O’zbekiston oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi berdax nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/12
Sana25.02.2017
Hajmi5.01 Kb.
#1251
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12

O’ZBEKISTON OLIY VA O’RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI 
 
 
BERDAX NOMIDAGI QORAQALPOQ DAVLAT UNIVERSITETI 
 
Gumanitar fakul`teti 
O’zbekiston va Qoraqalpog`iston tarixi kafedrasi 
 
 
 
 
 
«O’zbekiston tarixi» 
fani bo’yicha 
(5220200 tarix bakalavr mutaxassisligi I-II kurs talabalari uchun) 
 
 
MA`RUZA MATNLARI  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Tuzuvchi      
 
 
dots.   Hakimniyazov J 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Nukus - 2008 

Ma`ruza matnlarini tuzuvchi: tarix fanlari nomzodi dots.J.Hakimniyazov 
 
 
Taqrizchilar:          t.f.d.prof.B.Koshanov,t.f.n.dots.J.Berdiev 
“O’zbekiston va Qoraqalpog`iston tarixi”  kafedrasi majlisining 
 __________2008 y ____bayonnomasi bilan tasdiqlashga taqdim etildi  
Kafedra 
mudiri: 
   dotsent 
M.Seytimbetov 
 
 
 
 
 
Gumanitar fakul`teti  o’quv metodik kengashi majlisining 
_______________ 2008 y._____ bayonnomasi bilan tasdiqlashga taqdim etildi  
Dekan ____________________________dotsent. J.Hakimniyazov 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

O’ZBEKISTON TARIXI FANI PREDMETI, NAZARIY-
METODOLOGIK ASOSLARI VA UNI O’RGANISHNING AHAMIYATI 
 
REJASI: 
 
1. O’zbekiston tarixi fani predmeti va drolzarb muammolari. Manbalar 
2. O’zbekiston tarixini eritishning nazariy-metodologik asoslari 
3. Komil insonni tarbiyalashda tarixning roli 
 
Adabiyotlar: 
 
1.Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. T.1998 
2.Avesto.Yasht kitobi. T.2001 
3.O’zbekiston tarixi. 1-qism. A.Sagdullaev, B.Eshov tahriri ostida.T.1999. 
4.Sulaymanova F. Sharq va G`arb. T.1997 
5.O’zbekiston tarixi T.2003,2006 
 
Tarix fani turli xalqlar qanday yashaganligi, ularning haetida qanday 
voqealar bo’lganligi, odamlar haeti va nima uchun o’zgarib hozirgiday bo’lib 
qolganligini o’rgansa, O’zbekiston tarixi esa shu ona zaminimizda o’tmishda 
yashagan xalqlarning haeti va ularning rivojlanish jaraenida sodir bo’lgan 
o’zgarishlar, voqealarni to’laligicha o’rganadigan fandir. Yurtboshimizning bu 
haqidagi fikrlari katta ahamiyatga egadir. «Hozir, O’zbekiston deb ataluvchi 
hudud, ya`ni bizning Vatanimiz, nafaqat Sharq, balki umumjahon tsivilizatsiyasi 
beshiklaridan biri bo’lganlini butun jahon tan olmoqda. Bu qadimiy va tabarruk 
tuproqdan allomalar, fozilu-fuzalolar, olimu-ulamolar, siesatchilar, sarkardalar 
etishib chiqqan. Diniy va duneviy ilmlarning asoslari ana shu zaminda 
yaratilgan. Eramizgacha va undan keyin qurilgan murakkab suv inshootlari shu 
kungacha fayzini, maqobatini yo’qotmagan, osori atiqalarimiz qadim-qadimdan 
yurtimizda dehqonchilik, hunarmandchilik madaniyati, me`morchilik va 
shaharsozlik san`ati yuksak bo’lganligidan dalolat beradi.» 
Bizning ongimizdan tashqarida va bizning ongimizga bog`liq bo’lmagan 
holda mavjud bo’lgan borliq voqelik O’zbekiston tarixi fanining o’rganish 
ob`ektidir. O’zbekiston tarixi faqat turli bilimlar tarzidagi fan emas, balki bir 
necha asrlar davomida to’planib kelgan o’zaro ichki qonuniyatlar bilan 
chambarchas bog`langan bilimlar tizimi sifatidagi fandir. Shu ma`noda u 
o’zining o’rganish ob`ekti va predmetiga ega bo’lgan musatqil fandir. 
O’zbekiston tarixi fanining dolzarb muammolari echimini kutaegtagn va 
aniqlik kiritilish lozim bo’lgan masalalar talaygina. Xususan Vatanimiz 
hududida eng qadimgi davrlardan boshlab yashaetgan aholi va ularning 
joylashuvi bu aholining qo’shni qabilalar va elatlar bilan turli munosabatlari 
qadimgi aholining hozirgi o’zbek xalqi paydo bo’lishiga ta`siri, o’zbek xalqi 
tarixining paydo bo’lishining xronologik doirasi shular jumlasidandir. 

Undan tashqari, dastlabki o’zbek davlatchiliging paydo bo’lishi va 
rivojlanishi ham muhim masaladir. Ayniqsa, mahalliy qadimgi aholining 
o’troqlashuv va bu jaraen natijasida dastlabki aholi manzilgohlarining paydo 
bo’lishi dastlabki mnzilgohlar rivojlanib ilk shaharlarga aylanishi dastlabki 
shaharlarning ijtimoiy-iqtisodiy, ma`daniy va ma`muriy markazlar sifatida 
rivojlanishi va nihoyat ushbu jaraenlarga asos bo’lgan omillar nihoyatda 
muhimdir.  
Respublikamiz hududlaridagi dastlabki davlat uyushmalarining o’zaro va 
qo’shni davlatlar bilan turli aloqalari, ularning tarixiy-geografik hududi va 
chegaralari ham ancha munozarali mavzu hisoblanadi. Hozirgi kunda qadar 
o’lkamiz hududlari va bu erdan chetda bitilgan o’rta asrlarga oid ezma 
manbalarni o’rganish bo’yicha turli ishlar amalga oshirilgan bo’lishiga qaramay 
bu yo’nalishda ham hilinadigan ishlar nihoyatda ko’p. 
Vatan tarixini o’rganishda manbalarning ahamiyati beqiyos bo’lib, bular 
moddiy va ezma manbalardir. Tariximizning eng qadimgi, ya`ni ezuvsiz 
zamonlarga oid davrini o’rganishda arxeologik, antropologik va etnografik 
manbalar erdamga keldi. Bu manbalar topilmalardan iborat bo’lib ularga 
qadimgi manzilgohlar va shaharlar xarobalari, mozor-qo’rg`onlar qoldiqlari, 
turmush va xo’jalikda ishlatiladigan buyumlar, jangovor va mehnat qurollari, 
turli - tuman ashelar kiradi. Ezma manbalar esa, eng qadimigi bitiklar, ezuvlar va 
kitoblardan iboratdir. Moddiy va ezma manbalar ma`lumotlarni solishtirib, 
qieslab tarixni talqin qilish muhim ahamiyat kasb etadi.  
Vatan tarixini eritishda nazariy - metodologik asoslarni bilish katta 
ahamiyatga ega. Ilmiy, tarixiy metodlar tarixni yoritishning asosiy kaliti 
hisoblanadi. 
Birinchidan, O’zbekiston tarixining yaxlit kontseptsiyasini yaratish, buni 
amalga oshirish uchun bir butun tarixiy jaraenni nisbatan mustaqil bo’lgan 
bo’laklarga, ya`ni davrlarga bo’lish va ularni chuqur tahlil qilish lozim. Eng 
asosiy vazifalardan biri yangi ezilgan tarixni o’rganishni tashkil qilishdir. 
Haqiqatdan ham mustaqillik yillarida to’plangan qancha tarixiy hujjatlarni ilmiy 
asosda umumlashtirish vaqti keldi. Bu borada bir qancha ilmiy harakatlar ham 
bor. Ammo ularni yanada jadalroq, qat`iyroq amalga oshirish davr talabidir.  
Ilmiylik bilan bir qatorda xolislik turadi. Bunda har bir tarixiy voqea 
hodisalarni tahlil hilaetganda, xolis, haqqoniy ravishda o’rganish eki 
tarixnavisning hoxish-irodasidan tashqarida, voqea hodisalar qanday sodir 
bo’lgan bo’lsa, shundayligicha eritish ko’zda tutiladi. Har bir tarix ezuvchi 
sifatida o’zining mulohazalari va boshqa his-tuyg`ulari bilan atrofni o’rab turgan 
muhit bilan uzviy ravishda bog`liq. Bu bog`liqlik unga o’z ta`sirini o’tkazadi. 
Xolislik talab etadigan qoidalar shundan iboratki, ushbu yo’nalishda tarixiy-
madaniy taraqqietni (tarixning turli davrlarida) o’rganish jaraenida bo’lib o’tgan 
eki shu taraqqiet bilan bog`liq bo’lgan jamiki voqea-hodisalarni hech bir 
o’zgarishlarsiz qanday bo’lib o’tgan bo’lsa o’sha holatda tahlil va talqin etish, 
tekshirish va xulosalar chiqarib yaxlit holga keltirish o’ta muhimdir. Bu holatda 

aniq manbaviy asoslarga tayanish, tarixiy jaraenlarni o’zaro chambarchas 
bog`liqligini assolash lozim bo’ladi. Bu jaraenda hududlar o’rtasidagi rivojlanish 
jaraenini o’zaro taqqoslash, qieslash faqat ijobiy natijalar berishi tabiiydir. 
O’zbekiston tarixini o’rganishning metodologik asoslaridan yayana biri bu 
voqea va hodisalarni dialektik tarzda o’rganishdir. 
Dialektika olam yagona va yaxlit, unda sodir bo’ladigan hodisalar, voqealar 
umumiy va o’zaro bog`lanishda, uzliksiz harakatda, ziddiyatli taraqqietida 
bo’ladi deb, ta`lim beradi. 
Bu metod O’zbekiston tarixini o’rganishda uni to’laligicha, voqea-
hodisalarni bir-biri bilan bog`liklikda, ayrim tarixiy voqealarni o’rganuvchi 
fanlarni ham bir butinlikdi, uning bo’laklarini ajratib olmaslik va voqea-
hodisalarni doimo o’zgarishda, rivojlanishda o’rganishni taqozo qiladi. Biroq bir 
davrhaqida fikr-mulohaza yuritilaetgan bo’lsa, ana shu davrning o’zga xos 
xususiyatini anglab olib, uni ko’rsatishni talab qiladi. Dialektik metodga 
asoslanib, tarixiy jaraenni umumiyik va alohidalik qoidalardan kelib chiqqan 
holda tushunish lozim. 
Unda tashqari dialektik metod O’zbekiston tarixini avolla O’rta Osie, 
qolaversa, jahon xalqlari tarixi bilan bog`lik holda o’rganishni taqoza etadi. 
Chunki mavjud bo’lgan har bir xalq, millat eki elat faqat o’ziga xos xususiyatlari 
bilan butun insoniyat taraqqietida umumiy bog`lanishdadir. 
Haqiqatan ham, o’zbek xalqining siesiy, ijtimoiy iqtisodiy va madaniy 
rivojlanishi johon tarixiy taraqqietining ajralmas qismidir. Chunki eng 3adimgi 
davrlardan boshlab yaqin o’tmishna qadar O’rta Osie, Sharqiy Turkiston, 
Ettisuv, Eron, Afg`oniston, Shimoliy Hindiston kabi xududlar o’rtasida yagona 
iqtisodiy va madaniy makon mavjud edi. 
O’zbekiston tarixini o’rganishda tarixiylik metod ham alohida o’rin 
egallaydi. Bu metod tarix jaraenida sodir bo’lgan voqea hodisalarni o’rganishda 
ketma-ketlikni talab qiladi. Bir voqea-hodisa bilan boshqasini sabab-oqibatli 
bog`lanishi ham ko’rsatiladi. Tarixiylik voqea-hodisalarni qay tarzda sodir 
bo’lganligini, jamiyat rivojlanishda ayrim shaxslar va ularni roli to’g`risida 
to’g`ri , haqqoniy fakr yuritishga o’rgatadi. 
Tarixiylik metodologiyasi xalqning o’tmishiga, hozirgi zamon va 
keladagiga yagona tarixiy jaraen sifatida o’tmish hozirgi zamonnin tayerlaydi, 
hozirgi zamon kelajakni yaratadi, degan taraqqiet qonuni asosida qarashni talab 
qiladi. Bo’lib o’tgan tarixiy madaniy jaraenlarni, ajdodlarimiz qoldirgan ulkan 
merosni qanchalik chuqur va har tomonlama o’rgansak, anglab etsak hamda 
keng targ`ib, hozirgi zamonni shunchalik tushunib, kelajakni erkin tassavur 
etmiz. 
Ma`naviyatini tiklash, tug`ilib o’sgan yurtida o’izin boshqalardan kam 
sezmay, boshini baland ko’tarib yurishi uchun insonga, albatta tarixiy xotira 
kerak. Tarixiy xotirasi bor inson-irodali inson. Kim bo’lishidan qat`iy nazar, 
jamiyatning har bir a`zosi o’z o’tmishini yaxshi bilsa, bunday insonlarni yo’ldan 
o’rish, har xil aqidalar ta`siriga olish mumkin emas. Tarix saboqlari insonnin 

xusherlikka I.A.Karimov qalamiga mansub ushbu komil insonni tarbiyalashda 
Vatan tarixini xolisona va haqqoniy o’rganish naqadar muhim ekanligini 
dalilidir. 
Har tomonlama etuk, komil insonnin tarbiyalashda o’zbkeiston tarixining 
o’rni kattadir. Komil inson tushunchasiga yurtboshimiz yana unday ta`rif 
beradilar. “Komil inson deganda biz avvalo ongi yuksak, mustakil fikrlay 
oladigan, xulq-atvori bilan o’zgalarga ibrat bo’ladigan bilimli, ma`rifatli 
kishilarni tushunamiz. Ongli, bilimli odamni oldi-qochdi gaplar bilan aldab 
bo’lmaydi, u har bir narsani aql mantiq tarozisiga solib ko’radi, o’z vikir o’yi, 
xulosasini mantiq asosida ko’rgan kishi etku odam bo’ladi”. 
Bushungi kunda xalqning aniqsa, eshlarning ma`naviy ruhani 
mustahkamlash va rivojlantirish boasidagi ishlar davlatning oldida turgan muhim 
vazifalardan biri byalib kirib qolmaydi. Unga har kuni va har soatda tinmay sabr-
bardosh bilan mehnat qilish orqali etishtirish mumkin. Bu xayrli ishda 
O’zbekiston tarixini o’rganishning o’rni beqiyosdir. 
 
 
 
O’rta Osiyo insoniyat tsivilizatsiyasining o’choqlaridan biri 
REJASI: 
1. Jahon tsivilizatsiyalar tizimida O’rta Osie tsivilizatsiyasining o’rni 
2. O’rta Osiyo hududida ibtidoiy jamoa tuzumi Antropogenez jaraenlari 
3. Ibtidoiy tasviriy san`at 
4. Bronza davri yutuqlari 
Adabiyotlar: 
1.Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. T.1998 
2.Arxeologlar xikoya qiladi. T.1974 
3.O’zbekiston tarixi. 1-qism. A.Sagdullaev, B.Eshov tahriri ostida.T.1999. 
4.Sulaymanova F. Sharq va G`arb. T.1997 
5.O’zbekiston tarixi T.2003,2006 
6.Kabirov J,Sagdullaev A O’rta Osiyo arxeologiyasi. T.1990 
 
Hozirgi kunga kelib Vatan tarixiga bo’lgan diqqat-e`tibor nihoyatda 
kuchaygan bir davrda, O’zbekiston hududlari eng qadimgi davrlardan boshlab 
jahon tsivilizatsiyasining o’choqlaridan biri ekanligiga hech qanday shubha 
qolmadi. Undan tashqari, nafaqat O’zbekiston, balki butun o’rta Osie 
hududlarida olib borilayotgan keng miqiyosdagi tadqiqot ishlarining natijalari 
ham Vatanimizning jahon tsivilizatsiyasida tutgan yuqori o’rnini yana bor 
tasdiqlaydi. 
Dunyoning turli burchaklarida yashaydigan xalqlarning tarixning turli 
davrlarida, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jarayonlarda erishgan yutuqlari hamda 
taraqqiyot bosqichiga ko’tarilishini tsivilizatsiya tushunchasi o’zida aks ettiradi. 
Bu taraqqiet bosqichi insoniyatning paydo bo’lishi va rivojlanishi, jamiyat 

rivojlanish darajasi, moddiy va ma`naviy madaniyatning yuksalishi, qabilalar va 
xalqlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar bilan izoqlanadi. 
O’rta Osiyo tsivilizatsiyasi turli hududlarda turli davrlarda paydo bo’ldi va 
rivojlandi. Misol uchun, janubiy xuddlarda yashagan qadimgi qabilalar miloddan 
avvalgi VI ming yillikdayoq o’tib, unumdor hujalikni rivojlantirish bo’lsa, bu 
davrda shimoliy xududlardi qabilalar asosan ovchilik, baliqchilik va 
chorvachilikning ilk shakllari bilan shug`ullanganlar. Bu notekslik jaraenini 
tabiiy-geografik sharoitlar va o’zaro munosabatlar bilan izohlash mumkin. Bu 
o’rinda O’rta Osiening cho’l dasht xududlari hamda tog`oldi va dare vohalari 
xududlarining rivojlanish darajasidagi madaniy notekslikni taqqoslab ko’rish 
(Kopetdog`, Hisor,  zarafshon tog` oldi xududlari hamda Qizilqum, Qashqadare 
va Zarafshan vohasining dasht xududlari muhimdir. 
Undan tashqari O’rta Osieda turli-tuman madaniyat yaratgan qadimgi 
aholining neolit davridaeq, yan`ni, miloddan avvalgi VI-IV ming yilliklardagi 
o’zaro munosabatlari va bu aholining Sharqdagi, dastavval, Old Osiedagi boshqa 
qadimgi tsivilizatsiya o’choqlari bilan uzviy aloqada bo’lishi ham mahalliy 
tsivilizatsiyasining rivojlanishiga katta ta`sir ko’rsatgan. 
Ibtidoiy jamo tuzumi kishilik jamiyati taraqqietidagi eng uzoq davom etgan 
va eng qadimgi davridir. Bu davrni ezma manbalar asosida o’rganib bo’lmaydi. 
Shuning uchun ham ba davrni chuqur o’rganishda arxeologiya, etnografiya, 
antropologiya kabi fanlarning ahamiyati beqiesdir. Qadimgi odammlar o’z zarur 
faoliyati davrida atrof muhitga ta`sir ko’rsatib, kundalik haetda o’ziga zarur 
bo’ladigan mehnat qurollari yasagan, yashash uchun makonlar tanlagan, 
keyinchalik esa boshponalar kurganlar. O’z navbatida bu jaraenlar inson 
faoliyatiga ta`sir ko’rsatgan. 
Hozirgi paytda O’rta Osie xududi ibtidoiy jamiyat rivojlanishining alohida 
bosqichlari quyidagi davrlarga bo’linadi: 
1. Paleolit (palayos-qadimgi litos-tosh) davri: bunda taxminan 800 ming yil 
ilgari boshlanib,  ming yil ilgari tugaydi: 
a) ilk paleolit-Ashel` davri, 800-100 ming o’z ichiga oladi: 
b) o’rta paleolit Mkst`e davri, millioddan avvalgi 100-40 ming yilliklar: 
2. Mezolit) mezos-o’rta, litos-tosh) miloddan avvalgi 12-7 ming yilliklar. 
3. Neolit (neos-yangi, litos-tosh)- miloddan avvalgi 6-4 ming yilliklar. 
4. Eneolit (mis-tosh davri)-miloddan avvalgi 4 ming yillikning oxiri-3 ming 
yilliklarning boshi. 
5. Bronza asri- miloddan avvalgn 3-2 ming yilliklar., 
6. Temir davri -miloddan avvalgi 1- ming yillikning boshlaridan. 
O’zbekiston xududlaridagi eng qadimgi odamlarning manzilgohlari 
Farg`ona vodiysidagi Salung`ur, Toshkent viloyatidagi Qo’lbuloq, Buxorodagi 
Uchut makonlaridan topilgan. Bu davr odamlari toshlardan qo’pol qurollar ishlab 
termachilik bilan shug`ullanishgan. Ilk paleolit davri odamlari jismoniy jihatdan 
ham, aqliy jihatdan ham hozirgi odamlardan farq qilishgan. 

Ular tabiat oldida ojiz-bo’lib, unda taer bo’lgan mahsulotlarni 
o’zlashtirganlar. Ular na diniy tushunchani, na dehqonchilikni va na 
chorvachilikni bilganlar. 
O’rta paleolit davri makonlari Toshkent vohasidagi Obirahmat, Xo’jakent, 
Samarqanddagi Omonqo’ton, Boysun tog`laridagi Teshiktosh makonlaridan 
topilgan. Obirahmat makoni eysimon shaklda bo’lib, bu erda 1 m qalinlikdagi 21 
ga madaniy qatlam aniqlangan. Topilmalar orasida nuqleuslar, parrakchalar, 
o’tkir uchli sihchalar, qirg`ishlar uchraydi, shuningdek, turli hayvonlar suyaklari 
ham kupchilikni tashkil etadi. Yana bir mashhur edgorlik Teshiktosh g`or makon 
bo’lib bu erdan turli-tuman qurollar va hayvon suyaklaridan tashqari, 9-10 
yashar bolalarning qabriqazib ochilgan. Qabrdagi murdaning eniga turli tosh 
qurollar va arxar shoxi qadab qo’yilgan. O’rta paleolit davriga kelib ibtidoiy 
jamiyat odamlarning mehnat qurollari takomillashib turmushida yangi unsunlar 
paydo bo’la boshlaydi. Eng muhimi, ibtidoiy to’zimdan urug`chilik jamoasiga 
o’tish boshlanadi. Shimoldan ulkan muzlik siljib kelishi natijasida ibtidoiy turar-
joylarga asos soldilar. Jamoa bo’lib ov qilish paydo bo’ldi. 
So’ngi paleolit qadimgi tosh asriing so’ngi bosqichidir. Bu davrga oid 
makonlar Ohongarondagi Qulbuloo’, Toshkentning g`arbidagi Bo’zsuvv, hamda 
Samarqand shahridan topilgan. Ulardan topilgan topilmalar orasida qirg`ichlar, 
kestichlar, sixchalar, pichoqlar, boltalar kabi qurollar bor. Bu davrga kelib 
odamlar faqat tog`li xududlarga emas, tekisliklarga ham tarqala boshlaydilar. Bu 
davrning eng katta yutug`i urug`chilik tuzimiga (matriarhat) o’tilishidir. 
Mezolit davri edgorliklari Surxondaredagi Machoy g`or makonidan
Markaziy Farg`onaning ko’pgina edgorliklaridan topib o’rganilgan. Bu davrga 
kelib muzlik yana ishmolga qaytadi. Hayvonat va o’simlik dunesida katta 
o’zgarishlar sodir bo’ladi. Insoniyat o’z tarixidagi dastlabki murakkab moslama 
o’q-eyin kashf etadi. 
Mezolit davri qurollari paleolitta nisbatan ixshamligi va sifatliligi bilan farq 
qiladi. Mezolit davri qabilalari asosan ovchilik va temirchilik xo’jaligi 
yuritganlar. Bu davrning oxirlariga kelib dastlabki uy chorvachiligi eki 
hayvonlarni xonakilashtirish boshlandi. 
Neolit davriga kelib qadimgi qabilalar haetida katta-katta o’zgarishlar sodir 
bo’ladi. Bu davr odamlari aksariyat hollarda dare sohillari va tarmoqlari eqasida, 
qullar bo’ylarida yashab, tabiiy imkoniyatlardan kelib chiqib, baliqchilik va 
ovchilik eki dehqonchilik va chorvachilik hamda qisman xunarmandchilik bilan 
shug`ullanganlar. Eng katta yutuqlardan biri-qulolchilikning paydo bo’lishidir. 
Shuningdek, bu davrga kelib to’qimachilik va qayiqsozlik ham paydo bo’ladi. 
Neolit davri qabilalari xo’jalik shakllariga qarab qo’yidagi madaniyatlarga 
bo’linadi: Joytun madaniyati, Kaltaminar madaniyati, Hisor madaniyati. 
Joytun madaniyati. janubiy Turkiston xududidagi mil. avv. VI-V ming 
yilliklariga oid madaniyat. Bu erdan O’rta Osiedagi birinchi shaxsa uylar 
qoldiqlari, sopol idishlar namunalari aniqlangan. Aholisi asosan dehqonchilik, 
chorvachilik va qisman ovchilik bilan shug`ullangan. 

Kaltaminor madaniyati. Qadimgi Xorazm xududidan topilgan bo’lib 
mil.avv. V-IV ming yilliklarga oiddir. Topilmalar Kaltaminor qabilalarining 
baliqchilik, ovchilik va qisman hunarmandchilik bilan shug`ullanganidan dalolat 
beradi. 
Hisor madaniyati. Asosan, Hisor-Pomir tog`laridan topilgan. Milloddan 
avvalgi V-IV ming yilliklariga oid. Hisorliklar sopol idishlar yasab, asosan 
chorvachilik, ovchilik, qisman temirchilik bilan shug`ullangandir. 
Eneolit-mis-tosh davrida odamlar dastlabki metall bilan tanishdilar. Bu 
davrga kelib mis qurollar ancha takomillashgan bo’lsada, undan og`ir mehnat 
qurollari yasashning imkoni yo’q edi. Misdan asosan uy-ro’zg`or buyumlari, 
taqinchoqlar va harbiy qurollar yasalgan. Eneolit davri edgorliklari Buxoro 
viloyatining Lavlakon, Beshbuloq, Uchtut (mis koni) mavzelarda. Samarqand 
atroflarida (Sarazm madaniyati) topib tekshirilgan. Bu davrga kelib dehqonchilik 
O’rta Osiening shimoli-sharqiy xududlariga ham eyiladi. 
Hozirgi kunda ibtidoiy jamoa tuzumining turli bahslarga sabab bo’laetgan 
muammolaridan biri-antropogenez-odamning paydo bo’lishi va rivojlanishidir. 
Turli xududlarda qadim zamonlarda yashagan ilg`or mutafakkirlar odamning 
paydo bo’lishi haqida ilmiy ta`rifiga yaqin fikrlarni baen etganlar. Ular asosan 
insoniyat 8ayvonat olamidan ajralib chiqqan degan ikrni bildiradilar. Insoniyat 
paydo bo’lishi millionlab yillar davom etgan rivojlanish jaraenining natijasidir. 
Eng qadimgi qazilma odam qoldqlari Sharqiy Afrikadan (Olduvay), 
Indoneziyadan (Yava, pitekantrop), Xitoydan (sinantrop), Germaniyadan 
(Geydel`berg) topib tekshirilgan. Keyingi zamonaviy odamga ancha yaqin 
bo’lgan odam qoldiqlari dastlab Neandertal` (Germaniya) vodiysidan topilgan 
(O’zbekistondagi Teshiktosh). 
O’rta tosh davrida, birinchi navbatda mehnat jaraenida inson tafakkurining 
rivojlanishi natijasida neandertal qiefasidagi odamlar hozirgi qiefadagi 
odamlarga aylana boshladilar. 
Ular jismoniy jihatdan kamol topib, hozirgi qiefadagi kishilar vujudga keldi 
va shu bilan antropogenez jaraeni tutsgadi (kroman`on  ko’rinishdagi 
odamlar)yu. Odamning paydo bo’lishi erdan eng buyuk hodisalardan biri bo’ilb, 
u dastlab toshdan oddiy to’qmoq yasagan  bo’lsa, uzluksiz  me8nat, intilish 
natiyjasida yuksak madaniyat yaratish darajasiga  etib keldi. 
Dune tarixida  ibtidoiy tasviriy  san`at, xususan, g`oyalarning devorlariga 
turli tasvirlar chizish so’nggi paleolit davriga oiddir. O’Rta Osieda g`oyalar,  
ungurlar va qoyatoshlarga ishlangan rasmlar mezolit davrida  paydo bo’ladi. 
Neolit davriga kelib esa rivojlangan bosqichga ko’tariladi. Kalaminor, Hisor, 
ayniqsa Joytun madaniyatiga mansub edgorlikdan ibtidoiy san`atlaning 
namunalari topilgan. O’rta Osiening tog`lik xududlarida  keng tarqalgan bueq 
(oxra) bilan, ikkinchi xillari esa urib-uyib ishqalash, usuli bilan ishlangan 
(petrogliflar)  rasmlardir. 
Qzbekistondagi qoyatosh rasmlarning eng nodir namunalari  Zarautsoy, 
Sarmishsoy, Bironsoy, Ko’ksaroy, Takatosh, Teraklisoy kabilar bo’lmb, ular  

yuzdan zieddir. Bu erdan qoyatoshlarda  O’zbekistonning qadimgi va hozirgi 
hayvonat olami vakillarining rasmlarini kuzatish mumkin. Ular ibtidoiy buhalar, 
sherlar va yo’lbarslar, qoplan, tulki va bo’rilar, bug`u va jayron kabilardir. 
Rasmlar orasida 72-ey, uzun qilich, qanjar, dubulga, qopqon kabi narsalar ham  
kupchilikni tashkil etadi. 
Eng qadimgi rasmlar Zarautsoy (Surxondare) bo’lib, bu  rasmlar  mezolit-
neolit, ya`ni, mil. Avv. VIII-IV ming yilliklarga oiddir. Qoyatosh rasmlari orqali  
o’sha davr odamlarining ov, mehnat va jangovar qurollarini bilib olishimiz 
mumkin. 
Shuningdek, qoyatosh rasmlar qadimgi avlodlarimizning g`oyaviy 
qarashlari va diniy e`tiqodlari o’rganishda muhim  ahamiyatga  ega. 
Ko’pchilik tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda bronzaning vatani 
Kichik Osie va Mesopotamiya bo’lgan. Mil. Avv. III ming yillikka kelib O’rta 
Osie  xududlarida ham bronza qurollar keng tarqaladi. O’Zbekiston xududlarida 
bronza davri edgorliklari ko’pldab uchraydi. Bu davrga mansub madaniyat izlari 
dastlab Xorazm, keyinroq esa Zarafshon va Qashqadare hamda Farg`ona  
vodiylaridan topilgan. 
Ulardan eng yiriklari tozabogeb, Zamonbobo, Sopollitepa, Jarqo’ton, Chust, 
Amirobod  edgorliklaridir. Bu edgorliklarda olib borilgan  tadqiqotlar shundan 
dalolat  beradiki, bronza davrida kishilik jamiyati madaniy  taraqqietida katta-
katta o’zgarishlar sodir bo’ladi. Aholi xo’jalik  yuritishning muayyan 
 
ko’rinishlariga, ya`ni vohalarda, kullar, darelar  va saylar bo’ylarida 
 
dehqonchilikka dasht va tog` oldi xududlarida chorvachilikka (mehnatning 
dastlabki  yirik  taqsimoti) o’tib oldi. 
Bu davrga kelib O’rta Osiening ijtimoiy tuzimida ham o’zgarish jaraenlari 
bo’lib  o’tdi. Urug`chilik tuzumi bronza davridayam davom  etgan bo’lsada  ona 
urug`ining mavkei yo’qolib bordi. Metall eritish  va xo’jalikning  rivojlanishi 
natijasida jamiyatda erkaklar mehnat va mavkei birinchi darajali ahamiyatga ega  
bo’lib bordi. Bundan shunday xulosa chiqarish mumiknki, bronza  davri jamiyat 
taraqqietida de8konchilik, chorvachilik,  ovchilik va hunarmandchildik 
rivojlanishida erkaklar etakchilik qilganlar. Aellar erkaklar ishlab chiqargan 
narsalarni iste`mol qilishda ishtirok etsalar ham unga egalik qilishdan mahrum 
bo’ladilar. Ishlab chiqarishda hukmronlik qilish shu tariqa  erkaklar quliga o’tali 
va ona urug`i  tuzumi o’rnini ota urug`i  (patriarxat) tuzimi egallaydi. 
Bronza davriga kelib ishlab chiqaruvchi kuchlarning o’sishi, mehnat 
unumdorligining oshishi natijasida ayrim kishilar qo’lida boylik (dehkonchilik 
qurollari,  dehkonchilik chorvachilik mahsulotlari va boshqa) to’planib borgan 
bo’lsa, ba`zi birlari  qashshoqlanib ularga qaram  bo’lib boradi. Dastlab mulkiy 
tabaqalanish, keyin esa ijtimoiy  tabaqalanish natiyjasida urug`chilik tuzimi 
xaroblarida sinfiy jamiyat paydo bo’ladi. 
 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling