O‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini


Download 33.05 Kb.
Sana04.12.2020
Hajmi33.05 Kb.
#159416
Bog'liq
3-T PP 311-18 Javohir Abdug`apporov





O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT

TEXNOLOGIYaLARI VA KOMMUNIKATSIYaLARINI

RIVOJLANTIRISh VAZIRLIGI

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI

TOShKENT AXBOROT TEXNOLOGIYaLARI

UNIVERSITETI

Pedagogika va psixologiya” fanidan




Topshiriq №3


Bajardi: Javohir Abdug`apporov

Guruh: 311-18

Toshkent 2020

3-Topshiriq





  1. Boshqaruv psixologiyasi ?

  2. Rahbarlarning o’zaro munosabatlarida yuz beragidan psixologik to’siqlar?

  3. Ta’lim muhitida axborot-psixologik havfsizlikni ta`minlashning vazifalari, asosiy faoliyat yo`nalishlari va uslublari?

  4. Davolash va maslahatning psixoanalitik metodlari. Hulqiy terapiyasi nima?

  5. Muvaffaqiyatga erishish yo’llarida malakali biznes-maslahatchisi fikrlari?



Javoblar:



    1. Boshqaruv psixologiyasi ?

Oxirgi yillarda inson omiliga e’tiborning ortib borishi munosabati bilan boshqaruv psixologiyasi masalalariga ham qiziqish kuchaydi. Shu asosda ijtim oiy psixologiyaning maxsus bo`limi - boshqaruv psixologiyasi paydo bo`ldi. Boshqaruv psixologiyasi psixologiyaning shunday tarmog`iki,u boshqaruv faoliyati bilan bog`liq bo`lgan muammolarni, shaxs va shaxslar guruhi tomonidan boshqa guruhlar faoliyatini samarali tashkil etish va birgalikdagi faoliyatini amalga oshirishning psixologik mexanizmlarini o`rganadi.

Boshqaruv psixologiyasi - boshliq faoliyatini analiz qilganda asosiy diqqatni boshqarish uning ehtiyoji yoki qobiliyatlariga mos yoki mos emasligi, qaysi individual xususiyatlariga ko`ra u boshliq darajasiga ko`tarildi, ishni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun u boshqaruvning qay usullaridan foydalanyapti, xodimlar ga psixologik tapsir ko`rsatish maqsadida u qanday tapsir uslublarini qo`llayapti kabi qator masalalarga qaratadi.

Boshliq bo`lish ishiga turli shaxslarning munosabatlari har xil, chunki kimdir boshliqda bo`lgan imtiyozlarga beriladi, kim uchundir unga berilajak huquqlarni afzal ko`rish xos, kimgadir yuksak mas’uliyatlarni bo`yinga olish ma’qul keladi. Shaxslarning boshliq funksiyalari haqidagi tasavvurlari qanchalik xilma-xil bo`lmasin, boshliqdan real sharoitlarda odamlar guruhini aniq maqsad asosida faoliyatga yo`llash, ularga bosh bo`lish, turli tadbirlarni amalga oshirish,obro’ga ega bo`lish, har bir qilingan ish uchun javobgarlikni o`z buyniga olish kabi ko`plab sifatlarning mujassam bo`lishi talab qilinadi .



    1. Rahbarlarning o’zaro munosabatlarida yuz beradigan psixologik to’siqlar?

O’zaro munosabatlarda rahbarlarning bir-birini tugri tushuna olishiga imkon bermaydigan, har xil kelishmovchiliklarga olib keladigan omillar ham bor. Bunday to’siqlarning eng ko’p uchraydigan uch xilini kursatib utish mumkin. Bular:

1) dastlab kurishganda bir-birini tashqi qiyofasi bo’yicha o’zidan ustun kurish yoki uni yoqtirmaslik;

2 ) sherik bilan dastlabki muloqotda uning muhim fikrlariga qo’shilmaslik va hokazo;

3) dunyoviy tasavvurlari, maqsad va mulohazalari, ijtimoiy barqarorligi mos kelishi yoki aksincha va hokazo.

Xuddi, jamoaga raxbar bo’lish juda qiyin. Jamoa ko’pchilikni tashkil etadi. Shunday ekan, ularning fikri, dunyoqarashi, ma'naviyati, xarakteri, ruhiyati ham turlichadir. Raxbar ularning turli-tuman, yaxshi-yomon ishlarini, albatga, kuzatib turishi kerak buladi, toki hech bir ish ularning nazaridan chetda qolmasin. Agar raxbar faqat boshqaruv ishlariyu, o’z shaxsiyati bilan band bo’lib qolsa, qo’l ostidagi ommani kuzatishga befarq bo’lsa, unda bu rahbardan voz kechish lozim. O’z muassasasi a'zolarining xatti-harakatlaridan voqif bo’lmaslik jamoaning bir necha tarafga bulinishiga olib keladi. Bunday raxbar davlatga ham, jamoasiga ham zarar keltiradi.

3. Ta’lim muhitida axborot-psixologik havfsizlikni ta`minlashning vazifalari, asosiy faoliyat yo`nalishlari va uslublari?

Axborot-psixologik xavfsizlik - bu bevosita siyosiy mojarolarning oldini olish, eng avvalo, insonning o`zini o`zi tushunishi va fuqarolararo munosabatlarni yuksak ma`naviy-ma`rifiy mezonlar asosida shakllantirish, axborot qurolidan zamonaviy insonparvar tafakkurni, ijodkorlik ruhini, yaratuvchilik qobiliyatini, bunyodkorlik imkoniyatlarini shakllantirishni taqozo etadi.

Axborot-psixologik xavfsizlik tushunchasi ana shu tarzda ma`naviy-axloqiy mezonga aylanadi. erkin shaxs va ozod kishilik jamoasi bo`lgan fuqarolik jamiyati sharoitida axborot-psixologik xavfsizlikning o`ziga xos tizimlari shakllanmog`i lozim. Bu bevosita OAV faoliyati va unda xizmat qiladigan axborot oluvchi, saqlovchi va tarqatuvchi xodimlarning siyosiy saviyasiga, kasb mahoratiga va eng muhimi fuqarolik pozitsiyasiga, jamiyat ishiga daxldorlik tuyg`usiga bog`liq.

Axborotning psixologik xavfsizligi siyosiy darajada muhim ekan, bu talim tizimida ham o’z o’rnini qoldirmay qo’ymaydi.

Axborot-psixologik xavfsizlikni ta`minlashning o`ziga xos asoslari:

Birinchidan, tashkiliy-texnik jihatdan ta`minlanganlik. Zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan etarli darajada qurollanish.

Ikkinchidan, mustahkam moddiy-moliyaviy asoslarga ega bo`lish. Axborotpsixologik xavfsizlikni ta`minlashga xizmat qiladigan soha xodimlari moddiy manfaatdorligini oshirish.

Uchinchidan, zamonaviy axborot texnologiyalarini boshqaradigan, undan samarali foydalana oladigan, zamonaviy bilimlarga ega bo`lgan, har tomonlama keng fikrlaydigan qobiliyatli kadrlarni tayyorlash.





  1. Davolash va maslahatning psixoanalitik metodlari. Hulqiy terapiyasi nima?

Soʼnggi yigirma yil davomida terapevtik texnikaning qator yangi turlari paydo boʼldi, shuning uchun ham psixoanaliz ularning safida ruhiy xastaliklarni davolashning teng hukukli metodi xisoblanadi. Xozir chet ellardagi psixologiya fakultetlari talabalari psixoanaliz bilan birga sistematik desensibilizatsiya, oʼziga ishonch treningi, aversiv va operant holat kabi tushunchalarga keng oʼrin beriladigan hulqiy terapiyani ham oʼrganmokdalar. Bundan tashkari, psixologik dasturda soʼzlashuv psixoterapiyasiga katta ahamiyat berilmokda. Bunday holat amalda har qanday davolash metodini, shu jumladan nopsixoanalitik metodlarni ham tanlash imkonini beradi. Biroq, koʼplab psixologlar avval hulqiy yoki soʼzlashuv terapiyasini qoʼllab koʼrib, natijadan qonikmay psixoanalizga oʼtishga qaror qiladilar. Vujudga kelgan vaziyat psixoanaliz va davolashning psixoanalitik metodlariga yangicha koʼz bilan qarashni taqozo qiladi. Shuning uchun avval xulqiy va soʼzlashuv terapiyasini koʼrib chiqib, soʼng ularni psixoanaliz bilan taqqoslaymiz.

Hulqiy terapiya. Hulkiy terapiyaga eksperimental oʼrganish nazariyasi asos boʼlib xizmat qiladi. Vaqt oʼtishi bilan xulqiy terapiya tushunchasi takomillashdi, hozirda u mohiyatan mantiqiy, lekin munozarali boʼlgan turli amaliy davolash metodlarini oʼz ichiga oladi. Ushbu terapiyaning muhim shartlaridan biri davolash natijalarini eksperiment vositasida qayta obʼektiv tekshirish boʼlib, bu holat uni psixologiyaning tabiiy ilmiy boʼlimiga qushish imkonini beradi, bu boʼlimning ajratib turuvchi belgisi esa, umumiy qonuniyatlarni konkret individga nisbatan qoʼllashdir.





  1. Muvaffaqiyatga erishish yo’llarida malakali biznes-maslahatchisi fikrlari?

Muvaffaqiyatni nishonlash yaxshi, lekin muvaffaqiyatsizlik darslariga diqqat qilish muhimdir.

Bill Geyts. Bu insonni tanimaydigan loaqal ismini eshitmagan inson bo’lmasa kerak.

Uilyam Anri "Bill" Geyts, biznes magnati, mega xayriyachi, serial investor va kompyuter dasturlarini ishlab chiquvchisi.

Bill Geyts dunyodagi eng yirik va eng mashhur shaxsiy kompyuter dasturiy ta'minot kompaniyasi Microsoftning Bosh ijrochi direktori va raisi sifatida tanilgan. Bill Geyts ham boy, ham xayriya pullari bo'yicha dunyoda etakchilik qiladi. Bill Geyts - bu katta ishbilarmon odam, ajoyib ilhom va katta mehnatkash. U o'zining ko'pgina yutuqlari tufayli va qaerda bo'lsa ham boyib ketish uchun ko'p mehnat qilgani uchun ko'pchilik uchun qahramon.

Uning so'zlari sizga muvaffaqiyatga erishishga yordam beradi va boshqalarga mehribon bo'lishni hech qachon unutmaydi.



Uning muvaffaqiyat haqidagi fikrlarini o’qirkanman, har bir fikri meni harakatga, o’tirgan bo’lsam turishga, turgan bo’lsam yurishga undaydi.





Download 33.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling