O’zbekiston Respublikasi Konistitutsiyasi 5-modda


Download 47.26 Kb.
Sana09.12.2022
Hajmi47.26 Kb.
#984277
Bog'liq
Sud
fizika kechki, модел диссер rus, bvbnvjhy, JEMM2022006, dasturlar uchun, Boshlang\'ich, Aqlli shahar, Algoritmik tillar va dasturlash FAN DASTUR amaliy 22-23 (1), Название документа, Raxmonov Firdavs, 1-TAJRIBA, Dilmurod Ishmirzayev Raxim o\'g\'li, alkjdsnf, bayonnoma 37 2, 4-MARUZA

O’zbekiston Respublikasi Konistitutsiyasi 5-modda

  • Konstitutsiyaviy sud O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tavsiya etgan shaxslar orasidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasining vakilini qo‘shgan holda saylanadi.

O’zbekiston Respublikasi Konistitutsiyasi 9-modda

  • Konstitutsiyaviy sud hamda uning sudyalari o‘z faoliyatida mustaqildir va faqat O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga bo‘ysunadi.
  • Konstitutsiyaviy sudning sudyalari hujjat qabul qilar ekan, amaliy maqsadga muvofiqlik mulohazalari, siyosiy moyilligidan va boshqa tashqi ta’sirlardan xoli bo‘lgan o‘z huquqiy nuqtai nazarini ifodalaydi.
  • Konstitutsiyaviy sudning faoliyatiga aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi va bunday aralashish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi

O’zbekiston Respublikasi Konistitutsiyasi 18-modda

  • Konstitutsiyaviy sud sudyasining qasamyodi
  • Birinchi bor Konstitutsiyaviy sudning sudyasi etib saylangan shaxs quyidagi mazmunda qasamyod qiladi:
  • “Konstitutsiyaviy sudning sudyasi vazifalarini halol va vijdonan bajarishga, konstitutsiyaviy tuzumni himoya qilishga, bunda faqat O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga bo‘ysunishga tantanali qasamyod qilaman”.
  • Qasamyod Konstitutsiyaviy sudning sudyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining mazkur sudya saylangan majlisida qilinadi.

O’zbekiston Respublikasi Konistitutsiyasi 16-modda

  • Konstitutsiyaviy sudning sudyasi lavozimiga nomzodga qo‘yiladigan talablar. Konstitutsiyaviy sud sudyalarining malaka darajalari
  • Siyosat va huquq sohasi mutaxassisi bo‘lgan, yuksak ma’naviy fazilatlarga va zarur malakaga ega bo‘lgan, o‘ttiz besh yoshdan kichik bo‘lmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi Konstitutsiyaviy sudning sudyasi etib saylanishi mumkin.
  • Konstitutsiyaviy sudning sudyasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Oliy malaka yoki Birinchi malaka darajalari beriladi.

O’zbekiston Respublikasi Konistitutsiyasi 13-modda

  • Konstitutsiyaviy sud hujjatlari va talablarining majburiyligi
  • Konstitutsiyaviy sudning hujjatlari barcha davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shuningdek korxonalar, muassasalar, tashkilotlar hamda jamoat birlashmalari, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiydir.
  • Konstitutsiyaviy sudning normativ-huquqiy hujjatlarni, hujjatlar va ularning nusxalarini taqdim etish to‘g‘risidagi, ko‘rib chiqilayotgan masalalar yuzasidan tushuntirishlar va maslahatlar berish haqidagi talablari ular yuborilgan barcha organlar uchun majburiydir.

Download 47.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling