O‘zbekisòon respublikasi oliy va o‘RÒa maxsus òA’lim vazirligi o‘RÒa maxsus, kasb-hunar òA’limi markazi


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/36
Sana07.07.2020
Hajmi1.29 Mb.
#123262
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Bog'liq
epidemiologiya va tibbiy parazitologiya


O‘ZBEKISÒON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RÒA MAXSUS
ÒA’LIM VAZIRLIGI
O‘RÒA MAXSUS, KASB-HUNAR ÒA’LIMI MARKAZI
Y.M. FAYZIYEV, X.A. FAYZIYEVA
EPIDEMIOLOGIYA VA
TIBBIY PARAZITOLOGIYA
Tibbiyot kollejlari uchun darslik
3-nashri
Òoshkent — «ILM ZIYO» — 2016

2
UO‘K 616–036.22+616–093/–098
KBK 51.9 ya 722
F12
Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi ilmiy-metodik
birlashmalari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Kengash
tomonidan nashrga tavsiya etilgan.
Darslik umumiy va xususiy bo‘limdan iborat. Umumiy bo‘limda fanning
rivojlanish tarixi, boshqa tibbiyot fanlari bilan aloqasi, epidemik jarayon,
epidemiologik tekshirish usullari haqida ma’lumot beriladi. Xususiy bo‘limda har
bir infeksiya haqida alohida fikr yuritilib, epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar
belgilashning umumiy qoidalari yoritilgan.
ISBN 978-9943-16-358-4
© «ILM ZIYO» nashriyot uyi, 2016-y.
T a q r i z c h i l a r : E.I. MUSABOYEV – O‘zbekiston Virusologiya ilmiy
tekshirish institutining direktori; G.Y. ABDURASHI-
TOVA – 2-Respublika tibbiyot kollejining oliy toifali
o‘qituvchisi;  A.M. DONAYEV – Surxondaryo viloyati
Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazining
bosh shifokori o‘rinbosari, tibbiyot fanlari nomzodi.

3
KIRISH
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimovning «Òa’lim-
tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish, barkamol
avlodni  voyaga  yetkazish  to‘g‘risida»gi  Farmoni,  «Kadrlar
tayyorlash  Milliy  dasturi»  g‘oyalarini  amalda  keng  tatbiq  qilish
yangi  o‘quv  adabiyotlarini  yaratish  bilan  chambarchas  bog‘liq.
Ushbu o‘quv adabiyoti milliy g‘oyalar, O‘zbekiston epidemiolog
olimlari  erishgan  yutuqlar,  jahonda  ushbu  sohada  olib  borilgan
ilmiy ishlar asosida yozildi.
O‘zbekistonda oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari bazalarini
mustahkamlash, ta’lim-tarbiya sifati va samaradorligini oshirish,
tibbiyot tarmoqlari uchun zarur mutaxassis kadrlarni jahon talab-
lari darajasida tayyorlash bo‘yicha tegishli tadbirlar amalga oshi-
rilmoqda.
Davlat ta’lim standartlari tasdiqlanishi va joriy qilinishi bilan
ta’limning barcha turlarida sifat jihatidan yangi, zamonaviy o‘quv
adabiyotlarini yaratish asoslari vujudga keldi. Oliy va o‘rta maxsus
o‘quv yurtlari  uchun yangi standart va talablarga ham tuzilishi
jihatidan, ham mazmunan mos keladigan zamonaviy o‘quv ada-
biyotlarini  yaratish  hamda  ularni  takomillashtirish  kun  tartibi-
dagi asosiy vazifalardan biridir.
Darslik  ikki  bo‘limdan  iborat  bo‘lib,  umumiy  va  xususiy
epidemiologiyaning  dolzarb  mavzulari,  yuqumli  kasalliklarning
rivojlanish qonuniyatlari va ularning oldini olish uchun o‘rta tib-
biyot  xodimlarining  burch va vazifalari, epidemik jarayon va uning
qismlari, epidemiologik tashxis, tadqiqot masalalari hamda us-
lublari ilmiy nuqtayi nazardan chuqur, aniq, tushunarli tilda yori-
tib berildi. Darslikda hozirgi kunda O‘zbekiston hududida uchray-
digan  yuqumli  kasalliklarga  qarshi  chora-tadbirlarni  o‘tkazish
tartibi,  qoidalariga  alohida urg‘u  berilgan.

4
Darslikda epidemiologiyaning  amaliy yutuqlariga ko‘proq  e’ti-
bor  qaratildi.  Har  bir  mavzu  vaziyatli  masalalar  bilan  mukam-
mallashtirilgan. Darslikning ayrim boblarini to‘ldirish maqsadida
M.Q. Usmonov, O.M. Murtazoyev, N.S. Otabekov, M.J. Ahme-
dova,  I.H. Mamatqulov,  S.N. Boboxo‘jayevlarning  ilmiy  maqo-
lalari, qo‘lyozma materiallar va bevosita maslahatlaridan samarali
foydalanilgan.
Darslik  tibbiyot  kollejlari  talabalari  uchun  mo‘ljallangan
bo‘lib, tibbiy profilaktika, akusherlik ishi, laboratoriya-diagnos-
tika yo‘nalishlarining o‘quv dasturlariga to‘liq mos keladi. Darslik
kamchiliklardan butunlay xoli, deya olmaymiz. Mualliflar ushbu
darslik  yuzasidan  bildiriladigan  har  qanday  taklif  va  muloha-
zalarni bajon-u dil  qabul qilishadi.

5
I bo‘lim
UMUMIY
EPIDEMIOLOGIYA

6
1-bob. EPIDEMIOLOGIYANING ASOSIY
TAMOYILLARI
1.1. Umumiy tushunchalar
Epidemiologiya  yuqumli  kasalliklarning  paydo  bo‘lishi,
rivojlanishi  va  aholi  orasida  tarqalish  xususiyatlari  hamda
qonuniyatlarini o‘rgatib, yuqumli kasalliklarga qarshi kurash
chora-tadbirlarini  ishlab  chiqadi  va  uni  amalga  oshirilishini
ta’minlaydi.
Mustaqillik  davrida  O‘zbekistonda  yuqumli  kasalliklarning
epidemik  ko‘rinishlari  keskin  kamaydi. Kishilik  jamiyatida  epi-
demik kasalliklarning paydo bo‘lishi va tarqalishi epidemik jara-
yon deb ataladi. Holbuki, epidemiologiya epidemik jarayonning
qonuniyatlarini, unga qarshi kurash va tugatish usullarini o‘rga-
nadi. XX asrning oxiriga kelib, epidemiologiya fanida keskin bu-
rilish paydo bo‘ldi. Bu o‘z xususiyatiga ko‘ra, yuqumli bo‘lmagan
kasalliklar ham epidemik tus olib rivojlanishidir. Bu kasalliklar-
ning yuzaga kelish sabablari, rivojlanish qonuniyatlari epidemio-
logiyaning asosiy uslublari orqali o‘rganiladi.
Epidemiologiya tibbiyot kollejlarida, bilim yurtlarida umum-
kasbiy hamda kasbiy fanlar sifatida o‘qitiladi. Bu fan aholi o‘rta-
sida  keng  uchrab  turadigan  kasalliklarning  rivojlanishini,  tarqa-
lish qonuniyatlarini o‘rganish bilan birgalikda, uning oldini olish
usullarini ishlab chiqadi.
Epidemiologiya ikkiga  bo‘lib o‘rganiladi:
1. Umumiy epidemiologiya.
2. Xususiy epidemiologiya.
Umumiy  epidemiologiya  yuqumli  va  boshqa  kasalliklarning
paydo bo‘lishida muhim o‘rin tutadigan epidemik jarayonlar ha-
qidagi  ma’lumotlarni,  shuningdek,  uslubiy-amaliy  va  tashkiliy
bilim, ko‘nikma, malakalar haqida ma’lumot beradi.
Xususiy epidemiologiya esa, alohida kasalliklarning paydo bo‘-
lish sabablari, epidemik xususiyatlarning oldini olish chora-tad-
birlari, epidemik nazorat o‘rnatish qoidalarini o‘rgatadi.

7
Umumiy epidemiologiya:
1. Epidemiologiyaning fan  sifatida o‘rganilishi, usullari, tarixi,
uslublari;
2. Epidemik  jarayon  va uning  asosiy  bo‘g‘inlari;
3. Yuqumli va yuqumsiz  kasalliklarga  qarshi  chora-tadbirlar
va  vositalar;
4. Yuqumli  va  yuqumsiz  kasalliklarga  epidemiologik  nuqtayi
nazardan  tashxis  qo‘yish;
5. Epidemiyaga qarshi kurash bo‘yicha xizmatni tashkil qilish
yo‘llari to‘g‘risidagi ta’limot.
Epidemiologiya epidemik jarayonning rivojlanish qonuniyatini
o‘rganadi,  ya’ni  odamlar  o‘rtasida  yuqumli  kasalliklarning  tar-
qalishi,  yuqumlilik  manbayi bo‘lgan  taqdirda  rivojlanishi,  o‘tish
omillari va moyillik, odamlarning kasallikka beriluvchanligi hamda
ijtimoiy  sharoitning  o‘zgarishi  bilan  yangidan  yangi  yuqumli
kasalliklar kelib chiqishini o‘rganadi. Bundan tashqari, epidemio-
logiya yuqumli kasalliklarning oldini olish tadbirlarini ishlab chiqadi.
Epidemiologiya fani haqidagi birinchi tushunchani 1927-yil-
da  buyuk  rus  epidemiologi  D.K.  Zabolotniy  bergan:  «Epide-
miologiya epidemiyalar haqidagi fan bo‘lib, epidemiyaning kelib
chiqishi  va  rivojlanishini,  sharoitlarini,  ular  bilan  kurashish  us-
lublarini taklif qiladi». Bu uslublar fanning ilmiy asoslari bilan
bog‘langan  bo‘ladi.  Shunday  qilib,  epidemiologiya,  nafaqat,
epidemiyani o‘rganib qolmasdan, balki odamlarni himoya qilish
tizimini ham ishlab chiqadi.
Yaqin kunlargacha bu qoidaga yakuniy tushuncha deb qarab
kelinardi. Fanning rivojlanishi, iqtisodiy-ijtimoiy sharoitning o‘z-
garishi D.K. Zabolotniy  qoidasiga aniqlik kiritish kerakligini talab
qilib qoldi.
Haqiqatan,  ko‘pgina  yuqumli  kasalliklar:  vabo,  o‘lat,  chin-
chechak,  toshmali  terlama,  bezgak,  epidemiya,  hattoki,  pande-
miya holatida uchragan bo‘lsa, hozirgi kunga kelib ayrimlari yakka
holda  kuzatiladi.  Savol  tug‘iladiki,  yakka  holda  uchraydigan
yuqumli kasalliklar epidemiologiya fanida o‘rganilishi mumkinmi
yoki bo‘lmasa, ko‘pchilik o‘rtasida tarqalgan, lekin yuqumli bo‘l-
magan kasalliklarni ham bu fan o‘rganishi mumkinmi?
Ko‘plab  epidemiologlarning  fikricha,  epidemiologiya  odam-
lardagi  yuqumli  kasalliklarning  kelib  chiqishi,  rivojlanishi,  tar-
qalishi,  har  qanday  darajadagi  epidemik  jarayonning  kechishini

8
o‘rganadi.  Vabo,  o‘lat,  chinchechak,  toshmali  terlama,  bezgak
kabi  kasalliklar  keskin  pasayib  ketishi  yoki  tugatilishi,  griðp,
epidemik  gepatit,  arbovirusli  infeksiyalar,  mikozlar,  orttirilgan
immuntanqislik sindromi kabi yuqumli kasalliklarning oldini olish
ularga  qarshi  kurashni  kuchaytirishga  o‘tilishidandir.
Mak Man, Pyu va Iðsenning 1965-yilda rus tiliga o‘girilgan
«Yuqumli  kasalliklarni  o‘rganishda  epidemiologiya  uslublarini
qo‘llash»  kitobida  epidemiologiya  —  kasalliklar  tarqalishi  va
omillarini aniqlashtiruvchi fan, deb ta’rif berilgan. Bunda rak,
giðertoniya, anemiya, psixozlar va boshqalar ham hisobga olingan.
1960-yili  Praga  shahrida  bo‘lib  o‘tgan epidemiologlarning
xalqaro anjumanida epidemiologiya fanining qoidasi qabul qilindi.
U  alohida  tibbiyot  fani  bo‘lib,  odamlar  orasida  yuqumli  kasal-
liklarning kelib chiqish sabablarini tekshiruvchi va olingan ma’lu-
motlarga ko‘ra, ushbu kasalliklarga qarshi kurashish, profilaktika
qilishi uchun qo‘llash bilan shug‘ullanuvchi fan, deb e’tirof etildi.
1.1.1. EPIDEMIOLOGIYA FANINING QISQACHA TARIXI
Hozirgi zamon tushunchasiga ko‘ra, epidemiologiya nisbatan
yosh  fan  hisoblanadi.  Shunga  qaramasdan,  epidemiologiya  fa-
nining  ildizi  qadim-qadimdan  ma’lum  bo‘lib,  har  qanday
epidemik kasallik paydo bo‘lsa, avvalo, uning oldini olish masalasi
birinchi darajali ahamiyatga ega bo‘lar edi.
Yuqumli kasalliklar  to‘g‘risidagi ilk bor uncha aniq bo‘lmagan
tushunchalar  eramizdan  avvalgi  4000—3000-yillarda  paydo
bo‘lgan, eramizdan avvalgi 3730—3710-yillarda Misrda papirus-
dan topilgan xastalik belgilari hozirgi kundagi chinchechak kasal-
ligiga mos keladi.
Epidemik jarayonning rivojlanish evolutsiyasi — «yuqumlilik»
to‘g‘risidagi  tushunchalarning  paydo  bo‘lishi.  Bunda  kasallik
bemordan yoki uning ashyolaridan o‘tishi xarakterlidir. «Yuqumli
kasallik» to‘g‘risidagi ma’lumotlar diniy xarakterga ega bo‘lgan va
epidemiyaga  «xudoning  jazosi»  deb  qaralgan  holda  unga  qarshi
kurashishning  iloji  yo‘q,  deb  tushuntirilgan.
Ko‘pgina yuqumli kasalliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, ya’ni
ularning kelib chiqishi, tarqalishi, o‘tish yo‘llari haqida buyuk
yunon mutafakkiri Giðpokratning «Havo, suv va iqlim» asarida
va «Epidemiya» kitobida berilgan. Bunday ma’lumotlar qadimgi
Rim  olimlari  Fukidid,  Lukretsiy  asarlarida  ham  keltirilgan,

9
keyingi  davr  —  O‘rta  asrda  yuqumli  kasalliklar  avj  olib  rivoj-
langan bo‘lsa-da, ammo epidemiya to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lu-
motlar  bermaydi.
Yuksalish  davri,  fan  va  madaniyatning  rivojlanishi  yuqumli
kasalliklar to‘g‘risida ko‘pgina tushunchalar berib, ularning asosiy
sabablari  to‘g‘risida  qo‘shimcha  ma’lumotlar  paydo  bo‘ldi.  Shu
davrning ko‘zga ko‘ringan shifokori italiyalik Jiralomo Frakastro
o‘zining  «Kontagiyalar,  kontagioz  kasalliklar  va  ularning  da-
vosi» asarida epidemik kasalliklarning rivojlanishi to‘g‘risidagi bi-
rinchi ilmiy  nazariyani yaratishga harakat qildi. Bu kitobda u qa-
tor  yuqumli  kasalliklar  (chechak,  o‘lat,  qizamiq,  quturish  va
h.k.)ni tirik mavjudotlar keltirib chiqarishi to‘g‘risida olamshumul
taklifni kiritdi va uni bemorning o‘zidan, ashyolaridan va hattoki,
havo orqali o‘tishini  ham  ko‘rsatib  berdi.
Keyinchalik  sanoat  revolutsiyasi  davrida,  ya’ni  XVI—XVIII
asrlarda  tabiiy  fanlarning  rivojlanishi  epidemiologiya  fanining
alohida tibbiyot fani bo‘lib ajralib chiqishiga ta’sir ko‘rsatdi. Bu
davrda yangi fanlarning rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar
paydo bo‘ldi. Masalan, bakteriologiya fanining rivojlanishi tibbiyot
fanlarining  yuqori  darajada  rivojlanishini,  shuningdek,  yuqumli
kasalliklarga qarshi kurashni ta’minladi.
Shu davrdagi olimlar o‘rtasida qarama-qarshi tushunchalarga
ega bo‘lgan ikki oqim mavjud edi. Birinchi oqim — yuqumli ka-
salliklarning rivojlanishini «epidemik konstitutsiya» deb, atmos-
fera  iqlimining  o‘zgarishi  bilan  bog‘laydi.  Ikkinchi  oqim  «kon-
tagiozlar»  deb  atalib,  yuqumli  kasalliklar  rivojlanishida  jonli
mavjudotlar sabab bo‘lgan holda bemor organizmida rivojlanib,
keyin tashqi muhitga tushishi  ta’kidlanadi.
Ingliz olimi Jenner tomonidan chechakning oldini olish uchun
odamlarda  o‘tkazgan  emlash  jarayoni  epidemiologiya  fanining
rivojlanishida muhim tadbir bo‘ldi. Jenner tajribalari jahonshumul
ahamiyatga  ega  bo‘ldi  va  u  tanlagan  yo‘l  to‘g‘ri  ekani  hamda
yuqumlilikning boshlanishi asosida nima yotishini isbot qildi.
Shunga qaramasdan, yuqumlilikning rivojlanishi, kelib chiqishi
XIX asrning ikkinchi yarmida bakteriologiya fani yuzaga kelishi
bilan bog‘liqdir. Bu fanning rivojlanishiga L. Paster, I. I. Mechni-
kov, R. Kox, D. I. Ivanovskiylar katta hissa qo‘shishgan.
1864—1867-yillarda Odessa va Peterburgda birinchi dezinfek-
siya  stansiyasi  ish  boshladi,  uning  tajribasi  boshqa  shaharlarda
kengaytirildi. I.I. Mechnikov va N.F. Gameley yordamida 1881-yili

10
Odessada  antirabik  vaksina  ishlab  chiqaradigan  va  qo‘llaydigan
birinchi laboratoriya tashkil qilindi. Keyinchalik shunga o‘xshash
laboratoriya «Paster stansiyalari» nomi bilan Moskva, Peterburg,
Samara va boshqa shaharlarda ish boshladi.
1913-yili Batumida shifokorlar tomonidan to‘plangan mab-
lag‘ asosida bezgak kasalligiga qarshi stansiya ochildi. D.K. Za-
bolotniy tashkilotchiligi asosida 1922-yilda birinchi epidemio-
logiya kafedrasi ochildi. 1927-yilda «Epidemiologiya bo‘yicha qo‘l-
lanma»  tayyorlandi.
Epidemiyaga  qarshi  kurashish  xizmatini  rivojlantirishda
A.N. Susin, N.A. Semashko, Z.P. Solovyov, M.I. Barsukov, A.I. Ba-
neskin, O.M. Murtazoyev, M.Q. Usmonov, I.H. Mamatqulovlar
katta hissa qo‘shishgan.
1.1.2. O‘RTA OSIYODA EPIDEMIOLOGIYA FANINING
PAYDO BO‘LISHI VA RIVOJLANISHI
O‘rta  Osiyoda  epidemiologiyaning  rivojlanishi  o‘ziga  xos
tarixga  ega.  Qadimgi  davrlardan  odamlarda  kasallikning  kelib
chiqishi to‘g‘risida yetarli tushuncha bo‘lmaganligi sababli u em-
pirik holdagi xalq tabobati bo‘lgan. Lekin ko‘pchilik aholida xalq
tabobati (tabiblar, doyalar, kinnachilar va h.k.) yordamida davo-
lash, asosan, kasallik emas, balki kasallik belgilariga qarshi qa-
ratilgan edi. Keyingi davrlarda O‘rta Osiyoda boshqa fanlar qato-
rida  tibbiyot  fanining  rivojlanishi  kuzatildi.  Buning  sababi,  bir
tomondan, aholi iqtisodiyoti va madaniyatining yuksalishi bo‘lsa,
ikkinchi  tomondan  ko‘p  shaharlar  orqali  savdo  karvonlarining
Buyuk Iðak yo‘li  orqali o‘tishi bo‘lgan.
Bunday ma’lumotlar qadimgi O‘rta Osiyo xalqlarining tibbiyot
haqidagi birinchi yozma manbayi «Avesto» kitobida o‘z aksini topdi.
O.A. Abdullayevning ta’kidlashicha, bu kitobning vatani qadimgi
Xorazmdir.  «Avesto»  zardushtiylarning  muqaddas  diniy  kitobi
bo‘lib, unda asosan, diniy aqidalar, odamlarning yashash qoida-
lari, falsafiy masalalar hamda tibbiyotga oid fikrlar bayon etilgan.
Òibbiyotga oid qismida inson tanasining tuzilishi, tomirlar, ba’zi
kasalliklar va ularning davosi haqida ma’lumot berilgan.
Kitobda gigiyena masalalariga ham alohida ahamiyat berilgan.
Chunonchi,  «Avesto»  yer,  havo  va  suvni  muqaddas  bilib,  uni
iflos qilishni man etgan. Mazkur kitobda bir qancha kasalliklar-
ning hayvonlardan yuqishi to‘g‘risida va bunday bemorlarni da-
volashda  tabiblar  ehtiyot  bo‘lishlari  kerakligi  bayon  etilgan.  Bu

11
davrda bemor bilan muloqotda bo‘lganda, kasallik yuqishi mum-
kinligi va xastalik organizmga turli yo‘llar — og‘iz, burun, quloq,
ko‘z  va jinsiy organlar orqali kirishi ma’lum bo‘lgan. «Avesto»
kitobida kasallikning oldini olishga muhim o‘rin berilib, «Kasallik
senga tegmasdan oldin uni uzib tashla», deb ta’kidlangan.
Qadimiy  davrlardan  Xorazmda  chechak  o‘ta  xavfli  kasallik
hisoblangan. Bemor o‘lmay tirik qolgan taqdirda ham kasallikning
asoratlari qolgan. O‘sha paytdayoq bu kasallikdan qanday saqla-
nish  kerakligini  odamlar  bilishgan.  Kasallikni  boshidan  yengil
kechirgan  kishining  ko‘ylagini  sog‘lom  kishiga  kiydirishgan  va
chechak yarasining qobiqlarini bemor kishiga yedirishgan.
X asr o‘rtalarida Xorazm shohi  Ma’mun tomonidan  «Maskani
fazilat» — «Akademiya» tuzilgan. Bu akademiyaga o‘sha davrning
yetuk olimlari Abu Rayhon Beruniy, Abu Sahl Masixiylar bosh-
chilik qilishgan. 1002-yilda Xorazmga kelgan yosh Ibn Sino ustozi
Abu Sahl Masixiyning qo‘l ostida tibbiyotni o‘rganishni   davom
ettiradi. Bu davr Abu Ali ibn Sinoning ilmiy hayotida eng serqirra
va  samarali  bo‘lgan.  Buyuk  olimning  ilmiy  asarlari  arab,  lotin,
fransuz, nemis tillariga  tarjima qilinib, XV asrda qariyb, 20 dan
ortiq ilmiy qo‘lyozmalari bir qator Yevropa mamlakatlari, jum-
ladan, 1472-yilda Italiyada nashr etilgan edi.
O‘zining  dunyoga  mashhur  «Kitob  al-qonun  fit-tibb»  («Òib
qonunlari»)  asarida  Ibn  Sino  kasalliklarni  keltiruvchi  asosiy  sa-
bablar, kasallik qo‘zg‘atuvchi omillar, xastalik alomatlari va ularning
oldini olish haqida o‘z fikrlarini bildirgan. Jumladan, shu asarda
Ibn  Sino  «vabo  isitmasi»  —  infeksion  kasalliklarning  ko‘zga
ko‘rinmas qo‘zg‘atuvchilari haqida dastlabki ma’lumotni bergan.
Abu Ali ibn Sino mikrobiologiya fani paydo bo‘lishidan ko‘p asrlar
ilgari  o‘zining  «Òib  qonunlari»  kitobida  yuqumli  kasalliklarning
paydo bo‘lishida ifloslangan suv va havoning ahamiyatini ta’riflab
o‘tgan.  U  kasallikning  oldini  olish  uchun  suvni  qaynatib  yoki
filtrlab ichish kerakligini ta’kidlaydi. Gigiyena qoidalariga rioya  qilish
juda  muhim  ekanligini  alohida  ko‘rsatadi.
Ibn Sino nodir asarlar muallifi, buyuk olim bo‘lib qolmasdan,
bir qator iqtidorli, dunyoga mashhur olimlarning ustozi ham edi.
Uning shogirdlaridan Sharafuddin Abu Abdulla Muhammad ibn
Yusuf  Ilaqi,  Abu  Sodiq  Muttabbib  va  Ismoil  Jurjoniylar  o‘z
zamonasining yetuk olimlari bo‘lib yetishdilar.
XVII asr o‘rtalaridan XVIII asrgacha bo‘lgan davr mobaynida
Fransiya,  Belgiya,  Gollandiya  va  boshqa  bir  qator  Yevropa

12
universitetlarining  tibbiyot  kafedralarida  Ibn  Sinoning  «Òib  qo-
nunlari» asari asosida ta’lim berilar edi. Yevropa tibbiyot ilmiga
Ibn Sino  qo‘shgan hissa  benihoya kattadir. Taniqli amerikalik
olim  Gilford  Xavzerning  «Òibbiyot  olamining  otasi  Giðpokrat
bo‘lsa,  bu  olamning  quyoshi  Ibn  Sinodir»  iborasi  Ibn  Sino
faoliyatiga berilgan yuksak bahodir.
Sharqning  e’tiborga  loyiq  allomalaridan  biri  Abu  Bakr
Muhammad  ibn  Zakariyo  ar-Roziydir  (865—925).  U  Xuroson
shahrida tavallud topib, tabib At-Òabariy va faylasuf al-Balxiylar
shogirdi edi. Ar-Roziyning tibbiyot va ayniqsa, jarrohlik sohasiga
bag‘ishlangan  asarlari  («Al-Xavi», «Kitob  at-tib  al-Mansuri»)
ma’lum bo‘lib, Yevropa olimlari orasida e’tibor topgan. Asarlari-
dagi o‘t qopchasi, buyrak toshlari, bavosir va jarrohlik muolajalari
haqidagi  ma’lumotlar,  ayniqsa,  diqqatga  sazovordir.  Olimning
«Kitob  at-tib  al-Mansuri»  asari  tibbiyotning  barcha  sohalarini
qamragan  bo‘lib,  anatomiya,  mijoz,  ovqat  va  dori-darmonlar,
gigiyena, sog‘lom turmush tarzi, jarrohlik, toksikologiya, patolo-
giya,  isitma  turlari  va  uning  kelib  chiqishi  haqida  ma’lumotlar
beruvchi bo‘limlarni o‘z ichiga olgan. Ar-Roziyning tibbiyot soha-
sidagi  e’tiborli  ishlari  uning  chinchechak,  ko‘kyo‘tal  haqidagi
asarlarida o‘z  ifodasini topdi. Bu asarlarda olim birinchi marta
chechak  kasalligining  oldini  olish  uchun  sog‘lom  kishilarni
bemorlarning  chechak  pufakchalaridan  olingan  suyuqlik  bilan
emlash haqida yozgan.
O‘rta  asrlarda  yashab  o‘tgan  ko‘plab  olimlarning  asarlarida
yuqumli kasalliklarning kelib chiqishida va tarqalishida kontagio-
nistik qarashlar aniq  ko‘rina boshlandi. XI asrda yashab o‘tgan
Sharqning  buyuk  olimi,  shoir,  matematik  Umar  Xayyom  o‘z
asarlarida  kasallik  yuqishida  tuproq,  chang  zarrachalarining
ahamiyatini ko‘rsatib o‘tdi.  Uyg‘onish davrida Sharq  olimlarining
namoyandalaridan  Abu  Nasr  ibn  Muhammad  Forobiy  (873—
950)  o‘zining  «Nazariy  va  amaliy  tibbiyot»  kitobida  insoniylik
jamiyatida  yuzaga  keluvchi  kasalliklar  tabiati  va  ularning  oldini
olish borasida qimmatli fikrlarni aytgan edi. Olimning asarlari bilan
mukammal tanishgan Leonardo da Vinchi, Koperniklar Abu Nasr
ibn Muhammad Forobiyni «Sharq Aflotuni» deb atashgan va uni
Aflotundan keyin ikkinchi ustoz, deb bilishgan.
XX asrga kelib, bu fikr ilmiy jihatdan asoslandi. Londondagi
laboratoriyalardan  birida  xonadagi  chang  tarkibi  tekshirilganda,
bu changning 90 % odam terisining juda mayda zarrachalaridan

13
iborat ekanligi aniqlandi. Keyingi tekshirishlarda sog‘lom kishi-
ning  teri  qoplamlaridan  bir  kunda  bir  necha  million  mayda
mikroskopik zarrachalar ajralib turishi aniqlandi.
XIX asrda Òurkistonga rus savdogarlari va zavod egalari bilan
birga  ilg‘or  ziyolilar  ham  kela  boshladi.  Ular  orasida  yirik  rus
shifokorlaridan  P.F.  Borovskiy,  L.M.  Isayev  va  boshqalar  bor
edi. Bu olimlar Òurkiston o‘lkasida yuqumli kasalliklarga qarshi
kurashga o‘zlarining ilmiy kashfiyotlari bilan ulkan hissa qo‘sh-
dilar.  Òoshkent  gospitallaridan  birida  harbiy  shifokor  bo‘lib
ishlagan P.F. Borovskiy teri leyshmaniozining chaqiruvchilarini
birinchi bo‘lib o‘lgan askarning talog‘idan aniqlab topdi va bu
kasallik to‘g‘risidagi ma’lumotlarni batafsil yoritib berdi. O‘rta Osi-
yoda rishta kasalligining rivojlanishi bosqichlarini birinchi bo‘lib
1868-yilda sayyoh va zoolog olim A.P. Fedchenko bayon etgan.
Rishta  —  drakunkuloz  deb  nomlangan  kasallik  Eron,  Hin-
diston, Afrikadagi issiq iqlimli mamlakatlarda keng tarqalgan edi.
Mamlakatimizda  bunday  joylardan  biri  sifatida  Buxoro  viloyati

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling