O'zbekiston milliy universiteti amaliy matematika va intelluktual texnologiyalar fakulteti axborot tizimlari va texnologiyalari yo’nalishi 1- kurs talabasi Usmonov


Ommaviy axborot vositalari to’g’risida


Download 0.81 Mb.
bet3/4
Sana11.06.2022
Hajmi0.81 Mb.
#750536
1   2   3   4
Bog'liq
Taqdimot (6)
atom yadrosi va elementar zarralar fizikasi fanidan laboratoriya ishlari uchun, Mustaqil ish-11, Рамка 2 без штриха (уз)

Ommaviy axborot vositalari to’g’risida

  • 3-modda. So‘z erkinligi
  • Har kim ommaviy axborot vositalarida chiqish, o‘z fikri va e’tiqodini oshkora bayon etish huquqiga egadir.
  • 4-modda. Senzuraga yo‘l qo‘yilmasligi
  • O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarini senzura qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. E’lon qilinayotgan xabarlar yoki materiallar oldindan kelishib olinishini, shuningdek, ularning matni o‘zgartirilishini yoki butunlay nashrdan olib qolinishini (efirga berilmasligini) talab qilishga hech kimning haqqi yo‘q.

Ommaviy axborot vositalari to’g’risida

  • 5-modda. Ommaviy axborot vositalarining tili
  • O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalari o‘z faoliyatini Davlat tili haqidagi qonunga muvofiq amalga oshiradi.
  • 6-modda. Ommaviy axborot vositalaridan foydalanishda suiiste’mollarga yo‘l qo‘yilmasligi
  • Ommaviy axborot vositalaridan O‘zbekiston Respublikasining mavjud konstitutsiyaviy tuzumini, hududiy yaxlitligini zo‘rlik bilan o‘zgartirishga da’vat qilish, urush va zo‘ravonlikni, shafqatsizlikni, milliy, irqiy va diniy adovatni targ‘ib etish, davlat sirini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan o‘zga sirni oshkor etish, jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladigan boshqa xatti-harakatlarni sodir qilish maqsadida foydalanilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
  • Ommaviy axborot vositalari orqali fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmatini tahqirlash, ularning shaxsiy hayotiga aralashish taqiqlanadi.
  • Prokuror, tergovchi yoki surishtiruvchining yozma ruxsatisiz dastlabki tergov materiallarini e’lon qilish, muayyan ish bo‘yicha sud qarori chiqmasdan turib yoki sudning hal qiluv qarori yoxud hukmi qonuniy kuchga kirmay turib, uning natijalarini taxmin qilish yoki sudga o‘zgacha yo‘l bilan ta’sir ko‘rsatish, nomini ko‘rsatmaslik sharti bilan ma’lumot bergan shaxsning nomini oshkor qilish (sud oshkor etishni talab qiladigan hollar bundan mustasno) taqiqlanadi.

Ommaviy axborot vositalari to’g’risida

  • 7-modda. Ommaviy axborot vositasining tahririyati
  • Ommaviy axborot vositasining tahririyati muassis tomonidan tuziladi hamda ushbu Qonun, boshqa qonun hujjatlari, o‘z ustavi (nizomi) asosida ish olib boradi.
  • 8-modda. Tahririyat xodimi
  • Tahririyat xodimi deganda tahririyat shtatida turuvchi va materiallar to‘plash, ularni tahlil hamda tahrir qilish, tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi shaxs tushuniladi.
  • 9-modda. Jurnalistik tekshiruv
  • Tahririyat xodimi murojaatlardan yoki boshqa manbalardan o‘ziga ma’lum bo‘lgan yoxud o‘zi guvoh bo‘lgan muayyan voqea, holat yuzasidan jurnalistik tekshiruv o‘tkazishga, faktlarni, guvohlik ko‘rsatmalarini to‘plashda audio va video texnikadan foydalanishga haqli. Jurnalistik tekshiruv tergov va sud jarayoniga ta’sir o‘tkazmasligi kerak.
  • Tahririyat xodimi muayyan voqea yoki holatga nisbatan shaxsiy fikrini ommaviy axborot vositalarida e’lon qilishga, agar voqea yoki holat yuzasidan tergov tugamagan bo‘lsa, sudning hal qiluv qarori yoki hukmi qonuniy kuchga kirganidan so‘ng jurnalistik taxminlarini shaxsiy mulohaza tarzida e’lon qilishga haqlidir.

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling