O'zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi direktorining 2004 yil 21 arreldagi 22-son buyrug'i bilan tasdiqlangan, O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2004 yilning


Download 289.48 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana05.04.2017
Hajmi289.48 Kb.
  1   2   3

Sanoat namunasiga O'zbekiston Respublikasi patentini berish uchun 

talabnoma tuzish, topshirish va ko'rib chiqish 

QOIDALARI  

(O'zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi direktorining 2004 yil 21 arreldagi 22-son 

buyrug'i bilan TASDIQLANGAN, O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2004 yilning 

20 mayda 1361-son bilan RO'YXATDAN O'TKAZILGAN) 

I bob. Sanoat namunasiga patent berish uchun talabnoma tuzish va topshirish. Talabnoma topshirish 

huquqiga ega bo'lgan shaxslar 

II bob. Patent olish bo'yicha ishlarni olib borish 

III bob. Talabnomani ko'rib chiqish 

Mazkur Sanoat namunasiga O'zbekiston Respublikasi patentini berish uchun 

talabnoma tuzish, topshirish va ko'rib chiqish Qoidalari (bundan buyon matnda 

Qoidalar deb yuritiladi) O'zbekiston Respublikasining "Ixtirolar, foydali modellar va 

sanoat namunalari to'g'risida"gi Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan hamda sanoat 

namunasiga patent berish uchun talabnomani tuzish, topshirish va ko'rib chiqish 

tartibini belgilaydi. 

Qisqartirishlar ro'yxati 

Qonun – O'zbekiston Respublikasining "Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari 

to'g'risida"gi Qonuni. 



Patent idorasi – O'zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi. 

Apellyasiya kengashi – O'zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi Apellyasiya kengashi. 

Talabnoma – sanoat namunasiga patent berish uchun talabnoma. 

SNXK – Sanoat namunalarining xalqaro klassifikasiyasi. 

BIMT – Butunjahon intellektual mulk tashkiloti. 

Parij konvensiyasi – Sanoat mulkini muhofaza qilish bo'yicha Parij konvensiyasining 

O'zbekiston Respublikasi uchun amaldagi tahriri. 



Konvensiya talabnomasi – Sanoat mulkini muhofaza qilish bo'yicha Parij konvensiyasiga 

muvofiq topshirilgan talabnoma. 



MO'T – mashinada o'qish mumkin bo'lgan axborot tashuvchi. 

I bob. Sanoat namunasiga patent berish uchun talabnoma tuzish va topshirish. 

Talabnoma topshirish huquqiga ega bo'lgan shaxslar  

1-§. Sanoat namunasiga patent berish uchun talabnoma  

1. Sanoat namunalariga buyumning tashqi ko'rinishini belgilaydigan uning badiiy-konstruktorlik 

yechimi taalluqlidir. Buyum sifatida sanoat yoki hunarmandchilik ishlab chiqarilishidagi istalgan buyum, 

xususan tarkiblardan tuzilgan buyum, tarkiblardan tuzilgan buyumni yig'ish uchun mustaqil 

komronentlar tushuniladi. 

Buyumning badiiy-konstruktorlik yechimi buyumning tashqi ko'rinishi alohida xususiyatlarini 

belgilaydigan muhim alomatlar majmui bilan ta’riflanadi. 

Buyumning tashqi ko'rinishini xususan, materialning shakli, konturi, liniyalari, ranglarning 

ishlatilishi, teksturasi yoki fakturasi, dekori, shu jumladan ornamenti tashkil qiladi. 

2. Qonunning 8-moddasiga muvofiq sanoat namunasi sifatida talabnoma berilgan obyekt, agar 

yangi va original bo'lsa, huquqiy muhofaza qilinadi. 

Sanoat namunasi, agar uning muhim alomatlarining majmui sanoat namunasining ustuvorligi 

sanasiga qadar jahonda hamma foydalana oladigan ma’lumotlardan ma’lum bo'lmasa, yangi 

hisoblanadi. 

Sanoat namunasi, agar uning muhim alomatlari majmui buyumning alohida xususiyatlarining 

ijodiy xarakterini keltirib chiqarsa, u original deb tan olinadi. 

3. Sanoat namunalarini ta’riflash uchun, xususan, quyidagi alomatlardan foydalaniladi:  

a) asosiy kompozitsion elementlarining mavjudligi, tarkibi va miqdori;  

b) asosiy elementlarning shakli va konfiguratsiyasi;  

v) asosiy elementlarning o'zaro joylashuvi va bir-biriga bo'ysunishi;  

g) asosiy elementlarning plastik xarakteristikasi;  

d) ushbu elementlarning grafik, rang-faktura va koloristik yechimining xarakteri;  

e) materiali.  


4. Sanoat namunalari hajmiy yoki tekis bo'lishi mumkin. 

Hajmiy sanoat namunalari o'zlari bilan asosida uch o'lchamli, hajmiy-fazoviy tuzilma yotgan 

kompozitsiyani, masalan, stanok, qishloq xo'jalik mashinasi, motor, telefon arrarati va boshqalarning 

tashqi ko'rinishini belgilaydigan badiiy-konstruktorlik yechimini ifodalaydi. 

Tekis sanoat namunalari o'zlari bilan ikki o'lchamli tuzilmali kompozitsiyani ifodalaydi hamda 

elementlarning chiziqli-grafika mutanosibligi bilan ta’riflanadi va deyarli hajmga ega bo'lmaydi, 

masalan, gilam, ro'mol, mato va boshqalarning tashqi ko'rinishini belgilaydigan badiiy-konstruktorlik 

echimlari. 

5. Talabnoma bitta sanoat namunasiga taalluqli bo'lishi lozim va ushbu sanoat namunasining 

variantlarini ichiga olishi mumkin (birlik talabi). 

Bitta sanoat namunasi ostida ham yagona buyumning, ham umumiy vazifaga ega bo'lgan 

buyumlar jamlamasining (to'plamining) (masalan, mebel garniturasi, serviz va boshqalar) badiiy-

konstruktorlik echimi tushuniladi. 

Yagona buyum ostida butun bir buyum (masalan, avtomobil) ham, butun buyumning biron-bir 

qismi bo'lgan buyum (masalan, bamrer, fara) ham tushuniladi. 

Sanoat namunasining variantlari ostida buyumning bir xil alohida xususiyatlarini belgilaydigan 

muhim alomatlar majmui bo'yicha farqlanadigan aynan bitta buyumning (komrlekti, to’plamining) 

badiiy-konstruktorlik yechimi tushuniladi. 

6. Qonunning 8-moddasi yettinchi qismiga muvofiq quyidagi hollarda buyum sanoat namunasi 

sifatida tan olinmaydi: 

a) agar u matbaa mahsulotlariga (shrift grafikasining dekorativ qirralaridan xolis bo'lgan 

matnlar, jadvallar, grafiklar va boshqalar) taalluqli bo'lsa; 

b) agar u arxitektura obyektlariga (shu jumladan sanoat, gidrotexnika va boshqa muqim 

inshootga) taalluqli bo'lsa, kichik arxitektura shakllari bundan mustasno; 

v) agar u suyuq, gazsimon, sochiluvchi yoki shunga o'xshash moddalardan iborat barqaror 

bo'lmagan shaklga ega obyekt bo'lsa; 

g) agar u buyumning mutloq texnik funksiyasidan kelib chiqqan yechim bo'lsa; 

d) jamiyat manfaatlari, insonrarvarlik va ahloqiy rrinsirlariga zid yechimlar. 

7. Qonunning 17-modda ikkinchi qismiga muvofiq talabnoma quyidagilarni o'z ichiga olishi 

kerak: 


a) patent berish to'g'risida sanoat namunasi muallifi (hammualliflari) va nomiga patent 

so'ralayotgan shaxslar, shuningdek, ularning turar joylari va manzillari ko'rsatilgan ariza; 

b) buyum, maket yoki rasmni aks ettirgan, buyumning tashqi ko'rinishi haqida to'liq atroflicha 

tassavvur beradigan tasvirlar jamlamasi (buyumning tasviri fotosuratlar yoki boshqa ko'rinishda taqdim 

etilishi, shu jumladan kompyuter grafikasi vositasida bajarilishi mumkin); 

v) sanoat namunasining muhim alomatlar majmuini ichiga olgan tavsifi; 

g) buyumning umumiy ko'rinishining chizmasi, ergonomik sxemasi, konfeksion kartasi, agar ular 

sanoat namunasining mohiyatini tushunish uchun zarur bo'lsa. 

8. Talabnomaga belgilangan miqdorda patent boji to'langanini tasdiqlovchi hujjat yoki patent 

bojini to'lashdan ozod qilish uchun asoslarni yoxud uning miqdorini kamaytirish uchun asoslarni 

tasdiqlovchi hujjat ilova etiladi. 

9. Patent vakili yoxud boshqa ishonchli shaxs orqali beriladigan talabnomaga, unga talabnoma 

beruvchi tomonidan berilgan ishonchnoma yoki ishonchnomaning belgilangan tartibda 

rasmiylashtirilgan nusxasi ilova etiladi. 

10. Konvensiya ustuvorligi berishni so'rab berilgan talabnomaga (bundan buyon matnda 

konvensiya talabnomasi deb yuritiladi) talabnoma beruvchi tomonidan Sanoat mulkini muhofaza qilish 

bo'yicha Parij konvensiyasiga a’zo bo'lgan davlatda berilgan birinchi talabnomaning nusxasi (bundan 

buyon matnda birinchi talabnoma deb yuritiladi), hamda bu talabnomaning o'zbek yoki rus tiliga 

tarjimasi ilova etiladi va ular konvensiya talabnomasi Patent idorasiga kelib tushgan sanadan uch oy 

muddatdan kechiktirilmay topshiriladi. 

Konvensiya ustuvorligini belgilash to'g'risidagi iltimos, talabnoma topshirishda (patent berish 

to'g'risidagi arizaning tegishli grafasida keltiriladi) yoki talabnoma Patent idorasiga kelib tushgan 

sanadan boshlab ikki oy muddat ichida topshirilishi mumkin. 

Birinchi talabnoma berilgan sanadan olti oy muddat o'tgach, lekin olti oy muddat o'tgandan 

so'ng ikki oylik muddatdan kechiktirmay kelib tushgan talabnoma bo'yicha konvensiya ustuvorligi 

so'ralganda, talabnomaga quyidagilar ilova qilinadi: 

konvensiya ustuvorligini so'rash muddatini uzaytirish uchun belgilangan miqdorda patent boji 

to'langanligi to'g'risida hujjat; 

talabnoma beruvchiga bog'liq bo'lmagan holda belgilangan olti oylik muddat ichida talabnoma 

topshirishga to'sqinlik qilgan vaziyatlar ko'rsatilgan va agar ular Patent idorasiga ma’lum deb o'ylashga 

asos bo'lmasa, bu vaziyatlar mavjudligini tasdiqlaydigan hujjat. 


11. Ushbu Qoidalarning 7-bandida ko'rsatilgan o'zbek yoki rus tillarida tuzilgan talabnoma 

hujjatlari uch nusxada topshiriladi: 2 nusxasi qog'ozda, uchinchisi elektron ko'rinishda mashinada 

o'qiladigan axborot tashuvchida (bundan buyon - MO'T) topshirilishi mumkin. 

Aynan o'sha hujjatlarning o'zi agar ular o'zga tilda tuzilgan bo'lsa bir nusxada, o'zbek yoki rus 

tilidagi tarjimasi esa uch nusxada: 2 nusxasi qog'ozda, uchinchisi elektron ko'rinishda mashinada 

o'qiladigan axborot tashuvchida topshirilishi mumkin. 

Qog'ozdagi va MO'T dagi talabnoma hujjatlari va qo'shimcha materiallarning mazmuni aynan bir 

xil bo'lishi lozim. Qog'ozdagi va MO'T dagi materiallarning aynan bir xilligiga talabnoma beruvchi 

javobgardir. 

Umumiy ko'rinishdagi buyum, maket yoki rasmning tasvirlari uch nusxada, qolgan tasvirlar ikki 

nusxada taqdim etiladi. 

Boshqa hujjatlar va agar ular o'zga tilda tuzilgan bo'lsa, ularning o'zbek yoki rus tilidagi tarjimasi 

bir nusxada taqdim etiladi. 

2-§. Talabnoma hujjatlarining mazmuni 

12. Patent berish to'g'risidagi ariza, ushbu Qoidalarga 1-ilovada keltirilgan shaklida topshiriladi. 

Agar qandaydir ma’lumotlarni tegishli grafalarda to'liq joylashtirishning iloji bo'lmasa, u holda arizaning 

tegishli grafasida: "davomini qo'shimcha varaqda qarang" deb ko'rsatilgan holda ular shu shakldagi 

qo'shimcha varaqda keltiriladi. 

Xorijiy ism-familiyalar va korxonalarining nomlari o'zbek yoki rus tilidagi transliteratsiyada 

ko'rsatiladi. 

Talabnoma beruvchining nomi (imkoniyat bo'lgan holda), sanoat namunasining nomi arizada 

o'zbek va rus tillarida ko'rsatilgan bo'lishi lozim. 

Arizaga ilova qilinadigan talabnomaning boshqa hujjatlari o'zbek, rus yoki boshqa tilda 

topshiriladi. 

Agar talabnoma hujjatlari o'zga tilda topshirilgan bo'lsa, talabnoma Patent idorasiga topshirilgan 

sanadan ikki oy muddat ichida taqdim etilishi lozim bo'lgan o'zbek yoki rus tiliga tarjimasi ilova qilinadi. 

Boshqa tilda taqdim etilgan hujjatlar, agar ularning tarjimalari boshqa tilda topshirilgan 

hujjatlarning kelib tushishi sanasidan ikki oy davomida kelib tushgan bo'lsa, ularning Patent idorasiga 


kelib tushgan sanasiga taqdim etilgan deb hisoblanadi, aks holda hujjatlar ularning tarjimalari kelib 

tushgan sanasiga taqdim etilgan deb hisoblanadi. 

13. Arizaning "Ariza" so'zidan yuqorida joylashgan grafalari, Patent idorasiga kelib tushgandan 

keyin rekvizitlarni kiritish uchun mo'ljallangan bo'lib, talabnoma beruvchi tomonidan to'ldirilmaydi. 

14. (71)-kod ostidagi "Talabnoma beruvchi" grafasida, talabnoma beruvchi (talabnoma 

beruvchilar) to'g'risida ma’lumotlar keltiriladi: jismoniy shaxsning familiyasi, ismi (va otasining ismi), 

shuni ham nazarda tutish kerakki familiya ismdan avval ko'rsatiladi, yoki yuridik shaxsning rasmiy nomi 

(ta'sis hujjati bo'yicha), shuningdek tegishlicha ularning turar joylari yoki manzillari, mamlakatning 

rasmiy nomi va to'liq pochta manzili va BIMTning ST.3 standarti bo'yicha mamlakat kodi (agar u 

belgilangan bo'lsa) to'g'risidagi ma’lumotlar keltiriladi. 

Agar talabnoma beruvchilar bir qancha bo'lsa, ko'rsatilgan ma’lumotlar ularning har biri uchun 

keltiriladi. 

Sanoat namunasining mualliflari bo'lgan talabnoma beruvchilarning turar joylari to'g'risidagi 

ma’lumotlar ushbu grafada keltirilmaydi, balki faqat arizaning (72)-kod ostidagi "Muallif(lar)" grafasida 

bayon etiladi. 

So'ngra shu grafaning o'zida talabnoma beruvchi sanoat namunasining muallifi, muallifning ish 

beruvchisi yoki muallifning yoxud muallif ish beruvchisining huquq vorisi ekanligi tegishli katakchada 

"X" belgisini qo'yish bilan belgilanadi. 

O'zbekiston Respublikasi korxonalari, muassasalari uchun OKRO kodi ko'rsatiladi. 

O'zbekiston Respublikasidan tashqarida yashovchi chet el yuridik shaxslari yoki jismoniy 

shaxslari uchun Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT) ST.3 standarti bo'yicha mamlakat kodi 

(agar u belgilangan bo'lsa) ko'rsatiladi. 

15. Ustuvorlikni belgilash to'g'risidagi iltimosni o'z ichiga olgan grafa faqat sanasi talabnoma 

Patent idorasiga kelib tushgan sanadan bir muncha ilgarigi ustuvorlik so'ralayotgan bo'lsagina 

to'ldiriladi. Bu holda tegishli katakchalarda "X" belgisini qo'yib chiqish bilan ustuvorlik so'rash uchun 

asoslar belgilanadi. 

(31)-kod ostidagi grafada ancha ilgariroq berilgan talabnomaning raqami ko'rsatiladi, uning 

asosida yoki unga qo'shimcha materiallar asosida ustuvorlik so'raladi. 

(32)-kod ostidagi grafada so'ralayotgan ustuvorlik sanasi (ancha ilgariroq berilgan talabnoma 

yoki u bo'yicha qo'shimcha materiallar kelib tushgan sana) ko'rsatiladi. 

Konvensiya ustuvorligi so'ralayotganda, (33)-kod ostidagi grafada BIMT ST.3 standarti bo'yicha 

birinchi talabnoma berilgan mamlakat kodi ko'rsatiladi. 



16. (54)-kod ostidagi "Sanoat namunasining nomi" grafasida keltirilgan talabnoma berilgan 

sanoat namunasining nomi keltiriladi va u sanoat namunasi tavsifida keltirilgan nomga to'g'ri kelishi 

kerak. 

17. (98)-kod ostidagi "Yozishmalar uchun manzil" grafasida pochta orqali tezda yetkazib 



berishning odatdagi talablarini qondiradigan yozishmalar uchun manzil, xat oluvchining ismi-sharifi 

yoki nomi, va telefon, faks raqamlari, e-mail (agar ular bo'lsa) keltiriladi. 

Yozishmalar uchun manzil sifatida O'zbekiston Respublikasida yashovchi talabnoma beruvchi 

(talabnoma beruvchilardan biri) - jismoniy shaxsning turar joyi manzili, yoki O'zbekiston 

Respublikasidagi talabnoma beruvchi - yuridik shaxsning joylashgan joyi manzili, yoki Patent idorasida 

ro'yxatdan o'tkazilgan patent vakilining, yoki boshqa ishonchli shaxsning manzili ko'rsatilishi mumkin. 

Arizada yozishmalar uchun manzil ko'rsatilmaganda ushbu manzil sifatida agar tayinlangan 

bo'lsa patent vakili yoki boshqa ishonchli shaxsning joylashgan manzili hisoblanadi, aks holda - 

O'zbekiston Respublikasi hududida manzilga ega bo'lsa, arizaning talabnoma beruvchi to'g'risidagi 

ma’lumotlarga taalluqli grafalarida talabnoma beruvchining (talabnoma beruvchilar bir qancha bo'lsa 

ularning birinchisini) manzili hisoblanadi. 

18. (74)-kod ostidagi "Patent vakili" grafasi talabnoma beruvchi tomonidan talabnoma 

berilganga qadar patent vakili tayinlangan hollardagina to'ldiriladi va uning to'g'risida quyidagi 

ma’lumotlar: familiyasi, ismi (va otasining ismi), Patent idorasida ro'yxatdan o'tkazilgan raqami 

keltiriladi. 

"Patent vakilining manzili" grafasida pochta orqali tezda yetkazib berishning odatdagi talablarini 

qondiradigan yozishmalar uchun manzil, xat oluvchining ismi-sharifi yoki nomi, va telefon, faks 

raqamlari, e-mail (agar ular bo'lsa) keltiriladi. 

19. Arizaning ikkinchi betidagi "Ilova qilinadigan hujjatlar ro'yxati" grafasi ilova qilinadigan 

hujjatlarning har bir nusxasidagi tegishli katakchalarda "X" belgisini qo'yib chiqish orqali va nusxalar 

hamda varaqlar soni ko'rsatilgan holda to'ldiriladi. Turi ariza formasida ko'zda tutilmagan (boshqa 

hujjat) ilova qilinadigan hujjatlar uchun ularning vazifasi aniq ko'rsatiladi. 

Talabnomada MO'T dagi axborotlar (disketa) mavjud bo'lsa, "boshqa hujjat" grafasida "Disketa" 

deb ko'rsatiladi. 

20. (72)-kod ostidagi "Mualliflar" va "To'liq uy manzili" grafalarda sanoat namunasining muallifi 

(mualliflari) to'g'risida ma’lumotlar keltiriladi: familiyasi, ismi (otasining ismi), lavozimi, ilmiy darajasi 

va ish joyi, mamlakat nomi va uning BIMT ST.3 standarti bo'yicha kodini ichiga olgan holda to'liq turar 

joyi pochta manzili. 

21. "Mualliflar" va "To'liq uy manzili" grafalari ostida bevosita joylashgan grafa, faqat muallif 

(mualliflar) patent berish to'g'risidagi ma’lumotlarni e’lon qilishda uni (ularni) bunday sifatda eslatib 



o'tmaslikni so'raganida to'ldiriladi. Bu holda e’lon qilishda ko'rsatmaslikni istagan har bir muallifning 

familiyasi, ismi (otasining ismi) va ularning imzolari keltiriladi. 

22. Arizaning oxirgi "Imzo" grafasini, imzo qo'yish sanasini ko'rsatgan holda to'ldirish barcha 

hollarda majburiydir. 

Ariza talabnoma beruvchi tomonidan imzolanadi. Yuridik shaxs tomonidan ariza korxona, 

tashkilot rahbari tomonidan uning lavozimi ko'rsatilgan holda imzolanadi. Imzo muhr bilan 

tasdiqlanadi. 

Patent vakili yoki ishonchli shaxs orqali talabnoma berilganda, ariza talabnoma beruvchi yoki 

patent vakili yoxud ishonchli shaxs tomonidan imzolanadi. 

Imzolar imzo qo'yuvchi shaxsning familiyasi va ismi-shariflari ko'rsatilgan holda ochib beriladi. 

Imzo qo'yishni talab qiladigan u yoki bu ma’lumotlar qo'shimcha varaqda keltirilgan hollarda, u 

ham shunday tartibda imzolanadi. 

Talabnoma beruvchi, nomiga patent berilishi so'ralayotgan shaxs yoki patent vakilining yoxud 

ishochli shaxsning imzosi har bir qo'shimcha varaqda keltirilishi majburiydir. 

23. Talabnoma berilgan sanoat namunasi to'g'risidagi barcha axborotlarni ichiga olganligi uchun 

buyum tashqi ko'rinishining tasviri asosiy hujjat bo'lib hisoblanadi. 

Tasvirlar buyum tashqi ko'rinishi to'g'risida to'liq atroflicha tasavvurni berishi, uning barcha 

elementlarini, muhim alomatlar ro'yxatida keltirilgan elementlarni ham ichiga olishi lozim. 

Qonunning 5-moddasiga muvofiq huquqiy muhofaza hajmi buyumning (maket, rasmning) 

tasvirlarida aks ettirilgan uning muhim alomatlari majmui va(yoki) ularning kombinasiyasi bilan 

belgilanadi. 

24. Talabnoma hajmli sanoat namunasi uchun hajmli buyumning oldi tomondan 3/4 rakursdagi 

umumiy ko'rinishi tasvirini, hamda buyumning tasvirlari ko'rinishlarining (masalan, oldidan, chapdan, 

o'ngdan, orqadan, yuqoridan, rastdan) buyum tashqi ko'rinishi barcha yechimining to'la tasavvurini 

ta’minlaydigan miqdorini ichiga olishi lozim. 

Tikuvchilik sanoati buyumlari uchun oldidan va orqadan ko'rinishlari (zarur bo'lganda 

manekenda) etarlicha bo'lishi mumkin. 

Tekis sanoat namunasi uchun umumiy rejadagi ko'rinishi taqdim etiladi. 

Tekstil buyumlarining tekis sanoat namunalari tasvirda takrorlanuvchi rapport bilan aks ettirilishi 

lozim. 


Buyumlarning jamlamasi (to'plami) umumiy ko'rinishdagi tasvirlarda to'laligicha, ya’ni 

jamlamaga (to’plamga) kiradigan barcha buyumlar bilan taqdim etilishi lozim. Bundan tashqari, 

jamlamaga (to'plamga) kiradigan har bir buyum qo'shimcha ravishda alohida tasvirda keltiriladi. 

Alohida hollarda, buyumlar jamlamasi (to’plami) to'liq tarkibda umuiy ko'rinishdagi bitta tasvirda 

taqdim etilishi mumkin bo'lmagan hollarda, jamlama (to’plam) fragmentlarini alohida tasvirlarda 

taqdim etilishiga yo'l qo'yiladi. 

Sanoat namunasining har bir varianti tasvirlarning alohida jamlamasi bilan taqdim etilishi lozim. 

Yorilishi, yig'ilishi, transformasiyalanishi va boshqalar bo'lishi mumkin bo'lgan buyumlar ushbu 

buyumlarning ochiq ko'rinishidagi (masalan, muzlatgich, telefon budkasi) yoki yig'ilgan ko'rinishidagi 

(masalan, oshxona kombaynlari, chang yutgichlar) tasvirlari bilan taqdim etilishi lozim. 

25. Rang-grafik (badiiy-koloristika) yechimi sanoat namunasining muhim alomatlaridan biri 

bo'lgan hollarda, ushbu Qoidalarning 24-bandida ko'zda tutilgan barcha tasvirlar rangli holda taqdim 

etilishi lozim. 

26. Tasvirlar aniq va yorqin bo'lishi lozim. Sanoat namunasining tasvirlardagi alohida detallari 

nafaqat yoritilgan tomonlarda, balki soya tomonlarida ham yaxshi ko'rinishi lozim. 

Buyum bir tekis yoritilgan holda, odatda o'zga predmetlarsiz neytral fonda tasvirlanishi lozim. 

27. Tasvirlar A4 formatidan katta bo'lmagan o'lchamlarda taqdim etiladi. Tashqi o'lchamlari 

bo'yicha uncha katta bo'lmagan buyumlar, masalan, qo'l (cho'ntak) soatlari, mikrokalkulyator, cho'ntak 

o't oldirgichlari va shunga o'xshashlar uchun 9x12 sm dan kichik bo'lmagan o'lchamdagi kichik formatli 

tasvirlar taqdim etilishi mumkin. 

28. Tasvirlar umumiy ko'rinish, boshqa ko'rinishlar, rangli tasvir, eng yaqin analogining tasviri 

tartibida raqmlanadi. 

Bir ko'rinishdagi tasvirlar bittta raqam ostida keltiriladi. 

29. Tasvirlarni ichiga olgan varaqlarning old tomonida (fotosuratlar uchun - orqa tomonida) 

tasvirning raqami, sanoat namunasining nomi hamda "umumiy ko'rinishi", "yonidan ko'rinishi", 

"oldidan ko'rinishi", "orqadan ko'rinishi", "yuqoridan ko'rinishi" so'zlari, variantlar uchun esa "1-

variant", "2-variant" va shunga o'xshashlar kabi tushuntirishlar tartibma-tartib ko'rsatiladi. 

30. Sanoat namunasining tavsifi buyumning tasvirlarda aks ettirilgan tashqi ko'rinishini so'zlar 

bilan ochib berishi lozim. 

31. Tavsif sanoat namunasining nomini ko'rsatishdan boshlanadi, talabnoma berilgan sanoat 

namunasi mansub bo'lgan SNXK ning amaldagi tahriridagi rubrikasi aniqlangan holda, bu rubrikaning 

indeksi keltiriladi va quyidagi bo'limlarni ichiga oladi: 



a) sanoat namunasining vazifasi va qo'llanilish sohasi; 

b) sanoat namunasining analoglari; 

v) sanoat namunasi ifodalangan tasvirlar va boshqa taqdim etilgan materiallar ro'yxati (chizma, 

ergonimik sxema, konfeksion karta - ular taqdim etilgan hollarda); 

g) sanoat namunasining mohiyati; 

d) sanoat namunasining muhim alomatlai majmui. 

32. Sanoat namunasining nomi aniq, qisqa va konkret bo'lishi, sanoat namunasining muhofaza 

hajmi va SNXK ga, alohida hollarda esa tarmoqda umum e’tirof qilingan terminologiyaga mos bo'lishi 

lozim. Nom buyumning vazifasini (bajaradigan funksiyasini) ta’riflashi, ya’ni turkum tushunchalarni 

(masalan, "Antenna", "Zichlikni o'lchagich", "Traktor") aks ettirishi lozim. 

Nom buyumning foydalanish sohasini ko'rsatishi, ya’ni turiga doir tushunchani (masalan, "Paxta 

terish qishloq xo'jaligi mashinasi") ifodalashi lozim. 

Turkum va/yoki tur tushunchalaridan (masalan, "O'rim jatkasi") so'ng nomda zarur bo'lganida 

buyum vazifasining o'ziga xos xususiyatlari (masalan, "makkajo'xorini o'rib olish uchun") ko'rsatiladi. 

Shunday qilib, ushbu sanoat namunasining to'liq nomi - "Makkajo'xorini o'rib olish uchun o'rim jatkasi". 

Sanoat namunasining nomida reklama jumlalari, shaxsiy nomlar, familiyaga doir nomlar

abbreviaturalar, tovar belgilari va xizmat ko'rsatish belgilarining so'zli belgilari, reklama, firma va 

boshqa maxsus nomlar, tovar kelib chiqqan joy nomlari, "va boshqalar" so'zlari va sanoat namunasini 

aynanlashtirish maqsadlariga xizmat qilmaydigan shunga o'xshash so'zlar hamda mahalliy va jargon 

atamalar kiritilmaydi. 

Sanoat namunasining nomi birlikda bayon qilinadi. Birlikda ishlatilmaydigan nomlar (masalan, 

"Suvenir shaxmat donalari") bundan mustasno, juft buyumlarning nomlari haqida so'z yuritilayotgan 

holatlarda sifatlovchi so'zlar (masalan, "Bolalar uy poyabzali") ko’plikda ishlatiladi. 

Agar talabnoma sanoat namunasining variantlariga berilayotgan bo'lsa, u holda uning nomi 

birlikda bayon qilinadi, qavslarda esa variantlarning soni ko'rsatiladi: "Dur (2 variantda)". 

Agar talabnoma o'zi bilan buyumlarning jamlamasini (to’plamini) ifoda qiladigan obyektning 

badiiy-konstruktorlik yechimiga berilayotgan bo'lsa, sanoat namunasining nomida "to’plam", "jamlama" 

so'zlari bo'lishi lozim (masalan, "Manzarali g'ishtlar to'plami", "Sarhadlar uchun plitka-modullar 

to'plami"). 

33. Tavsifning "Sanoat namunasining vazifasm va qo'llanilishi sohasi" bo'limida talabnoma 

berilgan sanoat namunasining vazifasi va qo'llanilish sohasi to'g'risidagi ma’lumotlar keltiriladi hamda 

undan foydalanishning afzalroq sohasi ko'rsatiladi. 



34. Tavsifning "Sanoat namunasining analoglari" bo'limida aniqlangan analoglarning ta’rifi 

keltiriladi va ulardan qaysi biri talabnoma berilgan sanoat namunasiga eng yaqin analogi ekanligi 

ko'rsatiladi. 

Sanoat namunasining analoglari - bu uning ustuvorlik sanasigacha hamma foydalana olishi 

mumkin bo'lgan ma’lumotlardan ma’lum bo'lgan, talabnoma berilgan sanoat namunasi bilan aynan shu 

vazifaga mo'ljallangan buyumning tashqi ko'rinishiga mansub u bilan muhim alomatlar bo'yicha 

o'xshash badiiy-konstruktorlik yechimlaridir. 

Eng yaqin analog - bu talabnoma berilgan sanoat namunasi bilan muhim alomatlar majmui 

bo'yicha eng o'xshash analogidir. 

Ushbu bo'limda keltirilgan analoglarni ichiga olgan axborot manbalarining bibliografik 

ma’lumotlari, hamda talabnomada bo'lishi lozim bo'lgan eng yaqin analogining tasviriga ko'rsatma 

ko'rsatiladi. 

Talabnomada sanoat namunasining variantlari mavjud bo'lganida, odatda barcha variantlar 

uchun eng yaqin bo'lgan analog keltiriladi. 

Agar analoglardan hech biri bir vaqtning o'zida barcha variantlar uchun eng yaqin analog bo'la 

olmasa, ulardan har biriga eng yaqin analogi ko'rsatilishi mumkin. 

35. "Sanoat namunasi tasvirlarining va sanoat namunasini ko'rsatib beruvchi taqdim etilgan 

boshqa materiallarning ro'yxati" bo'limida tasvirlar, hamda agar ular taqdim etilgan bo'lsa, chizmalar, 

sxemalar, konfeksion kartalar ularning raqamlanishiga muvofiq sanab o'tiladi va ularning har birida 

nima tasvirlanganligi haqida qisqacha ko'rsatma keltiriladi. 

36. Sanoat namunasining mohiyati buyumning tasvirlarida aks ettirilgan va buyumning tashqi 

ko'rinishini uning talabnoma beruvchi tomonidan ko'rsatib o'tilgan alohida xususiyatlari bilan 

belgilaydigan uning muhim alomatlari bilan birgalikda keltirilgan alomatlar majmui bilan ta’riflanadi. 

Agar alomatlar buyumning tashqi ko'rinishi alohida xususiyatlarini, xususan shakli, 

konfiguratsiyasi, ornamenti va ranglarning ishlatilishini belgilasa, ular muhim alomatlarga mansub 

bo'ladi. 

Sanoat namunasining mohiyatini ochib berish uchun uning tasvirlarda aks ettirilgan muhim 

alomatlari majmuining so'z bilan ifodalangan ta’rifi tasvirlarga (shuningdek, buyumning umumiy 

ko'rinishi chizmasiga, ergonomik sxemasiga, konfeksion kartasiga, agar ular bo'lsa) havola qilingan 

holda keltiriladi. 

Bu holda talabnoma berilgan sanoat namunasining eng yaqin analogidan farqlanadigan muhim 

alomatlari ajratib ko'rsatiladi. 



37. Tavsifning "Sanoat namunasining mohiyati" bo'limida shuningdek talabnoma berilgan sanoat 

namunasining estetik va(yoki) ergonomik alohida xususiyatlari qayd etiladi va muhim alomatlarga, 

agar bu yaqqol namoyon bo'lmasa, ko'rsatilgan alohida xususiyatlarga ega bo'lgan buyumning tashqi 

ko'rinishini shakllantirishga taalluqli bo'lgan alomatlarning ta’siri tushuntirib beriladi. 

Estetik va(yoki) ergonomik alohida xususiyatlar, masalan quyidagilar bilan ifodalanishi mumkin: 

kompozitsiya elementlari qabul qilinishi ketma-ketligiga yordam beruvchi bosh alomat atrofida 

barcha alomatlarning birlashishi tufayli qismlar bo'ysunganligining ta’minlanganligi (tarmoqlangan 

fazoviy tuzilmaga ega obyekt uchun); 

boshqaruv organlari zonalariga to'liq yetib borish ularning har birining ishlatilishi va yetishish 

mumkinligini hisobga olgan holda ta’minlanganligi (uchuvchi kabinasi, avtomobil rultlari uchun); 

o'ramlanishi qadimiy quticha (shkatulka)ning yangilangan tasviri ko'rinishida bezatilgan, 

etiketkasi esa eskirib ketgan rarirus ko'rinishini aks ettirgan (tegishlicha choyning kolleksiya qilinadigan 

navlari va yuqori markali vinolar uchun); 

qo'llanilish vazifasi va foydalanish qulayligining alohida xususiyatlari aniqlangan (sport 

inventarlari va jihozlari, armiya aslahalari, murakkab maishiy elektrotexnika); 

mashinaning kuchi va quvvatini ifodalaydigan obrazning yaratilganligi (ekskavator uchun); 

razm solganda hosil bo'lgan obraz mashinaning ishlab chiqarish uchun emasligini, maishiy 

xarakterda ekanini aks ettiradi (bog'-tomorqa uchun minitraktor); 

mashinaning obrazli ta’rifida bolaning jismoniy layoqatsizligini rsixologik komrensasiyalash 

maqsadida uning maxsus vazifasi yashirilganligi (nogiron bolalar uchun velomobil). 

38. Asboblar, stanoklar va boshqa shunga o'xshash hajmli sanoat namunalarining tashqi 

ko'rinishini ta’riflashda ergonomik alohida xususiyatlarni tasdiqlash uchun sanoat namunasi sifatida 

talabnoma berilgan buyumning ishi va/yoki ishlatilishi, inson va buyumning o'zaro aloqalarining alohida 

xususiyatlarini ochib berish uchun buyum tashqi ko'rinishining muhim kompozitsion va funksional 

elementlari, bo'g'im va detallarining o'zaro ta’sirini ta’riflab berish lozim. 

39. Jamlama (to'plam)ni ta’riflashda uning tarkibiga kiradigan umumiy vazifani amalga 

oshiruvchi funksiyalarni bajaradigan barcha buyumlar ko'rsatiladi. Jamlama (to'plam) buyumlari barcha 

elementlarining badiiy-konstruktorlik yechimi shakl hosil qilishning yagona obrazli, masalan, plastik 

va/yoki stilistik tamoyilidan foydalangan holda bajarilishi lozim hamda tasvirda va muhim alomatlar 

majmuida o'z aksini torishi kerak. Jamlamaning barcha buyumlari uchun umumiy bo'lgan alomatlardan 

tashqari ayrim buyumlarning alohida xususiyatlarini ta’riflovchi alomatlar ko'rsatiladi. 


40. Talabnomada sanoat namunasining variantlari mavjud bo'lganida muhim alomatlar majmui 

barcha variantlar uchun, masalan, asosiy kompozitsion elementlar va ularning joylashishini, shakli, 

plastik ishlanganligi va boshqalarni ta’riflovchi, yagona ijodiy fikrni tasdiqlaydigan ustun alomatlarni 

ko'rsatgan holda to'liq bayon qilinadi va variantlarni bir-biridan farqlovchi alomatlar ajratib ko'rsatiladi. 

Variantlarni bir-biridan farqlovchi alomatlar, odatda asosiylariga qo'shimcha bo'lib hisoblanadi va 

asosiy kompozitsion elementlarning ishlanganligini, koloristik yechimini, qo'shimcha qismlar va 

elementlarni hamda ularni ishlanganligini va boshqalarni ta’riflaydi. 

41. Sanoat namunasining mohiyatini ochib berishda alomatni uni amalga oshirishning turli 

shakllarini ta’riflovchi muqobil tushunchalar ko'rinishida ifodalashga yo'l qo'yilmaydi. Agar alomatni 

amalga oshirishning turli shakllari boshqa alomatlar bilan birgalikda bir xil estetik va ergonomik alohida 

xususiyatlari bo'lgan buyumning tashqi ko'rinishini belgilasa, u amalga oshirishning ko'rsatilgan 

shakllarini tavsiflovchi alomatlar mansub bo'lgan holda sanoat namunasining variantlari ta’riflanadi. 

Masalan, shaklni "doirasimon yoki kvadrat" yoki "doirasimon, kvadrat" kabi ta’riflash noto'g'ri. Bitta 

variantda "doirasimon", ikkinchi variantda esa "kvadrat" kabi keltirish lozim. 

42. Sanoat namunasini ta’riflashda umuman buyumda yoki uning elementida so'zli belgilarning 

ma'no ishoralarini ifodalaydigan alomatlardan foydalanish kerak emas, chunki ma'no ishoralari 

buyumning tashqi ko'rinishi alohida xususiyatlariga ta’sir qilmaydi. 

43. Alomatning ta’rifini ushbu alomat ochib berilgan axborot manbaiga havola qilgan holda 

almashtirishga yo'l qo'yilmaydi. 

44. Asosida rivojlangan hajmiy-fazoviy tuzilma (masalan, stanok, qishloq xo'jaligi mashinasi, 

motosikl va shunga o'xshashlar) yotgan murakkab kompozitsiyaga ega bo'lgan buyumlarning badiiy-

konstruktorlik yechimlarini ta’riflash uchun xususan, quyidagi alomatlardan foydalaniladi: 

a) kompozitsion elementlarning mavjudligi; 

b) elementlarning o'zaro joylashganligi

v) kompozitsion elementlarning shakli. 

45. Monoblok kompozitsiyali buyumlarning (masalan, televizor, radiopriyomnik, shchit asbobi, 

shkatulka) badiiy-konstruktorlik yechimlarni hamda elementar geometrik hajmlarning (masalan, 

seksiyali mebel blok) nisbatlariga qurilgan yechimlarni ta’riflash uchun xususan, quyidagi alomatlardan 

foydalaniladi: 

a) kompozitsion elementlarning tarkibi va taqsimlanishi; 

b) odatda buyumning frontal yuzasida joylashgan ushbu elementlarning plastik, grafik, rangli va 

faktura yechimi. 



46. Tekis kompozitsiyaga ega bo'lgan badiiy-konstruktorlik yechimlarni (masalan, ro'mollar, 

matolar, gilamlar) ta’riflash uchun xususan, quyidagi alomatlardan foydalaniladi: 

a) kompozitsion qurilganligi; 

b) elementlar, ornament mavzularining ritmik tashkil qilinganligi, chiziqli-grafik nisbatlari; 

v) ornament mavzularini ishlanganligi; 

g) koloristik yechimi;  

d) faktura (mato iplarining to'qilmasi) tabiati.  

47. Kiyimning badiiy-konstruktorlik yechimini ta’riflash uchun xususan, quyidagi alomatlardan 

foydalaniladi: 

a) modelning hajmiy xarakteristikasi bo'lgan shakli; 

b) qismlarning o'zaro orasidagi nisbatlarini belgilaydigan proporsiyalar; 

v) modelning tekislik xarakteristikasi bo'lgan silueti; 

g) biron-bir elementlarning o'lchamli kema-ket kelishini belgilaydigan ritm; 

d) detallari, ya’ni kiyimning istalgan qismida uning yuzasiga qo'yiladigan elementlar, ularning 

shakli; 

e) ishlov berilganlik, ya’ni modelning yechimida manzarali ahamiyatga ega bo'lgan, buyumning 

utilitar qo'llanilishi nuqtai nazaridan funksional ahamiyatga ega bo'lmagan element, uning ishlatilishi 

bir vaqtning o'zida texnologik usul bo'lishi mumkin (masalan, kiyim chetlariga ishlov berish, chokning 

birlashtiruvchi detalini mustahkamlash va shunga o'xshashlar); 

j) alohida qismlarini birlashtirish va ajratish uchun buyumning tuzilmasiga kiradigan hamda 

dekorativ element vazifasini o'taydigan furnitura (tugmalar, ilgaklar va boshqalar); 

z) material. 

48. Poyabzalning badiiy-konstruktorlik yechimini ta’riflash uchun xususan, quyidagi alomatlardan 

foydalaniladi: 

a) jumladan kolodka shaklini ichiga oladigan, modelning hajmiy xarakteristikasi hisoblangan 

shakl; 


b) poyabzal yuqori va quyi qismining konstruksiyasi; 

v) konstruksiya elementlarining (tutashtiruvchi qismi, bersasi, orqa tomoni, qo'nji, tagligi va 

shunga o'xshashlarning) tarkibi, shakli va o'zaro joylashganligi; 


g) material, dekorativ alohida xususiyatlari bilan birga; 

d) ishlov berish detallari;  

e) furniturasi;  

j) koloristik yechimi. 

49. Buyumlarning jamlamalarining (to’plamlarining) badiiy-konstruktorlik yechimini ta’riflash 

uchun tegishli buyumlarning badiiy-konstruktorlik yechimini ta’riflash uchun ishlatiladigan alomatlardan 

tashqari xususan, quyidagilarni aks ettiradigan alomatlardan foydalaniladi: 

a) qismlarning o'zaro ta’sirlashish tabiati; 

b) elementlarning bo'ysunganligi; 

v) dastlabki elementlarning va ushbu elementlardan foydalanish asosida yaratilgan 

buyumlarning ham, umuman barcha jamlamaning (to’plamning) ham proporsional tuzilishi. 

50. Matbaa mahsulotlarining badiiy-konstruktorlik yechimini ta’riflashda (masalan, muqovalar, 

etiketkalar, yorliqlar, nakleykalar va shunga o'xshashlar) xususan, quyidagilarni aks ettiradigan 

alomatlardan foydalaniladi: 

a) kompozitsion qurilganligi;  

b) grafika elementlari, tasviriy mavzular, ornamentning ishlanganligi;  

v) shrift grafikasining joylashganligi va bajarilganligi (yozuvlarning ma'no va (yoki) fonetik  

mazmunisiz); 

g) koloristik yechimi. 

51. Tashqi ko'rinishi ikkita: yoriq (yig'ilgan) va ochiq holatlar bilan aniqlanadigan buyumlarning 

(masalan, shkaflar, muzlatgichlar, yoriq korrusdagi asboblar, telefon budkalari va shunga 

o'xshashlarning) badiiy-konstruktorlik yechimini ta’riflashda alomatlar sifatida buyumning tashqi 

ko'rinishining ham va ichki hajmining ham ishlanma elementlari bo'lishi mumkin. 

52. Badiiy-konstruktorlik yechimini ta’riflashda alomat shuningdek, buyum yoki uning elementi, 

tashqi ko'rinishining boshqa vazifadagi ma’lum buyum tashqi ko'rinishi bilan mos kelishini ko'rsatish 

yo'li bilan ham ifodalanishi mumkin. 

53. Talabnoma berilayotgan badiiy-konstruktorlik yechimida talabnoma topshirilgan yoki 

muhofaza hujjatlari olingan sanoat mulkining boshqa obyektlarining buyumlari mavjud bo'lganida va 

bu haqida talabnoma beruvchiga ma’lum bo'lsa, ushbu hujjatlar to'g'risidagi axborot manbalarini 

aniqlashga etarli bo'lgan ma’lumotlarni ko'rsatish lozim. 



54. Sanoat namunasining muhim alomatlar majmui tasvirlarda aks etgan patent bilan taqdim 

qilinuvchi so'ralayotgan huquqiy muhofaza hajmini belgilovchi alomatlarni to'g'ri talqin etish uchun 

mo'ljallangan. 

55. Muhim alomatlar majmuiga odatda, sanoat namunasining mohiyatini ochib berishga 

nisbatan ancha qisqaroq tuzilgan, muhim alomatlarga mansub barcha alomatlar kiritiladi. 

56. Muhim alomatlar majmuiga kiritilgan alomatlar sanoat namunasining mohiyatini uni ochib 

berishda foydalanilgan tushunchalar bilan ifodalashi lozim. 

57. Ro'yxatga kiritilgan alomatlarni absolyut o'lchamlar yoxud buyumning tasvirlangan 

elementlari o'lchamlarining ko'z bilan farqlanmaydigan nisbatlari bilan ifodalash tavsiya etilmaydi. 

Buyumni tamg'asi bo'lgan, xizmat va iste’mol ahamiyatiga ega bo'lgan grafika tasvirlarini (yuqoriga, 

dumalatilmasin, shtrix-kod va boshqalar), agar ular standart usulida bajarilgan bo'lsa tavsif ro'yxatiga 

kiritish tavsiya etilmaydi. 

58. Muhim alomatlar majmuiga kiritilgan alomatlar tinch holatda turgan buyumning tashqi 

ko'rinishini ta’riflash uchun imkon bergan holda bayon qilinadi. 

Buyumning tashqi ko'rinishini ta’riflashda uning o'zgartirilishi mumkinligini, shakl elementlarining 

holatni o'zgartirish imkoniyati bilan bajarilganligini va shunga o'xshashlarni ko'rsatishga yo'l qo'yiladi. 

59. Sanoat namunasining alomatlari muhim alomatlar majmuida shunday ifodalanadiki, bunda 

ushbu alomatlar ta’riflangan tushunchalarning ma'no mazmuni mutaxassis tomonidan buyum (maket, 

rasm) tasvirlaridagi tasvirlar elementlari bilan ularni aynanlashtirish uchun bir xil tushunish 

imkoniyatini ta’minlanishi kerak. 

60. Muhim alomatlar majmuidagi alomatning ta’rifi buyum (maket, rasm) tasvirlariga havola 

qilingan holda almashtirilishi mumkin emas, ushbu Qoidalarning 59-bandi talablari buzilmagan holda 

alomatni bunday havola qilmasdan ta’riflash mumkin bo'lmagan holatlar bundan mustasno. 

61. Sanoat namunasining muhim alomatlar majmui, odatda eng yaqin analogining alomatlari 

bilan mos keladigan sanoat namunasining muhim alomatlarini, shu jumladan vazifasini aks ettiruvchi 

turkum tushunchalarni ichiga oladigan cheklovchi qismdan va sanoat namunasini eng yaqin analogidan 

farqlaydigan muhim alomatlarni ichiga olgan farqlovchi qismidan iborat. 

62. Talabnomada sanoat namunasining variantlari mavjud bo'lganida muhim alomatlar majmui 

barcha variantlar uchun umumiy bo'lgan muhim alomatlarni (ham eng yaqin analogiga mos keladigan 

va hamda farqlanadigan), shu jumladan sanoat namunasining vazifasini aks ettiruvchi turkum 

tushunchalarni ichiga olgan qism ko'rinishida bayon qilinadi, so'ngra "1 (2 va boshqa)-variant 

quyidagilarning mavjudligi (bajarilganligi va shunga o'xshashlar) bilan ta’riflanadi" so'zlari bilan aniq bir 

ko'rsatilgan variantga xos muhim alomatlar keltiriladi. 


63. Sanoat namunasining muhim alomatlar majmui alohida varaqda taqdim etiladi. 

64. Umumiy ko'rinishning chizmasi sanoat namunasining mohiyatini ochib berish va uning tashqi 

o'lchamlari, proporsional nisbatlarini aniqlash uchun zarur bo'lgan hollarda taqdim etiladi. 

Chizmalar texnik chizmalarni tayyorlash qoidalariga binoan bajariladi. 

65. Ergonomoik ishlovni ko'zda tutadigan buyumga mansub sanoat namunasiga talabnoma 

topshirilganda, ushbu buyumning ergonomik sxemasi taqdim etiladi. 

66. Chizmalar va sxemalar tavsif matniga qat'iy muvofiq bo'lishi kerak. 

67. Chizma yoki sxemada buyum elementlarining predmet-fazoviy tashkil qilinganligini 

tavsiflovchi va inson faoliyatining funksional zonalarida asosiy elementlarning joylashuvi, buyumni 

tasarruf etish qulayligi to'g'risida fikr yuritishga imkon beruvchi buyum va uning elementlarining tashqi 

o'lchamlari (axborotni aks ettirish vositalari va boshqaruv organlarini joylashtirish balandligi, kengligi, 

chuqurligi, ish yuzasi, shaklning yaqin joylashgan elementlari orasidagi masofa) ko'rsatilishi lozim. 

68. Chizmalar va sxemalardagi asosiy shakl hosil qiluvchi elementlar tavsifdagi kabi o'sha arab 

raqamlari bilan belgilanadi. Chizmaning (sxemaning) bir qancha figuralaridagi aynan bitta detal yoki 

bo'g'im bitta raqam bilan belgilanadi. Tavsifda eslatib o'tilmagan havola qilinadigan belgilar 

chizmalarda (sxemalarda) qo'yilmaydi va aksincha. 

69. Chizmalardagi (sxemalardagi) chiqariladigan chiziqlar aniq bo'lishi kerak. Raqamli va harfli 

belgilarni qavslar, aylanalar yoki qo'shtirnoqlar ichida ko'rsatilishiga yo'l qo'yilmaydi. Raqamlar va 

harflarning balandligi 3,2 mm dan kam bo'lmasligi lozim. 

70. Chizmalar (sxemalar) "ochiq", "yoriq" kabi zarur bo'lgan so'zlardan tashqari hech qanday 

yozuvlarni ichiga olmasligi lozim. 

71. Chizmadagi tasvir odatda to'g'ri burchakli (ortogonal) proyeksiyalarda (turli ko'rinishlarda, 

qirqimlarda, kesimlarda) taqdim etilishi lozim. Yaqqol ko'rinishi uchun uni aksonometrik proyeksiyada 

taqdim etilishiga yo'l qo'yiladi. Chizmadagi har bir element boshqa barcha elementlarga proporsional 

holda bajariladi, elementni aniq tasvirlash uchun turli proporsiyalarning farqlanishi zarur bo'lgan hollar 

bundan mustasno. 

72. Chizmalar, sxemalar va izoh beruvchi rasmlar alohida varaqlarda taqdim etiladi va har bir 

varag'ining yuqorisidagi o'ng burchakda sanoat namunasining nomi keltirilishi tavsiya qilinadi. 

Chizmaning bitta varag'ida bir qancha figuralar joylashishi mumkin, bu holda ular bir-biridan 

aniq ajratilgan bo'lishi lozim. Agar ikki va undan ko'r varaqlarda joylashgan figuralar yagona figurani 

tashkil qilsa, u holda ushbu to'liq figura turli varaqlarda tasvirlangan biron-bir qismi qoldirilmay 

komronovka qilinishi mumkin bo'lgan holda joylashtiriladi. 



Alohida figuralar varaqda yoki varaqlarda varaqlar maksimal darajada to'ldirilgan holda, chizma 

esa varaqning uzun tomonidan vertikal holatda o'qish mumkin bo'lgan holda joylashtiriladi. 

73. Har bir chizma (sxema) figura sifatida, masalan, "fig.1", "fig.2" va boshqalar kabi tasvir 

turidan qat'iy nazar yagona raqamlash tartibida, tavsif matnida bayon qilinishi tartibiga muvofiq 

raqamlanadi. Agar tavsif bitta figura bilan izohlansa, u raqamlanmaydi. 

74. Yengil sanoat buyumlariga taalluqli sanoat namunasiga talabnoma topshirilganida 

talabnomaga zarur bo'lganda konfeksion karta, ya’ni buyumni tayyorlash uchun tavsiya etiladigan 

to'qimachilik, trikotaj materiallari, teri, furnitura, rardozlash va boshqalarning namunalari ilova qilinadi. 

Dekorativ materiallar, gilamlar, matolarning namunalari rasm rapporti o'lchamida taqdim etiladi. 


Katalog: edocs -> lexdocs -> laws
laws -> 25 may 2000 yil 69-ii-sonli
laws -> 1990 yil 31 oktyabr 152-xii-son
laws -> O'zbekiston Respublikasining 22 sentyabr 1994 yil 2012-xii-son Qonuniga muvofiq tasdiqlangan va
laws -> Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to'g'risida
laws -> Zbekiston respublikasining bojxona kodeksi
laws -> O'zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi direktorining 2004 yil 30 dekabrdagi 62- son buyrug'i bilan tasdiqlangan, O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2005 yilning 14 yanvarida 1443-son bilan ro'yxatdan o'tkazilgan
laws -> Qoidalari o'zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi direktorining 2002 yil 11 oktyabrdagi 51- son buyrug'i bilan tasdiqlangan
laws -> O'zbekiston respublikasining qonuni «naslchilik to'G'risida»
laws -> Tasdiqlangan
laws -> «tasdiqlangan»

Download 289.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling