O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi sirdaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi


Download 32.3 Kb.
Sana31.03.2023
Hajmi32.3 Kb.
#1313375
Bog'liq
Сардоба яшил макон маълумоти



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI

SIRDARYO VILOYATI ICHKI ISHLAR BOSHQARMASI


OQOLTIN TUMANI ICHKI ISHLAR BO‘LIMI



36/______




2023 yil « ____ » ___________

Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘i polkovnik
S.B.Djabarovga


Davlatimiz rahbari tomonidan e’lon qilingan «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida Oqoltin tumani Ichki ishlar bo‘limi tomonidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida


M A ‘ L U M O T N O M A

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 04 mart kunidagi 91-f-sonli farmoyishi hamda IIVning 2023 yil 07 mart kunidagi


2/800-sonli ko‘rsatmasiga asosan, mamlakatimizda “Navro‘z” umumxalq bayramini munosib nishonlash hamda muborak Ramazon oyini qarshi olishga tayyorgarlik ko‘rish, mahallalar, aholi turar joylari, xiyobonlar, ziyoratgohlar, qabristonlar hamda bolalar maydonchalarini obodonlashtirish, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ko‘kalamzorlashtirish tadbirlarini davom ettirish, shuningdek, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlash maqsadida, 2023 yil 18 mart kuni “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish umumxalq xayriya hasharini o‘tkazish belgilangan.
Ozodalik, poklik, saranjom va sarishtalik yurtimizning yanada ko‘rkam bo‘lishiga zamin yaratadi. Bunda xalqimizning yillar davomida shakllangan ezgu qadriyati – hashar muhim o‘rin tutadi.
Hasharda xalqimizga xos bag‘rikenglik, o‘zaro hamjihatlik, umumxalq bayrami oldidan mahallalar, ko‘chalar va aholi turar joylarini obodonlashtirish ishlari uyushqoqlik va hamjihatlik bilan amalga oshiriladi.
Hasharda ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan daraxtlarga alohida parvarish berilib, ularning shohlari tekislanib, oqlandi va yon atrofga yangi ko‘chatlar o‘tkazildi.
Jumladan, Oqoltin tumani hududida ham “Yashil makon” umummilliy loyihasining bahorgi mavsumida ko‘chat ekish ishlari boshlandi. Xususan, 2023 yilning 18 mart kuni yashil maydonlarni ko‘paytirish maqsadida ma’muriy binoning олди томонидаги bo‘sh turgan 2 сотих yer maydoni shudgor qilinib, 32 dona dan ziyod mevali va manzarali daraxt ko‘chatlar ekilib, хамда 10 дона арча дарахтлари экилиб kichik bog‘ tashkil etildi.
Soha vakillari shu kuni “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida o‘z faolliklarini namoyish qilib, tuproq unumdorligini hisobga olgan holda, Oqoltin tumani hududi iqlimiga mos jami 18 минг tup manzarali daraxt va buta ko‘chatlari ekilishini ta’minladi.
Ko‘chat ekish hamda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarida туман ichki ishlar bo‘liмининг tashkiliy bo‘linma, huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmasi, tergov, Probatsiya, Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish hamda jinoyat qidiruv guruhi xodimlari faol ishtirok etishdi.
Bundan tashqari, Oqoltin tumani 3-sektor hududidagi Мустакиллик, Обод, Тошкент, Янгихаёт mahallalarda xam xayriya hashari orqali keng ko‘lamli ishlar olib borildi. Jumladan;
Сектор худудида яшовчи кам таминланган 10 та хонадонга 2 кг дан гўшт махсулотлари тарқатилди. Ushbu xasharda mehnat qilayotgan xodimlarga dasturxon yozilib, doshqozon osilib, osh damlanib xasharchilarga tortildi.
Yurtning obod bo‘lishiga o‘zining munosib hissasini qo‘shishni insoniy burchi deb bilgan tuman IIB xodimlari ayni damda hasharni mahallalarda davom ettirmoqdalar.
Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ekiladigan daraxtlar zaminimizni yashillikka burkashi, chiroyiga chiroy qo‘shishi shubhasiz!
Zero, bu borada Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, “Daraxt havas bilan ekilishi, xalqimiz, mahallalarimizning madaniyatiga aylanishi lozim”.


Oqoltin tumani IIB boshlig‘i
podpolkovnik Х.Э.Джавлонов
Download 32.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling