O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalarini va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti


Download 55.65 Kb.
Sana01.11.2020
Hajmi55.65 Kb.
#139812
Bog'liq
BTTL 4-lab


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARINI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI

TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

BTTL Fani bo`yicha


4-Laboratoriya ishi
Mavzu: Axborot tizimi, nazorat va talab.

212-17 guruh talabalari

Bajardi: Abdumannonova M

Elliyeva I

Komilova H

Tekshirdi: Malikova N



TOSHKENT – 2020

4-Laboratoriya ishi
Mavzu: Axborot tizimi, nazorat va talab.
Ishdan maqsad: Axborot tizimi.Nazorati va talablarini aniqlash va ularga baho berish ko’nikmalarini hosil qilish.
Nazariy qism

Nazorat va talab funktsiyaning maqsadi “tutib olish”, “aybini ochish”, “ilintirish” emas, balki boshqaruv ob’ek tida sodir bo‘layotgan jarayonlarni xisobga olish, tekshirish, taxlil qilish va ma’lum tartibda shu ob’ekt faoliyatini o‘z vaqtida sozlab turishdir. Nazorat o‘rnatilgan me’yoriy xujjatlardan, reja lardan og‘ishlarni, ularning joyi, vaqti, sababi va xususiyatlarini aniqlash imkonini beradi.

Ta’sirchan nazoratni tashkil qilish xar bir raxbarning funktsional ishidir. Muntazam nazorat yo‘q joyda yuksak pirovard natijalarga erishib bo‘lmaydi.

Funksional talablar. Tanlangan tizimining funksional yani ish faoliyati talablari:



  • tizim barcha hisob-kitoblarni o’zi avtomatik tarzda bajarishi;

  • turli xil tashqi va ichki ta`sirlarga himoyalanganligi;

  • rivojlantirilib borilishi;

Samaradorlik talablari. Tizimda samaradorlik talablari deb quyidagilarni ko’rsatishimiz mumkin:

  • tizimni ishlatish tizim bo’lmagan holatdagi faoliyatga qaraganda unumli bo’lishi;

  • resurslardan foydalanish kamligi;

  • vaqtning tejalishi;

  • mijoz va ishchi hodimlarning ishini osonlashtirishi.

Tashqi interfeys va dizaynga qo’yilgan talablar. Tizimning asosiy qismi bo’lgan uning tashqi ko’rinishi ya`ni dizayni alohida o’rin tutadi va u quyidagi talablarni bajarishi kerak:

  • tizim foydalanuvchilarni o’ziga jalb etishi kerak;

  • tizimdan foydalanish qulay va tushinarli qilib tuzilishi kerak;

  • foydalanuvchilar bilan bir qatorda tizimni yurituvchi hodimlarning ham ishlashi qulay bo’lishi kerak;

  • tashqi dizaynda foydalanuvchilarga yordam berish ya`ni ko’rsatma berish qismlari mavjud bo’lishi kerak;

Sifat ko’rsatkichlari. Tizimning sifat ko’rsatkichlariga quyidagilarni ko’rsatish mumkin:

  • tizim operatsion tizimga o’rnatilishi.

  • Tizim ishlash itezkor bo’lishi kerak.

  • Tizimning yangilangandan so’ng uni o’rnatish va yuklash qulay bo’lishi kerak va boshqalar.

Har qanday biznes tizim ishlab chiqilib faoliyat boshlaganidan kiyin uning ustidan tegishli vakolatli insonlar tomonidan nazorat yo’lga qo’yiladi. Biznes tizimda nazorat turli doiralarda olib boriladi. Biz tanlagan Go’zallik saloni va uning biznes tizimi ustidan qo’yilgan nazorat turlari bilan tanishib chiqsak. Salon tashkil qilinishidan boshlab uning qonun bo’yicha faoliyat yurutishini salon direktori nazorat qiladi, salonning rivojlanishi haqida va unga qo’shimcha loyihalar kiritish va salonda qilinayotgan o’zgarishlar Boshqaruv tomonidan nazorat qilinadi, ko’rsatilayotgan xizmatlatlar, yetqazib beriladigan tavarlar va ishning qay yo’sinda borayotgani reja bo’yicha ishlashni taminlash va tovarlarni yetkazib berish kabi ishlar Xizmatlar bo’limi tomonidan nazorat qilinadi, salon servirlaridagi malumotlar va ularni qayta ishlash va salonning biznes tizimini ya’ni online savdo va salon malumotlar bazasi, kompyuter bilan bog’liq hamma ishlar Ma’lumotnoma bo’limidagi Adminstrator tomonidan nazorat qilinadi. Biznes tizimda nazoratni amalga oshirish qilinayotgan ishlar va yaratilayotgan yangi loyihalar dan kelib chiqilib o’rnatiladi masalan biznes tizimda yangi loyiha ishlab chiqilgandan kiyin u birinchi navbatda yurist tomonidan uning qonuniy tomonlari ko’rib chiqiladi bundan tashqari biznes tizimdagi har bir jarayonni nazorat qilish mumkin buni (USE CASE) ya’ni holat diagrammasi orqali qisqacha ko’rish mumkin:

Use Case diagrammasi orqali biz biznes tizimda kechayotgan jarayonlarni qisqa va tushunarli tarzda ifodalash imkoniyatiga ega bo’lamiz bu diagrammada asosan ikkita tushuncha mavjud Actors and Action ya’ni Employee, Customer,People bular diagrammani tavsiflovchi asosiy tushunchalardir.



Masalan Use Case diagrammasida biz tanlagan salondagi jarayonlarni tuzamiz va tanishib tegishli xulosalar olamiz.




Bu qismda salonning biznes tizimidagi Mijoz tomonidan tushayotgan so’rovlarga javob olgungacha bo’lgan jarayonni Use Case diagrammasi orqali ko’rib chiqamiz:

Go’zallik salon tizimining “Use Case diagramma” si.



Nazariy qismda keltirib o’tganimdek bu diagrammada ikkita asosiy tushuncha mavjud:

  1. Actors ya’ni ishtirokchilar (Mijoz, Admin, Direktor)

  2. Actions ya’ni jarayonlar (1,2,3,4,5,6,7,8,9) xolatlar.

Endi bu jarayonlarni birma bir ta’riflab chiqamiz:

  1. Mijoz tomonidan so’rov birinchi serverga tushadi.

  2. Servir malumotlar bazasini tekshiradi

  3. Tekshirilgan malumotni qabul qiladi(Server)

  4. Qabul qilingan malumot ish direktorga yuboriladi

  5. Direktor tasdiqlash uchun adminga yuboradi.

  6. Admin ko’rib chiqib direktorga qaytaradi

  7. Tasdiqlangan ma’lumot ba’zaga yoziladi

  8. Va serverga yuboriladi

  9. So’ralgan ma’lumot yana Server tomonidan mijozga yuboriladi.

Biznes tizimnig rivojlanishi uchun birinchi navbatda amalga oshirilayotgan ishlar yoki jarayonlarni ma’lum bir ketma-ketlik va reja asosida amalga oshirish kerak bo’ladi. Shunday jarayonlarni Use Case diagrammasi orqali ichki tavsifini o’rganib chiqildi va bunday strategik va maqsadli diagrammalarni chuqur o’rganib o’z hayotimizda ham qo’llab ijobiy natijalarga erishsa bo’ladi.

Biz bu labaratoriyani bajarish mobaynida o’zimiz tanlagan obyekt ya’ni go’zallik saloninda amalga oshirilayotgan ishlar va jarayonlarni ketma-ketlik asosida tuzib chiqdik. Bu jarayonlarni Use Casse diagrammasi orqali tavsifladik va bilimlarimizni mustahkamladik.
Download 55.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling