O‘zbekiston me’morchiligidagi minoralar va minorasimon qurilmalar
Download 1.65 Mb. Pdf ko'rish
|
1960-1990 -O‘zbekiston me’morchiligidagi minoralar
O‘ZBEKISTON ME’MORCHILIGIDAGI MINORALAR VA MINORASIMON QURILMALAR O‘ZBEKISTONNING BOY ME’MORIY AN’ANALARI JAHON MADANIY MEROSI BUYUK IPAK YO‘LI MADANIY, SAVDO YO‘LLARIDA MUHIM MARKAZLAR HISOBLANGAN SHAHAR VA QISHLOQ MASKANLARIDA BUNYOD ETILGAN MINORASIMON INSHOOTLARNING ILK KO‘RINISHLARI SAQLANIB QOLMAGAN BO‘LSADA, DASTLAB ULAR KARVON YO‘LLARINI BELGILOVCHI MAYOQ, SHAHARLAR AHOLISINI TASHQI XAVFDAN OGOH ETUVCHI KUZATUV MINORALARI VAZIFALARINI O‘TASH UCHUN QURILGANI SHUBHASIZDIR. IX-X ASRLARDAN BOSHLAB BU TURDAGI INSHOOTLAR DINIY MAQSADLARDA QURILGAN. BUXORO, VOBKENT, JARQO‘RG‘ON, KO‘HNA URGANCHDAGI BU DAVR MINORALARINING ME’MORIY-KONSTRUKTIV YECHIMI YUQORIDA QAYD ETILGAN VAZIFALARNI BAJARISHGA MOS QILINGANI BUNDAN DALOLAT BERADI. O‘ZBEKISTON HUDUDIDAGI MINORALAR G‘ARBIY OSIYO O‘LKALARIDAGI BU TURDAGI INSHOOTLARDAN HAM ME’MORIY, HAM QURULMASI JIHATDAN FARQ QILADI. TAHLILLAR SHUNI KO‘RSATADIKI, XI ASRDAYOQ MARKAZIY OSIYODA MINORALARNING KEYINGI RIVOJLANISH BOSQICHLARINI BELGILAB BERGAN MINORAI KALONNING ME’MORIY YECHIMI VA BADIIY- ESTETIK KO‘RINISHLARI, UNING ME’MORIY QISMLARI, NISBATLARI, KOMPOZITSIYAVIY TUGALLIGI YAQIN SHARQ VA MAG‘RIB MINORALARIDAN FARQLI RAVISHDA XIX ASRGACHA MARKAZIY OSIYO ME’MORCHILIGIDA BUNYOD ETILIB KELINGAN AKSARIYAT MINORALAR UCHUN ETALON VAZIFASINI O‘TAGAN. GO‘RI AMIR MAQBARASINING UMUMIY KO‘RINISHI MINORA-MEZANA TIZIMIDAGI BUNDAY MINORALARNING TURLI XIL KO‘RINISHLARI ASOSIDA BUXORODAGI MINORAI KALON YECHIMLARI YOTADI. O‘ZBEKISTONDA JARQO‘RG‘ON MINORASI, XIVANING XIX ASR MINORALARI O‘ZIGA XOS KO‘RINISHLARI BILAN ALOHIDA O‘RINGA EGA BO‘LSA HAM MINORALARNING AKSARIYATIDA KALON MINORASINING YECHIMLARINING UMUMIY QONUNIYATLARI SEZILIB TURADI, YA’NI KONUSSIMON SHAKL- TANA, TARHI AYLANA VA ICHKI O‘ZAGIGA ASOSLANGAN ZINALAR QURILMASI, HAMDA MEZANA BILAN TUGALLANISHI UMUMIYDIR. SAMARQAND, TOSHKENT, FARG‘ONA VODIYSI SHAHARLARI, SHAHRISABZ KABI QADIMIY HUDUDLI SHAHAR GUZARLARI, MAHALLA MASJIDLARI QOSHIDA QURILGAN KATTA-KICHIK MINORALAR YECHIMI TAHLILI HAM BUXORO MINORALARI USLUBLARIGA MOS ANDOZADA QILINGANINI BILDIRADI. MARKAZIY OSIYO ME’MORCHILIGINING TEMURIYLAR DAVRI ME’MORIY BEZAK SAN’ATIDAGI QIRQMA KOSHIN QOPLAMALAR, SIRKOR KOSHINLI MUQARNAS VA SHARAFALAR BILAN BUTKUL BEZATILGAN MINORA- GULDASTALAR, BURJLARNING SHAKLIY-HAJMIY YECHIM USULLARI MAG‘RIB VA YAQIN SHARQ, XUROSON MINORASIMON INSHOOTLARIGA QARAGANDA BIR MUNCHA SALOBATLI, MAHOBATLI INSHOOTLARNING UMUMIY ME’MORIY KOMPOZITSIYASIGA UYG‘UN RAVISHDA YARATISHGA QARATILGANI BILAN FARQLANADI. TEMURIYLAR DAVRI ME’MORCHILIGIDAGI JOME’ MASJIDLAR, ULKAN MADRASALAR VA SAROYLARNING ME’MORIY JIHATDAN TUGAL KO‘RINISH OLISHIDA BU MINORASIMON HAJMLAR MUHIM VOSITA BO‘LIB KELDI. HATTO, DAVRLAR MOBAYNIDA YUQORI BO‘G‘INLARI TUSHIB KETGAN BO‘LSADA, SAMARQANDDAGI ULUG‘BEK MADRASASIDAGI BURJ-MINORALAR, GO‘RI AMIR MAJMUASI HOVLISI BURCHAKLARINI BELGILOVCHI MINORALAR, BIBIXONIM JOME’ MASJIDIDA SAQLANIB QOLGAN PESHTOQ YON GULDASTALARI, HOZIRDA HAM O‘ZLARINING MUQARNASLI QOLDIQLARI BILAN NISBATAN TUGAL ME’MORIY HAJMDEK TASAVVUR UYG‘OTADI. CHUNKI, ULARNING HAR BIR HAJMIY QISMI ME’MORIY ISHLOV JIHATDAN MUKAMMALDIR. TAHLILLARGA KO‘RA, O‘ZBEKISTON HUDUDIDAGI MINORALARNING BALANDLIGI ANCHA YUQORI BO‘LGANLARINING AKSARIYATI QADIMDA POYTAXT MAQOMINI OLGAN SHAHARLARDA BUNYOD ETILGANI ANIQLANGAN. XIVA VA BUXORO MINORALARI SHULAR JUMLASIDANDIR. VOBKENTDAGI VA JARQO‘RG‘ONDAGI MINORALARNI ISTISNO QILGANDA TOSHKENT VOHASI, QASHQADARYO, SAMARQAND, JIZZAX HAMDA FARG‘ONA VODIYSIDA BALAND VA MAHOBATLI MINORALAR KUZATILMAYDI. TADQIQOTLAR NATIJALARI QIYOSIY TAHLILIDAN KELIB CHIQQAN HOLDA O‘ZBEKISTON, SHUNINGDEK MARKAZIY OSIYO ME’MORIY OBIDALARI TARKIBIDAGI MINORA VA MINORASIMON QURILMALARINING ME’MORIY TURLANISHIGA OID QUYIDAGI ILMIY XULOSALARGA KELINDI. ALBATTA, BU TURLANISH MEZONLARI USHBU ISH KO‘LAMIDA ANIQLANGANI UCHUN TUGAL DEB HISOBLASH O‘RINSIZDIR. MINORALAR ME’MORCHILIGINING XUSUSIYATLARI QIYOSIY TAHLILI KENG KO‘LAMLI TADQIQOTLAR, YANGI ARXEOLOGIK QAZILMA VA IZLANISHLAR ASOSIDA YANADA TO‘LDIRIB BORILISHI MUMKIN. Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling