O‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi muhammad al


Download 271.22 Kb.
bet1/9
Sana08.01.2022
Hajmi271.22 Kb.
#247281
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
416-19 guruh talabasi Yuldoshov Abduraxmon


O‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni RIVOJLANTIRISh VAZIRLIGI

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Ma’lumotlar tuzilmasi va algoritmlar kafedrasi

416-19 guruh talabasi Yuldoshov Abduraxmonning



Ma’lumotlar tuzilmasi va algoritmlar fanidan

MUSTAQIL ISHI



Mavzu: Xesh funksiya tushunchasi,qo’llash soxalari.Xesh jadval.Misollar

Tekshirdi: Akbarova Marg’uba Xamidovna

Toshkent 2020

Reja:


  1. Kirish.

  2. Xesh funksiya.

  3. Xesh funksiyalar turlari.

  4. Xesh jadvali - kalitning qiymati va qiymati funksiya


Kirish

O’zbekiston Respublikasida axborot texnologiyasining milliy infrastrukturasi jadallik bilan rivojlanmoqda.Bu respublikamizning mustaqillikka erishganidan beri jamiyatimiz hayotida tubdan o’zgarishlar sodir bo’lganidan darak beradiki, hozirda iqtisodiyot, telekommunikasiya sohasi axborot industriyasi oldidagi maqsad va masalalar o’zgardi. Hajmi muttasil oshuvchi axborotni saqlash va uzatish jarayonlarini avtomatlashtirish masalasini yechishga imkon beruvchi kompyuter tarmoqlari ma’lumotlarini avtomatlashtirilgan ishlash vositalarining paydo bo’lishi va tarqalishi ushbu jarayonlarni tajovuzkor axborot ta’siriga nisbatan zaif qilib qo’ydi.


Natijada fayllarni va kompyuterda saqlanuvchi boshqa axborotni himoyalash
vositalariga ehtiyoj tug’ildi. Ayniqsa ko’pchilik foydalanuvchi tizimlarda, vaqti
bo’linishli tizimlarda hamda ochiq tarmoqlar orqali foydalanuvchi tizimlarda
himoyalash vositalariga ehtiyoj kuchli sezildi. Axborot-kommunikasiya
tarmoqlarida ma’lumotlarni uzatish va saqlash masalalari, ma’lumotlarning
yaxlitligini ta’minlashning ahamiyati juda muhimdir. Axborot butunligini nazorat qilishning ko’proq maqbul bo’lgan metodlaridan biri xesh-funksiyadan foydalanish hisoblanadi. Xesh-funksiyaning qiymatini uning kalitini bilmasdan turib qalbakilashtirib bo’lmaydi, shu sababli xeshlash kalitini shifrlangan ko’rinishda yoki jinoyatchining «qo’li yetmaydigan» joydagi xotirada saqlash kerak.

Kriptografik uslublardan (shifrmatnga va dastlabki matnga oʻgirish, elektron raqamli imzoni shakllantirish va tekshirish, xesh-funksiya shakllantirish va tekshirish) foydalanishga asoslangan axborotni oʻzgartirish jarayoni. Axborotni shifrlash uni begonalar tomonidan oʻrganish yoki oʻzgartirish imkoniyatini yoʻqqa chiqaradi. Shuningdek, maʼlumotlarga va dasturlarga, ulardan noqonuniy foydalanish maqsadida, ruxsatsiz raqamli imzo tizimiga kirishning oldini olishni taʼminlaydi. Shifrlashning ikki usuli mavjud: simmetrik va asimmetrik. Simmetrik shifrlashda, kodlash va kodni ochish uchun birgina kalitning oʻzidan foydalaniladi. Asimmetrik shifrlashda ikkita kalitdan foydalaniladi. Ulardan biri (ochiq kalit) dastlabki matnni shifrmatnga oʻgirishni, ikkinchisi esa (yopiq kalit) dastlabki matnga oʻgirishni taʼminlaydi.



Xesh funksiya

Xesh funksiyalar – ixtiyoriy uzunlikdagi kirish ma’lumotini chiqishda belgilangan uzunlikdagi xesh qiymatga aylantirib beruvchi bir tomonlama funksiyalarga aytiladi. Xesh funksiyalar kriptografiya va zamonaviy


axborot xavfsizligi sohasida ma’lumotlarni to’laligini tekshirishda foydalaniladi.
Elektron to’lov tizimlari protokollarida ham istemolchi kartasi ma’lumotlarini
bank-emitentga to’liq yetkazish uchun foydalaniladi.

Xesh funksiya- ixtiyoriy uzunlikdagi M-ma’lumotni fiksirlangan uzunlikga siqish yoki ikkilik sanoq sistemasi ifodalangan ma’lumotlarni fiksirlangan uzunlikdagi bitlar ko‘rinishidagi qandaydir konbinatsiyasi (svertkasi) deb ataluvchi funksiya.



Ta’rif. Xesh-funksiya deb, har qanday

h: XY


oson hisoblanuvchi va M –ma’lumot uchun h(M) = H fiksirlangan uzunlikga ega bo‘lgan funksiyaga aytiladi.

Berilgan M-ma’lumotning h(M) –xesh qiymatini topish uchun avvalo ma’lumot biror «m» -uzunlikdagi bloklarga ajratilib chiqiladi. Agar M-ma’lumot uzunligi «m» -ga karrali bo‘lmasa, u holda oxirgi to‘lmay qolgan blok «m»- uzunlikga olindan kelishib olingan maxsus usulda biror simvol yoki belgi (masalan “0” yoki “1”) bilan to‘ldirilib chiqiladi. Natijada hosil qilingan M-ma’lumot bloklariga:

M= { M1, M2 ,.......Mn)

quyidagicha siqishni (svertkani) hisoblash protsedurasi qo‘llaniladi:

H0 = ,

Hi = f ( Mi , Hi-1) , i =1,2,......n

h(M)= Hn ;

bu yerda -qandaydir fiksirlangan boshlang‘ich vektor.

Misol sifatida quyidagi keng tarqalgan:

f ( Mi , Hi-1) = E k( Mi Hi-1) i =1,2,......n

xesh-funksiyani keltirib o‘tish mumkin.

Bu yerda E-simmetrik shifrlash algoritmi (masalan DES, GOST 28147-87, AES –FIPS 197 va hakoza), k- esa shifrlash algoritmi maxfiy kaliti, H0 = 0, - XOR (mod 2 bo‘yicha mos bitlarni qo‘shish) amali.




Download 271.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling