O'zbekiston hududida amal qiluvchi tarif rejalari Tarifikatsiyaning asosiy prinsiplari Agar muayyan Tariflarning tavsiflarida boshqasi to'g'ridan-to'g'ri ko'rsatilgan bo'lmasa
Download 248.14 Kb. Pdf ko'rish
|
o-zbekiston-hududida-amal-qiluvchi-tarif-rejalari-1
O'zbekiston hududida amal qiluvchi tarif rejalari Tarifikatsiyaning asosiy prinsiplari Agar muayyan Tariflarning tavsiflarida boshqasi to'g'ridan-to'g'ri ko'rsatilgan bo'lmasa, Tarifikatsiyaning quyidagi prinsiplari amal qiladi: ●
jismoniy shaxslar uchun amal qiladi ●
●
●
boshlanadi. ●
●
●
ma'lumotlarni uzatish trafigi hajmi 0,1 Gb'gacha yaxlitlangan holda aks etadi. ●
●
●
oldindan to'lov (avans) sifatida baholanadigan summalarni belgilashga haqli. ●
«Boshlang'ich» tarifi Tarif SIM-kartani faollashtirishda ulanadi. Provayder raqamlariga hamda O'zbekiston Respublikasining boshqa operatorlari raqamlariga ovozli aloqa xizmatlari (kirish va chiqish qo'ng'iroqlari) va SMS'lar taqdim etiladi. Humans aloqasi xizmatlarini ilk bor ulagan Mijozlarga 2020.09.15 dan 2020.10.28 gacha bo'lgan davr mobaynida har kuni quyidagi xizmatlar taqdim etiladi: ●
●
●
●
●
●
●
Internetdan foydalanish imkoni taqdim etilmaydi. Foydalanish bo'yicha cheklovlar Yuqorida ko'rsatilgan Tarif faqat bitta abonent qurilmasida faqat bitta SIM-karta orqali foydalanish uchun mo'ljallangan. Abonent qurilmasiga joylashtirilgan SIM-kartadan bunday Abonent qurilmasiga simli va simsiz kanal bo'yicha ulangan boshqa qurilmalardan Provayder aloqa xizmatlaridan qo'shimcha ravishda foydalanish imkonini ta'minlash uchun foydalanish mumkin emas. Barcha tariflarda piring fayl almashuvi tarmoqlaridan foydalanish imkoniga ega bo'lish uchun (jumladan BitTorrent va shunga o'xshash fayllarni taqsimlagan holda tarqatish texnologiyalari yordamida) Tarmoq resurslaridan foydalanayotgan servislar uchun tezlik soniyasiga 32 kbit'gacha chegaralanadi. Mijozlarning manfaatlari yo'lida, tasodifiy qo'ng'iroqlarning salbiy oqibatlaridan saqlanib qolish maqsadida Provayder ovozli ulanish davomliligini bir soat bilan chegaralab qo'yishga haqli. Tarif va Xizmatlarni boshqarish Humans mobil ilovasidan (Ilovadan) foydalangan holda amalga oshiriladi. Ilovani Mijoz o'z abonent qurilmasiga o'rnatib olishi kerak. Mijoz tomonidan Ilova o'rnatilmaganida Mijoz uchun yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun Provayder javobgar emas. «Raqamni o'zgartirish» xizmati Xizmat Mijozga Shartnoma tuzishda unga Provayder tomonidan ajratilgan amaldagi Abonent raqamini yangi Abonent raqamiga almashtirish imkonini beradi. Yangi Abonent raqami xizmat ko'rsatish vaqtida bo'sh bo'lgan Provayderning raqamlash resursidan tasodifiy ravishda tayinlanadi. Shartnoma bo'yicha Abonent raqamini birinchi marta o'zgartirish qo'shimcha to'lovsiz amalga oshiriladi. Keyingi har bir xizmatning narxi 20000 so'mni tashkil qiladi. Xizmatga buyurtma berish uchun oldindan amalga oshirilgan buyurtmaning raqami yoki QR-kodini Provayderga taqdim etish kerak. Xizmatni ko'rsatish muddati – Provayderga xizmat ulangani haqida ma'lumot kelib tushgan zahoti. Xizmat (agar mavjud bo'lsa) narxi Provayder tomonidan Shaxsiy hisobvaraqdan xizmat ko'rsatilishi vaqtida yechib olinadi. «Alohida toifadan raqam tanlash» xizmati Mijoz «Raqamni o'zgartirish» xizmatiga qo'shimcha ravishda «Alohida toifadan raqam tanlash» xizmatini sotib olishi mumkin. «Alohida toifadan raqam tanlash» xizmati Mijozga Provayderning xizmat ko'rsatish vaqtida band bo'lmagan raqamlash resursidan ma'lum mezonlarga mos keladigan Abonent raqamini tanlash imkonini beradi. Abonent raqami mezonlari va tegishli Xizmat narxi jadvalda ko'rsatilgan. Xizmatga Ilova orqali, shuningdek Provayderga oldindan amalga oshirilgan buyurtmaning raqami yoki QR-kodini taqdim etgan holda buyurtma berish mumkin. 2020.09.17 dan 2020.10.27 gacha Xizmatga buyurtma bergan Mijozlarga Xizmat test davrida bepul taqdim etiladi. Test davri Xizmatga buyurtma berilgan vaqtdan boshlab 2020.11.26 gacha amal qiladi. 2020.10.27 dan boshlab Xizmatga buyurtma bergan Mijozlarga Xizmat test davrida buyurtma berilgan vaqtdan boshlab 30 kun muddatga bepul taqdim etiladi. Test davri davomida Mijoz Mobil ilova orqali Xizmatni belgilangan narx evaziga ulashni tasdiqlashi yoki Xizmatdan voz kechishi kerak. Xizmatni ulashni faqat Provayderning Mobil ilovasida tasdiqlash mumkin, tasdiqlashning boshqa usullarini qo'llab bo'lmaydi. Agar Mijoz xizmatdan voz kechsa, unga shartnoma tuzishda ajratilgan Abonent raqamidan foydalangan holda xizmat ko'rsatishda davom etiladi. Provayder o'zgarishlarni bekor qilingan sanadan boshlab 1 kundan 10 kungacha bo'lgan muddat ichida amalga oshiradi. Test davrining muddati Xizmat ulangan vaqtdan boshlab, Mijozga shartnoma tuzishda ajratilgan Abonent raqami boshqasi bilan almashtirilgan vaqtdan boshlab Xizmatdan voz kechilganida bekor bo'ladi. Agar Mijoz Ilovada test davri tugashiga qadar xizmatni ulashni tasdiqlamasa, xizmat ulanmagan hisoblanadi va Mijozga unga shartnoma tuzishda ajratilgan Abonent raqamidan foydalangan holda xizmat ko'rsatishda davom etiladi. Xizmat 2020.10.30 da ulangan hisoblanadi va shu sanada uning narxi Provayder tomonidan shaxsiy hisobvaraqdan yechib olinadi. Agar Xizmatga buyurtma berishning tasdiqlash vaqti 2020.10.29 dan keyin boshlansa, Xizmat ulangan hisoblanadi uning narxi Provayder tomonidan shaxsiy hisobvaraqdan Xizmatga buyurtma berish tasdiqlangan vaqtda yechib olinadi. «Alohida toifadan raqam tanlash» xizmatiga buyurtma berilganida «Raqamni o'zgartirish» xizmati narxi 0 so'mni tashkil qiladi. «Alohida toifadan raqam taqdim etish» xizmati Mijoz «Alohida toifadan raqam tanlash» xizmatiga qo'shimcha ravishda «Alohida toifadan raqam taqdim etish» xizmatini sotib olishi mumkin. «Alohida toifadan raqam taqdim etish» xizmati Mijozga Provayderning xizmat ko'rsatish vaqtida band bo'lmagan raqamlash resursidan ma'lum mezonlarga mos keladigan Abonent raqamini ma'lum davrga (Xizmatning amal qilish davriga) tanlash imkonini beradi. Abonent raqami mezonlariga qarab Mijoz «Alohida toifadan raqam taqdim etish» xizmatining amal qilish davrini tanlashi mumkin. Tegishli xizmat narxi jadvalda ko'rsatilgan (hyperlink файл Оплата по частям) «Alohida toifadan raqam taqdim etish» xizmatiga buyurtma berilganida «Raqamni almashtirish» va «Alohida toifadan raqam tanlash» xizmatlarining narxi 0 so'mni tashkil qiladi (agar Mijoz xizmatdan tanlangan amal qilish davri davomida to'liq foydalansa). Mijoz tomonidan tanlangan amal qilish davriga qarab Xizmat narxi Shaxsiy hisobvaraqdan Xizmatga buyurtma berish tasdiqlangan mahaldan boshlab Xizmatning amal qilish davri tugashigacha har 30 kunda yechib olinadi. «Alohida toifadan raqam taqdim etish» xizmatini ko'rsatish tartibi 2020.10.29 dan boshlab ulanish mumkin. Xizmatga oldindan buyurtmani 2020.10.27 dan boshlab faqat Mobil ilova orqali amalga oshirish mumkin. Xizmatlar ko'rsatilishining boshlanish muddati – xizmat ulangan vaqtdan boshlab 24 soat ichida. Xizmat 2020.10.30 da yoki Xizmatga buyurtma berish tasdiqlangan vaqtdan boshlab (agar 2020.10.29 dan keyin tasdiqlansa) ulangan hisoblanadi va shu sanada xizmat ko'rsatishning bir davriga to'lov qilish uchun kerak bo'lgan narx Provayder tomonidan shaxsiy hisobvaraqdan yechib olinadi. Keyinchalik Xizmat uchun to'lov Xizmat ulangan vaqtdan boshlab Xizmatning amal qilish muddati tugashigacha yoki u mijoz tomonidan o'chirilishi sanasigacha har 30 kunda yechib olinadi. «Alohida toifadan raqam taqdim etish» xizmatining Mijozlar orasiga kirib borishini oshirish maqsadida 2020.10.29 dan 2025.10.28 gacha bo'lgan davr mobaynida Provayder tomonidan aksiya o'tkaziladi va ushbu aksiyaga muvofiq, aksiya amal qilishi davrida «Alohida toifadan raqam taqdim etish» xizmatini ulagan, xizmatdan uning tanlangan amal qilish davri davomida to'liq foydalangan va muddatidan oladin xizmat ko'rsatilishidan voz kechmagan Mijozlarga tanlangan xizmatning amal qilish davri tugashi bilan Xizmat qo'shimcha to'lov olinmasdan yangi muddatga avtomatik ravishda taqdim etiladi. Download 248.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling