Namangan viloyati Uchqo’rg’on tumanidagi 37-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabida Alisher Navoiy Tavalludining 577 yilligi munosabati bilan o‘tkaziladigan “Nazm ul javohir” deb nomlangan tadbir Senariysi
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MADHIYASI YANGRAYDI
SHahnoza: Salom, dong‘i ketgan diyorim,
G‘ururim, nomusim, ham fahru orim.
Gulshoda: Salom muqaddasim, mo‘tabar jonim,
Qiyosi yo‘q tengsiz O‘zbekistonim.
SHahnoza: Bir o‘lkaki tuprog‘ida oltin gullaydi,
Bir o‘lkaki qishlarida shivirlar bahor ,
Gulshoda: Bir o‘lkaki zum ko‘rmasa sog‘inar inson,
Bir o‘lkaki jannatmonand tillarda doston.
Shahnoza: Bu mening gul misol go‘zal bo‘stonim,
Bu mening betimsol O‘zbekistonim.
Raqsning o‘rni: 7-sinf SHohjaxon Jo‘raev “O‘zbekiston” qo‘shig‘i
Gulshoda: Assalom, Navoiy, g‘azal sultoni
Yetubdur suhbatingiz olmoq mahali.
Siz-la diydorlashmoq zo‘r istak edi,
Muborak yoshingiz bir imkon berdi.
Shahnoza: Buyuk tog‘lar ishra bo‘lib buyukroq,
Suyuk tog‘lar ichra bo‘lib suyukroq
Navoiy ko‘rinar ko‘zimga mening,
Nafasi urilar yuzimga mening.
Shahnoza: Assalomu alaykum ulug‘larni ulg‘aytirgan el farzandlari!
Gulshoda: Tenglar ichra teng diyor bo‘lgan, go‘zallikda beqiyos, mustaqil O‘zbekistonning erkin fuqarolari, assalomu alaykum.
Shahnoza: Barchangizga ma’lumki, Fevral oyi SHe’riyat Mulkining sultoni, Mir Alisher bobomizning hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur bobomizning tavallud topgan kunlari
Gulshoda: Inson aziz xotirasi muqqadasdir. Bu tushuncha mana necha yillardan beri biz avlodlarning ongu shuurida mustahkam o‘rin egallab kelmoqda.
Shahnoza: Shu munosabat bilan Faol tadbirkorlik va innovatsion texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yilida milliy an’ana va qadriyatlarimizni yanada mustahkamlash maqsadi bilan o‘tkazilayotgan “Ajdodlarga munosib avlod bo‘laylik”, deb nomlangan bayram tadbirimizga xush kelibsizlar!
Gulshoda: Ko‘rkam qizlar bobur, botir yigitlar,
Vatan faxri, millat yoqqan chirog‘i.
Yangra diyor madhi jahon elida.
Porla, g‘olib Vatanimning bayrog‘i.
Do'stlaringiz bilan baham: |