O‘zbek tilshunosligida semema va sema munosabati
Download 54.01 Kb.
|
sevara
Toshkent amaliy fanlar universiteti Kurs ish
Bajaruvchi:Rajabova S Tekshiruvchi:Xo‘janiyazova Sh O‘zbek tilshunosligida semema va sema munosabati Reja: Semiologiya Til belgili xususiyatlarining lingvosemiotika tomonidan o‘rganilishi. Leksik –semantik sath. Leksema va so‘z. Semantika Semema va uning tarkibiy qismlari Inson o‘zini qurshab turgan olamni bilish jarayonida uning unsurlarini obrazlar orqali ongida aks ettiradi va bu ongda aks etgan olam unsurlari belgi orqali ifodalanadi. Sotsial axborotning har qanday moddiy ifodalovchilari belgi hisoblanadi.XIX asr oxiriga qadar belgi nazariyasi bilan asosan faylasuflar shug‘ullandilar. Faqat XIX asr oxiridan boshlab bu masala ruhshunoslarning ham diqqatini jalb qildi.Belgi haqidagi falsafiy nazariya o‘zining uzoq tarixiga ega. Qadimgi ellinlar narsaning mohiyati va ularning nomlanishi yuzasidan ilmiy bahslaridayoq yashirin holda belgi tushunchasiga asoslangan edilar.Faylasuflar ta’sirida XIX asrdan boshlab tilning umumiy nazariyasiga bag‘ishlangan deyarli barcha lingvisgik asarlarda so‘z ikki tomonlama xarakterga ega bo‘lgan belgi sifatida talqin qilina boshladi. V.Gumboldt, Shleyxer, Shteyntal, L.Breal, A.Meye, F.Fortunatov, I.A.Boduen de Kurtene, N.Krushevskiy asarlarida so‘zga belgi nuqtai nazaridan yondashiladi. Lekin F.de Sossyur tilning belgilik tabiatini aniq-ravshan yoritib berdi. Hatto belgi nazariyasi bilan shug‘ullanuvchi alohida fan — semiologiya fani mavjud bo‘lishini va lingvistika ham semiologiya tarkibiga kirishi lozimligini ta’kidladi.XIX asrdagi belgilar sistemasiga bag‘ishlangan falsafiy asarlar orasida Ch.S.Pirsning asari alohida ajralib turadi.Semiotikaning asoschisi sanaluvchi Ch.Morrisning Ch.S.Pirs qarashlariga tayanishi ham bejiz emas. Garchi F.de Sossyurning “Umumiy lingvistika kursi” asarida Ch.S.Pirsasarlariga ishora sezilmasa ham, ammo bu ikki olimning belgilar haqidagi qarashlarida bir-biriga juda o‘xshashlik bor. Shuning uchun R.O.Yakobson: ikki olimning belgilar sistemasining o‘rganishdagi harakatida qandaydir genetic aloqa bormi yoki fikriy muvofiqlikni uchratamizmi, degan masalani hal qilish juda qiziqarli bo‘lar edi”, - degandi. Ch.Pirs belgilarni birinchi marotaba tasnif qiladi.U tasnifda belgining moddiy tomoni – ifodalovchi bilan ifodalanmish o‘rtasidagi farqlanishga asoslanadi. Ana shu belgi asosida Ch.Pirs belgilarni uch katta guruhga ajratadi: 1.Sanam belgilar. Bunday belgilar ifodalovchi ma’lum darajada ifodalanmish bilan o‘xshashlikka ega bo‘ladi (masalan, hayvonlarning tasvir belgisi sifatida aks ettirilishi). 2.Indeks belgilar. Bunday belgilarda ifodalovchi ifodalanmish bilan sabab-natija yoki boshqa munosabat (yaqinlik, makon va zamondagi bog‘liqlik va h.k.) orqali bog‘lanadi. Masalan, tutun olovning indeks belgisi sanaladi. 3.Simvol belgilar. Bunday belgilarda ifodalovchi bilan ifodalanmish o‘rtasida shartli, konvensional, motivlanmagan munosabat mavjud bo‘ladi. Bu munosabat erkin va ma’lum qoida asosida vujudga keladi. Ana shu jihatdan lingvistik belgilar simvol belgilarga o‘xshaydi.Lekin belgilar tipologiyasida alohida o‘rin egallaydi. Download 54.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling