O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi «Tasdiqlayman»


Download 88.95 Kb.
Sana01.10.2020
Hajmi88.95 Kb.
#132125
Bog'liq
1. Algebra fani o'quv dasturi


O‘zbekiston Respublikasi

Davlat xavfsizlik xizmati

Temurbeklar maktabi”



harbiy-akademik litseyi

«Tasdiqlayman»

Davlat xavfsizlik xizmati

“Temurbeklar maktabi”

harbiy-akademik litseyi

direktori

__________ S.A.Raxmatullayev

“__” _________ 2020 yil DXX “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi direktori

Temurbeklar maktabi” ____________ S.A.Raxmatullayev



harbiy-akademik litseyi “__” _________ 2020 yil




Algebra fanidan

2020-2021 o’quv yiliga mo’ljallangan ishchi o’quv
DASTURI

“Kelishilgan”

Aniq fanlar

o‘quv qismi mudiri


_____________ F.X.Xasanov













__________D.H.Aminova




“Kelishilgan”

O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari ___________O.Q.Piraliyev





O’quv-uslubiy majmua ijtimoiy-gumanitar fanlar o’quv qismining

“__” _______ 2020- yil №1-sonli majlisida muhokama qilingan va ma’qullangan
TOSHKENT-2020

Ushbu dastur O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Oliy va o’rta maxsus, kasb-hunar tayyorlov yo’nalishlari bo’yicha Muvofiqlashtiruvchi kengashning 2018-yil 18-avgustdagi 4-son majlis bayoni bilan ma’qullangan va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2018-yil 25-avgustdagi 744-son buyrug’i bilan tasdiqlangan namunaviy dastur asosida tuzildi.


Tuzuvchilar: D.M.Taylakov – O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi matematika fani o’qituvchisi.

R.T.Aminov – O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi matematika fani o’qituvchisi.



T A Q R I Z

Ushbu algebra fanidan o’quv dasturi harbiy-akademik litseyning ijtimoiy-gumanitar fanlar yo'nalishiga mo'ljallangan bo'lib, DTS dagi barcha materialni o'z ichiga qamrab olgan o'quv dasturi asosida tuzilgan. Dastur mualliflari o’z tajribalari asosida algebra fani bo'yicha 3 boblik dasturdagi mavzular ketma-ketligini qulay qilib tuzishga muvaffaq bo'lganlar. Ishchi o'quv dasturda o'quvchilarning mustaqil ishi hamda nazorat ishlari uchun soatlarning ajratilganligi o'qituvchiga ancha qulaylik tug'diradi.

Dasturning ikkinchi qismi bo'lgan mavzularning soatlar bo'yicha taqsimoti bo'yicha taqsimoti ham qo'lay variantda har bir mavzu ikki soatga mo'ljallangan. Umuman olganda bu ishchi dastur talab darajasida tuzilgan.

Taqrizchi: ________________________________________________________


Kirish
Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimidagi ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qabul qilingan konsepsiyalarni amalga oshirish doirasida har tomonlama rivojlangan, bilimdon, xalqiga, shuningdek, Vatanga xizmat qilish ishiga sodiq yoshlarni tarbiyalash asosida uzluksiz ta’lim yotadi. Uzluksiz ta’lim malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bo‘lib, ta’limning barcha turlarini, davlat ta’lim standartlarini kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning faoliyat ko‘rsatish muhitini o‘z ichiga oladi.

Umumiy o‘rta ta’lim negizida o‘qish ikki yil bo‘lgan harbiy-akademik litsey uzluksiz ta’lim tizimidagi mustaqil turdir. O‘quvchilarning imkoniyatlarini va qiziqishlarini hisobga olgan holda ularning jadal intelektual rivojlanishini chuqur, sohalashtirilgan, tabaqalashtirilgan, kasbga yo‘naltirilgan ta’lim olishini ta’minlaydi. Yuqoridagi maqsadlarni e’tiborga olgan holda biz quyida harbiy-akademik litseyi uchun algebra fani bo‘yicha uzviylashtirilgan dasturni havola qilamiz.

Dastur ijtimoiy-gumanitar yo’nalishdagi harbiy-akademik litseyning I bosqich, I semestriga mo’ljallangan. Dasturda algebra fani soatlari miqdori 36 soatni tashkil etadi.
TA’LIMNING MAZMUNI


  1. KURS


ALGEBRA
O‘quvchilar o‘quv faoliyati natijalariga qo‘yiladigan talablar:

kundalik faoliyatda turli diagramma, chizma va modellarni o‘qiydi;

to‘plam tushunchasi, chekli va cheksiz, bo‘sh, universal to‘plam to‘g‘risida ma’lumot beradi, ularga misollar keltiradi; chekli to‘plamlar kesishmasi, birlashmasi, ayirmasi, to‘ldiruvchisini topadi; to‘plamlarni Venn diagrammalari yordamida tasvirlaydi; to‘plamlar elementlari sonini hisoblashga oid amaliy masalalarni yechadi;

sodda foizlar, murakkab foizlarga oid masalalarni yechadi;


I SEMESTR (36 SOAT)
I BOB. TO‘PLAMLAR VA MANTIQ ELEMENTLARI (4 SOAT)
To‘plamlar. To‘plam tushunchasi, bo‘sh va qism to‘plamlar, to‘plamlar ustida amallar; to‘ldiruvchi to‘plam. Amaliy mashq va tatbiq. (2)

Mulohazalar va ular ustida amallar. Inkor mulohaza. Shartli mulohaza. Shartli mulohaza turlari.Mantiq elementlari. Mantiqiy amallar (implikatsiya, konyuksiya, dizyuksiya, ekvivalentlik). Mavjudlik va ixtiyoriylik kvantorlari. Mulohazalar algebrasi. Mantiq qonunlari.



Amaliy mashq va tatbiq (2)
II BOB. HAQIQIY SONLAR (16 SOAT)

Tub sonlar. Bo‘linish alomatlari. EKUK va EKUB. Natural sonning bo‘luvchilari soni.

Evklid algoritmi. Qoldiqli bo‘lish, qoldiqlari bir xil sonlar. Taqqoslama va uning xossalari. Amaliy mashq va tatbiq. (2)

Rasional sonlar. Butun sonlar. Oddiy kasrlar. O‘nli kasrlar. Davriy kasrlar. Ratsional sonlar ustida amallar. Amaliy mashq va tatbiq. (2)



Irratsional sonlar. Kvadrati ikkiga teng bo‘lgan ratsional sonning mavjud ekanligi. Irratsional sonlarni taqqoslash. Amaliy mashq va tatbiq. (2)

1-Oraliq nazorat. (2)

Son o‘qi. Sonli oraliqlar. Sonning absolyut qiymati. Son modulining xossalari. Amaliy mashq va tatbiq. (2)



Nisbat, proporsiya. Protsent va murakkab protsentlar. Amaliy, kundalik turmushda uchraydigan va fanlararo bog‘liqdagi masalalarni yechish. Amaliy mashq va tatbiq. (2)

Ratsional ko‘rsatkichli daraja va uning xossalari.n – darajali ildiz, n – darajali arifmetik ildiz. Ko‘paytma, bo‘linma va darajalardan ildiz chiqarish. Ratsional ifodalar va ular ustida shakl almashtirishlar.Amaliy mashq va tatbiq.(2)

Irratsional ifodalarni soddalashtirish. Ular ustida amallar. Murakkab ildiz ko‘rinishdagi ifodalar. Algebraning asosiy teoremasi(isbotsiz). Teng kuchli tenglamalar haqida teoremalar. Chiziqli tenglamalar va ularni yechish. Amaliy mashq va tatbiq.(2)

III BOB. TENGLAMA VA TENGSIZLIKLAR (16 SOAT)

To‘la kvadrat tenglama, ildizlarini topish formulasini keltirib chiqarish. Diskriminant haqida tushuncha. Kvadrat tenglamaning xususiy hollari. Viyet teoremasi. Viyetning umumlashgan teoremasi. Kvadrat uchhadni chiziqli ko‘paytuvchilarga ajratish Amaliy mashq va tatbiq.(2)

2-Oraliq nazorat.(2)

Bikvadrat tenglamalarni yechish. Qaytma tenglamalar. Yuqori darajali tenglamalarni yechish. Butun koeffisentli ko‘phadning ildizlarini topish. Simmetrik ko‘phadlar va tadbiqlari. Amaliy mashq va tatbiq.(2)

Ko‘p noma’lumli tenglamalar sistemasi haqida tushuncha . Ikki noma’lumli ikki chiziqli tenglamalar sistemasi, ularni yechish usullari. Chiziqli bo‘lmagan tenglamalar sistemalari. Parametrik tenglama va tenglamalar sistemasi. Matnli masalalar. Amaliy mashq va tatbiq.(2)

Sonli tengsizliklar va ularning xossalari. Ba’zi tengsizliklarni isbotlash usullari, Koshi tengsizligi. O‘rta arifmetik va geometrik miqdorlar orasidagi munosabatlar.(2)

Amaliy mashq va tatbiq.(2)

Bir noma’lumli chiziqli tengsizliklar va bir noma’lumli chiziqli tengsizliklar sistemasini yechish.(2)

Kvadrat tengsizliklarni yechish. Yuqori darajali tengsizliklarni yechish, oraliqlar usuli.(2)

Yakuniy nazorat.
MATEMATIKA FANI MAVZULARINING TAQSIMLANISHI


t/r

Fanning bo‘limlari nomi

Umumiy yuklama, soat

Hammasi

Darslar turi bo‘yicha soatlar taqsimoti (auditoriya yuklamasi)

Mustaqil ish

Jami

Nazariy (ma’ruza)

Amaliy

I KURS

1 semestr (8 hafta) - 16 soat

1

To‘plamlar va mantiq elementlari

4

4

2

2

2

2

Haqiqiy sonlar

16

16

7

9

6




Tenglama va tengsizliklar

16

16

7

9

7




Jami

51

36

16

20

15


TAVSIYA ETILADIGAN ADABIYOTLAR:


  1. Matematika 1 qism, A.Meliqulov v.b., "O‘qituvchi" 2014

  2. Matematika 10 sinf 1 qism, M.Mirzaahmedov v.b., "Ekstremum press" 2014

  3. Matematikadan masalalar to‘plami, M.I.Skanavi v.b.

  4. Matematikadan chuqurlashtirilgan testlar to‘plami, N.Narziev v.b., "Fan" 2018

  5. O‘quvchilarni matematik olimpiadalarga tayyorlash, M.A.Mirzaahmedov, D.A.Sotiboldiev, "YAngi kitob" 2019

  6. Matematika 2 qism, A.Meliqulov v.b., "O‘qituvchi" 2014

  7. Geometriya, N.Sayfullaeva, "O‘qituvchi" 2005

  8. Matematika 10 sinf 2 qism, M.Mirzaahmedov v.b., "Ekstremum press" 2014

  9. A.V.Pogorelov 7-11 sinf, "O‘qituvchi"

  10. Geometriya 2 qism, I.Isroilov, Z.Pashaev, "O‘qituvchi" 2010

  11. Geometriya, N.Sayfullaeva, "O‘qituvchi" 2005

  12. Algebra va analiz asoslari 1-qism, A.Abduhamidov v.b., "O’qituvchi" 2014

Download 88.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling