O’zbekiston — Tojikiston


Download 21.18 Kb.
bet1/2
Sana13.01.2022
Hajmi21.18 Kb.
#329734
  1   2
MI
Bog'liq
U-Yuldoshev, 2 5226972076790778151, 2 5249370073541380573, 1-4, Klaviatura haqida gapiradigan bo, 241, iqtisodiy usish, KOMPYUTER TAQMOQLARI 1-MI, 2 5228902750489676416, adobe primerie dasturini video yigishda amalda qollash (1)

O’zbekiston — Tojikiston munosabatlari — Tojik va o’zbek xalqlarining yashash sharoiti, urf-odatlari, turmush tarzi bir-biriga nihoyatda yaqin. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov taʼkidlaganidek, o’zbek va tojik xalqlari ikki tilda gaplashadigan bir xalq. Bu 2 xalqning o’tmishda birgalashib, o’z ozodligi, erki uchun kurashgani, o’lmas meʼmoriy yodgorliklari va sanʼat durdonalarini yaratgani tarixdan maʼlum. Asrlar davomida ko’pgina tojik va o’zbek sanʼatkorlari biribiriga ustoz, biribiriga shogird bo’lib ijod qilib kelishgan.

Ikki buyuk arbob — Jomiy bilan Navoiyning do’stligi va hamkorligi tojik hamda o’zbek adabiy va madaniy aloqalari tarixidagi yorqin sahifadir. Jomiy va Navoiy boshlab bergan zullisonaynlik anʼanalarini Mashrab, Turdi, Nodira, Furqat, Zavqiy, Anbar otin, Asiriy, Ayniy, Hamza va boshqalar davom ettirdilar.



Ushbu ijtimoiy-tarixiy anʼana har 2 davlat milliy mustaqillikni qo’lga kiritgach, yangicha mazmun kasb etdi. O’zbekiston Tojikistondagi harbiy-siyosiy vaziyatni barqarorlashtirishda va uni ijobiy yechimini topishda sezilarli mavqeni egalladi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov 1992-yil sentyabrda BMT ning Bosh kotibiga murojaatnoma yo’llab, xalqaro hamjamiyat eʼtiborini Tojikiston muammolariga qaratib bu muammolarni tinch yo’l bilan hal etishga chaqirdi. Tojikistonda tinchlik jarayonining amalga oshishi va ahdlashuvlarning barcha bosqichida O’zbekiston rasmiy kuzatuvchi sifatida ishtirok etdi. 2000-yil 14—15 iyunda I. A. Karimovning rasmiy tashrif bilan Dushanbe shahrida bo’lishi, E. Rahmonovning Toshkentda bo’lishi o’zbek-tojik munosabatlarining yangi pog’onaga ko’tarilishidan dalolat edi. 1998-yil yozda O’zbekistonda Tojikiston Respublikasining madaniyat kunlari bo’lib o’tdi. 1995-yil Toshkent shahrida Tojikiston Respublikasining, 2000-yilDushanbe shahrida O’zbekiston Respublikasi elchixonasi ochilib, ular davlatlararo siyosiy, iqtisodiy, madaniy va maʼnaviy aloqalarni muvofiqlashtirish yo’lida xizmat qilmoqda. Keyingi vaqtda O’zbekiston Respublikasi bilan Tojikistonning savdo-iqtisodiy aloqalari birmuncha rivojlandi. O’zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasida Tojikistonning ulushi 2003-yilda 2002-yilga nisbatan 24,7% oshdi va 2,2% ni tashkil etdi.

Bizning xalqlarimizni umumiy tarix, madaniyat va ma’naviy qadriyatlar, o‘zaro hurmat hamda yaxshi qo‘shnichilikning ko‘p asrlik an’analari birlashtirib turadi. Bu yaqinlik O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasidagi munosabatlar uchun mustahkam zamin, asosiy tamoyil bo‘lib xizmat qiladi.

Diplomatik aloqalar o‘rnatilgan 1992 yildan buyon ikki mamlakat o‘rtasida davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo darajada yuzdan ortiq shartnoma hamda kelishuvlar imzolangan. Bu hujjatlar hamkorlikning muhim yo‘nalishlarini qamrab oldi hamda siyosiy, savdo-iqtisodiy va boshqa sohalarda birgalikdagi harakatlarni mustahkamlash uchun asosga aylandi. 1993 yil 4 yanvarda imzolangan Do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma hamda 2000 yil 15 iyundagi Abadiy do‘stlik to‘g‘risidagi shartnomada ikki tomonlama munosabatlarning asosiy tamoyillari belgilab qo‘yilgan. Bular: mustaqillik va davlat suverenitetini o‘zaro hurmat qilish, teng huquqlilik, bir-birining ichki ishlariga aralashmaslik, davlat darajasida ham, xo‘jalik yurituvchi subyektlar darajasida ham o‘zaro manfaatli iqtisodiy sherikchilik aloqalarini o‘rnatishga intilish.

O‘tgan qisqa davr — bir yarim yil ichida o‘zbek-tojik munosabatlarini mustahkamlash uchun juda kuchli turtki berildi. Ulkan o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. O‘zbekiston yetakchisining 2018 yilda davlat tashrifi maqomida amalga oshirilgan Tojikistonga safari bilan ikki tomonlama aloqalardagi yangi sahifa ochildi.

Dushanbeda do‘stona muhitda olib borilgan muzokaralarning konstruktiv ruhi siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda katta miqyosdagi ikki taraflama hamkorlikni kengaytirish hamda chuqurlashtirish omili bo‘ldi. Bugun har ikki mamlakat rahbarlari ko‘p tomonlama sherikchilikni izchillik bilan rivojlantirish va mustahkamlash uchun qat’iy xohish, shuningdek, yangi marralarni yelkama-yelka turib zabt qilishga bo‘lgan intilishni namoyon etmoqda.

O‘zaro do‘stona aloqalar aniq amaliy qadamlar bilan boyitilgan holda,o‘sib boruvchi trayektoriya bo‘ylab rivojlanmoqda. Xalqaro kuzatuvchilar “yorib chiqish” singari ta’riflarni tobora ko‘proq ishlatishyapti. Hamkorlikning yangi sahifasi ikki xalq manfaatlari yo‘lidagi yangi maqsadlar va istiqbollar bilan to‘lgan.

2016 yil sentyabrdan to shu kunga qadar O‘zbekiston va Tojikiston yetakchilari olti marta uchrashdilar, bir qator telefon so‘zlashuvlari amalga oshirildi.

Qonun chiqaruvchi idoralar o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish maqsadida 2017 yil dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Tojikiston Parlamenti bilan hamkorlik bo‘yicha Parlamentlararo guruhi tuzildi. Yaqin vaqt ichida uning ilk yig‘ilishini o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

Shu yil may oyida Toshkentda O‘zbekiston ichki ishlar vaziri P. Bobojonov bilan Tojikiston IIV rahbari R. Rahimzodaning uchrashuvi o‘tkazildi. Terrorizm, ekstremizm, transmilliy uyushgan jinoyatchilik, noqonuniy migratsiya, odam savdosiga qarshi kurashish, tezkor axborot almashinuvi bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Ekstremistik va terrorchilik tuzilmalari faoliyatiga qarshi turish bo‘yicha 2018-2019 yillarga mo‘ljallangan kompleks chora-tadbirlar qo‘shma rejasi imzolandi.

Tinchlik va barqarorlikka nisbatan tahdidlarga qarshi turishda maxsus xizmatlar o‘rtasidagi hamkorlik alohida ahamiyat kasb etadi. Iyunda O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati va Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risida Bitim imzolandi.

7 avgustda O‘zbekiston va Tojikiston mudofaa vazirlari A. Azizov va Sh. Mirzo Toshkentda uchrashib, mudofaa sohasidagi hamkorlik, harbiy-texnikaviy yo‘nalishda o‘zaro manfaatli aloqalarni mustahkamlash yo‘nalishlarini muhokama qildilar. Bu borada birgalikdagi harakatlar rejasi imzolandi.

Har ikki tomon bugungi kunda yuzaga kelayotgan xavfsizlikka tahdidlarga qarshi kurashda davlatlararo hamkorlik mustahkamlanishi, shuningdek, Afg‘onistondagi vaziyat tezroq barqarorlashishidan manfaatdorligini bildirmoqda. O‘zbekiston va Tojikiston yakdillik bilan umumiy farovonlik va taraqqiyotga erishish maqsadlarida mintaqa doirasida birgalikda harakat qilish niyatini namoyish etyapti.

Tojikiston O‘zbekistonning yangi mintaqaviy siyosatini qo‘llab-quvvatlamoqda. Shu yil mart oyida Ostonada bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Birinchi maslahat uchrashuvida Prezident Imomali Rahmonning qatnashishi buning tasdig‘i bo‘ldi. Shu bilan birga, Tojikiston BMT Bosh Assambleyasining “Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta’minlash bo‘yicha mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash” rezolyutsiyasini qabul qilish, SHHTga a’zo davlatlarning temir yo‘l bo‘yicha idoralari rahbarlarining muntazam uchrashuvlarini o‘tkazish vaSHHT davlat rahbarlarining Yoshlarga qo‘shma murojaatini qabul qilish, shuningdek, 2020 yilda IHTning Fan va texnologiyalar bo‘yicha ikkinchi sammitini O‘zbekistonda o‘tkazish borasidagi Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan tashabbuslarni to‘la qo‘llashini bildirdi.

Bugungi kunda O‘zbekiston va Tojikiston suv-energetika resurslaridan mintaqa mamlakatlari manfaatlari bilan hisoblashgan holda oqilona va tenglik asosida foydalanish zarurati haqida bir to‘xtamga keldi. Xorijiy ekspertlar qayd etganidek, ushbu yo‘nalishdagi o‘zbek-tojik munosabatlarining konstruktiv xarakteri Markaziy Osiyoda suv xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha mintaqaviy harakatlarga faollashtiruvchi ta’sir etishi mumkin.

O‘zbekiston Tojikistonning MDHdagi raisligiga yuqori baho beradi. Toshkent va Dushanbe MDHni o‘zaro manfaatli hamkorlik asosida rivojlantirish, uni barqarorlik hamda xavfsizlikni ta’minlashning dolzarb muammolarini yechish bo‘yicha samarali va ta’sirchan maydonga aylantirish tarafdori. Muhim yo‘nalishlar bo‘yicha qarashlarda uyg‘unlik yuzaga chiqmoqda. O‘zbekiston tomonidan SHHTning Giyohvandlikka qarshi kurashish markazini tashkil etish haqidagi Tojikiston tashabbusining qo‘llab-quvvatlanishi shunga dalolatdir.

Geografik joylashuvni inobatga olib aytish mumkinki, mamlakatlarimiz Afg‘onistondagi mojaroni yechishda muhim rol o‘ynaydi. Dushanbe Afg‘on inqirozini hal qilish bo‘yicha rasmiy Toshkent pozitsiyasiga qo‘shiladi. Shu yil martda Afg‘oniston bo‘yicha yuksak darajada tashkil qilingan xalqaro anjumanda Tojikiston TIV rahbarining ishtiroki buning yorqin isbotidir.

2017 yil yakunlariga ko‘ra, tovar aylanmasi 240 million dollarni tashkil qildi. Bu so‘nggi 20 yil ichidagi eng yuqori ko‘rsatkichdir. 2018 yilning birinchi yarmida O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi o‘zaro savdo hajmi 2017 yilning shu davridagiga nisbatan 35 foiz o‘sgan. O‘zbekistonda tojik biznesi vakillari ishtirokidagi 24 korxona faoliyat ko‘rsatmoqda, Tojikistonda esa yurtimiz tadbirkorlari bilan hamkorlikda tashkil qilingan 9 ta korxona bor. 2017 yilda Tojikistonda O‘zbekistonning 6 ta “Savdo uyi” ochildi. Shu yil fevral oyida Toshkentda Tojikistonning “Savdo uyi” ish boshladi.

Har ikki taraf manfaatlarini ifodalovchi kompleks masalalarni hal qilishda Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya samarali vosita bo‘lyapti. O‘zbek-tojik ishbilarmonlar kengashi o‘zaro savdoni kengaytirish uchun yangi yo‘llar izlamoqda.

“Toshkent” Respublika fond birjasi (UZSE) va Markaziy Osiyo fond birjasi (CASE, Tojikiston) o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan aloqalar ikki davlat orasida investitsiyaviy kanallar ochish uchun birja savdolarini o‘tkazish bo‘yicha yagona maydonni shakllantirishga yordam bermoqda.

O‘zbekistonning qulay geografik joylashuvi va sertarmoq transport infratuzilmasi Tojikistonga tashqi bozorlarga chiqish yo‘llarini diversifikatsiyalash imkoniyatlarini ochadi. Umumiy transport-kommunikatsiya salohiyatini to‘liq ishga solish nafaqat o‘zaro savdoni o‘stirishga yordam beradi, balki mintaqalararo darajada gumanitar aloqalarni mustahkamlaydi ham.

Shu yil may oyida Toshkent — Xo‘jand — Toshkent yo‘nalishida xalqaro avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi. “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi ikki davlat fuqarolari manfaatlarini ko‘zlab aviachiptalar narxini ikki marta arzonlashtirdi. Dushanbe bilan Samarqand va Buxoro o‘rtasida aviaqatnovlar ham qayta tiklanmoqda.

Shu yil mart oyida to‘qqizta nazorat-o‘tkazish punktining ochilishi va viza tartibining bekor qilinishi katta voqea bo‘ldi. Ikki mamlakat fuqarolari bu qarorni ko‘tarinki ruh bilan qarshi oldi. His-hayajonini yashira olmagan bu odamlar o‘z izohlarida “nihoyat iztiroblarimiz yakun topdi”, “bo‘layotgan voqealar hammani shodlantirdi”, “o‘zgarishlar qalblarda umid uyg‘otmoqda”, deb yozdilar. Yillar davomida to‘plangan eng og‘riqli masalalar hal bo‘ldi. Shubha yo‘qki, bu ishlar O‘zbekiston va Tojikiston yetakchilarining qat’iy siyosiy irodasi tufayli yuz berdi.




Download 21.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling