O`zbek tilining boyish manbai


Download 25.01 Kb.
Sana26.08.2020
Hajmi25.01 Kb.
#127763
Bog'liq
Документ Microsoft Word (2)
fizik kimyo fani, odam anatomiyasi va antropologiyasi asoslari, arab bahori va misr arab respublikasi ichki va tashqi siyosatiningozgarishi , arab musulmon madaniyatining zhahon tarixida tutgan orni 2, arab musulmon madaniyatining zhahon tarixida tutgan orni 2, moguliston tarixiy manbashunosligi va tarixshunosligi boyicha materiallar tahlili 4, arab bahori va misr arab respublikasi ichki va tashqi siyosatiningozgarishi , zafarov berildi AYLANMA TOʻKNING, zafarov berildi AYLANMA TOʻKNING, Ielts express, le pronom en, Yuborish un, Yuborish un, Yuborish un, kurs ishi (2)

O`ZBEK TILINING BOYISH MANBAI

O`zbek tili leksikasi bir qancha manba asosida boyib, rivojlanib boradi. Uni, eng avvalo, ikki katta guruhga ajratish mumkin: 1) ichki imkoniyat; 2) tashqi imkoniyat.

Birinchisi ichki manba, ikkinchisi tashqi manba deyiladi: 1. O`zbek tili lug`at tarkibining birinchi yo`l bilan boyib borish imkoniyati juda keng. Masalan: a) ilgari qo`llanib, keyin iste’moldan chiqib ketgan so`zdan yangi tushunchani ifodalash uchun foydalanish: vazir, hokim, viloyat, shirkat, noib, tuman kabi; b) yasovchi qo`shimcha yordamida yangi so`z yasash: uyali (telefon), omonatchi, pudratchi, bojxona, auditchi (auditor), dizaynchi (dizayner) va boshqa; d) shevaga xos so`zni faollashtirish: mengzamoq (Xorazm) «o`xshatmoq», «tenglashtirmoq», «qiyoslamoq» ma’nosida. 2. O`zbek tili lug`at tarkibi tashqi manba asosida ham boyib bormoqda. Dunyoda ichki imkoniyati asosidagina rivojlanadigan til yo`q. Faqat ma’lum zarurat tufayli yangi tushunchani tilimizning ichki imkoniyati asosida ifodalab bo`lmagandagina tashqi manbaga murojaat qilish foydali. Mahmud Koshg`ariy, Alisher Navoiy ham shunga da’vat qilgan. Keyingi davrda tilimizga Yevropa tillaridan bir qancha so`z yangi tushuncha bilan birgalikda kirib keldi. Masalan: monitoring, diler, skaner kabi. Buning hammasi o`zbek tili leksik imkoniyatini kengaytirib, boyitmoqda.


«O`ZBEK TILINING ESKIRGAN SO`ZLAR O`QUV IZOHLI LUG`ATI»

«O`zbek tilining eskirgan so`zlar o`quv izohli lug`ati» – o`zbek adabiy tilining me’yoriy lug`atidan biri. Lug`at X.Norxo`jayeva tomonidan tuzilib, 2006- yilda “Yangi asr avlodi” nashriyotida ko`p nusxada chop etilgan.

Lug`atda so`zlar quyidagicha tavsiflangan:

I. Har bir so`zning ma’nosi qisqa va aniq ifoda etilgan.

II. Lug`atda so`zlarning, asosan, hozirgi o`zbek adabiy tilida iste’moldan qolgan, eskirgan ma’nolari berilgan.

III. So`zlarning ma’nolari bir-biridan arab raqamlari bilan ajratilgan, har bir ma’noga taaluqli ma’no nozikliklari esa shu ma’no ichida bir tik chiziqdan keyin berilgan. Masalan:

DODXOH (f-t) 1 Adolat talab etuvchi, adolat istovchi. 2 Buxoro xonligida adolat istovchilardan amir nomiga ariza qabul qiluvchi lavozimli kishi. 3 Farg`ona vodiysi va Toshkentda mingboshi va boshqa ba’zi amaldorlarni ulug`lash uchun ishlatiladigan so`z.

IV. Bosh so`zlarning mustaqil ko`chma ma’nolari arab raqamlari bilan ajratilgan va ko`chma belgisi bilan ta’minlangan.

V. Lug`atda ayrim so`zlarning leksik ma’no kasb etgan grammatik shakllari (lek, ila, limu, badaliga kabi) ham berilgan turli leksikografik usullar bilan izohlangan.

Masalan:


MURABBA (a, murabba, III sh.brl. murabbai). Tomonlari teng to`g`ri to`rtburchak, kvadrat, chorsi.

VI. Ayrim so`zlarning boshqa so`zlarga birikib qoshma so`z yasash xususiyati ham alohida- alohida izohlab berilgan.

VII. Lug`atda atash vazifali so`zlarning, ayniqsa, ot, sifat va fe’llarning ma’nolarini ochishda tavsifiy izoh usullaridan keng foydalanilgan. Bu xildagi so`z ma’nosi uning asosiy belgilari (mas., tashqi ko`rinishi, tuzilishi, qollanishi, vazifasi, ta’siri, xarakteri yuzaga kelish yo`li, sababi va sh.k.) orqali ochib beriladi.

Masalan:


ABAD (a) Oxiri, poyoni yo`q kelajak zamon, mangulik.

ABAJUR (r

VIII. Ko`makchilar, bog`lovchilar, yuklamalar, undoshlar, taqlidiy, tasviriy va modal so`zlarni izohlashda tushuntirma izoh usulidan foydalanilgan.

Bunda mazkur so`zlarning ma’nosi, vazifasi tushuntirilgan.

Masalan:

ORIY (f-t) Shundoq, rost, albatta.

IX. Ba’zi yasama so`z ma’nolarini ochishda grammatik izoh usullaridan foydalanilgan. Bunda so`zning ma’nosi shu so`z havola qilingan so`zning izohidan anglashiladi.

XI. Lug`atda ma’nodoshlarning betaraf va faollari izohlangan, qolganlari esa ularga havola qilingan. Masalan:

JARROH (a) Xirurg.

XII. Ayrim hollarda, izohdan keyin, so`z ma’nosini to`laroq ochish, izohni to`ldirish maqsadida izohlanuvchi so`zning antonimidan ham foydalanilgan bo`lishi kerak.

Masalan:

ZEHNIYAT (a)…

ZINDON (f-t)…

DAFTARNAVIS (grek +f-t)…

XIII. Ma’nodoshlar boshqa turdagi izohdan keyin ham ishlatilgan. Bunda ular izohni to`ldirish, ko`p ma’noli so`zlar ma’nolarini bir- biridan yaqqolroq faqlash uchun xizmat qiladi.

Masalan:


VALLOMAT Valine’mat. 1.Oqsoqol, boshliq, amaldor. 2. Sarboz, yigit. 3. Oz mehnati singmagan narsalarga, birovnikiga saxiylik, xo`jayinlik qilaveradigan odam; errayim.

Lug`at izohli lugatning bir ko`rinishi.




«O`ZBEK TILINING IZOHLI LUG`ATI»

«O`zbek tilining izohli lug`ati» – o`zbek tilida istemolda bo`lgan o`z va o`zlashma so`zlarning ma’nosini umumiy tarzda izohlaydigan lug`at turi. Hozirga qadar ikki marta o`zbek tilida izohli lug`at yaratilgan: 1. 1981-yil Moskvada nashr qlingan. 2 jildli. Unda 60 ming so`z va birikma izohlangan. 2. 2006-2008 yil nasr etilgan. 5 jildli. 80 mingdan ortiq so`z va so`z birikmasi izohlangan.



«O`ZBEK TILINING MA’NODOSH SO`ZLAR O`QUV LUG`ATI»

«O`zbek tilining ma’nodosh so`zlar o`quv lug`ati» – maktab o`quvchilari uchun mo`ljallangan. Lug`at O.Shukurov va B.Boymatovalar tomonidan tuzilib, 2007-yilda “Yangi asr avlodi” nashriyotida chop etilgan, unda sinonimik qatordagi bosh so`z hamda o`zlashma so`zlar aniqlangan.

Lug`atda bosh so`z qoraytirib berilgan, lekin ular sinonimik qatorning turli o`rinlaridan joy olgan.


«O`ZBEK TILINING ORFOEPIK LUG`ATI»

O`zbek tilshunosligida hozirga qadar M.Sodiqova, U.Usmonovalarning «O`zbek tilining orfoepik lug`ati» 1977- yilda va O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Til va adabiyot instituti tomonidan «O`zbek adabiy talaffuz lug`ati» 1984- yilda nashr qilingan. Birinchi lug`atda o`zbek tilida faol qo`llanadigan 8000 ga yaqin so`z, ikkinchisida esa 20 000 dan ortiq so`z va so`z shaklining adabiy-me’yoriy talaffuzi belgilab berilgan, ba’zi so`z va grammatik shaklning talaffuzidagi noto`g`ri ko`rinishi inkor qilinib, uning to`g`ri aytilishi ko`rsatilgan.




«O`ZBEK TILINING SO`Z TARKIBI O`QUV LUG`ATI»

«O`zbek tilining so`z tarkibi o`quv lug`ati» – maktab o`quvchilari uchun mo`ljallangan. Lug`at B.Mengliyev va B.Bahriddinovalar tomonidan tuzilib, 2007- yilda “Yangi asr avlodi” nashriyotida chop etilgan, 5223 so`zning tarkibiy qismlari ajratib tahlil qilingan.




«O`ZBEK TILINING SO`Z YASALISHI O`QUV LUG`ATI»

«O`zbek tilining so`z yasalishi o`quv lug`ati» – maxsus, o`ziga xos lug`at turi hisoblanadi, B.Mengliyev, B.Bahriddinova va O`.Xoliyorovlar tomonidan yaratilib, 2007- yilda “Yangi asr avlodi” nashriyotida ko`p nusxada chop etilgan. Lug`at yasama so`zning qanday va nima vositasida yuzaga kelganligini bilishga yordam beradi. Mas., amal so`zidan beshta yangi so`z va bu yangi so`zdan yana beshta boshqa yangi so`z hosil bo`lganini ko`rishimiz mumkin:


amal 

amal-dor  amaldor-lik

amal-iy 


amaliy-ot




g`ayri-amaliy

amal-la


amal-parast  amalparast-lik




be-amal  beamal-lik

Yangi so`z hosil bo`lishiga tayanch, asos vazifasini o`tovchi so`z yasovchi asos hisoblanadi. Yuqoridagi amal so`zi o`zidan kelib chiqqan beshta so`z uchun yasovchi asos. O`z navbatida bu so`zlar keyingi yasalish uchun yasovchi asos vazifasini o`taydi. Yasovchi asosdan yuzaga kelgan so`z esa yasama so`z. Amal so`zidan hosil bo`lgan beshta so`z va keyingi yasalish bunga misol.

Yasama so`zni vujudga keltiruvchi turli vosita mavjud. Ular qo`shimcha yoki so`z ko`rinishida bo`lishi mumkin. Bunday vosita lug`atda qoraytirilgan (jirniy) shaklda berilgan.

Yasovchi asos va yasama so`z yig`indisi yasalish uyasini tashkil qiladi. Lug`atda har bir so`zdan yasalgan yasalish uyasi alohida ajratib berilgan.

O`quv lug`ati yana quyidagi belgilari bilan xarakterlanadi:

1) fe‘l an‘anaviy lug`atlardagidek harakat nomi shaklida emas, balki buyruq (o`zak) shaklida berilgan:

lov  lov-illa, moyil  moyil-lan, ayni  ayni-ma kabi;

2) so`z yasovchi qo`shimchadan oldin kelgan lug`aviy shakl yasovchi qo`shimchalar ajratilib, qoraytirilmagan ko`rinishda berilgan:


maqta 

maqta-n-ar-li

maqta-n-choq


maqta-r-li



bela  bela-n-chak kabi;

3) omonim so`zlar rim raqami bilan belgilab berilgan va ma‘nosi izohlab ketilgan:

band I (mashg`ul)  band-lik (mashg`ullik)


band II (dasta) 


band-li


band-lik (dastalik/soplik);



4) lug`atda, asosan, affiksatsiya usuli bilan yasalishlar keltirilgan;

5) tovush o`zgarishi hodisasining asli “O`zbek tilining so`z tarkibi o`quv lug`ati”da berilgani uchun ko`rsatilmagan:

bo`ya  bo`yo-q, ot (ism)  at-a  ato-q  atoq-li kabi.

Lug`atda 3257 ta tub so`z (so`z yasalish uyasi) berilgan, ulardan 9443 ta yasama so`z hosil bo`lishi ko`rsatilgan. Demak, bu lug`atda o`rtacha 1 ta so`zdan 3 ta so`z yasalganini ko`rish mumkin. Albatta, lug`at o`zbek tilidagi hamma so`zlarni qamrab olmagan. Faqat eng faollari – maktab o`quvchilari uchun zarur bo`lgan so`zlargina lug`atda o`z aksini topgan.


«O`ZBEK TILINING SO`ZLAR DARAJALANISHI O`QUV LUG`ATI»

«O`zbek tilining so`zlar darajalanishi o`quv lug`ati» – maktab o`quvchilari uchun mo`ljallangan. Lug`at Sh.Bobojonov va I.Islomov tomonidan tuzilib, 2007- yilda “Yangi asr avlodi” nashriyotida chop etilgan, so`zning darajalanish qatori tuzilib, ma’nolari izohlangan. Misol:




  1. Jamol-chehra-yuz-bet-aft-turq-bashara (ijobiy bo`yoqning kamayib, salbiy bo`yoqning ortib borishiga ko`ra).


  2. darcha-eshik-darvoza (atalmish hajmining oshib borishiga ko`ra).



«O`ZBEK TILINING TALAFFUZDOSH SO`ZLAR O`QUV IZOHLI LUG`ATI»

«O`zbek tilining talaffuzdosh so`zlar o`quv izohli lug`ati» T.Nafasov va V.Nafasovalar tomonidan yaratilgan, 2007- yilda “Yangi asr avlodi” nashriyotida ko`p nusxada chop etilgan. Lug`atda talaffuzdosh so`zlarning quyidagi ko`rininshlari farqlanadi:

1. So`z oxiridagi yasovchi qo`shimchada: borlik-borliq, bo`shlik-bo`shliq, otalik-otaliq, jazlik-jazliq, yo`qlik-yo`qliq.

2. So`z o`rtasidagi unli tovushlarda: gulkor-gilkor, ravon-rovon, oxir-oxur, devon-divan, jayron-jiyron, may-moy.

3. So`z o`rtasidagi undosh tovushlarda: abzal-afzal,

4. So`z oxiridagi unli tovushlarda: tanga-tango, banda-bandi, daha-daho, jodi-jodu, mavzu-mavze, murabba-murabbo.

5. So`z o`zagi oxiridagi undosh tovushda: adip-adib, bop-bob, burch-burj, buyuk-buyuq.

6. So`z boshidagi unli tovushlarda: abro`-obro`, ariq-oriq, axir-oxir, ukki-ikki.

7. So`z boshidagi undosh tovushlarda: paqir-faqir;

8. So`z o`rtasidagi unlining cho`ziq-qisqa aytilishida: sher-she’r, davo-da’vo.

9.So`z o`rtasida bir undoshning bor-yo`qligida: bo`yincha-bo`yicha, ziyrak-zirak.

10. So`z oxirida undoshning tushib qolishida: go`sh-go`sht, bolali-bolalik, uyli-uylik, sus-sust.

11.So`z o`rtasida bir unlining bor-yo`qligida: davur-davr, asir-asr, ahil-ahl, qasir-qasr, ilik-ilk.

12. So`z oxirida bir-biriga yaqin uyadoshli so`zlarda: qarz-qars, darz-dars; dakki-daqqi, ko`klik-ko`hlik.

Lug`at 1500 dan ortiq so`zni qamrab olgan va har bir so`zga izoh berilgan.


«O`ZBEK TILINING ZID MA’NOLI SO`ZLAR O`QUV IZOHLI LUG`ATI»

«O`zbek tilining zid ma’noli so`zlar o`quv izohli lug`ati» maktab o`quvchilari uchun mo`ljallangan. Lug`at U.To`rayeva va D.Shodmonova tomonidan tuzilib, 2007- yilda “Yangi asr avlodi” nashriyotida chop etilgan, 1300 ga yaqin antonimik juftlikni qamrab oladi. Tuzuvchilar zid ma’noli so`zlarni strukturasiga ko`ra quyidagicha tasniflashgan:


  1. har xil o`zakli zid ma’nolilar: katta-kichik, kirmoq-chiqmoq, muhabbat-nafrat;


  2. bir xil o`zakli zid ma’nolilar: madaniyatli-madaniyatsiz, aqlli-aqlsiz, ongli-ongsiz;


Lug`atda zid ma’noli so`zlar juftlashtirib berilgan:



aniq-noaniq

axloqli-axloqsiz

bahorgi-kuzgi

kabi. Bunda bir so`zga bir ma’nodoshlik qatoridagi barcha so`z zidlanishi mumkin:



abjir – lavang, landavur, lapashang, noshud, og`zidagi oshini oldiradigan, uquvsiz, sustkash, tepsa-tebranmas, epashang.

Agar so`z ko`p ma’noli, har bir ma’nosi bilan boshqa-boshqa so`zga zidlansa, zidlari nuqtali vergul bilan ajratilgan:



ajraldi – qo`shildi; yarashdi kabi.


«O`ZBEK TILINING O`QUV TOPONIMIK LUG`ATI»

«O`zbek tilining o`quv toponimik lug`ati» joy nomlari bo`yicha tuzilgan va o`qish-o`rganish jarayoni uchun ko`proq foydali lug`at sanaladi. O`quv toponimik lug`at respublika, viloyat, shahar, tuman, vodiy yo voha, qishloq yo bir necha qishloqlar guruhi bo`yicha tuzilishi mumkin. Respublika yoki voha, bir necha viloyatlar toponimlarining izohli lug`atini tuzish muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Bu lug`at namunasi T.Nafasov va V.Nafasovalar tomonidan tuzilib, 2007- yilda “Yangi asr avlodi” nashriyotida chop etilgan, 1500 dan ortiq so`zni o`z ichiga oladi.

O`quv toponimik lug`ati uchun, eng avvalo, joy nomlari so`zligi tuzilgan. Eng muhim oykonim, gidronim, oronim tanlangan. Har bir toponimning hozirgi davrda qanday jo`g`rofiy obyektning nomi ekanligi aniqlangan. Nomning sarhadlari belgilangan. Yangiqishloq, Yangiobod, Jartepa, Kattaqishloq, O`rtaqo`rg`on, Uchtepa, Oqtepa, Qoratepa kabi nomlar har bir viloyatda, tumanda bo`lishi tabiiy. Lug`atda bu tur va ko`p uchraydigan nomlarning tarqalish hududi (viloyat, tuman)ni ko`rsatish shart qilib qo`yilmagan, lekin qanday obyektning nomi ekanligini zikrlash lozim topilgan: Qiziltepa qishloq; Amudaryo daryo, tuman; Oyqor tog`.

O`quv toponimik lug`ati ilmiy, amaliy, ma’naviy, tarixiy ahamiyatga ega bo`lgan narsa nomining izohini jamlagan. Til umumxalq leksikasining izohli, ma’nodoshlik, shakldoshlik, zidma’nolilik, birikuvchanlik va boshqa tur lug`atlarda so`zning hozirgi davrdagi ma’nolari, nutqda qo`llanilishi bilan bog`liq lisoniy-nutqiy holatlar, ma’noviy xususiyatlar bayon qilinadi. Toponimik izohda esa nima uchun shu obyekt shu nom bilan atalgan degan savolga javob berilishi lozim. Bu savolga yaqinda yo yaqin o`tmishda yuzaga kelgan toponimlar misolida aniqroq, ma’qulroq, tushunarliroq, ishonchliroq javob berish, topish mumkin: Yangiqishloq, Yangiobod, Yangiariq, Yangibozor nomlaridagi yangi so`zining ma’nosi yangi ko`ylak, yangi ro`mol kabi birikmalar tarkibidagi yangi so`zi ma’nosi bilan teng emas. Yangiqishloq, Yangiobod, Yangiariq nomlari XX asrning 50–60-yillarida yuzaga kelgan. Yangibozor nomi o`tgan asrning oxirida yaraldi. Bu nomlarda yangi so`zining ma’nosi yo`qolgan, undan keyin yaralgan qishloq, ariq, bozorlar boshqa nomlar bilan atalganligi ma’lum. Yoki Navkat, Novqat, Denov, Shahrinav, Yangikent nomlari bundan bir necha yuz yillar oldin paydo bo`lgan. Bu nomlarda yangi, nav (tojikcha, yangi) so`zlarining ma’nosi nisbiy, yaralgan vaqtda “yangi” ma’nosida bo`lgan, hozir bu ma’no yo`qolgan, lekin nom tarkibida bu so`zlar qotib qolgan.




«O`ZBEK TILINING O`ZLASHMA SO`ZLAR O`QUV IZOHLI LUG`ATI»

«O`zbek tilining o`zlashma so`zlar o`quv izohli lug`ati» Y.Hamrayeva tomonidan tuzilib, 2007- yilda “Yangi asr avlodi” nashriyotida chop etilgan. Lug`atning maqsadi o`quvchilarning savodxonlik darajasi va so`z boyligini oshirishga, tafakkurini kengaytirishga, til madaniyatini shakllantirishga va to`g`ri talaffuz me’yorlarini mustahkamlashga, shuningdek o`quvchilarga tilimizga turli tillardan kirib kelgan muayyan so`zlar hamda atamalar haqida genetik ma’lumot berishga yo`naltirilgan.

Lug`at so`zligi tilimizga rus va boshqa chet tillari orqali kirib kelgan qadimgi yunon va lotin tillari elementlaridan tashkil topgan va hozirgi kunda jahondagi ko`plab xalqlarning tillari uchun umumiy bo`lgan respublika, konstitutsiyaprezident, demokratiya kabi siyosiy atamalarni, shuningdek kimyo, sanoat, sport, falsafa, fizika, geografiya, etnografiya kabi turli ilmiy hamda ijtimoiy-iqtisodiy sohalarga oid so`zlar va atamalarni, jahondagi ko`plab mamlakatlarning pul birliklari nomlarini o`z ichiga oladi. Shuning uchun «O`zlashma so`zlar o`quv izohli lug`ati»dan nafaqat til o`rgatish darslarida, balki maktab, litsey va kollejlarning sinfxonalarida har qanday fan bo`yicha olib borilayotgan mashg`ulotlarda foydalanish mumkin.

Respublikamiz mustaqillikka erishgach, so`nggi o`n-o`n besh yil ichida uning xalqaro aloqalari yanada kuchaydi, mamlakatimizda iqtisod va siyosat, texnika va sanoat, sport va madaniyat sohalarida tub o`zgarishlar yuz berdi. Taraqqiyot sari qilingan ildam odimlar natijasida, tilimiz ko`plab yangi tushunchalarni atovchi so`zlar bilan yanada boyidi. So`nggi yillar ichida lug`atimizga jadal kirib kelgan kompyuter, fayl, sayt, biznes, barter, market, marketing, monitoring, shuningdek avvaldan mavjud bo`lgan va mustaqillikdan keyin yangicha ma’no kasb etgan vazir, tadbirkor, mahkama, devonxona kabi so`zlar ham mazkur lug`atda o`z o`rnini topdi.

Lug`atni tuzishda «O`ZBEK TILINING IZOHLI LUG`ATI» hamda «СЛОВАРЬ ИНОСТРАННЫХ СЛОВ» kitoblaridan foydalanilgan.

Lug`at maqolalari quyidagicha tuzilgan: har bir maqolaning bosh so`zlari lug`atda alifbo tartibida joylashtirilgan. Bosh so`z va uning muayyan xususiyatiga doir barcha ma‘lumotlar va belgilar, unga berilgan izohlar lug`at maqolasini tashkil etadi. Bosh so`z katta harflar bilan berilgan, undan so`ng katta qavs ichida so`zning genetikasi, ya’ni qaysi tilga mansub ekanligi haqida, keyin esa mazkur so`z yoki atamaning qaysi sohaga oidligi to`g`risida ma’lumot berilgan. Agar so`z tilimizga o`zlashtirish jarayonida turli fonetik o`zgarishlarga uchrab, uning o`zbek tilidagi hozirgi ko`rinishi o`zining asl shaklidan uzoqlashib ketgan bo`lsa, katta qavs ichida etimologik ma’lumotning yonida so`zning asl ko`rinishi ham ko`rsatilgan. Masalan:

VAJ [a vajh] …

yoki


ASTOYDIL [f-t az tahi dil]…

Bir tildan o`zlashgan omonimlar, ya’ni shakldosh so`zlar hamda turli tillardan o`zlashib omonimik munosabat hosil qilgan so`zlar alohida-alohida maqolalarda bosh so`z sifatida berilgan va bir-biridan farqlanishi uchun rim raqamlari bilan belgilangan. Masalan:

GAZ I [f-t] esk. Ilgari amalda bo`lgan, 0,71metrga teng uzunlik o`lchovi; arshin.

GAZ II [goll] Zarralari o`zaro kuchsiz bog`langan, shu sababli o`zi ishg`ol qilgan bo`shliqni bir tekis to`ldirib turadigan yengil modda; yonilg`i.

Tilimizda o`zlashmalar mustaqil so`zlar doirasidagina emas, yordamchilar, undov, taqlid va boshqa so`zlarlar orasida ham uchraydi. Qo`llanmaning maqsadi o`zlashma so`z haqida batafsil ma’lumot berishga yo`naltirilganligi bois unga barcha turkumlarga oid so`zlar kiritilgan.

O`zlashmalarning aksariyati tilimizga rus tili orqali kirib kelganligi sababli, ularning talaffuzi ham ko`p hollarda rus tilidagi talaffuzidan farq qilmaydi va bu hozirgi o`zbek adabiy tili uchun me’yor hisoblanadi. Shuning uchun Lug`atda so`zlarning transkripsiyasi, ya’ni talaffuziga doir maxsus ko`rsatmalar keltirilmagan. Biroq o`zbek tilida urg`u turg`un, u, asosan, so`zlarning oxirgi bo`g`iniga tushadi, hind-yevropa oilasiga mansub tillarning aksariyatida esa urg`u erkin bo`lgani uchun, so`zning har qanday bo`g`iniga tusha oladi. Shuningdek, hindcha, yaponcha, portugalcha va ayrim arabcha so`zlarda ham urg`u so`zning birinchi yoki ikkinchi bo`g`iniga tushishi mumkin. Shu bois so`zlarning oxirgi bo`g`iniga tushmagan hollarda urg`u yozuvda ko`rsatildi.

Alohida maqolalarda bosh so`z vazifasida kelgan, shaklan o`xshash, talaffuzda farqlanuvchi so`zlar (omograflar)ning esa har ikkala shaklida ham urg`u belgisi qo`yilgan. Masalan:

AKADÉMIK [r] …

AKADEMÍK [r akademicheskiy] …

Ma’nodosh (sinonim) so`zlarning har biri mustaqil ravishda alifbo tartibida o`z o`rnida berilib, izohlangan. Ayrim hollarda so`z izohi o`rnida ayn. belgisi bilan uning faol sinonimi keltirilgan:

RIYOZIYOT [a] esk. ayn. Matematika.

Lug`atda so`zlarning asosan hozirgi o`zbek adabiy tilida keng qo`llanadigan ma’nolari qisqa izoh bilan bayon etilgan. Polisemantik (ko`pma’noli) so`zlarning har bir mustaqil ma’nosi tartib bilan alohida-alohida izohlangan va bir-biridan farq qilishi uchun arab raqamlari bilan ajratilgan. Ko`chma ma’noda qo`llanadigan so`z oldidan ko`ch. belgisi qo`yilgan. Agar shakldosh so`zlar yoki ko`pma’noli so`zning alohida ma’nolari turli turkumlarga oid bo`lsa, u holda izohlanayotgan so`zning etimologiyasidan keyin grammatik va uslubiy ma’lumotlar ham berilgan. Masalan:

TAAJJUB [a] 1 sft. Kishini hayratda qoldiradigan, ajablanarli, g`alati.

ot Ajablanish, hayronlik. 3 kirish.s. Ajab, qiziq.

O`zbek tilida boshqa so`z bilan turg`un birikma shaklida qo`llanadigan o`zlashmalar tik to`g`ri chiziqdan keyin birikma shaklida qora harflar bilan berilib, izohlangan. Bunda izoh bosh so`zga emas, ana shu birikmaga tegishli bo`ladi. Masalan:

IJROIYA [a] | Ijroiya qo`mita – xalq deputatlarining hokimiyat organlari qarorlarini bajaruvchi, amalga oshiruvchi organi.

yoki

XAYRIYA [a] | Xayriya jamiyati - moddiy yordam uyushtiruvchi jamiyat.



O`z tilida so`z yasash qonun-qoidalari asosida hosil qilingan turli yasama so`slar bizning tilimizga tayyor holda kirib kelganligi sababli, o`zbek tilida ular tub so`zlar hisoblanadi. Shuning uchun lug`atda bunday so`zshakllarning har biri alohida izohlangan:

DIFFERENSIAL I [lot] ot 1 mat. Erkin o`zgaruvchan miqdorning cheksiz kichik ixtiyoriy ortmasi…



DIFFERENSIÁTSIYA [lot] Bir-biridan farqlanish, ajralish.

Lug`at hajman kichik, ixcham va foydalanishda qulay bo`lishi uchun, unga turli iboralar, maqol hamda matallardan misollar va sitatalar kiritilmagan. Muntazam takrorlanuvchi so`zlar esa qisqartma shaklida berilgan, ushbi qisqartmalar va boshqa belgilar to`g`risida lug`atning KIRISH qismidan batafsil ma’lumot olish mumkin.
Download 25.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling