O’zbekiston o’z mustaqilligini qo’lga kiritgach jahondagi ko’plab mamlakatlar bilan savdo va diplomatik aloqalar o’rnatdi. Shular qatorida Xitoy davlati ham mavjud


Download 28.37 Kb.
Sana22.09.2020
Hajmi28.37 Kb.
#130690
Bog'liq
O'rta Osiyo va Xitoy aloqalrining qadimgi davri


O’zbekiston o’z mustaqilligini qo’lga kiritgach jahondagi ko’plab mamlakatlar bilan savdo va diplomatik aloqalar o’rnatdi. Shular qatorida Xitoy davlati ham mavjud. Olimlar Xitoy va O’rta Osiyo mintaqasidagi xalqlar o’rtasidagi aloqalar qadimiyatga borib taqalishini takidlashadi.

“Buyuk ipak yo’li” Markaziy Osiyo xalqlarini siyosiy, iqtisodiy. Madaniy va savdo sohasidagi hayotida katta o’rin tutgan, o’lka xalqlari bu yo’l tuyfayli G’arb va Sharq dunyosi xamda ularning xo’jalik ixtirolarida keng bahramand bo’lganlar. Bir so’z bilan aytganda, “Ipak yo’li” Sharq va G’arb xalqlari hayotida g’oyat muhim va tarixiy o’rin tutgan. U xalqlarni siyosiy, iqtisodiy, madaniy sohalarda bog’labgina qolmasdan balki qadim zamonda bu yo’l dunyo xalqlari o’rtasida, tinchlik, osoyishtalik, totuvlik, qo’shnichilik, do’stlik, qardoshlik birodarlik yo’li ham bo’lgan

Bu aloqalar miloddan avvalgi II asrda Farg’onaga kelgan xitoy elchisi Chjan Syanning kelishi bilan bog’lashadi. Aslida bu savdo aloqalari undanda qadimda boshlangan. Bu haqida ayrim xitoy manbalari va arxeologik ma’lumotlar ham tasdiqlaydilar. Xitoy va Markaziy Osiyo xalqlarining ijtimoiy madaniy, adabiy, til , iqtisodiy aloqalaring ildizi teran kamida ikki yarim, uch ming yilni bo’ylaydi.1

Farg’onaning miloddan avvalgi 1-mingyillikning so’nggi asrlaridagi tashqi siyosiy aloqalarida Xitoy alohida o’rin tutgan. Aslida qadimdan Xuanxe daryosining o’rta oqimida asos topgan va miloddan avvalgi 1-mingyillikning so’nggi asrlarida shu voha chegarasida ichki siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy taraqqiyot va tashqi tajovuzlar (masalan, xunnlar) ta'sirida yashab kelgan Xitoy davlati miloddan avalgi II asrda Xan sulolasi davrida g’arbga tomon intila boshlaydi. Bu esa o’z o’rnida xitoyliklarni o’zlaridan g’arbdagi xalqlar, jumladan, II asrning so’nggi choragida esa Farg’ona bilan keskin siyosiy-harbiy aloqalarga kirishishga olib keladi. Xitoyliklarning uzoq Xuanxe daryosi vohasidan Farg’onaga intilishlari sababini o’sha zamon xitoylik mualliflar shunday tushunntirganlar: Xan sulolasi xunnlarga qarshi Farg’onaliklar bilan ittifoq tuzishga intilgan. Ammo bizningcha, aslida Xan sulolasi Turkistonning mazkur hududlarida o’z siyosiy ta'siriga ega bo’lish va bundan g’arbdagi mamlakatlar bilan savdo-iqtisodiy va sharoit tug’ilsa faol siyosiy munosabatlar olib borishda foydalanish maqsadida edi.

Taxminan miloddan avvalgi 129-128 yillari Farg’onaga Xitoy elchisi Chjan Syan keladi. Chjan Syanning asl maqsadi mintaqaning Baqtriya qismida hukmron yuechjilar bilan xunnlarga qarshi ittifoq tuzish bo’lib, yo’l-yo’lakay Farg’onaga ham kirgan va shu tariqa birinchi bor bu o’lka bilan tanishgan2. Farg’ona hukmdori uni yaxshi qabul qilib, ketar chog’ida unga yo’l ko’rsatuvchi aloqa (pochta) xizmatchilarini hamroh qilib beradi. Chjan Syan safarni tugatib Xitoyga qaytgach Xan sulolasi hukmdoriga o’z taassurotlari va ma'lumotlarini so’zlab beradi3

Miloddan avvalgi II asrda, ya'ni Xitoy elchisi Chjan Syan qadimgi Farg'onaga kelganda, bu yurt qishloq va shaharlari obod, sug'orma dehqonchilik va hunarmandchilik xo'jaliklari yuksak darajada rivojlangan, kuchli qo'shinga ega mamlakat edi. Chjan Syan imperator saroyiga yuborgan hisobotida bu mamlakatni Dayyuan deb ataydi va uning aholisi juda xushmuomala, mehmondo'st, ko'ngli ochiq odamlar ekanligi, ular arpa, bug'doy, sholi, beda, momiq (paxta) ekib, yuqori hosil olishini yozadi. Dayyuanliklarda bog'dorchilik rivojlanganligi, ular uzumdan kishi kayfiyatini ko'taruvchi ichimlik tayyorlashlari, har bir xonadonning yerto'lasida bir nechalab katta xumlarda bunday ichimlik borligi haqida shunday yozadi: "Dayyuanning barcha joylarida uzum vinosi tayyorlaydilar. Boy xonadonlar uni katta miqdorda tayyorlaydi, bu ichimlik xumlarda bir necha o'n yillarda ham buzilmay saqlanadi"4. Bog'larida uzumdan tashqari, anor, yong'oq va boshqa mevali daraxtlar ko'p bo'lgan. Xitoy tarixchilari bu mevalarning Xitoyda poydo bo'lishini Dayyuan bilan bog'laydilar.

Chjan Syan ilk bor Farg’onada bo’lib qaytgandan so’ng bu yurtga uzoq Xitoydan birin-ketin savdo karvonlari qatnay boshlaydi. Tabiiy ravishda ular xitoylik xunnarmandlar ishlagan nafis buyumlarni keltirib, ularni Farg’ona ajoyibotlari, masalan, otlar, dehqonchilik mahsulotlariga ayirboshlashga harakat qilganlar. Chunnonchi, Chjan Syanning uzum va beda o’simligi haqida o’z hukmdoriga yetkazgan ma'lumotidan so’ng oliy farmonga ko’ra shu ikki o’simlik ko’chati va urug’i elchilar, savdogarlar orqali Xitoyga olib ketiladi va hosildor yerlarda parvarish qilina boshlanadi. Shu tariqa xitoyliklar uzum va bedani o’zlari ucxunn kashf etganlar. Bartold fikriga qaraganda, taxminan shu davrda Farg’ona orqali xitoyliklar paxtachilik bilan ham ilk bor tanishganlar. Bu yerda paxta va uning qadimgi Xitoy ieroglifida pak qabilida ifodalanishi diqqatni tortmay qolmaydi. Ammo paxtachilik bilan rosmana shug’ullanishni xitoyliklar ancha keyin boshlaganlar. Umuman olganda, fargonaliklar savdo-sotiq ishlarida mohir hisoblanganlar. Miloddan avvalgi 1-mingyillikning so’ngti asrlarida shakllana boshlagan Buyuk Ipak yo’lining shimoliy yo’nalishi xuddi shu Farg’ona orqali o’tgani bejiz emas, albatta.

Xitoy manbalarida keltirilishicha hukmdor Muvangga5 amaldori nefrit toshini beradi. Bu toshni u g’arbiy o’lkalardan olib kelganini aytadi. Shundan Muvang nefrit toshiga qiziqib g’arbga sayohat qilgan. Muvang kelgan hududlar Tibet tog’larining shimoliy hududlaridan Taklamakon cho’lining janubi orqali Turkistonga kelgan. Muvang usha vaqtlarda baqtriya o’lkasiga kelganligi va u yerda mahalliy aholini mayin ipak mato kiyib yurganini ko’rgan6

O’rta Osiyo va Xitoy o’rtasidagi aloqalar Buyuk Ipak Yo’li davridan oldin ekanligi aexeologik manbalar ham tasdiqlaydi.

Misol uchun Xutandan Xitoyga ko’p miqdorda nefrit (uyg’urcha qosh toshi) olib borilgan va ulardan yasalgan buyumlar Xitoyda qimmatbaho bo’lgan. 1976-yil Xenan o’lkasida ulkan Anyan viloyatida joylashgan In hukmdoriga tegishli bo’lgan kanizakning qabri ochilganda nefrit va lal toshidan yasalgan ko’plab buyublar topilgan. Ularning ko’pi Xutandan keltirilgan nefrit toshidan yasalgan.7 Xattoki miloddan avvalgi XVIII – XII asrlarda Shang va In davrida nefrit toshi bo’lmagam zododgon boy hisoblanmagan. Bu toshlarni Xitoyga xitoyliklar emas balki O’rta Osiyo xalqlari vakillari olib borilgan yoki sotilganliginin ayrim xitoy manbalari ham tasdiqlaydi.

Shuningdek miloddan avvalgi IV – III asrlarga oid bo’lgan Sharqiy Turkistondagi qabirlar ichidan Xitoydan keltirilgan buyumlar ya’ni: lakdan yasalgan likopcha, jezdan va boshqa metalldan qilingan ko’zgular topilgan8.

Yuechji qabilalari Xunnlardan mag’lubiyatga uchraganidan so’ng ular g’arbga aynan savdo yo’llari orqali kelganligi ehtimoldan holi emas

Yuqorida takidlaganimizdek O’rta Osiyo va Xitoy savdo aloqalari Buyuk Ipak Yo’li shakillanmasidan oldin mavjud bo’lgan. Ammo xitoyliklar g’arb bilan aloqada xunnlar to’sig’iga uchraganligi uchun unchalik ahamiyat berolmagan bo’lishi mumkin. Oldinlari ham savdo aloqalri bo’lib turgan ammo davr siyosiy taqozasi bilan miloddan avvalgi II asrlardagina Xunnlar ustidan xitoyliklar g’alaba qozonganidan so’ngina bu ya’ni g’arb bilan aloqalar ancha faollashib, tarix zarvaraqlarida muhrlangan




1 Xitoy va Markaziy Osiyo Xalqlarining madaniy, adabiy, til aloqalari: o’tmish va hozirgi zamon. Toshkent 2004-yil 3-bet

2 Karim Shoniyozov. O’zbek xalqining shakllanish jarayoni. T.2001. B.132

3 Sima Syan. Farg’ona tazkirasi, tarixiy xotiralar( 24 tarixdagi O’rto Osiyoga oid materiallar to’plami.) Urumchi 1989-yil 189-190- betlar

4История народов Узбекистана. Toshkent 1950-yilTomI 110- bet

5

6

7

8

Download 28.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling