O’zbekiston respublikasi davlat arxitektura va qurulish vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti qurilishni boshqarish fakulteti fuqorolik jamiyati, O`zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazaryasi va amaliyoti fanidan


Download 0.74 Mb.
Sana16.04.2020
Hajmi0.74 Mb.
#99575
Bog'liq
36-16 Karimov M FUQAROLIK

TAQDIMOT


  O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT ARXITEKTURA VA QURULISH VAZIRLIGI TOSHKENT ARXITEKTURA QURILISH INSTITUTI QURILISHNI BOSHQARISH FAKULTETI Fuqorolik jamiyati, O`zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazaryasi va amaliyoti FANIDAN

 BAJARDI: Karimov M

GURUH: 36-16

TEKSHIRDI: Utemuratov M


O’zbekiston Respublikasi

MAVZU: O’zbekistonda ko’ppartiyaviylik tizimini shakilanishi

  • Reja
  • Kirish
  • Siyosiy partiyalar tushunchasi, mazmuni va mohiyati.
  • O’zbekistonda ko’ppartiyaviylik yaratish uchun zaruriy huquqiy asoslarining yaratilishi.
  • Xulosa
  • Foydalanilgan adabiyodlar

Kirish

  • O‘zbekiston Respublikasining mustaqillikdan so‘ng
  • qo‘lga kiritgan yutuqlarini sarhisob qiladigan bo‘lsak, olib borayotgan barcha sohalardagi islohotlar uzoqni ko‘zlab, “o‘zbek modeli”ning tarkibiy qismi bo‘lgan “bosqichma-bosqichlik” tamoyili asosida olib borilayotganiga guvoh bo‘lamiz. Islohotlar dastlabki bosqichda mustaqillikni mustahkamlashga qaratilgan bo‘lsa, bu vazifa asosan ado etilgach, davlat va jamiyat qurilishini erkinlashtirish sari odim tashlandi. Mamlakatimizda turli siyosiy institutlar, jumladan, siyosiy partiyalarning faoliyati tubdan o‘zgarib ular uchun zaruriy huquqiy asoslar yaratildi. Bu jarayonlarning bugungi kun nuqtai nazaridan baholar ekan. Prezidentimiz I.A.Karimov “Hozirgi sharoitda siyosiy partiyalar fuqarolarning siyosiy partiyalar va ijtimoiy faolligini oshirish, aholining ayniqsa saylov jaroyonlarida xohish-irodasi va fikrini ifodalash, markazda va joylarda davlat hokimiyati organlarini shakllantirishning muhim ta’sir o‘tkazuvchi vositasiga aylanishi alohida ahamiyat kasb etadi” deb ta’kidlaydi.

Mustaqil O’zbekistonda siyosiy partiyalar va ijtimoiy tashkilotlar

  • O'zbekistonda ko'p partiyaviylik tizimini qaror topishida 1996 yil 25 dekabrda Oliy Majlis qabul qilgan «Siyosiy partiyalar to'g'risida»gi qonunning ahamiyati muhim bo'ldi. Qonun 17 moddadan iborat bo'lib, unda siyosiy partiyalarni demokratik qonunlar asosida faoliyat yuritishlari uchun yetakchi va ilg'or mamlakatlar mezonlari talablaridagi huquqiy asoslar yaratildi.

Siyosiy partiya (lotincha qism, guruh; eski o’zbekchasi arabchadan “firqa” – guruh, to’da) – umumiy g’oya va manfaat, ijtimoiy-siyosiy maqsadlar asosida odamlarni ixtiyoriy ravishda uyushtiruvchi tashkilot; fuqaroviy jamiyat bilan davlatni bir-biriga bog’lovchi eng muhim vositalardan biri; hozirgi zamon huquqiy demokratik davlati hayotining zaruriy omillaridan biri. Demak, partiya deganda “g’oyaviy jihatdan maslakdosh, manfaatlari mushtarak bo’lgan, shuningdek, muayyan ishni bajarish uchun ajratilgan kishilar guruhi”1 ni tushunish mumkin. Partiyalarning mohiyati, tabiati, tarkibi juda ko’p jihatlardan mazkur tarixiy davr mazmuniga, tuzumiga undagi siyosiy jarayonlar oqimiga chambarchas bog’liq tarzda shakllanib, jamiyatda sodir bo’layotgan siyosiy kurashning qanday borishida oshkora namoyon bo’ladi.

Tarixda ma‘lum bo’lgan dastlabki siyosiy partiyalar qadimgi Yunonistonda tashkil topgan bo’lib, oldin juda ozchilikni birlashtirgan, guruhlar tarkibi jihatdan juda tor doirada uyushgan siyosiy tashkilotlar edilar. Ammo tom ma‘nodagi siyosiy partiyalar harakati Yevropada XVII-XVIII asrlar inqiloblari oqibatida shakllandi. X1X asr oxiriga kelib, demokratik partiyalar kengayib, saylovlar tizimi, parlamentdagi joylar uchun kurash keskinlashgan sari, siyosiy partiyalar hayoti va faoliyati yangi pag’onaga ko’tarildi.


Siyosiy partiyalarning ilk tadqiqotchisi ingliz siyosiy arboblaridan biri Jon Tolanddir (1670-1722). U o’zining “Partiyalar vositasida boshqarish san‘ati” nomli traktatida ingiliz siyosiy tizimining ustun tomonlariga to’xtalib, shunday deb yozadi: “Vigilar va torilar guruhlarining shakllanishi parlamentda muhim rol o’ynaydi. Lekin, eng muhimi, qirol qaysi partiya tomonida ekanligigadir.

O’zbekistonda ko’ppartiyaviylik tizimini yaratish uchun zaruriy huquqiy asoslarining yaratilishi.

Bugungi qunda demokratik huquqiy davlatni siyosiy partiyalarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Demokratik jamiyatda siyosiy partiyalar jamiyat siyosiy tizimining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, ular bevosita davlat faoliyatining ustuvorligi yo‘nalishlarini belgilashda ishtirok etadi. O‘zbekiston Respublikasida siyosiy partiyalar faolitining tashkiliy-huquqiy asoslarini 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi asosida bo‘lsada, lekin unga qadar qabul qilingan “Jamoat birlashmalari to‘g‘risida”gi qonuni bu boradagi qonunlarning dastlabkisi hisoblanadi. 1991 yil 15 fevralda qabul qilingan ushbu qonunning 1-moddasida “o‘z huquqlari, erkinliklarini hamda siyosat, iqtisodiyot, ijtimoiy rivojlanish, fan, madaniyat, ekologiya va hayotning boshqa sohalaridagi qonuniylikni birgalikda ro‘yobga chiqarish uchun birlashgan fuqarolarning hohish irodalarini erkin bildirishlari natijasida vujudga kelgan ixtiyoriy tuzilma jamoat birlashmasidir

Asosiy qonunimizda siyosiy partiyalar tashkiliy huquqiy asosining ustuvor yo‘nalishlari belgilangan bo‘lib, uning siyosiy partiyalar huquqiy maqomi belgilanishi bilan bir qatorda, fuqarolarning siyosiy partiyalarga uyushishi huquqlari ham belgilangan (34-modda). Siyosiy partiyalar muhim konstitutsiyaviy institut sifatida konstitutsiyamizning XII jamoat birlashmalari bobi 60-moddasida “siyosiy partiyalar turli tabaqa va guruhlarning siyosiy irodasini ifodalaydilar va o‘zlarining demokratik yo‘l bilan saylab qo‘yilgan vakillari orqali davlat hokimiyatini tuzishda ishtirok etadilar.

Xulosa


Hozirgi davrda fuqarolik jamiyatini shakllantirish, huquqiy davlat qurish vazifalari siyosiy partiyalarlar faoliyatini takomillashtirishni kun tartibiga qo‘ymoqda. Mamlakatimizda mustaqillikdan so‘ng “Kuchli davlatdan –kuchli fuqarolik jamiyati” sari odimlar ekan, albatta bu jarayonda fuqarolik jamiyati institutlaridan biri bo‘lgan siyosiy partiyalar roli va ahamiyatini oshirish zaruratga aylanadi. Ana shu zaruratni anglagan holda so‘ngi yillarda mamlakatimizda rivojlangan mamlakatlar tajribasidan kelib chiqib, siyosiy partiyalarga doir milliy qonuniligimiz takomillashtirildi. Buning natijasida “siyosiy partiyalarning mamlakatimiz oliy qonunchilik organi, joylardagi hokimiyat vakillik organlari

faoliyatidagi roli va ta’siri sezilarli darajada oshdi.”1

Jamiyatimizni yanada demokratlashtirish va fuqarolik institutlarini shakllantirish, avvalo, aholi siyosiy faolligining o`sishi, uning siyosiy ijtimoiy va davlat hayotida nechog`li faol ishtirok etishi bilan uzviy bog`liqdir. Fuqarolik jamiyatini shakllantirishning muhim sharti-jamiyat hayotida siyosiy partiyalarning nodavlat va jamoat tashkilotlarining o`rni, ahamiyatini keskin kuchaytirishdan iborat.

Foydalanilgan adabiyodlar


O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –T .: O‘zbekiston, 2008. 40 b.

2. O‘zbekiston Respublikasi “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida” gi Qonuni.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis axborotnomasi -1997. 2-son

3. O‘zbekiston Respublikasi “Jamoat birlashmalari to‘g‘risida”gi Qonuni.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi axborotnomasi. 1991-4-son. 76 modda

4. O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis

Qonunchilik palatasi to‘g‘risidagi” Konstitutsiyaviy qonuni. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis axborotnomasi. 2002 12-son

5. O‘zbekiston Respublikasi “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida”gi qonuni.2003. 9-10 son



6. O‘zbekiston Respublikasi “Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Reglamenti to‘g‘risida”gi Qonun. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis axborotnomasi 2003, 9-10 son
Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling