O‘zbek tilining sohada qo’llanishi fanidan test 4-variant


Download 21.62 Kb.
Sana21.06.2023
Hajmi21.62 Kb.
#1640412
Bog'liq
4 variant


O‘ZBEK TILINING SOHADA QO’LLANISHI FANIDAN TEST
4-VARIANT

1. Nutqning tozaligiga salbiy ta’sir etadigan unsurlami ko‘rsating?


a) Varvarizmlar va vulgazmlar b) Arxaizm va dialektizmlar
c) Adabiy me’yor va imlo d) А, B javob
2. Nutqning tozaligi deganda nimani tushunasiz?
a) Adabiy til me’yorlariga yot bo‘lgan birliklarning qo‘llanmasligi
b) Dialektizmlarning qo‘llanmasligi c) Nutq mantiqiyligiga rioya qilish
d) Nutq ifodaviyligini oshirish
3. Milliy o‘ziga xosligi bilan ajralib turuvchi nutq qanday nomlanadi?
a) Og‘zaki b) Madaniy c) Yozma d) Badiiy
4. Tog‘lardagi qip-qizil lola Bo‘lib go‘yo yqut piyola, Buloqlardan uzatadi suv, El ko‘zidan qochadi uyqu. She’riy parchada tilning tasviriy vositalaridan qay biri qo‘llangan?
a) O‘xshatish b) Qiyoslash c) Sinekdoxa d) Metonimiya
5. Qaysi adib «Tarbiya»ni tо‘rt turga bо‘ladi.
a) Qoshg‘ariy b) Beruniy c) A.Avloniy d) Y.X.Xojib
6. 1995-yilda qabul qilingan imlo qoidasiga ko‘ra quyidagi so‘zlarning qaysi biri qo‘shib yoziladi?
A) kir sovun B) tarjimayi hol C) liq to‘la D) och sariq
7. Tutuq belgisi (’) qo‘yilishi kerak bo‘lgan so‘zlarni aniqlang.
A) maraka, tazim B) mo‘tadil, vaz C) mashuq, mezon D) taziya, murojaat
8. Qaysi qatordagi so‘zda til oldi jarangli tovush lab-lab jarangli tovushi sifatida talaffuz etiladi?
A) mehmon B) bo‘yni C) gapni D) minbar
9. Noto‘g‘ri yozilgan so‘zlar qatorini ko‘rsating.
A) oliyjanob, taqiqlamoq, ohanrabo B) taqchil, bug‘u, hasharot
C) hukumron, alyuminiy, vakum D) bo‘ysunmoq, gulsapsar, binoyi
10. 1995-yilda qabul qilingan imlo qoidasiga ko‘ra quyidagi so‘zlarning qaysi biri ajratib yoziladi?
A) yarim avtomat B) bug‘doy rang С) janubi g‘arb D) sovuq mijoz
11. Noto‘g‘ri yozilgan so‘z qaysi qatorda berilgan?
A) hasharot B) netron C) obro‘li D) xushhazm
12. Talaffuz va imloda farqlanadigan so‘zlar ko‘rsatilgan qatorni toping.
1) tonna; 2) avtomat; 3) bahor; 4) okean; 5) kollej; 6) ishlov; 7) tovuq; 8) yasha; 9) bilan
A) 1, 2, 5, 7, 8, 9 B) 3, 4, 6, 8, 9 C) 1, 2, 3, 4, 5, 7, 9 D) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8
13. Qo‘sh undosh xato qo‘llangan so‘zlar qatorini aniqlang.
A) dramma, ushshatmoq B) yallig‘lanish, horittirmoq
C) himmatli, haqqoniyat D) uvvos, uddaburon
14. Adabiy me’yor saqlangan so‘zlar qatorini belgilang.
A) giyohvan, xayir, g‘ish, mas B) pasay, chapdas, qayrilmoq, sanalmoq
C) artis, grip, dramma, darax D) yarmi, bag‘ri, ayrilmoq, ikkala
15. Xato yozilgan sonlarni toping.
A) besh-o‘n, ellik-oltmishtacha B) uchchala, to‘rttala
C) bitta, ikkita D) uchdan bir, beshdan uch
16. Qaysi juftlikda so‘zlar xato yozilgan?
A) mo‘’jaz, mo‘’jiza B) surat, sur’at C) nasha, nash’a D) tana, ta’na
17. Yangi imlo qoidasiga ko‘ra har bir so‘zi bosh harf bilan yoziluvchi birliklar qatorini belgilang
A) O‘zbekiston Qahramoni B) Barcha qatordagi so‘zlar bosh harf bilan yoziladi.
C) Xotira va qadrlash kuni D) Mustaqillik kuni
18. "O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari" (1995) ga ko‘ra chiziqcha bilan yoziladigan so‘zlar qatorini toping.
A) unda bunda, uyma uy B) ko‘pdan ko‘p, yangidan yangi
C) ochiqdan ochiq, to‘g‘ridan to‘g‘ri D) yangidan yangi, to‘g‘ridan to‘g‘ri
19. Chiziqcha bilan yoziladigan so‘zlar qaysi qatorda berilgan?
A) orom//baxsh, qiyma//taxta, ur//to‘qmoq B) gul//chechak, bordi//keldi, och//sariq
C) bodom//qovoq, to‘q//qizil, kecha//kunduz D) uyma//uy, kiyim//kechak, dam//badam
20. Qaysi javobda 1995-yilda qabul qilingan imlo qoidasiga ko‘ra ajratib yoziladigan so‘z berilgan?
A) sovuq mijoz B) yarim avtomat C) kula yozdi D) bug‘doy rang
21. -illa fe’l yasovchi qo‘shimchasi qaysi so‘zlarga qo‘shilganda fonetik yozuv asosida yoziladi?
A) lo‘k, g‘ing, ship B) shov, shiq, dik C) shov, guv, ship D) shov, guv, shuv
22. Izohli lug‘at – bu alifbo tartibda qurilgan butun bir dunyo… Barcha kitoblar lug‘atda joylashtirilganday… Faqat ularni ajratib ola bilish lozim.
Lug‘atlar haqida aytilgan ushbu jumlalar muallifi kim?
a) Eriyest Renan b) Anotol Frans C) V.I. Dal d) Emil Zolya
23. Birinchi bo‘lib “izoh” atamasi qaysi lug‘atshunos olim lug‘atida qo‘llanilgan?
a) V.I. Dal b) Emil Zolya c) Eriyest Renan d) Karl Linney
24. XVII asrning yarmiga kelib Yevropada lug‘atlarga munosabat o‘zgarishining sabablarini belgilang.
a) Fanlar Akademiyasi, bilimlar Akademiyasi tuzila boshlaganligi
b) Ayrim matnlarda uchragan qiyin so‘z va so‘z birikmalarini izohlashga urinish
c) O‘z ona tillarini bilishga bo‘lgan qiziqish d) barcha javoblar to‘g‘ri
25. Fransuz akademiyasi qachon va kim tomonidan tuzilgan?
a) 1582-yil, V.I.Dal tomonidan b) 1712-yil, Karl Linney
c) 1635-yil Kardinal Rеshеl’е d) To‘g‘ri javob yo‘q
26. Ispan akademiyasida nashr etilgan lug‘atni belgilang.
A “E’tiborlilar lug‘ati” b) “Izohli lug‘at”
c) “Chet tilidan kirgan so‘zlar lug‘ati” d) “Chastotali lug‘at”
27. 1902-yilda Varshavada nashr etilgan lug‘atni belgilang.
a) 7 tilli “Ruscha – fransuzcha – nemischa – tibetcha – mo‘g‘ulcha – uyg‘urcha – xitoycha lug‘at”
b) 2 tilli “Ruscha – o‘zbekcha qisqacha botanika terminlari lug‘ati”
c) “Yozuv yodgorliklari asosida qadimgi rus tilining lug‘ati”
d) “Turkcha – tatarcha qiyosiy lug‘at”
28. Terminologik lug‘atlar qatorini belgilang.
a) “Ruscha – o‘zbekcha matematik terminlar so‘zligi”, “Turk tillari lug‘ati”
b) “Ruscha – o‘zbekcha fizik terminlar lug‘ati”, “Ruscha – o‘zbekcha – qisqacha botanika terminlari lug‘ati”
c) “Ruscha – o‘zbekcha matematik terminlar lug‘ati”, “Chet tilidan kirgan so‘zlar lug‘ati”
d) Barcha javoblar to‘g‘ri
29. Istiqloldan so‘ng yaratilgan “O‘zbek milliy ensiklopediyasi” necha jilddan iborat va O‘zMEning I – XI jildlarida taxminan qancha maqola berilgan?
a) 12 jild, 50 ming maqola b) 14 jild, 40 ming maqola
c) 13 jild, 30 ming maqola d) 12 jild, 40 ming maqola
30. Turli fan, texnika, madaniyat kabi turli soha haqida kerakli ma’lumotlar beruvchi asar…
a) Ko‘p tillik lug‘atlar deyiladi b) Tarixiy lug‘atlar deyiladi
c) Terminologik lug‘atlar deyiladi d) Qomusiy lug‘atlar deyiladi
Download 21.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling