O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti Xorijiy til va adabiyoti yo’nalishi Ingliz tili 2-fakulteti


Download 18.53 Kb.
Sana16.01.2022
Hajmi18.53 Kb.
#358929
Bog'liq
437-guruh Ergasheva Maftuna
orta osiyoda diniy tasavvurlar va dinning paydo bolish jarayonlari tarixi, «tabiyot fanlari» fakultеti «gеografiya va uni o’qitish mеtodika, Tarjimai hol, Designing questionarie, dars ishlanma kurs matem, Lesson Goals A, Lesson Goals A

O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti

Xorijiy til va adabiyoti yo’nalishi

Ingliz tili 2-fakulteti

437-guruh talabasi

Ergasheva Maftuna

Insho


Men nechun sevaman O’zbekistonni”

Reja:


  1. Vatan-sajdagoh kabi muqaddas.

  2. Qanotiman shu ozod yurtning.

  3. O’zbekiston ko’r bo’lsam kerak, gar seni sevmasam, seni demasam…

Vatan mening jonu tanim sajdagohimdir,

Ka’bam, qiblam hamda gulistonimdir.



(Abdurauf Fitrat)

Vatan! Bu qandayin ilohiy so’zki, bir bor yangrashi bilanoq yuraklarni o’rtab, etni jumbushga keltirib yuboradi. Aslida yuragida ona diyoriga bo’lgan mehr-muhabbat tuyg’usi bo’lgan insongina Vatanni chin qalbdan sevib, uni yuragining tub-tubidan his eta oladi. Mana shu Vatan hissi insonga ulkan qudrat hadya etadi. Vatan biz uchun sajdagoh kabi muqaddasdir. U har bir insonga Alloh tomonidan tuhfa qilinadi. Vatan ota-bobolarimizdan qolgan merosdir. Uning bir siqim tuprog’i, yerida o’sgan har bir giyohi biz uchun aziz va mo’tabar. Axir, bizni ona yanglig’ oq yuvib oq taragan Vatanni sevmoq, bu muqaddas burchdir. Hech kim boshqa bir o’lkani Vatan demaydi, mehr ham qo’ymaydi. Hatto cho’lda o’rmalab yurgan jonivorlar ham tug’ilishdanoq o’z makonlarini biladilar. Havoda uchuvchi qushlar ham, dengiz va daryolardagi baliqlar ham o’z oshyonlarini his qiladilar.

Vatanda insonga xuddi qishi bahorga, zulmati yorug’likka, qayg’usi shodlikka aylanib ketgandek bo’ladi. Zero, Vatan-yurakdagi javohir. Chunki Vatansiz bu yorug’ olam zimiston ko’rinadi, tiriklikdan esa ma’no qolmaydi, hayot sovib muz qotgan qishga aylanadi. Orzu va baxtlar bir on zindonga ravona bo’lib, baxt quyoshi so’nadi. Hatto bulbul ham oltin qafasdan ko’ra o’z ona yurti hisoblanmish tikanzorni Afzal ko’radi. Chunki uning uchun shu tikanzor-aziz, qadrli, jannatmisol go’sha. Vatan sajdagoh kabi mo’tabar va tabarrukdir. Shu tufayli ham men bot-bot ”Qalbimdagi Ka’bamsan, Vatan!”-deyishdan charchamayman. Zero, Vatan qadrini bilgan inson hech qachon hech yerda xor bo’lmaydi.

Vatan ildizlari mustahkam chinor,

Hovuch tuprog’ida oltin yaraqlar.

O, yurtim jamoling buncha fusunkor,

Ko’ksingda abadiy quyosh charaqlar.

Mehribon va rahmli Yaratgan Egamga behad hamd-u sanolar va behisob shukronalar bo’lsinki, O’zbekiston deb atalmish jannatmakon yurtni bizga vatan ayladi. Bu muqaddas tuproq jahonga qanchadan qancha daholar, olim-u fuzalolarni, shuarolarni yetishtirib berdi. Men yurtimni sevaman. U rivojlangan sanoat maskanidir. U tuganmas tabiiy boyliklarga ega. Shuning uchun ham u jahonga yuz tutmoqda, olamga tanilmoqda. Uning quyoshi butun olamni yoritadi. Uning farzandlari dunyoni larzaga keltiradi, o’z ma’rifati, ma’naviyati, madaniyati bilan hammaga saboq beradi. Uning Amir Temur, Alisher Navoiy, Jaloliddin Manguberdi, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi farzandlari butun dunyoga mardlik, jasurlik, kuch-qudratlilik, keskinlik, aqllilik, komillik kabi yuksak ezgu fazilatlarni o’rgatadi.

Bugun yurtimning erki qo’lida, xalqim hur va obod zamonda yashamoqda. Endi xalqimiz hech qachon kimgadir mute bo’lib yashashga hech qachon rozi bo’lmaydi va kimningdir buyrug’ini bajarib yuradigan zamonga hech qachon qaytmaydi. O’zbekistonimizning mustaqillikka erishganiga endigina yigirma to’qqiz yil to’lgan bo’lsada, ana shu qisqa bir tarixiy davrda, chorak asr davomida g’oyat yuksak marralarni zabt etdi. Jumladan, o’zining davlat gerbi, tili, bayrog’i, madhiyasi, konstitutsiyasini qo’lga kiritdi.

Yerning har burchida odamlar goho,

Menga o’z tilimda so’ylar gumon yo’q.

O’zbek ko’p butun yer yuzida ammo,

Olamda boshqa hech O’zbekiston yo’q!

O’zbekiston- kelajagi buyuk davlat. Vatanimizning biz yoshlarga yaratib berayotgan har bir sharoiti, shubhasiz, yurtimiz ravnaqiga, kelajagimiz porloq bo’lishiga zamin yaratadi. Shunday ekan biz yoshlar bu imkoniyatlardan oqilona foydalanib kelgusida Vatanimizga munosib farzandlar bo’lishga jon-jahdimiz bilan harakat qilamiz.



O’zbekistonim! Seni ne deb atayin?! Onammi? Yoki bir burda nonimmi? Tuprog’ingda ne-ne ajdodlarim xoki yotibdi. Bog’laringni jannatga qiyoslagum! Men, sening tuprog’ingdan yaralgan bolang, bir zarrang, farzandingman. Sening uchun bir giyohga aylanib, tuprog’ingda o’ssam, bir qush bo’lib osmonlaringda parvoz etsam,shoir bo’lib sha’ningga qasidalar bitsam…

Men o’zbek xalqining farzandi bo’lganimdan faxrlanaman. Yurtimning boshi uzra quyosh mangu porlab tursin! Go’zal, yagona va betakror ona Vatanim-O’zbekistonim hech qachon tinchligingga ko’z tegmasin! Kelajaging porloq bo’lsin!
Download 18.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling