O'zbekiston davlat mustaqilligi nixoyatda og'ir, uta murakkab, qaltis va taxlikali vaziyatda amalga oshdi
Download 64.5 Kb.
|
O\'zbekiston tarixi
1. O'zbekiston davlat mustaqilligi nixoyatda og'ir, uta murakkab, qaltis va taxlikali vaziyatda amalga oshdi. Bu paytlarda davlat mustaqilligimizga xavf-xatar va taxdid solayotgan, uni gudakligidayok bugib uldirishga shay turgan, tish-tirnogigacha qurolmagan yovuz kuchlar respublikamizning xam ichkarisida, xam tashkarisida to'lib-toshib yotgandi. O'sha kezlarda vaziyat o'ta ketgan darajada xatarli tus olgandi. Vaziyatni boshqarishni eplay olmay qolgan sobiq Markaz mustaqillik, erkinlik yo'lida qilinayotgan xar qanday xarakatlarni shafqatsiz ravishda bostirib yo'q qilib tashlashga tayyor edi. O'zbekiston vaziyat qanchalik og'ir va mashaqqatli bo'lishiga qaramasdan va zarracha cho'chimasdan mustaqillik, istiqlol va erkinlik uchun dadillik bilan kurash boshladi. Respublika Oliy kengashining 1989 yil 21 oktyabrda O'zbekistonning Davlat tili haqida qabul qilgan qonuni mustaqillik yo'lidagi dastlabki qadam bo'ldi. Respublika Oliy Kengashi o'zining 1990 yil 24 martdagi sessiyasida o'sha paytdagi SSSR respublikalari ichida birinchi bo'lib O'zbekistonda prezidentlik lavozimini ta'sis etish haqidagi qaror qilindi. O'sha sessiyada o'tkaziladigan saylovda O'zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo'mitasining birinchi kotibi Islom Abdug'aniyevich Karimov yashirin ovoz berish yo'li bilan O'zbekistonning birinchi Prezidenti etib saylandi. O'zbekistonda Prezidentlik lavozimining ta'sis etilib Islom Karimovning Prezident etib saylanishi mamlakatimiz mustaqillik yo'lidagi yangi bir yutuq edi. Moskva o'sha paytdagi ittifoqdosh respublikalar raxbarlari orasida islom Karimovning birinchi bo'lib prezidentlikka saylanganligini juda salbiy qabul qildi. O'zbekiston o'zining erkinlik va mustaqillik sari uzoqni kuzlagan adolatli, qonuniy xarakatni zarracha bo'lsa-da to'xtamasdan davom ettiraverdi. Bu sohada erishgan eng katta muvaffaqiyatlardan yana biri - O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan 1990 yil 20 iyunda qabul qilingan «Mustaqillik Deklaratsiyasi»dir. «Mustaqillik Deklaratsiyasi»da O'zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi e'lon qilingan. Ana shu muhim xujjatda, shuningdek, O'zbekiston davlatining o'z xududida barcha tarkibiy qismlarida va barcha tashqi munosabatlarda tanxo xokimligi, davlat xududi chegarasi dahlsizligi va bu xudud Xalqning muxokamasiga qo'yilmay turib, o'zgartirilishi mumkin emasligi belgilab qo'yilgan. Mustabid, ma'muriy-buyrukbozlik tuzumi tarafdorlari chok-chokidan smirilib borayotgan va siyosiy buxron botqog'iga botib qolgan Ittifoqni qanday qilib bo'lsa-da saqlab qolish ilinjida kurashni avj oldirib yubordilar. O'z maqsadlarini amalga oshirish uchun turli yo'llar, vositalar va imkoniyatlardan foydalandilar. Bir gurux amalparastlar 1991 yilning 19-21 avgustida Moskvada Yanayev raxbarligida davlat to'ntarish qilishga xam urinib ko'rdilar. Favqulodda xolat davlat Qo'mitasi-GKChP tuzilib M.S.Gorbachev xokimiyatdan zo'ravonlik yo'li bilan chetlashtirildi. Fitna qatnashchilarining asosiy maqsadlari SSSR tarkibidagi barcha Xalqlar va millatlarning mustaqillikni qo'lga kiritishlariga yo'l kuymaslik, Ittifoqdan chiqish yo'lidagi xarakatlarni bo'g'ib tashlash, eskirib, o'z umrini tugatib bo'lgan totalitar tuzumni xalok bo'lishdan saqlab qolish edi. O'zbekiston raxbariyati Islom Karimov raxbarligida g'oyatda murakkab va qaltis bir paytda ro'y berayotgan voqealar va siyosiy jarayonlar rivoji va taraqqiyotiga siyosiy xushyorlik va donolik bilan baxo berdi. O'zbekistonning o'z mustaqilligiga erishish uchun boshlangan xarakati kat'iy ekanligi, bu yo'ldan hech qachon qaytmasligi yana bor alohida ta'kidlandi. Vaziyat tobora taranglashib, Markaziy xokimiyat kalovsirab, boshqaruv qobiliyatini yo'qotib, siyosiy jihatdan karaxt bo'lib, kuchli inqirozga uchrab qolgan paytda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan 1991 yil 31 avgustda Toshkentda Oliy Kengash YI sessiyasi chaqirildi. Uning O'zbekistonni mustaqil davlat deb e'lon qilinishida tarixiy ahamiyati katta bo'ldi. O'sha sessiyada «O'zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligini e'lon qilish tug'risida» O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Qarori, «O'zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi tug'risida» Oliy Kengash Bayonoti, hamda «O'zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi Asoslari tug'risida» O'zbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilindi. Oliy Kengash qabul kilgan bu xujjatlar mustaqillik haqidagi Xalqimiz orzu-niyatlarining ro'yobga chiqkanligining huquqiy asosi bo'ldi. 1 sentyabr O'zbekiston Respublikasining Mustaqilligi kuni deb belgilanib va 1991 yildan boshlab bu kun bayram va dam olish kuni deb e'lon qilindi. 2. Madaniy-ma`rifiy ishlarning rivojlanishi uchun davlat tomonidan katta mablaqlar ajratildi. O`zbеkistondagi barcha davlat tеatrlari, madaniyat uylari, san`at oliy o`quv yurtlari, folklor-etnografik guruhlar madaniyat o`choqlariga aylanib qoldi. Tеatr sahnalarida yangi zamonaviy spеktakllar qo`yila boshlandi. MDO` dagi davlatlar ilan ijodiy hamkorlik yo`lga qo`yildi, turli xalqaro anjumanlar o`tkazildi.Badiiy adabiyotda partiyaviylik, sinfiylik nuqtai nazaridan yondoshishga chеk qo`yildi. Bahovuddin Naqshband, Fеruz, Xo`ja Ahror, Cho`lpon, Fitrat kabi allomalarning nomlari tiklanib, asarlari chop etildi.1991 yili buyuk alloma, qazal mulkining sultoni Alishеr Navoiy yubilеyini o`tkazish katta voqеa bo`ldi. Bu tantanaga baqishlanib Rеspublikamizda shoirning asarlari nashrdan chiqarildi. 1994 yil Mirzo Uluqbеk tavallud topgan kunining 600 yilligi kеng ko`lamda, jahon miqyosida nishonlandi. YuNЕSKO ning Parijdagi qarorgohida yubilеyga baqishlangan haftalik va unga ko`rgazma ochildi.Mustaqillik yillarida buyuk sohibqiron Amir Tеmurning 660 yilligi bo`lib o`tdi. YuNЕSKO tomonidan 1996 yil «Amir Tеmur yili» dеb e`lon qilindi. Shu yili YuNЕSKO ning Parijdagi qarorgohida «Tеmuriylar davri, fan, madaniyat va maorifning gullab yashnashi» mavzuida anjuman va unga baqishlangan ko`rgazma ochildi.Mamlakatimizda «Tеmuriylar tarixi davlat» muzеyi, Amir Tеmur nomi bеrilgan boqlar, ko`chalar barpo etildi. Rеspublikamizda bizgacha еtib kеlgan boy mеroslarni o`rganish, milliy o`zlikni anglash, ma`naviy qadriyatlarni rivojlantirishga katta e`tibor bеrilmoqda va ularga nisbatan xalqimizning chuqur hurmat va ehtiromi ko`rsatilmoqda. So`nggi yillarda tashkil etilgan «Oltin mеros» jamqarmasi, Abdulla qodiriy nomidagi «Mеros» nashriyotlari kеng miqyosda ma`naviy-ma`rifiy ishlarni olib bormoqda. Islom olamining allomalari Iso at-Tеrmiziyning 1200 yilligi, Mahmudaz Zamahshariyning 920 yilligi, Najmiddin Kubroninng 850 yilligi, Bohovuddin Naqshbandiyning 675 yilligi kеng ko`lamda nishonlandi. Ularning boy asarlari nashrdan chiqarildi.Barcha viloyatlar va shaharlarda har yili Alishеr Navoiy, Bobur, Mashrab, Ogahiylarga baqishlanib kеchalar o`tkazildi, Jaloliddin Mangubеrdining 800 yillik tavalludiga, «Alpomish» dostonini yaratilishining 1000 yilligiga baqishlangan turli kеchalar, bahslar tashkil etildi. Ma`naviy hayotni takomillashtirish borasida 1994 yil O`zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti tomonidan ma`naviy qadriyatlarni o`rganish va uni takomillashtirish borasida «Ma`naviyat va ma`rifat» jamoatchilik markazini tuzish haqida farmon e`lon qilindi. 3. O‘zbekiston mustaqillik ostonasida turar ekan, respublika rahbariyati dastlabki vazifalardan biri ilm-fanni, ta’lim tizimini isloh qilish, modernizatsiya qilish lozimligini chuqur anglar edi. O‘zbekiston rahbari I.Karimov 1988-yil 20-noyabrda O‘zbekiston SSR Fanlar Akademiyasida bo‘lgan uchrashuvda shunday degan edi: “Respublika hayotining barcha sohalarida ilm-fan mavqeini prinsip e’tibori bilan yangi sifat darajasiga ko‘tarish respublika Fanlar Akademiyasining asosiy vazifasidir, deb o‘ylaymiz. Ilm-fan ahliga buyruq berish, quruq ma’muriyatchilik, olimlarga apparat xodimlari kabinetlarida paydo bo‘ladigan “ijtimoiy buyurtmani” ro‘baro‘ qilish davri o‘tib ketdi. Ijodiy izlanishlarning natijalarini qamrab olgan Fanlar akadepmiyasi olimlarining asarlari va tavsiyalari respublika taraqqiyotining istiqbolini belgilaydigan keklajakdagi hisob-kitoblar va siyosatning poydevori bo‘lishi darkor… . Fanga iste’dodli yoshlarning kirib kelishini ta’minlash uchun kompleks tadbirlar turkumini amalga oshirish zarur. Bu borada oliy maktabning, hatto umumiy ta’lim maktablarining faoliyatini tubdan qayta qurish kerak”.1 Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida islohotlarni boshidan kechirgan va natijasini ko‘rsata olgan sohalardan biri ta’lim tizimidir. O‘zbekiston ilm-fanga alohida e’tibor qaratila boshlandi. Zamonning tezkor taraqqiyotiga xizmat qiluvchi yangi fan sohalari bo‘yicha tadqiqotlar yo‘lga qo‘yildi. Tabiiy va aniq fanlarni o‘qitish va ilmiy tadqiqotlar olib borish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. O‘zbekiston Respublikasida ilm-fanni rivojlantirishda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining o‘rni beqiyosdir. Shuningdek, respublika oliy ta’lim muassasalaridagi professor-o‘qituvchilar faoliyatining salmoqli qismi ilmiy tadqiqotlargna qaratilganligi o‘z samarasini bera boshladi. “Fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi” O‘zbekistonda ilmu-fan rivojlanishiga bosh maqsadlardan biri etib belgilandi. 1992-yilda O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidentining farmoniga binoan Respublika Vazirlar Mahkamasi huzurida Oliy Attestatsiya Komissiyasi tashkil etilishi munosabati bilan Fanlar Akademiyasiningning mavqei ortdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish to‘g‘risida” 2002-yil 20-fevraldagi farmoni ilmiy tadqiqotlar va texnologik ishlanmalar sifatiga qo‘yilgan talablarga muvofiq iolmiy texnika va innovatsiya faoliyatini yanada rivojlantirishda, shuningdek, mamlakat ilmiy salohiyatidan samarali foydalanishni ta’minlashda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Respublikaning ilmiy tadqiqot majmuini Akademiya, oliy ta’lim va boshqa tarmoqlaridagi 350 dan ortiq muassasani, jumladan, ilmiy tadqiqot institutlari, oliy o‘quv yurtlaridagi ilmiy tadqiqot bo‘linmalari, loyiha konstruktorlik tashkilotlari, ilmiy ishlab chiqarish birlashmalari va tajriba korxonalari, axborot-hisoblash markazlari o‘z ichiga oladi. 2006-yildagi natijalar bo‘yicha fanning turli tarmoqlari bo‘yicha 34 mingdan ortiq ilmiy xodim faoliyat ko‘rsatgan. Ularning 2.4 mingi fan doktori, 2.4 mingi fan nomzodlari edi. O‘zbekistonning mustaqillikka erishuvi xalq ta’limi tizimi taraqqiyotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. 4. “Xalqaro hamjamiyatning to`la huquqli a’zosi bo`lgan O`zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarda mustaqil davlat, xalqaro huquq subyekti sifatida qatnashadi, uning maqsadlari mustahkam tinchlik, qurolsizlanish, o`z hududini qurol-yarog‘lardan xoli qilish, yadroviy qurolni va boshqa ommaviy qirg‘in qurollarini yo`qotish, suveren davlatlar o`rtasidagi nizo va ziddiyatlarni hal etishda kuch ishlatish va tazyiqqa yo`l qo`ymaslikdan iborat”,-deb 1991-yil 31-avgustda Oliy Kengash VI sessiyasida qabul qilingan “Mustaqillik haqidagi Bayonot”da o`z tashqi siyosatining asosiy yo`lini belgilab olgan O`zbekiston Respublikasi 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan Konstitusiyamizning 17-moddasida bu yo`lni qonun bilan mustahkamladi. O`zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy ustuvor tamoyillarini mamlakatimiz rahbari I.A.Karimov o`zining asarlari, ma’ruzalari va nutqlarida nazariy va amaliy jihatdan asoslab berdi. Uning tamoyillari quyidagilarni tashkil etadi: milliy-davlat manfaatlarini ustun qo`ygan holda tashqi siyosatda davlatlarning suveren tengligini hisobga olish; umumbashariy qadriyatlarni ustun qo`ygan holda nizoli mojorolarni tinch yo`l bilan hal etish; tashqi siyosatdagi teng huquqlilik va o`zaro manfaatdorlikni o`rnatishda boshqa mamlakatlarning ichki ishlariga aralashmaslik barcha tinchliksevar davlatlar bilan tashqi aloqalarni o`rnatishga intilish; xalqaro huquq normalarini tan olgan holda jahon hamjamiyatida xalqaro talablarga rioya qilish; tashqi siyosatda ko`p tomonlama aloqalarni o`rnatishda xalqaro tashkilotlar doirasida aloqalarni kengaytirish masalalari kiritildi. O`zbekiston Respublikasi butun jahon jamoatchiligi oldida xalqaro huquqning umumjahon e’tirof etgan normalariga sodiqligini Konstitusiya darajasida ham mustahkamladi. Xalqaro huquqning tamoyillari va normalarining butun bu majmui Konstitutsiyaga BMT Ustavidan, Inson huquqlari umumiy deklarasiyasidan, va inson huquqlariga oid boshqa xalqaro huquq bitimlardan, Xelsinki bitimi, Parij va Madrid xartiyalariga asoslandi. Shuningdek, asosiy qonunga kiritilgan qonunlarni rivojlantirish maqsadida “Diplomatik munosabatlarni o`rganish tartibi”, “O`zbekistonda xalqaro shartnomalarni tuzish, ijro etish va bekor qilish” haqida aktlar ham qabul qilindi. Ularda tashqi siyosatning har tomonlama asoslangan tamoyillari o`z aksini topdi. Shu o`rinda aytib o`tmoq lozimki, bu tamoyillar yosh suveren davlatning asosiy tashqi siyosiy doktarinasini ifoda etish bilan birga davlatlararo munosabatlar yo`nalishlarining rivojlanishi va keng doiradagi tashqi muammolarni hal qilish imkonini berdi. Mamlakatimizni jahon xalqlari tinchligi va xavfsizligini mustahkamlashga qaratilgan tinchliksevar tashqi siyosati uning jahon miqyosida mustaqil davlat sifatida tezda tan olinishini ta’minladi. O‘zbekiston Respublikisi o`zining tashqi siyosatdagi yo`nalishlarini demokratik prinsiplarga asoslangan holda olib borar ekan, 1991-yil dekabrdan 1992-yil iyul oyigacha bo`lgan davr ichida respublikani 111 davlat, hozirgi kunga qadar esa O`zbekiston mustaqilligini 180 dan ortiq davlat tan oldi, ularning 100 dan ortig‘i bilan diplomatik, siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy aloqalar o‘rnatildi. Toshkentda AQSh, Turkiya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Xitoy, Hindiston, Pokiston va boshqa rivojlangan mamlakatlarning elchixonalari ochildi. Shuningdek, O‘zbekistonda 88 ta xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlarning, 24 ta hukumatlararo va 13 ta nohukumat tashkilotlarning vakolatxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda. O`z navbatida O`zbekistonning elchilari dunyodagi 20 dan ortiq yirik davlatlarda faoliyat ko`rsatib turibdi. Download 64.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling