O‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti telekommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishi


Download 478.47 Kb.
bet1/7
Sana21.01.2023
Hajmi478.47 Kb.
#1106286
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
21 loy


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARNI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

Telekommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishi
Telekommunikatsiya injiniringi” kafedrasi

Ism Familiya ning
Optik tolaning turlari va standartlari, optik tolaning geometrik parametrlarini aniqlash” mavzusidagi


INDUDIAL LOYIHA ISHI
Qabul qildi: Almardanov M.X.

Toshkent-2022

Mundarija:
Kirish…………………………………………………………………..……….


  1. Asosiy qism………………………………………………………………….

    1. Optik tolaning turlari va standartlari haqida umumiy tushunchalar….

    2. Optik kuchaytirgichlarning asosiy parametrlari ……………………..

    3. Optik tolaning geometrik parametrlarini aniqlash……………….…...

  2. Xulosa ……………………………………………………………………….

  3. Foydalanilgan adabiyotlar va internet saytlar…………………………….….



    1. Optik tolaning turlari va standartlari haqida umumiy tushunchalar

Optik tola va uning tuzilishi

Tolali optik aloqa tizimi (TOAT)da yorug‘lik to‘lqinlarining tarqalishini chegaralovchi va yorug‘lik energiyasi oqimini berilgan yo‘nalishda yo‘naltiruvchi, uzatish va qabul qilish traktlarini bog‘lab turuvchi muhit optik tola deb yuritiladi. Optik tolalarning xossalari qisman aloqa tizimining sifatini aniqlaydi. Shuning uchun TOATni loyihalashtirishda optik tola (OT) larning tavsiflarini e’tiborga olish kerak. Kichik so‘nish koeffitsiyentiga ega bo‘lgan optik tolalar asosida optik signallarni uzoq masofalarga uzatishni ta’minlovchi optik kabellar yaratilgan.


Optik tolalar o‘zak va qobiqdan tarkib topadi (1.1-rasm). Ular qiymati bo‘yicha bir-biriga yaqin turli sindirish ko‘rsatkichlariga ega. O‘zak uzatuvchi, qobiq esa o‘zi va o‘zak orasida chegara hosil qiluvchi muhit sifatida ishlatiladi. Bu chegara yorug‘likni yo‘naltiruvchi fizik kanalni shakllantirib, u orqali uzatilgan signalning eltuvchisi – yorug‘lik nuri tarqaladi.
Yorug‘lik nurining faqat o‘zak bo‘ylab tarqalishini ta’minlash uchun

n1>n2, (1.1)


shart bajarilishi kerak. Bu yerda mos ravishda


n1 – o‘zakning sindirish ko‘rsatkichi;
n2 – qobiqning sindirish ko‘rsatkichi.
Р.М.Optik yorug‘lik uzatgichlarining sindirish ko‘rsatkichi quyidagi munosabat bilan aniqlanadi:


, (1.2)

bu yerda, e va m – mos ravishda yorug‘lik uzatuvchi muhitning nisbiy dielektrik va magnit singdiruvchanliklari.


Ikkinchi tomondan, sindirish ko‘rsatkichi n, yorug‘likning vakuumdagi tezligi (s) ni uning uzatuvchi shaffof muhitdagi tezligi (sm) ga nisbati orqali ifodalanadi:
n = s / sm . (1.3)

Sindirish ko‘rsatkichining qiymati bilan farqlanuvchi turli xil moddalarda yorug‘lik turlicha tezlik bilan tarqaladi (1.1-jadval).


1.1-rasmda OT ning tuzilishi tasvirlangan. OTni tayyorlash uchun asosiy material sifatida juda toza va shaffof kvars shishasi – kremniy ikki oksidi (SiO2) ishlatiladi.
O‘zak va qobiqning kerakli sindirish ko‘rsatkichlariga erishish uchun kvars shishasiga kiritmalar kiritiladi. Chunonchi, germaniy va fosfor sindirish ko‘rsatkichi qiymatini oshiradi, bor va ftor esa, aksincha uni kamaytiradi.
Tolaning qo‘shimcha qobiqlari himoya qobig‘i hisoblanadi. 1.1-rasmda tashqi plastik qoplama ko‘rsatilgan.
Tashqi plastik qoplama optik tolani uning xususiyatlariga ta’sir etuvchi mexanik va boshqa atrof muhit ta’sirlaridan himoya qiladi.

1.1-jadval


Turli xil materiallarning sindirish ko‘rsatkichlari

Materiallar nomi

Sindirish ko‘rsatkichlari, n

Yorug‘likning turli materiallardagi tezligi, cm, km/sek.

Vakuum

1,0

300 000

Havo

1,0003

300 000

Suv

1,33

225 000

Kvars

1,46

205 000

Shisha

1,5

200 000

Olmos

2,5

120 000




1.1-rasm. Optik tolaning tuzilishi.


Optik tola turlari va ularning tavsiflari.

Download 478.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling