O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti kompyuter injiniringi fakulteti laboratoriya ishi №1 Mavzu


Download 0.98 Mb.
Sana14.01.2022
Hajmi0.98 Mb.
#337020
Bog'liq
223-18 Yunusov K 1-labaratoriya (2)
1 tema, 01, Nutq uslublari slayd, Farmatsiyai uchun mustaqil ishlar, metall quyish usullari mavzusini oqitishda pedagogik texnologiyalardan, 3-topshiriq

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKASIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI KOMPYUTER INJINIRINGI FAKULTETI


Laboratoriya ishi №1
Mavzu: Arduino контроллер тўпламининг таркибини ва имкониятларини ўрнатиш. Компьютерга Arduino IDE ни ўрнатиш.
Fan: O’rnatilgan tizimlar

Bajardi: 223-18 guruh talabasi Yunusov Kamoliddin.



Tekshirdi: Atajanova Nozima

Toshkent 2021



Ishdan maqsad – Arduino plata asosida o‘rnatilgan tizimlarni loyihalash. Raqamli interfeyslar orqali ob’ektlarni boshqarishni o‘rganish.
Kerakli komponentlar:

  • ArduinoUNO kontrolleri;

  • sxemani yig‘ish uchun plata;

  • yorug‘lik diodi;

  • qarshilik 220 Om;

  • raz’emli simlar.


Arduino – bu elektron konstruktor va elektron qurilmalarni tez yaratishning qulay platformasidir. Bu platforma dunyoda keng tarqalishining sababi dasturlash tilining qulayligi va soddaligi, shuningdek arxitekturasining hamda dasturlash kodlarining ochiqligidir. Arduino platasi Atmel AVR mikrokontrolleridan va dasturlash hamda boshqa sxemalar bilan bog’lash elementlaridan tashkil topgan. Arduino - bu o‘rnatiluvchi apparat platformasi bo‘lib, asosan avtonom interaktiv ob’ektlarni hosil qilish va ularni tarmoq orqali, yaqin va uzoq masofadan boshqarish uchun ishlab chiqilgan. Arduinoning Ethernet, Wi-Fi, CDMA, GSM kabi deyarli barcha tarmoq modullari ishlab chiqilgan bo‘lib, istalgan ko‘rinishdagi va tarmoq bilan ishlovchi boshqaruv tizimlarini yaratish mumkin. Arduino platasiga raqamli va analog signallarni kiritish yoki chiqarish imkoniyati bor. Uning analog porti ixtiyoriy qiymatdagi raqamlarni berishi yoki qabul qilishi mumkin, ammo uning raqamli porti faqat ikki xil turdagi (0- LOW, 1- HIGH) signalni qabul qilishi yoki chiqarishi mumkin. Analog signallarning qiymatini o'lchash uchun Arduino-da o'rnatilgan analog-raqamli konvertor (ADC) mavjud. ADC analog kuchlanishni raqamli qiymatga aylantiradi. Analog signalning qiymatini olish uchun foydalanadigan funksiya analogRead(pin). Ushbu funktsiya analog kirish pinidagi kuchlanish qiymatini o'zgartiradi va mos aniqlangan qiymatiga nisbatan 0 dan 1023 gacha raqamli qiymatni qaytaradi. Standart mos qiymatlar kuchlanisi 5V (5V Arduino platasi uchun) yoki 3,3 V (3,3Vli Arduino platalari uchun). U bitta pin raqamli parametrga ega.

Arduinoning apparat qismiga to‘xtaladigan bo‘lsak, bugungi kunda bir necha versiyalari ishlab chiqarilgan. Eng ko‘p tarqalgani Uno hisoblanadi. Arduino Uno ATmega32u4 mikrokontrollleri asosida qurilgan. Shuningdek, boshqa Arduino tizimlarida Atmel ATmega168, ATmega8, ATMega2560, ATmega2560 va ARM protsessorlari qo‘llanilgan.


2.Arduinoning turlari.

Due —32bit Cortex-M3 ARM SAM3U4E mikroprotsessori asosida ishlab chiqilgan Arduino hisoblanadi. Yuqori tezlikda ma’lumotni qayta ishlash imkonini beradi. Shu sababli, bugungi kunda ko‘proq videokuzatuv tizimlarida keng qo‘llaniladi.

Leonardo — ATmega32u4 mikrokontrolleri asosida ishlab chiqilgan eng so‘nggi Arduino platformasi hisoblanadi. Tuzilish jihatidan Arduino Uno ga o‘xshash tuzilgan.

Yun - ATmega32u4 va Atheros AR9331 mikrokontroller tizimlari asosida ishlab chiqilgan WiFi va Ethernet interfeysiga ega bo‘lgan Embedded linux asosida ishlovchi Arduino platformasi hisoblanadi.

Micro —ATmega32u4 asosida ishlovchi kichik o‘lchamli Arduino boshqaruv tizimi.

Uno — eng ko‘p tarqalgan va qo‘llaniluvchi Arduino USB platformasi hisoblanadi. Keng turdagi funksional kengayuvchi platalar va modullar to‘plamiga ega.

Arduino Ethernet — POE (Power over Ethernet)modulli Ethernet bilan jihozlangan tarmoq Arduino platformasi hisoblanadi.

Duemilanove — eng so‘nggi Arduino USB Arduino platformasi hisoblanadi. Asosan serial kanal orqali aloqa qilish imkoniyatiga ega.

Nano — USB Mini-B asosida ishlovchi kichik o‘lchamli kompakt Arduino platformasi hisoblanadi. Asosan kichik o‘lchamli ob’ektlarga yoki ob’ektlar ichiga o‘rnatiladi.
3. Arduino IDE o`rnatish











Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling