О'zbekiston Respublikasi Konstitusiyaning qabul qilinishi va uning tarixiy ahamiyati
Download 7.76 Kb.
|
Konstitutsiyaning qabul qilinishi
Цемент заводи экология1
О'zbekiston Respublikasi Konstitusiyaning qabul qilinishi va uning tarixiy ahamiyati Eshpo'latov Xurshid 102-guruh 202X Reja: 01 02 03 04 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi – mustaqil davlatning asosiy qonuni. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining tuzilishi. 1-topshiriq Mavzu yuzasidan berilgan savollargajavobyozing. 1. Konstitutsiya nima? 2. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy komissiya haqida nima bilasiz? 3. Sizningcha O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabulqilinishining tarixiy ahamiyati nimada? 2-topshiriq. Quyidagi jadvalda berilgan topshiriqni bajaring.
Click here to add content of the text Konstitutsiya – davlatning xalq irodasini ifodalovchi, davlat tuzilishi va boshqaruv shakli asoslarini mustahkamlovchi, hokimiyat idoralari faoliyatining tashkil etilish tartibi va prinsiplarini belgilovchi asosiy qonuni hisoblanadi. Konstitutsiya lotincha “constitutio” – tuzilish degan ma'noni anglatib, bugungi o'zbek tiliga mazmunan o'girganda eski turkiy tildagi “tuzmoq” fe'li asosida yuzaga kelgan “tuzuk” so'ziga to'g'ri keladi. “Amir Temur tuzuklari” ham о'ziga xos bir Konstitusiya hisoblanadi. Konstitutsiya shaxs, jamiyat va davlat o'rtasida vujudga keladigan eng muhim ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi, oliy yuridik maqomga ega normativ-huquqiy hujjat hisoblanadi. Shu jihatdan Konstitutsiya o'z mazmun - mohiyatiga ko'ra jamiyat va davlatning rivojlanish qonuniyatlarini o'zida namoyon etadi. Enter title O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yaratilish tarixi davlat mustaqilligini e'lon qilinishidan bir necha yil oldin boshlangan edi. 1990-yil 20-iyunda O'zbekiston Oliy Kengashining ikkinchi sessiyasida respublika Prezidenti I.A.Karimov raisligida 64 kishidan iborat Konstitutsiya komissiyasi tuzildi. O'zbekiston Konstitutsiyasi loyihasini ishlab chiqishga oid barcha tayyorgarlik ishlari muvofiqlashtirishini ta'minlash maqsadida Konstitutsiyaviy komissiya a'zolari, shuningdek, yetakchi olimlar va mutaxassislar ishtirokida 32 kishidan iborat ishchi guruhi tuzildi. Konstitutsiyamizning eng muhim mohiyati shundan iboratki, unda fuqarolar manfaatining ustunligi qonuniy ravishda mustahkamlangan va kafolatlangan, inson huquqlari, uning kamoloti uchun zarur bo„lgan shaxsiy daxlsizlik, siyosiy erkinlik, ijtimoiy va iqtisodiy imkoniyatlarga erishish uchun umid qilgan va intilgan umuminsoniy g'oyalar yo'lida erishilgan qoidalarni o'ziga singdirgan. Mustaqil davlatimiz Konstitutsiyasi asosida respublikamizda demokratik huquqiy jamiyat asoslari faol rivojlanmoqda. Avvalgi partiyaviy yakkahokimlik tizimining illatlari qat'iyan tugatilib, ko'ppartiyaviylik, g'oyalar va fikrlar xilmaxilligiga yo'l ochildi. Yagona mafkuraning yakkahokimligiga barham berildi. Umumbashariy qadriyatlarning ustuvorligi, chinakam demokratiya, inson erkinliklari va huquqlarining butun dunyo tan olgan meyor va qoidalari tobora mustahkam qaror topmoqda. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining loyihasi 1992-yil 21-noyabrda yana bir bor matbuotda e'lon qilindi. Konstitutsiyaviy komissiyaga kelib tushgan ko'p sonli takliflar, mulohazalar, fikrlar har tomonlama o'rganilib, Konstitutsiya loyihasiga deyarli 80 yaqin o'zgartish, qo'shimcha va aniqliklar kiritildi. Konstitutsiymiz loyihasi ustida taxminan ikki yil davomida ishlanib, ikki yarim oy mobaynida umumxalq muhokamasidan o'tdi va shu vaqt mobaynida u xalqning fikr xazinasi durdonalari bilan boyitildi. Nihoyat mustaqil O'zbekiston davlatining Konstitutsiyasi 1992-yil 8-dekabrda O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 12-chaqiriq XI-sessiyasida qabul qilindi. Adabiyotlar. 1. О'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. -T.: ―О'zbekiston‖. 2019. 2. Karimov I.A. О'zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. 1-jild, -T: ―О'zbekiston‖. 1996. 3. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yо'q. -T.: ―Sharq‖. 1998. 4. Karimov I.A. Bizning yо'limiz – demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va modernizatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish yо'lidir. 20-jild. -T.: ―О'zbekiston‖. 2012. 5. Жўраев Н. Агар огоҳ сен... -Т.: ―Ёзувчи‖. 1997. 6. Мустақил Ўзбекистон тарихининг дастлабки саҳифалари (даврий тўплам) №3. ЎзФА Тарих институти. -Т.: ―Шарқ‖. 2000. 7. Мустақиллик илмий-оммабоп луғат. -Т.: ―Шарқ‖. 1998. 320 б. 8. Ergashev Q., Hamidov H. O‘zbekiston tarixi: o‘quv qo‘llanma / -T.: ―G‘afur G‘ulom‖. 2018. -632 b. 9. Эргашев Қ., Ҳамидов Ҳ. Ўзбекистон тарихи. Ўқув қўлланма. -Т.: ―Фан ва технология‖. 2019. 796 б. 10. Ўзбекистон тарихи (Олий ўқув юртининг номутахассислик факультетлари талабалари учун дарслик). -Т.: ―Янги аср авлоди‖. 2003. 11. Ўзбекистоннинг янги тарихи. Учинчи китоб. Мустақил Ўзбекистон Республикаси. -Т.: ―Шарқ‖. 2000. 12. Ўзбекистоннинг энг янги тарихи хрестоматияси / Масъул муҳаррир Н.Талипова. - Т.: ―Fan va texnologiya‖. 2014. 328 б. Etiboringiz uchun rahmat! 202X Download 7.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling