O‘zbek tilidagi


Download 0.79 Mb.
bet5/6
Sana01.10.2020
Hajmi0.79 Mb.
1   2   3   4   5   6

70





biror-bir narsaga o‘ta beriluvchanligidan kelib chiqadi.

Fuqarolik

jamiyati

Ijtimoiy makon bo‘lib, inson xuquq va erkinliklari,

manfaatlari ustuvorligi prinsipi asosida, fuqarolarning davlat va jamiyat boshqaruvida faol ishtirok etishga asoslangan jamiyatdir.



Fuqarolik jamiyati institutlari

Fuqarorlarni tegishli NNT, jamiyat birlashmalari va xakozolar

orqali davlat va jamiyat boshqaruvida faol ishtirokni ta’minlashni ustuvor maqsadi etib belgilab olgan institutlar.



Fundamentalizm

So‘zi lotinchadan kelib chiqqan bo‘lib, asos, poydevor ma’nosini

bildiradi. Fundamentalizm barcha dinlarga hos bo‘lib, unda dinning asli qanday bo‘lsa, shundayligicha saqlab qolishga harakat qilinadi. Fundamentalizm ya’ni aqidaparastlik – malum din vujudga kelgan ilk davriga qaytish va shu yo‘l bilan zamonaning barcha muammolarini hal qilish mumkin degan fikrni ilgari suruvchilarning qarashlaridir. Diniy fundamentalizm din aqidalarini so‘zma-so‘z talqiniga asoslangan etiqodni aqlga tayangan mantiqiy dalillardan ustun qo‘yadigan, muayyan din, shu jumladan Islom dini etiqodi shakllanishining boshlang‘ich ya’ni Muhammad alayhi vassalam davrlarida belgilangan barcha yo‘l-yo‘riqlarning qat’iy va og‘ishmay bajarilishini talab qiladigan tushunchadir.

Xalq og‘zaki ijodiyoti

o‘tmish davrlari va uning ijodkorlari haqida ma’lumot beruvchi

ma’naviy boylik, xalq dahosining ko‘zgusi, hikmatlar xazinasidir. Og‘zaki ijodiyotning jamiki boyliklari , bebaho asarlari, odobnoma va odatnomasi, hikmatlariyu, afsona va rivoyatlari xalq ko‘nglidagi qayg‘u-hasrat va shodlikning yo‘ldoshi, uning bilim qomusi, uning diniy va falsafiy kitobidir



Hizbut - Tahrir

«Hizb» so‘zining lug‘aviy ma’nosi-guruh, firqa, partiya, tobe

kishilar demakdir. «Hizbut tahrir» ning to‘la nomi «Hizbut tahrir al-islomiy» - «Islom ozodlik partiyasi» bo‘lib u norasmiy siyosiylashgan diniy oqim sanaladi. «Hizbut taxrir»



1928 yilda Misr Arab Respublikasining Islomiya shahrida tashkil topgan «al-Ihvon al-Muslimun» - «Musulmon birodarlari» diniy-siyosiy tashkilotidan 1952 yilda ajralib chiqqan firqadir. Bu firqaning asoschisi shayh Taqiyuddin Nabahoniy (1909-1979)dir. Hozirda bu diniy-siyosiy partiyani falastinlik Abulqadim Zallum boshqarib kelmoqda. Bugungi kunda uning shtab-kvartirasi Londonda joylashgan.

Hizbut tahrir diniy-siyosiy partiya bo‘lib, u fikrga (kishilar ongiga tasir qilish, o‘zgartirish) bosh qurol sifatida suyangan holda islomiy halifalikni qayta tiklashni maqsad qilib olgan. Prezidentimiz takidlaganidek: «Avvalambor, ular, yoshlarni o‘z tasiriga oladi, ongini zaharlaydi. Aql- hushuni yo‘qotgan mana shunday odamlarni tayyorlab, keyin qo‘liga qurol beradi. Ularni o‘z Vataniga, o‘zini odam qilib voyaga etkazgan el-yurtiga qarshi qo‘yadi».

SHanhay

Hamkorligi

Tashkiloti

Mintaqaviy manfaatlarni himoya qiluvchi xalqaro tashkilot.

Mazkur tashkilotga 2001 yilda Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston, Kirgiziya, Tojikiston va O‘zbekiston rahbalari tomonidan asos solingan. SHHT ning shakllanish jarayoni bundan bir oz oldin boshlangan. 1996 yilda SHanxayda, 1997 yil Moskvada bo‘lib

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling