O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti 306-guruh talabasi Gulobar O‘lkanova


Download 65.43 Kb.
Sana26.09.2020
Hajmi65.43 Kb.
#131359
Bog'liq
1-topshiriq ad oq metodika-1


O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti 306-guruh talabasi Gulobar O‘lkanova

Adabiyot o‘qitish metodikasi fani



  1. topshiriq



  1. mavzu: Adabiyot o‘qitish metodikasi fan sifatida

Reja:

  1. Adabiyot o‘qitish metodikasi – fan sifatida.

  2. Ta’lim bosqichlarida adabiyotning o’quv fani sifatida o’rganilish xususiyatlari.

Savol va topshiriqlar:

1. ”Adabiyot o‘qitish metodikasi” fanining maqsad va vazifalari haqida nima deya olasiz?

2. Bu fanning qanday ahamiyati bor?

3. “Insonning qo’liga bir dona baliq ber – u bir kun to’q bo’ladi, unga baliq tutishni o’rgat – u butun umri davomida to’q yuradi”, degan xitoy maqolining metodika faniga qanday dahli bor? Uni izohlang.

4. Adabiyot o’qitish metodikasi fani oldidagi asosiy vazifalar mohiyatini izohlab bering.

5. Adabiyot o’qitish metodikasi fanining maqsad va vazifalari nimalardan iborat?

6. Fanning obyekti, predmetini aniqlang.

7. Adabiyot o’qitish metodikasi fan sifatida qachondan boshlab shakllangan?



Javoblar:

1.Adabiyot ta‘limning turli bosqichlarida xuddi boshqa predmetlar kabi o’sib kelayotgan avlod – o’quvchilarga mo’ljallangan. Ta‘lim jarayonidagi barcha fanlarning asosiy maqsadi va mohiyati o’quvchilarda – o’sib kelayotgan yosh avlodda muayyan sohalarga oid bilimlarning asoslarini shakllantirish, shularning negizida ularning boy ma‘naviy olamini yaratishdan iboratdir. Bu vazifani amalga oshirishda badiiy adabiyot bilan teng keladigan birorta soha yo’q deb ayta olamiz. Badiiy adabiyot alohida shaxsga ham, butun jamiyatga ham kuchli darajada ta‘sir ko’rsata olish imkoniga ega. U jamiyatning o’z-o’zini anglashida, uni insonparvarlashtirishda beqiyos imkonlarga ega. Adabiyot ijtimoiy ongning ko’rinishlaridan biri sifatida o’zida xalq xotirasini mujassamlashtiradi, uning axloqiy ma‘naviy qadriyatlarini asrlardan asrlarga, ajdodlardan avlodlarga olib o’tadi.



Adabiyot o‘qitish metodikasi birinchi navbatda adabiyot o‘qitishning, ya’ni adabiy ta’limning maqsadi va mazmuni haqidagi fandir.

2.Adabiyot o’qitish usuli pedagogika fanining uzviy qismi bo’lib, badiiy adabiyotni tadqiq etadi, adabiyot o’qitish shartlari va usullarini ilmiy asosda ishlab chiqish va tatbiq etish, sinfda va uyda o’qish, shuningdek, sinf va maktabdan tashqari mashg’ulotlarning shakli va usullarini ishlab chiqish bilan shug’ullanadi. Uning asosini badiiy asarni ta‘lim va tarbiyaning muhim vositasi sifatida o’rganish, o’quvchilarni estetik tarbiyalash jarayoni tashkil qiladi. Shu jarayonda o’qituvchi yozuvchi yaratgan badiiy obrazlarning ahamiyatini o’quvchilar onggiga singdiradi, badiiy obrazning mohiyatini ochadi, o’quvchilarning ma‘naviy dunyosini boyitadi.

3. “Insonning qo’liga bir dona baliq ber – u bir kun to’q bo’ladi, unga baliq tutishni o’rgat – u butun umri davomida to’q yuradi”

xitoy maqoli.

Adabiyot o‘qitish metodikasi fani o’qituvchisi, bu fan o’quvchiga badiiy asarni tayyorgina tahlil qilib berishi, jozibali qilib aytganda, “chaynab og’ziga solib qo’yishi” kerak emas, aksincha, kitobxonni asarni o’qib, o’zi uchun kerakli mazmun, xulosa olishga o’rgatishga, ya’ni mustaqil kitobxonlikka o’rgatishi kerak. Bu esa o’quvchining qo’liga baliq (asarning tayyor tahlili)ni emas, uni tutish uchun qarmoq ( asarni tahlil qilish uchun yo’l)ni berish deyiladi.

4.Adabiyot o’qitish metodikasi o’quvchilarni o’quv predmeti sifatida tarbiyaviy ahamiyat kasb etib, adabiyotni o’qitishdagi ijtimoiy jarayon manbai bo’lgan va unga to’g’ri rahbarlik qilish maqsadida bu jarayonning qonuniyatlarini ochishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan xususiy pedagogik fandir.



5. Bo’lajak adabiyot o’qituvchilari o’z ish- faoliyatlarida o’quv-tarbiya jarayonlarining insonparvarlashuviga, ta‘lim jarayonida har bir o’quvchining alohida, o’ziga xos bo’lgan tabiiy-ijodiy imkonlariga e‘tibor berishi maqsadga muvofiq bo’ladi. Badiiy adabiyot yaxshi insoniy fazilatlarni targ’ib qilishga, urushni, zo’ravonlikni qoralab, tinchlikni, xalqlarning osoyishta hayoti va o’zaro do’stligini ulug’laydigan, xunuklikdan nafratlanib, go’zallikni targ’ib etadigan, o’sib kelayotgan avlodga yuksak ma‘naviy fazilatlarning shakllanishi varivojlanshiga imkon beradigan xislatlari bilan e‘tiborlidir.

7. Badiiy adabiyot so’z san‘ati sifatida kitobxonning, uning ma‘naviy olamining shakllanishiga kuchli ijobiy ta‘sir ko’rsatadi. Agar qabul qilishning mutlaqo individual xususiyatga ega ekanligini nazarda tutadigan bo’lsak, badiiy asarni o’qish, uni tushunish va «hazm qilish»ning naqadar katta ahamiyat kasb etishini tasavvur etishimiz qiyin kechmaydi. Ushbu fan o’tgan asrning oxirlarida vujudga kelgan. Bugungi kunda esa uni o’qitish adabiyot fanining muhim qanotlaridan bo’lmoqda.
Download 65.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling