O'zbekiston Respublikasi davlat bayrog'i to'g'risida


Download 19.18 Kb.
Sana02.04.2020
Hajmi19.18 Kb.

O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i.

"O'zbekiston Respublikasi davlat bayrog'i to'g'risida"gi Qonun 1991-yil 18- noyabrda O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VIII sessiyasida qabul qilindi.

O'zbekiston Respublikasining davlat bayrog'i ramzi mamlakatimiz hududida ilgari mavjud bo'lgan g'oyat qudratli saltanatlar bayroqlariga xos bo'lgan eng yaxshi an'analarni davom ettirgan holda respublika tabiatiga xos xususiyatlarni, xalqimizning milliy va madaniy o'zligini ham aks ettiradi.

Bayroqdagi moviy rang - mangu osmon va musaffo suv ramzidir. Yaxshilikni, donishmandlikni, shon-shuhratga sadoqatni bildiruvchi moviyrang. Sharqda azaldan qadrlanadi, o'z vaqtida buyuk Amir Temur ham o'z bayrog'iga bu rangni tanlagan.

Oq rang - tinchlik va poklik timsolidir. Yosh mustaqil davlat o'z yo'lida baland dovonlardan oshib o'tishi kerak. Bayrog'imizdagi oq rang yo'lirnizning musaffo va charog'on bo'lishi uchun yaxshi niyat ramzidir.

Qizil yo'llar - bu har bir tirik jonning qon tomirida urib turgan hayotiy kuch, tiriklik ramzidir.

Yashil rang - serne'mat va orombaxsh tabiat timsoli. Hozirgi vaqtda butun dunyoda atrof-muhitni muhofaza qilish harakatlari keng yoyilmoqda, uning ramzi ham yashilrangdir.

Yarim oy - O'zbekiston xalqining ko'p asrlik an'analariga muvofiq keladi. Yarim oy va yulduzlar - musaffo osmonning va tinchlikning ramzlaridir.

Bayrog'imizda 12 yulduz tasviri bor, bu o'lkamizda qadimdan buyon barkamollik, mukammallik timsoli hisoblanadi.

Davlat bayrog'i - bizning o'tmishimiz, bugungi kunimiz va kelajagimiz ramzidir.

O'zbekiston Respublikasining davlat bayrog'i Nyu-York shahrida joylashgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti qarorgohida dunyodagi suveren davlatlar bayroqlari qatorida turibdi. O'zbekiston bayrog'i xorijiy mamlakatlarda Prezidentimiz boshliq davlat delegatsiyasini qabul qilish marosimlarida, chet el davlat delegatsiyalarini O'zbekistonda qabul qilish marosimlarida ko'tariladi.



O'zbekiston bayrog'i O'zbekiston Prezidenti qarorgohi Oqsaroy binosi, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi binosi tepasiga ilib qo'yilgan. O'zbekiston sportchilari jahon sport musobaqalarida g'oliblikni qo'Iga kiritib, shohsupaga ko'tarilgan paytlarda ham O'zbekiston bayrog'i ko'tariladi. Shu boisdan mamlakatimizda va jahon uzra O'zbekiston bayrog'ining ko'tarilishi, bir tomondan, davlatimiz shon-shuhratini ko'tarsa, ikkinchi tomondan, barchamizga quvonch, faxrlanish, g'urur bag'ishlaydi.
Download 19.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling