„qiydigan, tushunadigan va tahlil eta oladigan, o„z fikrlarini og„zaki va yozma tarzda to„g„ri hamda erkin ifodalay oladigan qilib tarbiyalashdan iboratdir”8.


Maktabda adabiy ta'limning maqsad va vazifalari adabiyot predmetining mazmunini belgilaydi. Milliy va jahon adabiyotining badiiy yuksak namunalari hamda o„qilgan asarlarni tushunish va tahlil qilish malakalarini shakllantirish uchun zarur bo„lgan nazariy ma'lumotlar adabiyot predmetining mazmunini tashkil etadi.


Adabiyot darslarida badiiy asarlar o„qituvchi yoki o„quvchilar tomonidan, ko„pincha, to„liq, ba'zan parcha holida o„qilishi va faqat matnga tayangan holda tahlil qilish lozim. Badiiy asarlar bevosita o„quvchilarning o„zlari tomonidani idrok etilishiga katta e'tibor berilishi kerak. O„quvchini o„qitishga emas, balki uni o„qimasa turolmaydigan ruhiy-pedagogik holatga keltirishga urinish lozim.


Adabiyot o„qituvchilari badiiy asar tahlilini rang - barang usullardan foydalana olishlari kerak. O„qituvchi muayyan asar tahlili yuzasidan sinfdagi barcha o„quvchilarning bir xil xulosa chiqarishiga intilmasligi lozim. Ayni bir badiiy hodisadan o„quvchilarning turlicha estktik - axloqiy ma'no topishlariga imkon berishi kerak. O„qituvchi biror badiiy asarni tahlil qilishda muayyai sinfdagi o„quvchilarning rivojlanish darajalari, ruhiy holatlari, shuningdek, asarning ta'sirchanlik xususiyatlarini hisobga olgan holda ish ko„rish lozim. Tahlilda asosiy e'tibor asarning estetik qimmatini ko„rsatishga, asar badiiyligini ta'minlagan omillarni idrok etishga qaratilish darkor. Puxta va chuqur estetik tahlilgina, o„rganilayotgan asarning o„quvchilar hissiyotiga ta'sirini ta'minlaydi.


Ta`limning turli bosqichlarida amalga oshiriladigan adabiy ta`limning asosiy vazifalaridan biri o„quvchilarning ma`naviy olamini boyitib,ularning badiiy-estetik didlarini rivojlantirishdan iboratdir.Chunki inson ma`naviy,ruhiy-hissiy





  1. N.Karimov, T.Mirzayev, B.To„xliyev, .B.Karimov,B.Do„stqorayev,S.Matjonov, S.Sayyid Adabiyot fanidan o„quv dasturi. 9-sinflar uchun. Toshkent.2008 yil.

23

siymo bo„lib,uning asl mohiyati ma`naviy-insoniy sifatlar bilan belgilanadi. Demakki, inson ruhiy olamining o„zi bir olam. Inson bolasi moddiy-iqtisodiy ehtiyoj bilan birga,ma`naviy-ma`rifiy qadriyatlarga, badiiy-estetik ozuqaga ham doimiy ravishda tashnalik,ruhiy olamida go„zallik va an`analarga chanqoqlik sezilib turadi, sa‟yi-harakat bilan mana shu ruhiy madad va qoniqishga intiladi. Jumladan,Prezident I.A.Karimov "Ma`naviyat-insonni ruhan poklanishga,qalban ulg„ayishga chorlaydigan,odamning ichki dunyosi,irodasini baquvvat, iymon-e`tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg„otadigan beqiyos kuch,uning barcha qarashlarining mezonidir"9, deb ta`kidlab o„tganlar.

O„qituvchi o„quvchilarni o„qitolmaydi, balki ularni o„qishga ma‟lum darajada yo„naltiradi!




Konstruktivizm - o„quvchiga bilim tayyor holda berilmaydi, degan o„zak qarashga tayanadigan pedagogik falsafa. O„quvchiga hech kim bilim bermaydi, balki u bilimlarni egallash uchun o„zi harakat qilishi, intilishi lozim. Ta‟lim muhiti esa, faqat o„quvchilarga bilimlarni mustaqil ravishda egallash va ko„paytirish uchun sharoit yaratib berishi kerak

Keyingi vaqtlarda jamiyat a‟zolarining saviyasi yuksalishi tufayli oilaning imkoniyatlari ham ortib, o„z bolalariga yaxshigina bilim bera oladigan darajaga yetdi. Shuningdek, axborot vositalarining ko„payganligi, axborotlarni eslab qolish va qo„llashning g„oyat qulay texnik vositalari yuksak darajada rivojlanganligi natijasida o„qituvchi ma‟rifat osmonidagi yolg„iz va yorug„ yulduz sanalmaydigan bo„lib qoldi. Endilikda bilimlarni o„zlashtirish, ko„nikma va malakalar hosil etishning o„zgacharoq yo„llarini topish zaruriyati paydo bo„ldi


Interfaol atamasi “inter akt” so„z birikmasidan olingan bo„lib, lotincha “inter”


– aro, o„zaro, birgalikda va “akt” – xatti-harakat, faoliyat, tadbir ma‟nolarini anglatadi. Ya‟ni interfaol metodlar ta‟lim mazmunining to„liq o„zlashtirilishida


o„quvchilarning o„zaro bir-birlari va o„qituvchilari bilan birgalikda faoliyat ko„rsatishlarini tashkil etish maqsadida yuzaga keladi. Bu metodlar




9Karimov I.A. Yuksak ma‟naviyat yengilmas kuch.Toshkent 2008, 19-bet.

24


o„quvchilarning faolligini, o„zlashtiriladigan ma‟lumotlarga ijodiy yondashishini ko„zda tutadi.

Misol: O„QUV LOYIHASI: “M.Shayhzodaning “Mirzo Ulug„bek” fojiasi“ PEDAGOGIK ANNOTATSIYa (lavha)


Fanning nomi: “Adabiyot”.


Mavzuning nomi: “M.Shayhzodaning “Mirzo Ulug„bek” fojiasi”.


Ishtirokchilar: umumta‟lim maktabi, 8-sinf


Ta‟limning maqsadi: o„quv kursi bo„yicha egallangan bilimlarni chuqurlashtirish maqsadida “Mirzo Ulug„bek” fojiasini tahlil qilish malaka va ko„nikmalarini shakllantirish.


Rejalashtirilayotgan o„quv natijalari: Asar mavzusini badiiy idrok etishga erishadi, g„oyani anglab yetadi; badiiy asarni tahlil va tadqiq etish ko„nikmalariga ega bo„ladi.





Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling