O`zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarning o`rni va roli


Download 22.29 Kb.
Sana23.04.2020
Hajmi22.29 Kb.

Aim.uz

O`zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarning o`rni va roli.

Bozor iqtisodiyotining asosiy iqtisodiy tushunchalaridan biri investitsiyalar tushunchasi bugungi hayotimizga keng va tez kirib kelishining o`zi uning mohiyati va ahamiyatini, zarurligini ko`rsatadi.

O`zbekiston va jahon iqtisodiyotining kelgusi taraqqiyoti, asosan, investitsiyalarga bog`liqligini bugungi kunda deyarli har bir mutaxassis va xo`jalik yurituvchi sub`ekt anglab etganligini nazarda tutsak, hozirgi kunda respublikamiz iqtisodiyotiga investitsiyalarni, xususan, chet el investitsiyalarini kengroq jalb etish ularning mamlakatimizda o`tkazilayotgan iqtisodiy islohotlarning samarali ijrosini ta`minlashning muhim asosiga aylanganligi bilan bog`liqligini tushunib olish qiyin emas.

2007 yilda xorijiy investitsiyalar ishtirokida 700 dan ortiq yangi korxonalarning barpo etilganligi xukumatimizning bu sohaga bo`lgan katta e`tibori va ularga yaratib berayotgan qulayliklari natijasidir.

Bu borada so`z ketganda Prezidentimiz I.A.Karimovning quyidagi fikrlarini ta`kidlashimiz lozim: “Bugun joylarda iqtisodiyotni yuksaltirish, zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlangan yangi korxonalarni barpo etish va rekonstruktsiya qilish uchun xorijiy sarmoyalarni jalb qilish, ....... nechog`lik katta hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanini kimgadir isbot qilib berishga hojat yo`q. Bu avvalombor, aholi bandligi, uning ish haqi va daromadlarini oshirish, bu oxir – oqibatda respublikamiz hududlari, shahar va tumanlarimizdagi eng muhim ijtimoiy muammolarni echish demakdir”1.

SHu boisdan ham vatanimizga xorijiy sarmoyalarni jalb etayotgan korxonalarni iqtisodiy rag`batlantirish va zaruriy sharoitlarni yaratib berish o`ta muhim masalalardan biri hisoblanadi. Ushbu turdagi korxonalarni rag`batlantirish asosan soliq imtiyozlari orqali amalga oshiriladi. CHunki har bir investor o`z sarmoyasini biror hududga kiritar ekan uni befarq qoldirmaydigan va e`tiborini tortadigan asosiy masala u erda amal qilayotgan soliq qonunchiligi hamda soliqlardan berilayotgan imtiyozlar masalasidir. SHu sababdan soliq imtiyozlarini to`g`ri yo`nalishlarda taqdim etish, ulardan samarali va oqilona foydalanishni yo`lga qo`yish lozim, aks holda esa imtiyozlarni berishdan ko`zlangan maqsadlarga erishilmaslikka olib keladi. SHunga ko`ra, iqtiso­diyotni faol rivojlantirish keng miqyosdagi investitsiyalarni talab qiladi.

Demak, investitsiyalar har qanday iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi va uning taraqqiyotini ta`minlovchi kuch ekan, barcha imkoniyatlarimizni ishga solib iqtisodiyotimizga yo`naltiriladigan investitsiya­lar hajmini oshirishimiz lozim.

Vatanimiz iqtisodiyotiga chet el investitsiyalarini jalb qilish va investitsiya faoliyati taraqqiyotini ta`minlash qulay investitsiya muhitini barpo etishni talab qiladi. 2007 yilda O`zbekiston iqtisodiyotiga kiritilgan investitsiyalarning umumiy hajmi 23 foizga oshdi va 4,3 mlrd.dollardan ziyod miqdordagi mablag`ni tashkil etdi. Natijada YAIM o`sishi 9,5%ga va davlat byudjeti esa YAIMga nisbatan 1,1% profitsit bilan yakunlandi. Jami investitsiyalarning 70 foizidan ortig`i ishlab chiqarish ob`ektlari qurilishiga, jumladan, salkam 50 foizi korxonalarni texnik va texnologik modernizatsiya qilishga yo`naltirildi. Jalb etilayotgan investitsiyalarning umumiy hajmida chet el investitsiyalarinig salmog`i yuqori bo`ldi. Xorijiy investitsiyalar hajmi 58 foizga ortib, 1 milliard dollarni tashkil etdi. Ularning 76 foizi to`g`ridan-to`g`ri kiritilgan xorijiy investitsiyalardir. To`g`ridan-to`g`ri xorijiy investitsiyalar jami kapital qo`yilmalarning 17,8%ini tashkil qildi. Hozirgi kunda respublikamiz tashqi savdo aylanmasining uchdan bir qismi xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar hissasiga to`g`ri kelmoqda.



2007 yil investitsiya dasturiga muvofiq 300dan ortiq yirik investitsiya loyihasi nihoyasiga etkazildi. Xorijiy investitsiyalar ishtirokida esa 700dan ziyod yangi korxonalar vujudga keldi. 2008 yilda respublikamiz asosiy ishlab chiqarish tarmoqlariga kiritiladigan investitsiyalar miqdorini 17 foizga oshirishga erishish vazifasi belgilab berildi. 2007 yilda xorijiy investitsiyalarning aksariyat qismi yoqilg`i-energetika, kimyo va neftekimyo sanoatiga (jami investitsiyalarning 44,7%i), informatsion texnologiyalar va telekommunikatsiyalar sohasiga (16,9%), qishloq va suv xo`jaligiga (13,4%), kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish sanoatiga (12,4%) yo`naltirilgan.2 SHu bilan bir qatorda, respublikada investitsiyalar bilan bog`liq muammolar mavjud ularni hal qilish O`zbekistonni yanada rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. Ular: infrastrukturasini sust rivojlanganligi, O`zbekistonning investitsiyaviy jozibadorligini jahon OAVlarida reklamasini yo`qligi, investitsiyalarni viloyatlararo taqsimotida yuqori differentsiyalashganligi (Misol uchun, Qoraqalpog`iston, Xorazmni Toshkentga nisbatan hisoblaganda).

Ko`rib turganimizdek, O`zbekiston oldida bir qancha muammolar mavjud, ularni hal etishda quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish lozim deb topdik:

-xorijiy investorlarga va milliy ishlab chiqaruvchilarga bir xil imkoniyat, imtiyozlar yaratish;

-milliy buxgalteriya hisobini Xalqaro Moliyaviy Hisobi Standartlariga yanada yaqinlashtirish;

-qo`shma korxonalarni tashqi bozorlarga yo`naltirilgan faoliyatini jadallashtirish, valyuta oqimini barqarorlashtirish. Bunga rag`batlantirish uchun turli xil kommunal xizmatlardan qisman ozod etish va soliq, yig`im, bojxona to`lovlaridan to`liq ozod etish orqali erishish;

-investitsiyalarning hududiy bir yoqlamalik xususiyatini oldini olish maqsadida, viloyatlarni rivojlanganlik darajasi bo`yicha 3 guruhga bo`lib, sust rivojlangan regionlarga investorlar uchun ko`proq manfaatdorlik, moyillik yaratish;



-erkin eksport zonalari amaliyotini o`rganish va ularni yurtimizda joriy qilishga erishish.


1 Каримов И.А. “Инсон манфаатлари устуворлигини таъминлаш – барча ислоҳот ва ўзгаришларимизнинг бош мақсадидир”. // Халқ сўзи, 2008 йил, 9 феврал.

22 Д.Р.Абдуазизов. Инвестиция сиёсати ва Ўзбекистон иқтисодиётидаги таркибий ўзгаришлар. ЎзМУ. Республика илмий-амалий конференция материаллари.2008 йил 25 апрель.

Aim.uz


Download 22.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling