Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi
Download 39.72 Kb.
|
1 2
Bog'liqOʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi — ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohasidagi faoliyat turi boʻyicha umumiy manfaatlar bilan birlashgan xodimlar, qisman ish bilan band boʻlganlar yoki vaqtincha ishsizlar, talabalar va oʻquvchi yoshlar, pensionerlar, aholi boshqa qatlamlarini birlashtirgan kasaba uyushmalarini oʻz ichiga oladi va oʻzini oʻzibvvfg boshqaradigan koʻngilli nodavlat, notijorat jamoat tashkiloti hisoblanadi. 1990-yil 12-sentabrda tashkil topgan. Kasaba uyushmalarining bosh vazifasi kasaba uyushmalari aʼzolarining mehnat, ijtimoiy, iqtisodiy, maʼnaviy, intellektual huquq va manfaatlarini muhofaza qilishda harakat birligini amalga oshirishdan iborat. Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kengashi (Uzsovprof) 1925-yildan faoliyat koʻrsata boshlagan. Sobiq ittifoq davrida uning tasarrufida tarmoq respublika qoʻmitalari mavjud edi. Lekin ularning birontasi oʻz ustaviga ega emasdi. Faqat SSSR kasaba uyushmalari (VSSPS) ustaviga binoan faoliyat koʻrsatardi. Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan soʻng respublikada tarmoq kasaba uyushmalari tuzilib, ular oʻz ustavlarini qabul qildi va Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkazdi hamda Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasiu.f.ga uyushdi. Bular quyidagilardan iborat:Aviatsiya xodimlari kasaba uyushmasi;Avtomobil, daryo, elektr transporti va yoʻl xoʻjaligi xodimlari kasaba uyushmasi;Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi;Aloqa xodimlari kasaba uyushmasi;Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi;Yengil, mebel sanoati va kommunalmaishiy xizmat xodimlari kasaba uyushmasi;Yoqilgʻienergetika kompleksi, kimyo sanoati va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi;Madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi;Metallurgiya va mashinasozlik sanoati xodimlari kasaba uyushmasi;Matlubot kooperatsiyasi, savdo xodimlari va tadbirkorlar kasaba uyushmasi;Sogʻliqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi;Taʼlim va fan xodimlari kasaba uyushmasi;Qurilish va qurilish ashyolari sanoati xodimlari kasaba uyushmasi;Temiryoʻlchilar va transport quruvchilari kasaba uyushmasi. Oʻzbekiston kasaba uyushmalari tizimini boshlangʻich kasaba uyushma tashkilotlari, kasaba uyushmalarining tuman, shahar, viloyat, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri kengashlari va boshqalar tashkil etadi. Federatsiya kengashi Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasining qurultoylar oraligʻidagi rahbar organidir. U 5 yil muddatga saylanadi va har bir aʼzo tashkilotdan toʻgʻridan toʻgʻri miqdorda (2 tadan) vakil yuborish yoʻli bilan shakllantiriladi. Federatsiya kengashiga vakillar federatsiya aʼzolari boʻlgan tashkilotlarning qurultoylari, konferensiyalari va majlislarida saylanadi. Federatsiya kengashi tarkibiga qurultoyda saylangan aʼzolar, federatsiya raisi, uning kengash boʻyicha oʻrinbosarlari, federatsiya faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha doimiy faoliyat koʻrsatuvchi komissiyalar raislari ki]eadi. Federatsiya raisi ayni vaqtda Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi, Rayosat va Ijroiya qoʻmita raisi ham hisoblanadi. Federatsiya kengashining majlisi zaruratga qarab, lekin har yili kamida 1-marta chaqiriladi. Federatsiya kengashi uyushmalararo va mintaqalararo vazifalarni hal etishda aʼzo tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtiradi; kasaba uyushmalariga qonunchilikda berib qoʻyilgan huquqlarni roʻyobga chiqaradi, barcha darajadagi kasaba uyushmalari tashkilotlarida yagona moliyaviy faoliyatni va intizomni belgilaydi hamda oʻrnatadi, federatsiyaning xalqaro faoliyatini olib boradi va h.k. Federatsiya kengashi devonida mehnatkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish, madaniymaʼrifiy va sport ishlari, yuridik, xalqaro ishlar, tashkiliy ishlar, ijtimoiy sugʻurta, moliya boʻlimlari, kotibiyat hamda ishlar boshqarmasi bor. Kasaba uyushmalari tizimida 28355 ta boshlangʻich tashkilot boʻlib, ular 6336611 nafar kasaba uyushma aʼzosini birlashtiradi (2005-yil mart). Boshlangʻich kasaba uyushma tashkilotlarida umumiy yigʻilish (konferensiya), tarmoq kasaba uyushmalarining tuman, shahar, viloyat tashkilotlari va Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri hamda viloyatlar uyushmalararo birlashmalarida konferensiya, tarmoq kasaba uyushmalari va Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasida qurultoy oliy organ hisoblanadi. Umumiy yigʻilish, konferensiya va qurultoy 5 yilda kamida 1-marta chaqiriladi. Oʻzbekiston kasaba uyushmalarining asosiy eʼtibori mehnatkashlar ongida demokratik qadriyatlarni mustahkamlash, ularning faolligini oshirish, kasaba uyushmalari harakatida demokratik oʻzgarishlarni chuqurlashtirishga qaratilgan. Jamoashartnomaviy munosabatlarni rivojlantirish borasidagi faoliyat natijasida jamoa shartnomalari tuzilgan yuridik shaxslar soni koʻpaydi. Jamoa shartnomalarining ijtimoiy funksiyasi kuchaydi, ularning ish haqi va xodimlarning daromadiga taʼsiri oshdi. Samarali bandlik, mehnatga haq toʻlashning ijtimoiy adolatli tizimini joriy etish, mehnatni meʼyorlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Ish joylarida sogʻlom va bexatar mehnat sharoitlari yaratilishi borasida tashkiliy ishlar amalga oshirildi, koʻp hollarda xodimlarning buzilgan huquqlarini tiklashga erishildi. Kasaba uyushmalarining ayollar va yoshlarni, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj nogironlar, pensionerlar, baynalmilalchi jangchilarning huquq hamda manfaatlarini himoya qilishga eʼtibor kuchaydi. Qonun yaratuvchilik sohasida Oliy Majlis qoʻmitalari va komissiyalari bilan hamkorlikda kasaba uyushmalarining faol ishtiroki taʼminlandi. Ijtimoiy sugʻurta mablagʻlarini boshqarish mexanizmi takomillashtirilishi, yangi sogʻlomlashtirish muassasalari qurilishi va mavjudlarini rekonstruksiya qilish natijasida xodimlar va ular oila aʼzolarini sogʻlomlashtirishda ijobiy oʻzgarishlarga erishildi. Uzbekiston kasaba uyushmalari chet el milliy kasaba uyushmalari markazlari, jahon ishchilar harakatining yetakchisi Xalqaro erkin kasaba uyushmalari konfederatsiyasi hamkorligida Fransiya Mehnat demokratik federatsiyasi, Amerika Mehnat federatsiyasi, Belgiya erkin kasaba uyushmalari umumiy birlashmasi, Avstriya kasaba uyushmalari federatsiyasi bilan hamkorlik aloqalari oʻrnatgan. Shuningdek, Xitoy, Yaponiya, Hindiston mamlakatlari kasaba uyushmalari bilan aloqalar mustahkamlanib bormoqda. Kasaba uyushmalarining harakat dasturida Xalqaro mehnat tashkiloti bilan xalqaro hamkorlik muhim oʻrin tutadi. Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan bu tashkilotning 11 ta konvensiyasi ratifikatsiya qilingan. Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasiu.f. "Ishonch" (oʻzbek tilida haftasiga 4-marta chiqadi) va "IshonchDoveriye" (rus tilida, haftasiga 1-marta chiqadi) gaz.lari nashr etadi. Download 39.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling