O’zbekiston dunyodagi eng rivojlangan,markaziy osiyodagi eng kuchli davlat


Download 19.58 Kb.
Sana10.11.2021
Hajmi19.58 Kb.

O’zbekiston dunyodagi eng rivojlangan,markaziy osiyodagi eng kuchli davlat

O’zbekistonda amalga oshirilayotgan isloxatlar,Prizidentimiz tomonidan yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar va ular qatorida o’zimning xam borligimdan faxrlanaman 2020-2021-yillarda qo’shma dastur doirasida Qoraqolpog’iston Davlat Universiteti va Belorus Davlat Texnologiya Universitetini Magistratura Kimyoviy-texnologiya Mashina va apparatlar mutaxasisligini a’lo baxolarga tamomlab qaytdim.Xozirgi kunda o’zim taxsil olgan NamQI o’qituvchi lavozimiga(0.50)xamda ART SOFT TEX HOLDING eng zamonaviy ilmiy tekshirish markaziga ishga joylashdim.

Ta’lim soxasini ishlab chiqarish bilan uzviyligini taminlash borasida soxada bir qancha ishlarni etirof qilish mumkin ammo kamchiliklarimiz xam yetarlicha.Malumki bugungi kunda mavjud ishlab chiqarish soxasidagi jarayonlar va apparatlar chet-eldan keltirilgan va ushbu protseslarning talim jarayonida o’rganish uchun adabiyotlarimiz yetarli emas va baza xam yoq.Shu o’rinda mavjud adabiyotlarimizni xam jaxon ta’lablariga javob bera olish darajasida yozilgan deya olmayman.Maqsadimning xam 3/1 qismi xam aynan Kimyoviy-texnologiya jarayon va qurilmalari fanidan o’zimning kitobimni (yetuk va ishonchli,tushunarli va mukammal,jarayonlarning 3D ko’rinishida ifodalangan) yozish va ta’limga joriy etish.

Yevropa mamlakatlarinig qolaversa rivojlangan davlatlarning nufuzli universitetlarining ta’lim jarayoni IT soxasi bilan o’zoro bog’liq.IT soxasini Kimyoviy-texnologiya mashina va apparatlar fanida qo’llanilgan dasturlarda taxsil oldim va bu O’zbekiston ta’lim soxasi kelajagi uchun chindan xam inovatsiya deyishim mumkin.,,ANSYS”,SolidWorks” bu kabi universal programmalar 30 yildan buyon o’zining talim soxasida yetakchi dastur sifatida qo’llanilib kelinmoqda.Xozirda kompaniyaning talabalar uchun internetga joylashtirilgan versiyasi mavjud (Ansys 2021 R2) bo’lib,u doimo yangilanib kelinadi,yanada mukammal ko’rinishga ega.Shu o’rinda etibor qaratishingizni xoxlardimki:O’qituvchi maxorati bilan mavzudagi protsesning yoki dastgoxning 3D modelini o’zi yarata olsa,yaratgan obyektda maxsulotning kirishidan to tayyor maxsulot bo’lib chiqqunga qadar,yoki keyingi bosqichga uzatish,tayyorlash parametrlarini o’z ichiga olsa ifodalasa,aniq ko’rinish bersa,obyektda qanday kimyoviy jarayon ketishligi,qanday modda tanlagani,jarayonning borishi aniq tasvirlarda ifodalasa,qolaversa seminar va loborotoriyada bajarilgan xisob kitoblarni bajarsa,tashqi omillar tasiri aniq tasvirlar asosida ko’rinib tursa,obyekt jadvallar asosida jarayonning borishini tasvirlab bersa,(ma’lumot uchun bu jadvallar Skorpus kabi maqolalarga to’liq javob bera oladi)jarayonning animatsion ko’rinishini ekranda ko’rsatib bersa,o’ylaymanki talabaning qabul qilish xolati 100% natija beradi.Chunki bu jarayonning madelini yaratib to uning qanday ishlash rejimigacha animatsion video ko’rinishida o’zi yaratgan talabaning xotirasiga ishi muxrlanib qoladi.Butun dunyo universitetlari Ansysda.Ansys aynan shu talablarga javob bera oladigan yagona programma.Xozirgi kunda ushbu dasturda soxamga mos darajada ishlay (15 daqiqa ichida nomutaxix odamga mavzuyimni to’liq tushintira olish) olaman,ammo imkoniyatlari shu qadar kengki bularni xammasini o’rganib qaytishni xoxlayman.Dastur bo’yicha qo’llanmalar yaratsam,xamkasblarimni va butun O’zbekistonlik muxandis texnolog muallimlarni bunga tortishimni maqsad qilib qo’yganman.Malumot uchun Ansys dasturini xamda Belorussiyani IT soxasida jaxondagi o’rnini,Belorus davlat texnologiya universitetining IT soxasidagi yutuqlarini tekshirib ko’rishingizni xoxlardim.



Bilamizki neftdan chiqinchi chiqmaydi,qora oltin deb,lekin bunday emas,koks bu neft qoldig’I bo’lib u o’zidan 100 ga yaqin zaxarli moddalar chiqaruvchi toshsimon pokak modda xisoblanadi,magistrlik ishim xam shu bo’yicha bo’lgan.Raxbarim(Aleksandr Eduardovich Levdanski) bilan bizgalikda Rotorli gravitatsion ajratish qurilmasini yaratdik,kutilgan natijalarli oldik,olgan tarkibni sement ishlab chiqarishda qo’lladik.Natijalar murakkablik darajasini yo’qotmadi.Buni O’zbekistonda qo’llash bo’yicha ishlarni davom etirish mumkin.O’zbekiston xom-ashyoga boy mamlakat.Faqat chetdan keltirish o’rinsiz bo’lishligi lozim,bu borada texnologiyani o’zimizda joriy qilish bo’yicha ishlarni amalga oshirish tarafdariman.Chiqindilarni qayta ishlash,ekologik muommolar bo’yicha xam BDTU o’rganadigan bilimlarim bor.

El-Yurt umidi jamg’armasi yuqorida ko’rsatilgan uch abzasdagi ishlar bo’yicha bilim olib qaytishim kerakliligini bugungi oliy ta’lim soxasini kelajagi uchun kelajak o’qituvchisi bo’lib qaytishimga yordam berishingizni so’rardim.
Download 19.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling