O‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti


Xalqaro elektrotexnika komissiyasi (MEK) qanday maqsadda tuzilgan?


Download 220.89 Kb.
bet5/10
Sana12.11.2021
Hajmi220.89 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
102.Xalqaro elektrotexnika komissiyasi (MEK) qanday maqsadda tuzilgan?

1.2 Xalqaro elektrotexnika komissiyasi.

E lektrotexnika sohasidagi xalqaro hamkorlik ishlari 1881 yilda elektr boyicha birinchi Xalqaro kongressning o„tkazilishidan boshlangan edi. 1906 yili Londonda 13 mamlakat vakillarining konferensiyasida maxsus idora – xalqaro

elektrotexnika komissiyasi (XEK) tuzish to„g„risida bir fikrga kelindi. Bu idora elektr mashinalari sohasi boyicha atamalar va parametrlarni standartlashtirish masalalari bilan shug„ullana boshladi.

XEK (ko‟pgina adabiyotlarda MEK deb berilgan, bu ruscha

“Mejdunаrodnаya elektrotexnicheskаya komissiya” so‟zlarining bosh harflaridan olingan) nizomiga ko„ra, bu tashkilotning maqsadlari elektrotexnika va radiotexnika va ularga qo„shni tarmoqlardagi muammolar sohalaridagi standartlashtirish masalalarini hal qilishdir.

ISO va XEK faoliyatlari boyicha farqlanadi, XEK elektrotexnika, elektronika, radioaloqa, asbobsozlik sohalari boyicha shug„ullansa, ISO esa qolgan boshqa hamma sohalar boyicha standartlashtirish bilan shug„ullanadi.

Hozirgi vaqtda 41 ta milliy qo‟mitalar XEK ning a‟zolari hisoblanadi. Bu mamlakatlarda Yer kurrasining 80% aholisi yashab, 95% dunyodagi ishlab chiqarilayotgan elektr quvvatining iste‟molchisi hisoblanadi. Bu asosan sanoati rivojlangan hamda rivojlanayotgan mamlakatlardir.

XEK ingliz, frantsuz va rus tillarida ish olib boradi.

XEK ning Oliy rahbar idorasi XEK kengashidir, u yerda mamlakatlarning hamma milliy qo‟mitalari taqdim etilgan. Unda eng yuqori lavozim prezident bo„lib, u har 3 yil muddatiga saylanadi. Bundan tashqari vitse – prezident, g„azinachi, bosh kotib lavozimlari ham bor. XEK har yili bir marta o„z kengashiga yig„iladi va o„z faoliyati doirasidagi masalalarni hal qiladi.

1972 yilga qadar XEK va ISO lar tomonidan yaratilayotgan hujjatlar tavsiya sifatida faoliyat ko„rsatar edi. 1972 yili esa XEK, ISO larning tavsiyalari xalqaro standartlarga aylantirilishi haqida qaror qabul qilindi.




Download 220.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling