O‘zbekiston me’morchiligidagi minoralar va minorasimon qurilmalar


Download 1.65 Mb.
Pdf ko'rish
Sana19.06.2023
Hajmi1.65 Mb.
#1608277
Bog'liq
1960-1990 -O‘zbekiston me’morchiligidagi minoralar



O‘ZBEKISTON ME’MORCHILIGIDAGI
MINORALAR VA MINORASIMON
QURILMALAR
O‘ZBEKISTONNING BOY ME’MORIY AN’ANALARI JAHON MADANIY
MEROSI


BUYUK IPAK YO‘LI MADANIY, SAVDO YO‘LLARIDA MUHIM MARKAZLAR
HISOBLANGAN SHAHAR VA QISHLOQ MASKANLARIDA BUNYOD ETILGAN
MINORASIMON INSHOOTLARNING ILK KO‘RINISHLARI SAQLANIB QOLMAGAN
BO‘LSADA, DASTLAB ULAR KARVON YO‘LLARINI BELGILOVCHI MAYOQ, 
SHAHARLAR AHOLISINI TASHQI XAVFDAN OGOH ETUVCHI KUZATUV
MINORALARI VAZIFALARINI O‘TASH UCHUN QURILGANI SHUBHASIZDIR. IX-X 
ASRLARDAN BOSHLAB BU TURDAGI INSHOOTLAR DINIY MAQSADLARDA
QURILGAN. BUXORO, VOBKENT, JARQO‘RG‘ON, KO‘HNA URGANCHDAGI BU
DAVR MINORALARINING ME’MORIY-KONSTRUKTIV YECHIMI YUQORIDA QAYD
ETILGAN VAZIFALARNI BAJARISHGA MOS QILINGANI BUNDAN DALOLAT BERADI.
O‘ZBEKISTON HUDUDIDAGI MINORALAR G‘ARBIY OSIYO O‘LKALARIDAGI BU TURDAGI
INSHOOTLARDAN HAM ME’MORIY, HAM QURULMASI JIHATDAN FARQ QILADI. TAHLILLAR SHUNI
KO‘RSATADIKI, XI ASRDAYOQ MARKAZIY OSIYODA MINORALARNING KEYINGI RIVOJLANISH
BOSQICHLARINI BELGILAB BERGAN MINORAI KALONNING ME’MORIY YECHIMI VA BADIIY- ESTETIK
KO‘RINISHLARI, UNING ME’MORIY QISMLARI, NISBATLARI, KOMPOZITSIYAVIY TUGALLIGI YAQIN
SHARQ VA MAG‘RIB MINORALARIDAN FARQLI RAVISHDA XIX ASRGACHA MARKAZIY OSIYO
ME’MORCHILIGIDA BUNYOD ETILIB KELINGAN AKSARIYAT MINORALAR UCHUN ETALON 
VAZIFASINI O‘TAGAN.


MINORAI KALON MINORASINING UMUMIY 
KO‘RINISHI


GO‘RI AMIR MAQBARASINING UMUMIY KO‘RINISHI


MINORA-MEZANA TIZIMIDAGI BUNDAY MINORALARNING TURLI XIL
KO‘RINISHLARI ASOSIDA BUXORODAGI MINORAI KALON YECHIMLARI
YOTADI. O‘ZBEKISTONDA JARQO‘RG‘ON MINORASI, XIVANING XIX 
ASR MINORALARI O‘ZIGA XOS KO‘RINISHLARI BILAN ALOHIDA
O‘RINGA EGA BO‘LSA HAM MINORALARNING AKSARIYATIDA KALON
MINORASINING YECHIMLARINING UMUMIY QONUNIYATLARI SEZILIB
TURADI, YA’NI KONUSSIMON SHAKL- TANA, TARHI AYLANA VA ICHKI
O‘ZAGIGA ASOSLANGAN ZINALAR QURILMASI, HAMDA MEZANA
BILAN TUGALLANISHI UMUMIYDIR. SAMARQAND, TOSHKENT, 
FARG‘ONA VODIYSI SHAHARLARI, SHAHRISABZ KABI QADIMIY
HUDUDLI SHAHAR GUZARLARI, MAHALLA MASJIDLARI QOSHIDA
QURILGAN KATTA-KICHIK MINORALAR YECHIMI TAHLILI HAM 
BUXORO MINORALARI USLUBLARIGA MOS ANDOZADA QILINGANINI
BILDIRADI.


MARKAZIY OSIYO ME’MORCHILIGINING TEMURIYLAR DAVRI ME’MORIY BEZAK
SAN’ATIDAGI QIRQMA KOSHIN QOPLAMALAR, SIRKOR KOSHINLI MUQARNAS VA
SHARAFALAR BILAN BUTKUL BEZATILGAN MINORA- GULDASTALAR, BURJLARNING
SHAKLIY-HAJMIY YECHIM USULLARI MAG‘RIB VA YAQIN SHARQ, XUROSON
MINORASIMON INSHOOTLARIGA QARAGANDA BIR MUNCHA SALOBATLI, 
MAHOBATLI INSHOOTLARNING UMUMIY ME’MORIY KOMPOZITSIYASIGA
UYG‘UN RAVISHDA YARATISHGA QARATILGANI BILAN FARQLANADI. TEMURIYLAR
DAVRI ME’MORCHILIGIDAGI JOME’ MASJIDLAR, ULKAN MADRASALAR VA
SAROYLARNING ME’MORIY JIHATDAN TUGAL KO‘RINISH OLISHIDA BU
MINORASIMON HAJMLAR MUHIM VOSITA BO‘LIB KELDI. HATTO, DAVRLAR
MOBAYNIDA YUQORI BO‘G‘INLARI TUSHIB KETGAN BO‘LSADA, 
SAMARQANDDAGI ULUG‘BEK MADRASASIDAGI BURJ-MINORALAR, GO‘RI AMIR 
MAJMUASI HOVLISI BURCHAKLARINI BELGILOVCHI MINORALAR, BIBIXONIM
JOME’ MASJIDIDA SAQLANIB QOLGAN PESHTOQ YON GULDASTALARI, HOZIRDA
HAM O‘ZLARINING MUQARNASLI QOLDIQLARI BILAN NISBATAN TUGAL
ME’MORIY HAJMDEK TASAVVUR UYG‘OTADI. CHUNKI, ULARNING HAR BIR
HAJMIY QISMI ME’MORIY ISHLOV JIHATDAN MUKAMMALDIR.




TAHLILLARGA KO‘RA, O‘ZBEKISTON HUDUDIDAGI MINORALARNING BALANDLIGI ANCHA
YUQORI BO‘LGANLARINING AKSARIYATI QADIMDA POYTAXT MAQOMINI OLGAN
SHAHARLARDA BUNYOD ETILGANI ANIQLANGAN. XIVA VA BUXORO MINORALARI SHULAR
JUMLASIDANDIR. VOBKENTDAGI VA JARQO‘RG‘ONDAGI MINORALARNI ISTISNO
QILGANDA TOSHKENT VOHASI, QASHQADARYO, SAMARQAND, JIZZAX HAMDA
FARG‘ONA VODIYSIDA BALAND VA MAHOBATLI MINORALAR KUZATILMAYDI. 
TADQIQOTLAR NATIJALARI QIYOSIY TAHLILIDAN KELIB CHIQQAN HOLDA O‘ZBEKISTON, 
SHUNINGDEK MARKAZIY OSIYO ME’MORIY OBIDALARI TARKIBIDAGI MINORA VA
MINORASIMON QURILMALARINING ME’MORIY TURLANISHIGA OID QUYIDAGI ILMIY
XULOSALARGA KELINDI. ALBATTA, BU TURLANISH MEZONLARI USHBU ISH KO‘LAMIDA
ANIQLANGANI UCHUN TUGAL DEB HISOBLASH O‘RINSIZDIR. 
MINORALAR ME’MORCHILIGINING XUSUSIYATLARI QIYOSIY TAHLILI KENG
KO‘LAMLI TADQIQOTLAR, YANGI ARXEOLOGIK QAZILMA VA IZLANISHLAR
ASOSIDA YANADA TO‘LDIRIB BORILISHI MUMKIN.

Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling