O’zbekistan Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus ta’lim vazirligi


Download 1.13 Mb.
bet1/4
Sana03.08.2022
Hajmi1.13 Mb.
#790508
  1   2   3   4
Bog'liq
Xudoyberdiyeva Bibixonim BTS 129 guruh
Light absorption of silica nanoparticles, 16319448361972344, 2.5. Ширина спектральных линий, ТЕХНОЛОГИЯ ПОРИСТЫХ НАНОМАТЕРИАЛОВ, QUVVAT DARS ISHLANMA, 10-fizika dars ishlanma, Effect of detection angles on photoluminescence spectrum from ZnO nanorods grown by vapor, Образец тезисов ФВЗЧК, Oila psixologiyasi, Ingliz tili haqida qisqacha, 7 yosh, Talim psixologiyasiYosh davrlari va pedagogik psixologiya, 14-Интерференция света, Инновацион тадбиркорлик фаолияти, Инновацион тадбиркорлик (КУШИМЧА)

O’zbekistan Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus ta’lim vazirligi

“PROFI UNIVERSITY” XUSUSIY UNIVERSITETI

“BOWLANG'ICH VA UZLUKSIZ TA'LIM PEDAGOGIKASI” FANIDAN MUSTAQIL ISH.

Qabul qilivchi:D.K.XODJABAEVA.

Bajardi: BTS 129-guruh talabasi Xudoyberdiyeva Bibixonim

Mavzu: Ta’lim muassasasi menejmenti

Re’ja:

1. Ta’lim menejmenti tushunchasi. “Ta’lim to`g`risida”gi Qonuida ta’lim tizimini boshqarish. Ta’limni boshqarishda vakolatli davlat organlari va ularning xuquqlari. 2. O`zbekiston Respublikasining “Umumiy o`rta ta’lim xaqida”gi Nizomi. “Akademik litsey va kasb-xunar kolleji xaqida”gi Nizom. Maktab - pedagogik tizim va boshqarishning ob’ekti sifatida. Maktabni boshqarish prinsiplari. 3. Maktabning ichki boshqaruvi, uning tuzilishi va vazifalari.

Ta’lim muassasasini boshqarishning pedagogik- psixologik asoslari. Boshqarish faqat ishlab chiqarishgagina xos bo’lgan jarayon emas. Balki ijtimoiy sohalar, shuningdek, ta’lim tizimida ham boshqarishni to’g’ri tashkil etilishi juda muhim.Hozirgi paytda yagona pedagogik jarayonni boshqarishga ilmiy yondashish harakati kuchaydi. Bu esa intellektual salohiyati yuqori kadrlarni shakllantirish uchun o’ta muhim hisoblanadi. Avvalo, boshqarishning ijtimoiy mohiyatini anglab olaylik. Boshqarish ma’lum bir ob’ektga tashkiliy, rejali, tizimli ta’sir ko’rsatish demakdir. Ta’lim muassasasining pedagogik faoliyatini boshqarish ta’lim muassasasining faoliyat xususiyatiga ko’ra pedagogik jarayonini rejalashtirish, tashkil etish, rag’batlantirish, natijalarni nazorat va tahlil qilish maqsadida amalga oshiriluvchi boshqaruv faoliyatidir.

Bugungi kunda pedagogika faniga ta’lim muassasalarini boshqarish bo’yicha yangidan-yangi tushunchalar kirib kelyapti, ularning mohiyati avvalgilardan ham teranroqdir. Masalan, «ta’sir etish» tushunchasining o’rniga «o’zaro harakat», «hamkorlik», «refleksiv boshqarish» kabi tushunchalar qo’llanilmoqda.Ta’lim muassasalarini boshqarish nazariyasi ta’lim muassasalarining menejmenti nazariyasi bilan boyitildi. Menejment nazariyasi xodimlarga nisbatan ishonch, ularning unumli mehnat qilishlari uchun sharoit yaratish hamda o’zaro hurmat bilan tavsiflanadi. Xo’sh, menejment va menejer atamalarining asl mohiyati nimani anglatadi? Biz ushbu tushunchalarning mohiyati, ta’lim muassasida davlat-jamoa boshqaruvining pedagogik-psixologik asoslarini tushunishimizda ushbu yo’nalishda tadqiqot olib borgan pedagog R.Ahliddinovning qarashlari alohida diqqatga sazovor. «Menejment» va «menejer» atamalari hozirgi talqinda korxona va muassasa egalari o’z mulklari va xodimlarni o’zlari boshqarganlaridan ko’ra tanlangan yo’nalish bo’yicha maxsus tayyorgarlikdan o’tgan mutaxassislarni jalb etish afzal ekanligini tushunib yetganlaridan so’ng paydo bo’ldi. Bugungi kunda menejer rivojlangan demokratik mamlakatlarda nufuzli kasblardan biri hisoblanadi. Menejment deganda, odatda rahbarlik lavozimiga rasman tayinlangan shaxslarning ishigina tushuniladi. Boshqarishga, shuningdek, murabbiylik ishi ham taalluqli hisoblanadi. Menejment (yoki boshqarish) mavjud minimal imkoniyatlardan maksimal natijalarga erishish maqsadida muayyan xodim yoki guruhga ta’sir etish, ular bilan hamkorlik qilish jarayonidir.


Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling