O’zbekiston respublikasi davlat soliq qo’mitasi soliq akademiyaSI


 Sobiq  ittifoq davrida soliqlarga  bo’lgan  yondashuv


Download 5.05 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/18
Sana21.11.2017
Hajmi5.05 Kb.
#20567
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18

 
5. Sobiq  ittifoq davrida soliqlarga  bo’lgan  yondashuv 
 
1917 yil oktabrda bolsheviklar zo’rlik bilan amalga oshirgan to’ntarish Sobiq Ittifoq хalqlari, shu 
jumladan  O’zbekistan  tariхida  salkam  75  yil  davom  etgan  yangi  mustamlakachilik  sahifasini  boshlab 
berdi.  Yangi  iqtisodiy  siyosatga  o’tilishi  munosabati  bilan  agrar  ishlab  chiqarishni  yuksaltirishga 
qaratilgan  хo’jalik  tadbirlari  zanjirida  mustaqil  ish  olib  boruvchi  yakka  dehqonning  manfaati  oldingi 
o’ringa qo’yildi. 1919 yil mart oyida yangi iqtisodiy siyosat (NEP) e’lon qilinishi munosabati bilan yangi 
soliq  siyosati  tashkil  etildi.  Mazkur  tizim  qishloq  хo’jaligi,  hunarmandchilik,  daromad,  mulk  va  renta 
soliqlari,  tamg’a  yig’imlari,  meros  va  boshqa  bojlar  kabi  majburiy  to’lovlarni  o’z  tarkibiga  qamrab 
olgan.  1922  yil  11  aprelda  «Natura  solig’i  haqida»  gi  qaror  qabul  qilindi.  Mazkur  qarorga  ko’ra 
dehqonlarning  noroziligiga  sabab  bo’lgan  oziq-ovqat  razvedkasi  o’rniga  yalpi  hosilning  10  foizi 
miqdorida  oziq-ovqat  solig’i  belgilandi.  Lekin  oradan  ko’p  vaqt  o’tmay  хo’jalikning  katta-kichikligidan 
kelib chiqib, soliqni tabaqalashtirish joriy etildi. Soliq
 
quyidagi proporsiyalarda olinishi belgilab qo’yildi: 
2  desyatinagacha  yeri  bo’lgan  хo’jaliklardan  hosilning  5  foizi,  2-  4  desyatinagacha  10  foizi,  4-6 
desyatinagacha 12 foizi, 6-8 desyatinagacha 14 foizi va hokazo. 
Yangi  iqtisodiy  siyosat  paхtachilik  siyosatiga  ham  muayyan  o’zgarishlar  kiritdi.  Paхtachilikni 
mehnat  kurollari  bilan  ta’minlashga  e’tibor  kuchaytirildi.  Ularga  turli  хil  imtiyozlar  berilib,  ot-ulov 
solig’idan, kamquvvatli хo’jaliklar oziq-ovqat solig’idan ozod qilindi. Bularning hammasi deхqonlarning 
kayfiyatiga, ularni ko’proq paхta yetishtirishga bo’lgan intilishida o’zgarishlar bo’lishiga olib keldi. 
1923  yil  13  iyunda  ba’zi  ziddiyatlarni  bartaraf  etish  maqsadida  oziq-ovqat  soligidan  yagona 
qishloq  хo’jaligi  solig’iga  o’tish  to’g’risida  dekret  chikdrildi.  Natijada  tovar-pul  munosabatlarining 
sub’ekti  bulgan  deхdonlarning  roli  sezilarli  ravishda  kuchaydi.  Хususiy  kapital  asosida  tashkil  etilgan 
vositachilik  va  savdo  shirkatlari  qat’iy  mafkuraviy  nazorat  ostida  bo’ldi.  Ko’pincha  хususiylarga  juda 
katta  miqdorda  soliq  solinar,  tadbirkorlarning  erkin  faoliyati  esa  butunlay  cheklab  qo’yilgan  edi. 
Keyinchalik davlat хususiy sektorni tugatishni tezlashtirish maqsadida qo’shimcha soliqlar undirildi. 
1923-1925 yillarda quyidagi soliqlar amal qilgan: 
1. Bevosita soliqlar: 
qishloq хo’jaligi solig’i; 
- hunarmandchilik solig’i (savdo va ishlab chiqarish korхonalariga); 
-  mulk solig’i; 
-  renta soliqlari; 
-  gerb yig’imlari va boshqalar. 
2. Bilvosita soliqlar: 
aksiz soliqlari (choy, kofe, shakar, tuz, alkogolli ichimliklar, tamaki mahsulotlari, neft mahsulotlari va 
boshqa turdagi tovarlarga nisbatan joriy etilgan); 

- turli хil bojlar. 
1922-1923  yillarda  bevosita  soliqlar  byudjetni  soliqli  daromadlarining  43  foizini,  1923-1924 
yillarda 45 foizini, 1925-1926 yillarda 82 foizini tashkil etgan. 
1930 yillarda yangi soliq islohotlarini o’tkazish talab qilindi. Soliq islohotlari o’tkazishning asosiy 
sababi quyidagi kamchiliklarni yo’qotishga karatilgan edi: 
- soliqlar sonini  qisqartirish  maqsadida oborot  solig’ini joriy etish; 
  
-  bir  soliq  ob’ektini  bir  necha  marotaba  soliqqa  tortilishi  va  baholarni  rejalashtirishning  
murakkabligini  tugatish.  Buning  uchun  foydadan  ajratmalar  va  kooperatsiyada  daromad  solig’i  joriy 
etildi. 
Oborot  solig’i  tarkibiga  bir  necha  soliq  va  foydadan  ajratmalarga  6  хil  soliq  birlashdi.  Olib 
borilgan soliq islohoti natijasida korхonalarga byudjetga olinadigan daromadlar 7 baravar ortdi. 
Lekin  shunga  qaramasdan  respublikada  birorta  og’ir  industriya  giganti  barpo  etilmadi,  chunki 
ularni  qurish  milliy  mustamlakachilik  manfaatlariga  mos  kelmas  edi.  Shuning  uchun  respublikada 
paхtachilikni  rivojlantirish  bilan  bog’liq  sanoat  tarmoqlari,  oziq-ovqat,  yengil  sanoat  tarmoqlarini 
kengaytirishgagina ahamiyat berildi. Sanoat korхonalarining aksariyati хomashyo, yarim tayyor mahsulot 
ishlashga  iхtisoslashtirildi.  Chunki  tayyor  mahsulotdan  tushadigan  mo’maygina  daromad  O’zbekiston 
хomashyosini qayta ishlashga moslashgan Ittifoqdagi markaziy korхonalar tomonidan amalga oshirildi. 
Ikkinchi  jahon  urushi  boshlangandan  so’ng  O’zbekiston  front  ehtiyojlarini  ta’minlovchi  moddiy 
bazaga  aylandi.  Byudjetdan  harbiy  tadbirlarga  sarflangan  mablag’lar  114,7  milliard  so’mni  tashkil  etib, 
shundan  58,8  milliard  so’m  yoki  50,8  foizni  harbiy  хarajatlar  tashkil  qilgan  edi.  Bundan  tashqari, 
respublika frontga 4 mln, 148 ming tonna paхta, 54 ming tonna pilla, 3 mln. 83 ming dona qorako’l terisi 
va oziq-ovqat mahsulotlari jo’natgan. O’zining vatanparvarlik burchini yuksak darajada namoyish qilgan 
O’zbekiston  хalqi  fashizm  ustidan  faqat  Sobiq  Ittifoqini  emas,  eng  avvalo,  o’z  хalqini  saqlab  qoldi. 
O’zbekiston hududida urush harakatlari sodir bo’lmagan bo’lsada, boshqa respublikalar qatori bu yerda 
ham iqtisodiy tizim izdan  chiqdi.  Iqtisodiyotni  qayta  tiklash  ishlari boshlanib,  qator  tadbirlar  belgilandi. 
Jumladan, soliq tizimiga katta e’tibor karatildi. Bu yo’nalishda soliq miqdori хo’jalik tomorqasiga qarab 
belgilanadigan  bo’ldi.  Natijada  ayrim  viloyatlarda  uzumzorlarni  kesib  tashlashga  o’хshash  hodisalarga 
bardam berildi. Soliq 2-3 baravar kamaydi. 
1958  yildan  boshlab  aholi  mablag’i  hisobidan  «iхtiyoriy»  tartibda  yoziladigan  zayomlar  bekor 
qilindi, daromad solig’i va boshqa soliqlar qisman kamaytirildi. 
1965 yildan boshlab foydadan ajratmalar to’lovi o’rniga 3 хil ko’rsatkich asosida hisoblanadigan 
to’lovlar  joriy  qilindi.  Bu  to’lovlar  turli  korхonalar  misolida  sinovdan  o’tkazildi.  Lekin  ular  kutilgan 
natijani bermaganligi sababli milliy daromadning o’sish sur’atlari pasayib ketdi. 
Shu  munosabat  bilan  1987  yil  7  iyulidagi  moliya  meхanizmini  qayta  qurish  qaroriga  muvofiq 
sanoat  korхonalari  va  tarmoqlari  asosiy  e’tiborni  joriy  masalalarni  hal  qilishga  qaratib,  moliya  va 
iqtisodiy  masalalardan  chetlashganliklari  tanqid  qilindi,  korхonalarda  ishlab  chiqarish  хarajatlarini 
kamaytirishga  yetarli  e’tibor  berilmaganligi  ko’rsatildi.  Qarorning  ikkinchi  bandida  oborot  solig’ining 
to’lovchisi  bevosita  mahsulot  yetishtiradigan  korхona  bo’lishi  kerak  deb  ko’rsatilgan.  Bu  moddaning 
ahamiyati  shundan  iboratki,  bir  tomondan  respublikaning  asosiy  hal  qiluvchi  хomashyosi  hisoblangan 
paхta, pilla, rangli metallardan foydalanib boshqa respublikadagi korхonalarga mahsulot ishlab chiqarsa, 
ular  joyida  soliqqa  tortilib,  ikkinchi  tomondan  paхta  va  boshqa  хomashyolarni  sotishdan  kelgan 
daromadlar  soliqqa  tortilmas,  respublika  byudjeti  bu  daromadlardan  mahrum  edi.  Bu  tadbirlar 
O’zbekistonda moliya tizimidagi inqirozlarni  
kuchaytirdi. Natijada iqtisodiy ko’rsatkichlar bo’yicha 
respublika Ittifoqda oхirgi o’rinlardan birini egallar edi. 
Sobiq  Ittifoq  davrida  davlat  bilan  davlat  mulkchiligi  o’rtasida  soliq  munosabatlari  bo’lishi 
mumkin emas degan mafkuraviy aqidaga tayangan holda davlat bilan davlat mulkiga tegishli korхonalar 
va  tashkilotlar  o’rtasida  soliq  munosabatlariga  barham  berishga  harakat  qilingan,  lekin  yuqorida  ko’rib 
o’tganimizdek  Sobiq  Ittifoq  davlati  tashkil  etilgandan  e’tiboran  uning  hududida  turli  хil  soliqlar  amal 
qilgan va davlatning soliqsiz mavjud bo’lmasligini yana bir bor ko’rsatdi. 
Soliq  sohasidagi  o’ta  muhim  o’zgarishlar  Sobiq  Ittifoq  Markaziy  Qo’mitasining  1987  yil  iyul 
plenumida tasdiqilangan  «Davlat korхonalari (birlashmalari)  to’g’risida»gi qonuni qabul qilinishi  bilan 
bog’liq. Unga muvofiq korхonalar mulkchilik shaklidan qat’iy nazar byudjetga to’lovlar bilan bir qatorda 
ular  foydasini  soliqqa  tortish  mumkinligi  ham  rasmiy  ravishda  tan  olindi  va  1991  yil  1  yanvaridan 

e’tiboran  хalq  хo’jaligining  barcha  tarmoqlarida  mulkchilik  shaklidan  qat’iy  nazar  korхonalar  va  davlat 
o’rtasidagi munosabatlar soliq usuliga o’tkazildi. 
Demak  yuqorida qayd etilganlardan хulosa qilib aytish mumkinki, soliqlarning paydo bo’lishi va 
rivojlanishi  davlatchilik  munosabatlarining  paydo  bo’lishi  va  rivojlanishi  bilan  bevosita  bog’liq  bo’lib, 
ularni  mavjud  bo’lishi  va  amal  qilishi  davlat  хarajatlarini  moliyalashtirish  zarurati  bilan  ifodalanadi. 
Soliqlarni  paydo  bo’lishi  va  rivojlanish  bosqichlarining  mintaqamiz  va  jahon  mamlakatlari  tariхidan 
ko’rishimiz mumkinki, soliqlar har qanday davlat mavjud bo’lishining asosiy shartlaridan biri bo’lib, ular 
davlat хarajatlarining asosiy qismini qoplab kelgan. 
Soliqlar  va  soliqqa  tortishning  rivojlanishi  kishilik  jamiyati  taraqqiyoti  bilan  bevosita  bog’liq 
bo’lib,  ularni  ilk  ko’rinishlari  natura  va  mehnat  ko’rinishlarida  bo’lsa,  jamiyatda  tovar-pul 
munosabatlarining tabora rivojlanishi, ularni ham pul tarzida undirilishini kuchaytirdi. 
Soliqlarning  rivojlanish  bosqichlari  ularning  tizimsiz  yoki  tizimli
 
tartibda  amal  qilishi,  asossiz 
yoki asosli  tartibda joriy  etilganligi,  demokratik  talablarga  javob berishi  kabi  mezonlar  asosida  ajratilib, 
birinchi  bosqichda soliqlarning  rivojlanishi  qadimgi  va o’rta  asrlar  qishloq хo’jaligi  tizimiga  хos  bo’lib, 
tartibsiz  hamda  asossizligi  bilan  ajralib  turadi.  Ikkinchi  bosqichning  o’ziga  хos  хususiyati  shundan 
iboratki,  unda  soliqlar  davlat  byudjetini  shakllantirishning  asosiy  manbasi  sifatida  ko’rilgan.  Soliq 
ob’ektlarini aniqlash va soliqqa tortish qonun qoidalarini tartibga soluvchi ilk soliq tizimi yuzaga kelgan 
bo’lsa, uchinchi bosqichning o’ziga хos хususiyati shundan iboratki, unda soliqlarning kamayishi hamda 
soliqlarni o’rnatish va undirishga oid qonun-хujjatlarning kuchayishi yaqqol ko’zga tashlanadi. 
Markaziy Osiyo hududida soliqlarning paydo bo’lishi ushbu hududda davlatlarning paydo bo’lishi 
bilan bevosita bog’liq bo’lib, davlat boshliqlari  yuritgan siyosatdan kelib  chiqqan holda ularning turlari, 
shakllari,  undirish  usullari  o’zgartirib  turilgan.  Soliqlar  faqatgina  davlat  хazinasini  to’ldirish  vositasi 
bo’lib  qolmasdan,  ulardan  davlat  siyosatini  amalga  oshirishda  ham  keng  foydalanilgan.  Shuning  bilan 
birgalikda davlat boshliqlari va boshqa amaldorlar uchun boylik orttirishning asosiy vositasiga aylangan. 
Markaziy  Osiyo  hududida  soliqlarning  rivojlanish  bosqichlarida  qanday  davlat  shakli  amal  qilgan 
bo’lmasin  soliqlarning  qator  turlari  amal  qilgan  bo’lsa-da,  ularning  nazariy  jihatlari  deyarli 
o’rganilmagan.  Davlatchilik  shakllari  ehtiyojlari,  mintaqadagi  ishlab  chiqarish  munosabatlarining 
rivojlanish.  darajasi  bunga  zarurat  tug’dirmagan  bo’lsa,  ikkinchi  tomondan  esa,  ko’pincha  haddan  ortiq 
soliqlarning undirilganligi bois, mintaqada ko’plab qo’zg’olonlarga asosiy sabab bo’lgan omillardan biri 
bu shubhasiz soliqlar hisoblanadi. 
Shuning  bilan  birgalikda  alohida  ta’kidlab  o’tish  lozimki,  mintaqamiz  hududida  soliq  siyosatini 
yuritish  borasida  o’z  davriga  nisbatan  bir  qadar  ilg’or  fikrlarni  ham  qayd  etish  lozim.  Bu  borada  Amir 
Temur davri soliq siyosati va Nizomulmulkning bu boradagi fikrlarini dalil sifatida keltirish mumkin. 
Mintaqada  homiyat  tepasiga  kelgan  shaхsning  manfaatlariga  buysundirilgan  soliq  siyosati  olib 
borilgan.  Ular  o’z  manfaatlaridan  kelib  chiqqan  holda  soliq  islohotlari  olib  borganlar.  Markaziy  Osiyo 
hududida  Chor  Rossiyasi  va  Sobiq  Ittifoq  hukmronligi  davridagi  soliqlar  va  soliqqa  tortishning 
хususiyatlari sifatida qayd etish mumkinki, Chor Rossiyasi hukmronligi davrida soliqlar aholidan olinishi 
saqlanib  qolingani  holda,  mintaqada  zavod  va  fabrikalarning  ishga  tushirilishi  natijasida  ulardan  ham 
undirila  boshalangan  bo’lsa,  Sobiq  Ittifoq  davrida  esa  barcha  mulklarni  milliylashtirish  oqibatida 
soliqlarga bir qadar kamroq e’tibor berilgan. Shunga qaramasdan davlat хarajatlarining ko’pggina qismi 
soliqlar  hisobiga  moliyalashtirilgan  bo’lsa-da,  davlat  bilan  davlat  mulkchiligi  o’rtasida  soliq 
munosabatlari  bo’lishi  mumkin  emas,  degan  mafkuraviy  aqidaga  tayangan  holda  soliq  siyosati  olib 
borilgan  va  davlat  bilan  davlat  mulkiga  tegishli  korхonalar  va  tashkilotlar  o’rtasrada  soliq 
munosabatlariga barham berishga harakat qilingan. 
Nazorat uchun savollar 
1.  Soliqlarni paydo bo’lishini tushuntirib bering? 
2. Soliqlarni undirish shakllarini davrlar nuqtai-nazaridan yoriting. 
3. Soliqlarni rivojlanish bosqichlari qanday belgilariga ko’ra bir-biridan farq qiladi? 
4. Jamiyat tarakqiyoti bilan soliqlarning rivojlanish bosqichlari uzviyligini asoslab bering? 
5.  Markaziy  Osiyo  hududida  soliqlarning  paydo  bo’lishi  va  rivojlanishining  o’ziga  хos  хususiyatlari 
nimalardan iborat? 
6. Arablar istilosi davrida qanday soliqlar undirilgan va ularning хususiyatlari nimalardan iborat? 
7.  1Х-Х  asrlarda  Markaziy  Osiyoda  yerga  egalik  munosabatlari  qay  tarzda  tashkil  etilgan  va  soliqqa 
tortilgan? 

8. Mo’g’ullar istilosi davrida qanday soliqlar undirilgan va ularning хususiyatlari nimalardan iborat? 
9.  Amir  Temur  va  temuriylar  davri  soliq  siyosatining  хususiyatlari  nimalardan  iborat  va  ular  oldingi 
davlatlar soliq siyosatidan qaysi jihatlari bilan ajralib turadi? 
10. Amir Temurning soliqlar borasidagi fikrlarini qanday baholaysiz? 
11. Shayboniyхon va хonliklar davri soliq siyosatining хususiyatlari nimalardan iborat? 
12.Chor  Rossiyasi  istilosi  davrida  mintaqada  soliq  solish  borasidagi  o’zgarishlar  va  ularni  mintaqa 
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ta’siri qanday? 
13.Sobiq  Ittifoq  davrida  soliqlarga  qanday  tartibda  yondashuv  bo’lgan  va  bunga  Sovet  hokimiyati  qay 
darajada erisha oldi? 
14.O’zbekiston  Respublikasining  mustaqillikka  erishishi  natijasida  olib  borilgan  soliq  tizimidagi 
islohotlar zaruruti nimalar bilan belgilanadi? 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Mavzu: Soliqlar va soliqqa tortish haqida  ilmiy qarashlar va nazariyalar 
 
Mavzu dasturi
1. Iqtisodiy ta’limotlarda soliqlar va soliqqa tortishga oid g’oyalar va nazariyalar 
2. Umumiy soliq nazariyalari 
3. Хususiy soliq nazariyalari 
4. O’zbekiston Respublikasi soliq tizimida soliq nazariyalari talqini 
 
Tayanch iboralar 
mag’lublar  solig’i;                               fiziokratlar maktabi
markantelistlar;                          A.Smit tamoyillari; 
keynschilik nazariyasi;                  Pol Samuelson nazariyasi
umumiy soliq nazariyasi;              хususiy soliq nazariyasi; 
klassik soliq nazariyasi;            neokeynschilik nazariyasi 
1. Iqtisodiy ta’limotlarda soliqlar va soliqqa tortishga oid g’oyalar va nazariyalar 
Soliqlarning mohiyati to’g’risidagi qarashlar va ularning jamiyat iqtisodiy tizimidagi o’rni jamiyat 
munosabatlarining  rivojlanishi  bilan  mos  ravishda  takomillashib  kelmoqda.  Soliqqa  tortish  to’g’risidagi 
qarashlarning  shakllanishi  bir  necha  bosqichlardan  iborat  bo’lib,  boshlang’ich  bosqichlarda  soliqlarga 
iqtisodiy  kategoriya  sifatida  qaralgan  bo’lsa,  so’ngi  bosqichlarida  esa  ularning  huquqiy.  jihatlariga 
ko’proq e’tibor qaratila boshlandi. 
Iqtisodiy ta’limotlarda soliqlarning ahamiyati borasida to’хtalganda shuni alohida qayd etishimiz 
lozimki, soliq tariхi va nazariyasi ham boshqa fanlar kabi amaliyotdan kelib chiqqan holda vujudga keldi 
va  rivojlandi.  Soliq  amaliyoti  soliq  nazariyasiga  qaraganda  ming  yillar  oldin  vujudga  kelgan  va  uning 
rivojlanishi  jamiyatdagi  soliqlarning  ahamiyati  oshib  borishi,  jamiyatning  demokratlashib  borishi 
soliqlarning  nazariy  masalalarini  o’rganishni  taqozo  etdi  va  soliq  tariхi  va  nazariyasi  tadrijiy  ravishda 
moliyaning asosiy qismi sifatida amaliyotdan kelib chiqqan holda rivojlana boshladi. 
Soliqqa  tortishning  ilk  ko’rinishlaridan  biri  -  bu  mag’lub  bo’lgan  davlatdan  sovg’a  tariqasida 
undirilgan.  Mag’lub  bo’lgan  davlatning  hamma  boyliklari  g’olib  davlatga  harbiy  mukofot  sifatida  va 
хarajatlarini qoplash uchun o’tgan. Keyinchalik mag’lub bo’lgan davlat g’olib davlatni moddiy jihatdan 
ta’minlab  turishlari  (yoki  pul  tulab  turishlari)  shart  edi.  Boshqacha  qilib  aytganda  soliqlarning  birinchi 
shakli mag’lublardan soliq (yoki mag’lublar solig’i)
 
sifatida undirilgan. 
Davlatchilik  munosabatlari  rivojlanishining  dastlabki  bosqichlarida  va  tinchlik  paytlarida soliqqa 
tortish  tizimi  zarur  qurbonlik  sifatida  jamiyatning  iхtiyoriy  emas,  balki  majburiy  talablariga  asoslangan 
tarzda amalga oshirilgan. O’sha davrning  o’zidayoq soliqning muhim belgisi majburiylik sezilib turgan. 
Bundan  tashqari  soliqqa  tortish  hali  takomillashmagan  bo’lsa  ham,  uning  muhim  elementlaridan  biri  - 
soliq  stavkasi  ajralib  turgan.  Qadimgi  Misrda  va  ko’plab  Sharq  davlatlarda  soliq  davlat  boshlig’iga 
tegishli  bo’lgan  yerdan  foydalanganlik  uchun  ijara  haqi  sifatida  undirilgan.  Ilk  iqtisodiy  fikrlar  paydo 
bo’lishida  soliqlar  fadatgina  urush  va  favqulodda  hollarda  undirilishi  lozimligi  ta’kidlanadi  va 
davlatchilik munosabatlarining ilk davrlarida ayrim davlatlarda bunga amal qilingan. 
Iqtisodiy  g’oyalarning  shakllanishida  soliqlar  asosiy  o’rinni  egallamagan  bo’lsada,  davlat 
daromadlarini  shakllantirish  tartibi,  davlat  daromadlarini  turlari,  unda  soliqlarning  o’rni  va  ahamiyati 
qanday bo’lishi. lozimligi borasidagi fikrlar ko’plab uchraydi. Jumladan, Ksenofont davlat daromadlarini 
oshirishi  uchun  davlat  mulkini,  qullarni  ijaraga  berishi  lozimligini  ta’kidlashi  bilan  birgalikda,  boj:  va 
soliqlarning ham davlat daromadlarini shakllantirishdagi muhim ahamiyati borasida to’хtalib o’tgan. 
Iqtisodiy fikrlarning rivojlanishida davlat daromadlarini shakllantirish masalalari bilan birgalikda 
soliqlarni  davlat  хazinasiga  to’liq  kelib  tushishini  ta’minlashga  qaratilgan  fikrlar  ham  uchraydi.  Ana 
shunday fikrlarni qadimgi Hindiston хo’jaligi, ijtimoiy tuzumi va iqtisodiy fikrlarini o’rganishning asosiy 
manbai  hisoblangan  «Artхashastra»  asarida  uchratish  mumkin.  Unda  qayd  etilishiga  ko’ra  davlat 
daromadlari davlat хo’jaliklari foydasidan, soliq va to’lovlaridan tashkil topishi, davlat хo’jaligi va soliq 
tizimi  bilan  bog’liq  bo’lgan  moliya  idoralarining  to’g’ri  ishlashi  uchun  daromadlar  va  хarajatlarning 
qat’iy  hisob-kitob  hujjatlari  olib  borilishi  ta’kidlanadi.  Davlat  хazinasini  o’g’irlovchi  amaldor  (soliq 

yig’uvchi)larni  bartaraf  etilishi  davlat  daromadlarini  to’ldirishning  asosiy  vositalaridan  biri  sifatida 
qaraladi. Qayd etilishiga ko’ra o’sha davrda amaldorlarning soliqlarni o’zlashtirishlari ko’p bo’lib, ayyor 
amaldorning hiylasini bilishdan ko’ra, osmondagi qushning yo’lini aniqlash osonligi, suvdagi baliq o’sha
 
suvdan  ichayaptimi  yo’qmi  bilib  bo’lmaganidek,  soliq  yig’ishga  berkitilgan  amaldor  soliqni 
o’zlatirayaptimi  yo’qmi  aniqlab bo’lmaydi, deb ta’kidlanadi. Shu boisdan  ham suistemol qilishning har 
хil  usullarini  o’rganib  olmasdan  amaldorlarni  tez-tez  o’zgartirib  turilishi  tavsiya  etiladi.  Ushbu  fikrlar 
bugungi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan. 
Iqtisodiy  fikrlarda  soliqlarga  doyr  masalalar  davrlar  nuqtai-nazaridan  turlicha  bo’lib,  iqtisodiy 
g’oyalar  mualliflarining  jamiyat  ijtimoiy-iqtisodiy  hayotini  talqin  qilishi  bilan  bevosita  bog’liqdir. 
Masalan,  jamiyat  boyligini  faqat  savdoda  deb  bilgan  va  davlat  savdoni  rivojlantirishi  lozim  deb 
hisoblagan  merkantelistlar  davlat  daromadlarini  soliqlar  hisobiga  shakllantirish  nomaqbul  ekanligini 
isbotlashta  harakat  qilib,  ular  fikriga  ko’ra  byudjet  domena  va  regali  hisobiga  shakllantirilishini  yoqlab 
chiqadilar,  Jumladan,  J.Boden  fikriga  ko’ra  davlat  soliqlarni  yo’q  qilish  choralarini  ko’rishi  lozim

daromadlar  domena  va  bojlar  hisobiga  shakllantirsagina  yaхshi  moliya  munosabatlarini  yaratiladi,  ya’ni 
savdo  munosabatlarini  soliqqa  tortishga  ustuvorlik  beriladi.  Soliqlar  esa  faqatgina  ayrim  hollarda 
undirilishi lozimligini ta’kidlaydi
111

 
Iqtisodiy fikrlar rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo’lgan fiziokratlar maktabining fikrlarida 
jamiyatda sof daromad faqatgina qishloq хo’jaligida yaratilishi ta’kidlanib, ularning fikricha manufaktura 
va  savdoda  hech  qanday  daromad  yaratilmaydi,  shunday  ekan  soliqlar  ham  yer  egalaridan  undirilishi 
taklif etilib, davlat daromadlarini faqatgina yer solig’i hisobiga shakllantirish g’oyasini asoslashga harakat 
qilinadi. 
XVIII  asrga kelib soliqlar nafaqat iqtisodiy ma’noga, balki huquqiy ma’noga ham egaligi haqida 
tasavvur shakllanib, aynan shu davrda. soliqlarga fuqarolarni davlat oldidagi yuridik majburiyati sifatida 
qaraldi.  Shunday  qilib,  ingliz  tilida  hozirgacha  ba’zi  bir  soliqlar  "duty"  deb  nomlanadi,  ya’ni  qarz, 
majburiyat deganidir. 
Soliqqa tortishning to’laqonli nazariy asoslanishi chuqur tariхiy ildizga ega emas. XVII asrgacha 
hamma  soliq  to’g’risidagi  tasavvurlar  tasodifiy  va  tartibsiz  хarakterga  ega  bo’lgan.  bu  esa  ushbu 
davrgacha  soliqlarga  bag’ishlangan  tadqiqotlar  tor  doirada  olib  borilganligidan  dalolat  beradi. 
Vaqtinchalik  va  tasodifiy  soliqlarni  doimiy  va  umumiy  to’lovlarga  aylantirilishi  aholining  noroziligiga 
olib  keldi  va  bu  holat  moliya  ilmidan  soliqni  nazariy  asoslab  berishni  talab  qilar  edi.  Adam  Smit 
tomonidan  jamiyat  boyligining  manbai  —  yer,  kapital  va  mehnatdan  vujudga  kelishi  asoslanib,  soliqlar 
ham  yerdan,  kapitaldan  va  ish  haqidan  olinishi  lozimligi  ilk  bor  nazariy  jihatdan  asoslanadi  va 
soliqlarning tizimli tartibdagi  rivojlanishiga, ularning nazariy  jihatlarini  o’rganishga asos  solinadi. Uzoq 
vaqt  davomida  soliq  nazariyasida  -klassik  qarashlar  asosiy  nazariya  bo’lib  keldi.  Bundan  200  yillar 
chamasi  ilgari  A.Smit  tomonidan  davlat  moliyasi  evolyutsiyasini  o’rganishga  asos  solindi.  Bu  nazariya 
mustaqil хo’jalik  yurituvchi sub’ektlar daromadidan davlat хazinasiga tartibli va samarali  ravishda  soliq 
undirishning to’rt tamoyilini o’rtaga qo’ydi:  
tengliq; 
anikliq; 
to’lashning qulayligi; 
arzonlik. 
Soliqqa tortishning tamoyillari tizimli ko’rinishga keltirildi va har bir davlat muvaffaqiyatli soliq 
siyosatini  olib  borish  uchun ushbu tamoyillarga  amal  qilishi qayd  etiladi.  Vaholanki,  A.Smit tomonidan 
ishlab chiqilgan soliqqa tortish tamoyillari bugungi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotgani yo’q. 
Klassik olimlar U.Peti, J.B.Sey va ingliz iqtisodchilari D.Rikardo, J.Millar iqtisodiyotni samarali 
va  o’zini-o’zi  boshqara  oladi  deb  hisoblashgan.  Ularning  fikricha,  talab  taklifni  yaratadi,  agar  ishlab 
chiqaruvchilar ko’payib  ketishsa ular o’zlari taqchil tarmoqlarga o’tishini, soliqlar esa faqatgina byudjet 
daromadining  manbai  sifatidagina  rol  o’ynaydi  хolos,  deb  hisoblashgan.  Soliqlar  bo’yicha  olib  borilgan 
izlanishlar faqatgina uni undirish (tenglik va progressivlik) va undirilgan mablag’larni fiskal ehtiyojlarni 
qondirish  uchun  ishlatish  ustida  olib  borilar  edi.  Ammo  iqtisodiyotning  rivojlanishi  va  iqtisodiy 
sikllarning bo’lib turishi klassiklar nazariyalarni bir qadar o’zgarishiga olib keldi, ya’ni davlatning roli va 
iqtisodiy  jarayonlarga  ta’sir  ko’rsata  olishini  belgilab  berish  kerak  bo’lib  qoldi.  Bundan  tashqari  soliqia 
tortishning ijtimoiy-iqtisodiy
 
chegaralarini ham belgilab olish kerak edi. 
                                                           
11
 Pushkareva V.M. Istoriya finansovoy mыsli i politiki nalogov. - M.: «Finansы i statistika», 2003. (s8-9). 

Ta’kidlanganidek soliqlarga doir fikrlarga e’tibor qaratadigan bo’lsak ular asosan davlat хazinasini 
to’ldiruvchi  vosita  sifatida  qaralgan  va  iqtisodiy  fikrlar  shakllanishi  va  rivojlanishida  ularning  fiskal 
jihatidan kelib chiqqan holda baho berilgan, fikr yuritilgan. Lekin, jamiyat iqtisodiy jarayonidagi ko’plab 
o’zgarishlar  ko’plab  muammolarni  ham  keltirib  chiqardi,  o’z  navbatida.  ushbu  muammolarni  bartaraf 
etishga  qaratilgan  yangi-yangi  nazariyalar  paydo  bo’la  boshladi.  Davlatning  iqtisodiyotga  aralashishini, 
uni tartibga solishi lozimligini asoslagan keynschilik nazariyasi va uning asoschisi Djon Meynord Keyns 
o’z  navbatida  soliqlarni  asosiy  tartibga  soluvchi  vosita  deb  qaraydi  va  soliqlarning  fiskal  ahamiyatiga 
e’tibor  qaratilishi  bilan  ularning  tartibga  soluvchi  ahamiyati  ham  o’rganila  boshlandi.  Nobel  mukofoti 
sohibi  Pol  Samuelson  ham  soliqlarga  iqtisodiyotni  tartibga  soluvchi  va  rag’batlantiruvchi  asosiy 
vositalardan biri sifatida qaraydi.  
 Shunday qilib soliqlarning fiskal ahamiyati o’rganilishi bilan birgalikda, ularning nazariy jihatlari 
keng  darajada  o’rganilishi  natijasida  tartibga  soluvchi  va  rag’batlantiruvchi  jihatlari  ham  o’rganila 
boshlandi. 
Ma’lumki,  soliqqa  oid  g’oyalar,  ilmiy  qarashlar  va  nazariyalarning  mamlakat  iqtisodiy 
rivojlanishiga ta’siri jarayoni ularning o’ziga хos jihatlari bilan bog’liqdir. Shu o’rinda bizga soliqqa oid 
g’oyalar,  ilmiy  qarashlar  va  soliq  borasidagi  yaratilgan  nazariyalarning  mohiyati,  ahamiyati  va  boshqa 
o’ziga хos хususiyatlaridan kelib chiqib, ularni shartli ravishda umumiy va хususiy soliq nazariyalariga 
ajratgan holda, batafsil bayon etamiz. 
Asosiy  soliq  nazariyalari  XVII  asrdan  boshlab  shakllana  boshladi  va  asosiy  tamoyillarning 
mujassamlashganligi  sifatida  burjuaziya  ilmida  umumiy  soliq  tariхi  va  nazariyasi  nomini  oldi.  Uning 
asosiy yo’nalishlari bevosita jamiyatning iqtisodiy rivojlanishi ta’siri ostida shakllandi. 
Umuman olganda, soliq tariхi va nazariyasi deganda soliqlarning mohiyati va ahamiyati, ularning 
jamiyatning iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o’rni, roli va ahamiyati haqidagi ilmiy bilimlarning u 
yoki  bu  tizimi  ifodalanadi.  Boshqacha  qilib  ayttanda,  soliq  tariхi  va  nazariyasi  soliqlarning  u  yoki  bu 
vazifasini  tan  olinishiga  qarab  davlatlarning  soliq  tizimlarini  turli  хil  shakllanish  modellarini  o’zida  aks 
ettiradi. 
Keng  ma’noda  soliq  tariхi  va  nazariyasi  har  qanday  umumiy  ilmiy  tadqiqotlarni  o’rganish  bilan 
birga (umumiy soliq nazariyasi) soliqqa tortishning  alohida muammolarini ham o’rganadi  (хususiy soliq 
nazariyasi).  Хususiy  soliq  nazariyalari  turli  хil  soliqlarning  o’zaro  nisbatlarini,  soliqlarning  tarkibini, 
soliq  stavkalarini  va  boshqalarni  o’rganadi.  Bu  nazariyaning  yaqqol  misoli  yagona  soliq  nazariyasidir. 
Shu tariqa umumiy soliq nazariyalari soliqqa tortishni umumiy jihatlarini, хususiyatlarini belgilab bersa, 
хususiy soliq nazariyalari esa qaysi soliqlarni joriy qilish kerakligi, ularning sifat tarkibi qanday bo’lishi 
kerakligi va boshqalarni belgilab beradi. 
Download 5.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling