O'zbekiston hududida amal qiluvchi tarif rejalari, tarif paketlari va opsiyalar Tarifikatsiyaning asosiy prinsiplari


«Alohida toifadan raqam taqdim etish» (Provision of Special Phone Number) xizmati


Download 216.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/15
Sana14.01.2022
Hajmi216.21 Kb.
#336979
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
o-zbekiston-hududida-amal-qiluvchi-tarif-rejalari
Bog'liq
Mustaqil ish.Muzakbarov D.32-variant, 1121, mintaqa, mintaqa, mintaqa, 54 55-56, yer rentasi va uning turlari, 3ilkqadamozbek240818pdf, 5A310501-Avtomobilsozlik-va-traktorsozlik, o-zbekiston-hududida-amal-qiluvchi-tarif-rejalari, математика3, 2, chuchqa, Ma'lumotlar ombori
«Alohida toifadan raqam taqdim etish» (Provision of Special Phone Number) xizmati 

 

Mijoz «Alohida toifadan raqam tanlash» xizmatiga qo'shimcha ravishda «Alohida toifadan 

raqam taqdim etish» xizmatini xarid qilishi mumkin. «Alohida toifadan raqam taqdim etish» 

xizmati Mijozga Provayderning xizmat ko'rsatish vaqtida band bo'lmagan raqamlash 

resursidan ma'lum mezonlarga mos keladigan Abonent raqamini ma'lum davrga 

(Xizmatning amal qilish davriga) tanlash imkonini beradi. Abonent raqami mezonlariga 




qarab Mijoz «Alohida toifadan raqam taqdim etish» xizmatining amal qilish davrini tanlashi 

mumkin. Tegishli xizmat narxi jadvalda 

ko'rsatilgan

 

«Alohida toifadan raqam taqdim etish» xizmatiga buyurtma berilganida «Raqamni 



almashtirish» va «Alohida toifadan raqam tanlash» xizmatlarining narxi 0 so'mni tashkil qiladi 

(agar Mijoz xizmatdan tanlangan amal qilish davri davomida to'liq foydalansa). 

Xizmat narxi mijoz tanlagan xizmatning amal qilish muddatidan kelib chiqadi. 

Xizmatga oldindan buyurtma tuzish orqali (Shartnoma tuzishgacha), shuningdek Ilovada 

Shartnomaning amal qilish muddati davomida iatalgan payt buyurtma berish mumkin. 

"Alohida toifadan raqam taqdim etish" xizmatini ko'rsatish tartibi 

1. Xizmat uchun dastlabki buyurtmani 2020.10.27 dan boshlab faqat Mobil ilova orqali va 

faqat Abonent raqamining dastlabki buyurtmasi rasmiylashtirilganida va Shartnoma 

tuzilishida Provayderga ushbu buyurtmaning raqami yoki QR-kodi taqdim etilganida amalga 

oshirish mumkin.  

Xizmatlar xizmat ulangan vaqtdan boshlab 24 soat ichida ko'rsatila boshlaydi. 

Xizmat faqat Mijoz Ilovada Xizmatga buyurtma berish maqsadini tasdiqlasa va Shaxsiy 

hisobvaraqda xizmat amal qiladigan bir davrni to'lashga yetarli mablag' bo'lsa ulangan 

hisoblanadi. Agar xizmat uchun buyurtma tasdiqlangan vaqtdan boshlab 7 kun ichida 

mijozning Shaxsiy hisobvarag'ida xizmat amal qiladigan bir davrni to'lash uchun yetarli 

mablag' bo'lmasa, xizmat ulanmaydi, Mijozga unga Shartnoma tuzilishida ajratilgan Abonent 

raqamidan foydalangan holda xizmat ko'rsatiladi. O'tish yuqorida ko'rsatilgan sanadan 

boshlab ikki hafta davomida amalga oshiriladi.

 

Xizmat narxi Mijoz tomonidan tanlangan xizmatning amal qilish davriga bog'liq. Agar xizmat 



uchun buyurtma va xizmatdan foydalanishning birinchi davri uchun to'lov bir kalendar oyida 

amalga oshirilgan bo'lsa, xizmat uchun buyurtma tasdiqlangan sanadan boshlab har 30 

kunda pul yechiladi. Agar xizmat buyurtmasini tasdiqlash va xizmatdan foydalanishning 

birinchi davri uchun to'lov qilish har xil kalendar oylarida amalga oshirilgan bo'lsa, xizmat 

narxi buyurtma tasdiqlangan oydan keyin keladigan birinchi kalendar oyidan boshlab har 30 

kunda yechib olinadi.

 

2. Xizmatga Ilova orqali Shartnomaning amal qilish muddati davomida istalgan payt 



buyurtma berish mumkin. Xizmatga buyurtma berish uchun yangi abonent raqamini tanlash 

va keyinchalik Ilovaning ko'rsatmalariga qarab ish tutish talab etiladi.  

 

Xizmatni taqdim etish muddati 



— Provayderga xizmatga buyurtma berilganligi haqida 

ma'lumot kelib tushgan zahoti. Xizmat ko'rsatilishi uchun unga buyurtma berilgan vaqtda 

Mijozning Shaxsiy hisobvarag'ida xizmatning bitta davri uchun to'lov qilish uchun yetarli 

mablag' bo'lishi kerak. Ushbu summa xizmatni ko'rsatish vaqtida shaxsiy hisobvaraqdan 

Provayder tomonidan yechib olinadi. Shaxsiy hisobvaraqda mablag' yetarli bo'lmaganida 

xizmat ko'rsatilmaydi. 

 

«Alohida toifadan raqam taqdim etish» xizmatining Mijozlar orasiga kirib borishini oshirish 



maqsadida 04.11.2020 dan 03.11.2025 gacha bo'lgan davr mobaynida Provayder 

tomonidan aksiya o'tkaziladi va ushbu aksiyaga muvofiq, aksiya amal qilishi davrida 

«Alohida toifadan raqam taqdim etish» xizmatini ulagan, xizmatdan uning tanlangan amal 

qilish davri davomida to'liq foydalangan va muddatidan oldin xizmat ko'rsatilishidan voz 




kechmagan Mijozlarga tanlangan xizmatning amal qilish davri tugashi bilan Xizmat 

qo'shimcha to'lov olinmasdan yangi muddatga avtomatik ravishda taqdim etiladi. 



 

Document Outline


Download 216.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling