Oʻzbekiston Hindiston munosabatlari Oʻzbekiston bilan Hindiston oʻrtasidagi munosabatlar bir necha ming yillik tarixga EGA


Download 17.96 Kb.
Sana08.06.2022
Hajmi17.96 Kb.
#743729
Bog'liq
Hindiston
Xi XV asrlarda Fransiya, homework 7, Topshiriq 2.ozbek 03fe8c6f6eed9f58059fa6e58f095114, Hujjat (6), Hujjat (6), Hujjat (15), jahon tarixiAfrika xalqlari, jahon tarixiAfrika xalqlari, Yoshlar fiziologiyasi va gigiyenasi ma’ruzalar matni, 7-seminar 2ozbb402f3769d7a93213c112b4a4871314, Document, Document, al kindiy, education, Document2

Oʻzbekiston — Hindiston munosabatlari — Oʻzbekiston bilan Hindiston oʻrtasidagi munosabatlar bir necha ming yillik tarixga ega. 1991 yil Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, Hindiston Oʻzbekiston mustaqilligini tan olib, 1992 yil diplomatiya munosabatlari oʻrnatdi va ikki mamlakat oʻrtasida teng huquqli aloqalar yoʻlga qoʻyildi. Oʻzbekiston Respublikasi bilan Hindiston oʻrtasida munosabatlarning huquqiy asosini turli sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikni tartibga solib turuvchi davlat, hukumat va muassasalararo hujjatlar tashkil etadi. 2005 yilgacha ikki davlat oʻrtasida 60 ga yaqin rasmiy hujjat imzolandi. 1992 yil Toshkentda Hindistonning Bosh konsulxonasi (1988 yil tashkil etilgan), 1994 yil Dehlida Oʻzbekiston Respublikasi konsulxonasi (1992 yil tashkil etilgan) elchixonaga aylantirildi. Shu davr mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 4 marta (1991, 1994, 2000, 2005) rasmiy tashrif bilan Hindistonda boʻldi. 1993 yil rasmiy tashrif bilan Hindiston Bosh vaziri Narasimxo Rao Oʻzbekiston Respublikasiga kelgan. Ikki davlat oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy mumosabatlar ikki tomonlama shartnomaviyhuquqiy asoslarpi tashkil qilgan bir qator iqtisodiy bitim va hujjatlar, jumladan, “Savdo-iqtisodiy hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim”, “Investitsiyani oʻzaro ragʻbatlantirish va himoyalash toʻgrisidagi bitim”, “Ikki tomonlama soliq solishga yoʻl qoʻymaslik toʻgrisidagi bitim” bilan muvofiqlashtiriladi. 1993 yilda ikki mamlakat oʻrtasida tuzilgan savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik boʻyicha hukumatlararo qoʻshma komissiya doimiy faoliyat koʻrsatib kelmoqda. 1993— 2005 yillarda bu komissiyaning 5 ta yigʻilishi boʻlib oʻtdi. 2003 yil 24—26 martda Toshkentda Hindiston savdo koʻrgazmasi boʻlib oʻtdi; unda Hindistonning yirik korxona va kompaniyalari ishtirok etdi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2005 yil apreldagi Hindistonga tashrifi chogida Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, Taʼlim va madapiyat sohalarida hamkorlik boʻyicha huku-matlararo hujjatlar imzolandi. Mudofaa vazirliklari oʻrtasida harbiy va harbiytexnikaviy hamkorlik toʻgʻrisida bitim, Oʻzbekiston Tashqi iqtisoliy aloqalar agentligi bilan Hindiston davlat savdo korporatsiyasi oʻrtasida anglashuv memorandumi, “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi bilan Hindiston sayyohlikni rivojlantirish korporatsiyasi oʻrtasida angla-shuv protokoli, Oʻzbekiston Savdosanoat palatasi bilan Hindiston savdosanoat palatalari federatsiyasi hamda Hindiston eksport tashkilotlari federatsiyasi oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisida bitimlar, Oʻzbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bilan Hindiston davlat banki hamda Hindiston eksport-import banki oʻrtasida hamkorlik memorandumlari, “Oʻzsanoatma-shimpeks” davlat aksionerlik tashqi savdo kompaniyasi bilan Hindistonning “Kompetent” kompaniyalari guruhi oʻrtasida Savdo uyi tashkil etish toʻgʻrisida memorandum, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bilan J.Neru universiteti hamda Toshkent sharqshunoslik instituti bilan Mirzo Gʻolib instituti oʻrtasida anglashuv memoran-dumlari imzolandi. 2004 yil mamlakatlar oʻrtasida tovar ayirboshlash hajmi 160 mln. AQSH dollarini tashkil qildi. Hindistondan Oʻzbekistonga qogʻoz va karton, dori-darmon, uskupa, organik va kimyoviy birikmalar kelti-riladi. Oʻzbekiston Hindistonga rangli metallar va ularlan yasalgan buyumlar, ayrim xizmat turlari, poliz mahsu-lotlari, ipak va kimyoviy tolalarni yuboradi. Ayni vaqtda Oʻzbekistonla Hindiston sarmoyasi ishtirokida tuzilgan 40 ga yaqin qushma korxona hamda Hindistondagi 4 kompaniyaning vakolatxonasi faoliyat koʻrsatmoqda. Ikki mamlakat oʻrtasida axborot texnologiyalari, kon sanoati, madaniyat, fan, texnika va taʼlim sohasida hamkorlik rivojlanmokda. Ikki mamlakat olimlari ishtirokida ilmiy sim-pozium, seminar va anjumanlar oʻtka-zish odat tusiga kirgan. Mamlakatlar tarixi, musiqa, adabiyot, arxeologiya, meʼmorlik, tibbiyot, biol., kosmik fazoni oʻrganish, geol. Va boshqalar koʻplab sohalarda hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan. 1991 yil Hindistonda buyuk oʻzbek shoiri Alisher Navoiyning 550 yilligiga bagʻishlangan Oʻzbekiston madaniyati va sanʼati kunlari oʻtkazildi. 1992 yil oktabrda Oʻzbekiston mustaqilligining bir yilligiga bagʻishlab Dehli shahrida oʻzbek madaniyati va sanʼati festivali boʻlib oʻtdi. Shu yil noyabr oyida oʻzbekistonlik taniqli rassom Akmal Nuriddinovning koʻrgazmasi namoyish etildi. 1993 yil Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 510 yilligi Hindiston va Oʻzbekistonda keng nishonlandi. Ikki mamlakat oʻrtasidagi ilmiy-madaniy hamkorlikning rivojlanishida 1994 yil Hindistonning Oʻzbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzurida faoliyatini boshlagan Hindiston madaniy markazining hissasi katta.
Prezident Shavkat Mirziyoyev davrida hamkorlik yangi boshqichga koʻtarildi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Hindiston Respublikasi Prezidenti Ram Nath Kovindning taklifiga binoan 30 sentyabr – 1 oktyabr kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda boʻldi.

Tashrifning ikkinchi kuni “Rashtrapati Bxavan” saroyida davlatimiz rahbarini rasmiy kutib olish marosimi boʻldi.

Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Oʻzbekiston va Hindiston davlat madhiyalari yangradi. Davlatimiz rahbari faxriy qorovul safi oldidan oʻtdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev shu yerda mamlakatimiz va Hindiston ommaviy axborot vositalari uchun qisqacha bayonot berdi.

Davlatimiz rahbari Hindiston Prezidenti va Bosh vaziriga taklif uchun minnatdorlik bildirib, xalqlarimizni tarixiy rishtalar, oʻxshash anʼanalar, maʼnaviy va madaniy yaqinlik bogʻlab turishini taʼkidladi.

Bugungi kunda Hindiston jadal rivojlanmoqda, zamonaviy qiyofa kasb etmoqda. Uning qudratli davlat va iqtisodiyoti rivojlangan mamlakat sifatida jahondagi oʻrni tobora mustahkamlanmoqda. Ushbu mamlakat, ayniqsa, yuqori texnologiyalar, innovatsiyalar, sanoat, dasturlash, sogʻliqni saqlash, xizmat koʻrsatish sohalarida ilgʻor hisoblanadi.

Biz oliy darajadagi uchrashuvlarimiz natijasida faollashib borayotgan Oʻzbekiston – Hindiston munosabatlarining bugungi surʼatini yuqori baholaymiz. Ishonchim komilki, ushbu tashrif va samarali muzokaralarimiz mamlakatlarimiz strategik sherikligini yangi bosqichga olib chiqish imkonini beradi, dedi Prezidentimiz.

Shundan soʻng Shavkat Mirziyoyev Nyu-Dehli shahridagi “Raj Gxat” yodgorligiga tashrif buyurib, hind xalqining milliy qahramoni Mahatma Gandi xotirasiga yoqilgan mangu olov yoniga gulchambar qoʻydi.

Mohandas Karamchand Gandi Hindiston milliy ozodlik harakatining buyuk rahnamosi, “gandichilik” gʻoyasining asoschisidir. U oʻz vatanining milliy istiqloli uchun kurashgan va Hindistonda mustamlakachilikka chek qoʻygan inson sifatida qadrlanadi. Mahatma Gandi tugʻilgan kun – 2 oktyabr milliy bayram sifatida keng nishonlanadi. Mazkur yodgorlik majmuasi uning mamlakati va xalqi oldidagi xizmatlariga hurmat ifodasi sifatida bunyod etilgan.

Shavkat Mirziyoyev buyuk davlat va siyosat arbobi xotirasiga hurmat bajo keltirdi, majmuaning faxriy mehmonlar kitobiga dastxat yozib qoldirdi. Haydarobod saroyida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modining tor doiradagi uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Muloqot chogʻida taʼkidlanganidek, oʻzbek va hind xalqlarini tarixiy va madaniy mushtaraklik bogʻlab turadi, strategik sheriklikni rivojlantirish va koʻplab yoʻnalishlarda oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada faollashtirish uchun mustahkam poydevor mavjud.

Oʻzbekiston bilan Hindiston xalqaro maydonda, jumladan, BMT va SHHT doirasida bir-birining tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlaydi. Mintaqaviy va xalqaro dolzarb masalalar boʻyicha tomonlarning pozitsiyalari oʻxshash yoki yaqin.

Xalqaro terrorizm, diniy ekstremizm, noqonuniy migratsiya, narkotiklarning noqonuniy aylanishi, transmilliy uyushgan jinoyatchilik, shuningdek, boshqa mintaqaviy va global tahdid va xavf-xatarlarga qarshi kurashishda ikki tomonlama va koʻp tomonlama tuzilmalar doirasida hamkorlikni yanada rivojlantirish muhimligi taʼkidlandi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston bilan Hindiston oʻrtasidagi siyosiy, iqtisodiy, investitsiyaviy, innovatsiya, transport, energetika, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi, mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev va Bosh vazir Narendra Modi muloqotni ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalarining kengaytirilgan tarkibdagi muzokarasida davom ettirdi.

Hindiston ulkan iqtisodiy imkoniyatlarga ega, sanoati rivojlangan mamlakat. Yalpi ichki mahsulot hajmi boʻyicha dunyoda oltinchi oʻrinda turadi. Yuqori texnologiyalar, innovatsiyalar, dasturlash, sogʻliqni saqlash, xizmat koʻrsatish sohalari rivojiga katta eʼtibor qaratayotgan mamlakatimiz uchun Hindiston tajribasi va texnologiyalari muhim ahamiyatga ega. Hindiston uchun ham izchil rivojlanayotgan, investorlarni qoʻllab-quvvatlayotgan Oʻzbekiston istiqbolli hamkordir.

Savdo-iqtisodiy hamkorlik mamlakatlarimiz munosabatlarining asosiy yoʻnalishlaridan biridir. Bugungi kunda Oʻzbekistonda Hindiston sarmoyasi ishtirokida 145 korxona faoliyat yuritmoqda. Ularning 58 tasi toʻliq xorij kapitali evaziga tashkil etilgan. 2018 yilning birinchi choragida Hindiston sarmoyasi ishtirokida 9 ta korxona tashkil etilgani hind ishbilarmonlarining mamlakatimizda faolligi oshayotganidan dalolatdir.

Prezidentimiz tashrifi arafasida oʻtkazilgan ikki mamlakat mutasaddi vazirlik va idoralari hamda ishbilarmon doiralarning qoʻshma biznes-forumida umumiy qiymati 3 milliard dollardan ziyod boʻlgan sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirish boʻyicha kelishuvlarga erishildi.

Muzokarada savdo, iqtisodiyot, investitsiyalar, yuqori texnologiyalar, tibbiyot, farmatsevtika, turizm va boshqa sohalardagi hamkorlikning yangi imkoniyatlari muhokama qilindi.

Bu borada hali foydalanilmagan imkoniyatlar koʻpligi, ushbu tashrif oʻzaro manfaatli Oʻzbekiston – Hindiston munosabatlariga yangi surʼat baxsh etishi taʼkidlandi. Bunda ikki mamlakat hududlari oʻrtasidagi toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalarni faollashtirish alohida ahamiyatga ega.

Nyu-Dehlida oʻtgan oliy darajadagi muzokaralar yakunida imzolangan hujjatlarni oʻzaro almashish marosimi boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston – Hindiston muloqoti yakunida ikki mamlakat hamkorligini turli sohalarda yangi, yanada yuqori bosqichga olib chiqishga qaratilgan 20 ta hujjat imzolangani qayd etildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hindiston Respublikasi Bosh vazirining Qoʻshma bayonoti qabul qilindi.

Diplomatik pasport egalarini viza talablaridan ozod etish, turizm, qishloq xoʻjaligi, fan-texnika va innovatsiyalar, koinotni tadqiq etish va undan tinchlik maqsadlarida foydalanish, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish, sogʻliqni saqlash va tibbiyot ilmi sohasida hamkorlik toʻgʻrisida hukumatlararo bitimlar imzolandi.

Bundan tashqari, harbiy taʼlim, huquq va adliya, farmatsevtika sohalaridagi munosabatlarni rivojlantirishga doir oʻzaro anglashuv memorandumlari qabul qilindi. Imzolangan hujjatlar orasida Oʻzbekiston – Hindiston ishbilarmonlik kengashini tashkil etish toʻgʻrisidagi bitim, shuningdek, Andijon viloyati bilan Hindistonning Gujarat shtati, Samarqand va Agra shaharlari oʻrtasida hamkorlik va sheriklikni yoʻlga qoʻyish, Andijon shahrida Erkin farmatsevtika zonasini tashkil etish toʻgʻrisidagi anglashuv memorandumlari alohida ahamiyatga ega.Ommaviy axborot vositalari vakillari uchun oʻtkazilgan brifingda Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston Hindiston bilan aloqalarga ustuvor ahamiyat qaratishi, amaliy ruhda oʻtgan muzokaralar tomonlarning oʻzaro hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor ekanini tasdiqlaganini taʼkidladi. Ikki mamlakat oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmini 1 milliard dollarga yetkazishga kelishib olingani qayd etildi.

Anʼanaviy doʻstlik ruhida oʻtgan bugungi muzokaralar mamlakatlarimiz va xalqlarimiz manfaati yoʻlida intilishlarimiz qatʼiy ekanini koʻrsatdi. Ochiqlik, oʻzaro anglashuv va manfaatlarga hurmat asosida qaror topgan hamkorligimiz mustahkamlanib borayotganini yuksak qadrlaymiz, dedi davlatimiz rahbari.

Biz Oʻzbekiston Prezidenti bilan mamlakatlarimiz hamkorligini har tomonlama muhokama etib, uning istiqbolli yoʻnalishlarini belgilab oldik. Oʻzaro savdoda preferensiyalar qoʻllash, axborot texnologiyalari, hududlararo hamkorlik va boshqa qator masalalar boʻyicha samarali kelishuvlarga erishdik, dedi Hindiston Bosh vaziri.

Davlatimiz rahbari hind xalqiga yuksak hurmat-ehtirom ramzi sifatida Narendra Modiga buyuk mutafakkir Robindranat Tagorning oʻzbek tilida chop etilgan 8 jildli asarlar toʻplamini sovgʻa qildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Nyu-Dehli shahrida oʻzi uchun ajratilgan qarorgohda Hindiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Sushma Svarajni qabul qildi.

Muloqotda davlatimiz rahbari Oʻzbekiston bilan Hindiston oʻrtasida doʻstlik va strategik sheriklik munosabatlari izchil rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi. Joriy yilda tomonlarning intilishi natijasida oʻtkazilgan uchrashuvlar, qator delegatsiyalar almashuvlari davlatlararo hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilayotgani yuqori baholandi.

Shavkat Mirziyoyev mazkur davlat tashrifiga tayyorgarlik koʻrishda Svaraj

Xonimning xizmatlari katta ekanini qayd etar ekan, oliy darajadagi uchrashuvlar mamlakatlarimiz oʻrtasidagi anʼanaviy doʻstona munosabatlarda yangi davrni boshlashga, ikki tomonlama hamkorlikni yanada yuqori bosqichga koʻtarishga xizmat qilishini alohida taʼkidladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Nyu-Dehli shahrida oʻzi uchun ajratilgan qarorgohda Hindiston Respublikasi vitse-prezidenti, senat raisi Venkaya Nayduni qabul qildi.

Uchrashuvda mamlakatlarimiz aloqalarini rivojlantirishning turli jihatlari, oʻzaro hamkorlikning huquqiy asoslarini mustahkamlash masalalari xususida fikr almashildi.

Davlatimiz rahbari “Rashtrapati Bxavan” saroyida Hindiston Respublikasi Prezidenti Ram Nath Kovind bilan uchrashdi.



Shuning bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Hindiston Respublikasiga davlat tashrifi nihoyasiga yetdi. Ushbu tashrif, unda erishilgan natijalar mamlakatlarimiz oʻrtasidagi munosabatlar tarixidan muhim oʻrin egallashi va oʻzaro hamkorlikni yangi bosqichga koʻtarishi muqarrar.
Download 17.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling