O’zbek tilida tinish belgilari


Download 87.97 Kb.
bet1/4
Sana18.06.2023
Hajmi87.97 Kb.
#1593287
  1   2   3   4
Bog'liq
REMARKA

Remarka va tinishri.

SADULLAYEVA MUXARRAM

Reja:

  • Punktuatsiya va uning tarixiy taraqqiyoti
  • Punktuatsiya prinsiplari
  • Tinish belgilari tasnifi

Punktuatsiya va uning tarixiy taraqqiyoti

  • “Punktuatsiya” so‘zi lotincha “punctum”, yani“nuqta”, “o‘rin, joytushunchalarini anglatadi.
  • "Punktuatsiya” tilshunoslikning tinish belgilari haqidagi bo‘limi bo‘lib, unda tinish belgilari (punktogramma)ning qo‘llanish qoidalari o‘rganiladi. Punktuatsiya tilshunoslikda nutq oqimidagi intonatsion-prosodik to‘xtamlarni, yozuvda ifodalanadigan shartli belgilar yig‘indisini (tinish belgilarini) anglatadi.
  • Punktuatsiya yozuv tizimining grafika va orfografiya bilan bir qatorda turadigan uchinchi komponentidir.

Punktuatsiya va uning tarixiy taraqqiyoti

  • Tinish belgilari yozma nutqni to‘g‘ri, ifodali, mantiqiy bayon qilishda, uni ixchamlashda, gap qismlarining o‘zaro logik-grammatik munosabatlarini ko‘rsatishda muhim grafik vosita sifatida ishlatiladi. Punktuatsiya, bir tomondan, yozuvchiga o‘z yozma nutqini aniq, to‘g‘ri va ifodali bayon etish imkoniyatini bersa, ikkinchi tomondan, o‘quvchiga muayyan matndagi fikrni yozuvchi bayon etganidek, yozuvchining maqsadiga muvofiq tushuna olish imkoniyatini yaratadi.

Punktuatsiya va uning tarixiy taraqqiyoti

Demak, tinish belgilari "Yozma nutqning tushunilishini osonlashtirish uchun qo‘llaniladi” (Boduen de Kurtene) va uni oydinlashtiradi, aniqlik kiritadi. Tinish belgilarining o‘rinli qo‘llanmasligi ma’lum bir sintaktik qurilmaning ham mazmun, ham tuzilish jihatidan o‘zgarib ketishiga olib keladi. Masalan, ushbu gapda tinish belgisini o‘zgartirirish orqali ikki xil mazmunni farqlash mumkin:

  • Afandi podshoga qarab: Siz ahmoq, odam emassiz, - dedi.
  • Afandi podshoga qarab: Siz ahmoq odam emassiz, - dedi
  • Birinchi holatda ahmoq so‘zidan keyin vergul qo‘yilsa, gap podshoning aqlliligi haqida emas, balki uning ham ahmoq, ham yomon odamligi haqida boradi. Ikkinchi holatda esa podshoning ahmoq odam emasligi, aqlliligi haqida gap boradi. Demak, ushbu gapda talaffuzda ohang, yozuvda tinish belgisi orqali ikki xil ma’no anglashilmoqda.


Download 87.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling