Reja: O'zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin mamlakatda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish davlat ahamiyatiga molik vazifa etib belgilandi. O'zbekiston sporti milliy madaniyatimizning uzviy qismi hisoblanib, u keng xalq ommasini yuksak axloqiy ruhda tarbiyalashda va salomatligini mustahkamlashda muhim vositalardan biri bo'lib qoldi. - O'zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin mamlakatda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish davlat ahamiyatiga molik vazifa etib belgilandi. O'zbekiston sporti milliy madaniyatimizning uzviy qismi hisoblanib, u keng xalq ommasini yuksak axloqiy ruhda tarbiyalashda va salomatligini mustahkamlashda muhim vositalardan biri bo'lib qoldi.
- Xalqaro maydonda tarixan qisqa davr ichida obro' orttirishga ulgurgan mustaqil O'zbekiston dunyoga nafaqat qadimiy madaniyat, buyuk mutafakkirlar, olimlar, shoir va sarkardalar tuhfa etgan yurt, balki xalqaro sport olamida ulkan muvaffaqiyatlarga erishgan davlat sifatida ham tanildi. Hozir bemalol aytishimiz mumkinki, O'zbekiston sport sohasida yirik davlatga aylanib, boshqa mamlakatlarga ko'plab yillar kerak bo'lgan yo'lni tarixan qisqa muddat ichida bosib o'tdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |