O‘zbekiston respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi


Download 68.78 Kb.
bet1/6
Sana21.06.2023
Hajmi68.78 Kb.
#1641178
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mohinur K ishi

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI VAZIRLIGI

NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI




Himoyaga ruxsat etilsin
Kechki ta'lim bo'lim boshlig'i
p.f.n., dots. N.Alimqulov
____” ___________2023 yil


SURDOPEDAGOGIKA YO’NALISHI

2-kurs talabasi


G’ayratova Mohinur Tohir Qizi


Kar bolalar maktabida ta’lim-tarbiya jarayonida eshitishida nuqsoni bo'lgan nutqdan foydalanish mavzusidagi

KURS ISHI





Himoyaga tavsiya etilsin
Surdopedagogika va inklyuziv talim kafedrasi mudiri
PhD. v.b dotsent Urunova Z.N
__________
“____” ___________2023 yil

Ilmiy rahbar:
Professor v.b., p.f d. (DSc)
Mamarajabova.Z.N
__________
“____” __________2023 yil

Toshkent 2023
MUNDARIJA


KIRISH
I. BOB ESHITISHIDA NUQSONI BO’LGAN BOLALAR NUTQINI RIVOJLANTIRISHNING ILMIY NAZARIY ASOSLARI
1.1 Eshitishda nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarning nutqini rivojlantirishning pedagogik psixologik adabiyotlarda yoritilish holati.
1.2 Nutq haqida ma’lumot, eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalar nutqini va talaffuzini rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari.
II. BOB ESHITISHIDA NUQSONI BÒLGAN O‘QUVCHILARNING NUTQINI KORREKSIYALASHDA SAHNALASHTIRILGAN O‘YINLARNING AHAMIYATI
2.1 Eshitishida nuqsoni bòlgan o‘quvchilarda nutqdan foydalanishda sahnalashtirilgan o‘yinlarning olib borilishi.
2.2 Sahnalashtirilgan o‘yinlar orqali eshitishda nuqsoni bòlgan o‘quvchilarni nutqini rivojlantirishning samaradorlig usullari.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati


Kirish
Har bir mamlakatning taraqqiyoti, istiqboli, farovonligi, manaviy yuksalishi, jahonning eng rivojlangan davlatlar qatoridan o‘rin olishi — bilimli, yuqori intellektual salohiyatli, qalbiga va ongiga ezgu fazilatlarni mujassamlashgan yoshlarga bog‘liq hisoblanib, har jihatdan yetuk va barkamol, Vatan taqdiri uchun sidqi dildan xizmat qiladigan, fidoyi, iymonli avlodni voyaga yetkazish, o’qitishni sifatli va mazmun jihatdan yuqori pog’onalarga olib chiqish avvalo o‘qituvchi va tarbiyachi murabbiylar zimmasiga sharafli va ayni paytda ma’suliyatli vazifani yuklaydi.
O‘zbekiston Respublikasi huquqiy demokratik jamiyat qurish yo’lidan borar ekan, o‘z fuqarolarining, ayniqsa, yangi jamiyat barpo etishga bel bog‘lagan, o‘sib kelayotgan yosh avlodning barkamol bo‘lib voyaga yetishiga alohida e’tibor qaratmoqda. Barkamol shaxs tarbiyasini tashkil etish barcha davrlarda ham ijtimoiy jamiyatning muhim talabi va asosiy maqsadi bo‘lib kelgan. Tabiiyki hozirgi ta‘lim islohotlari sharoitida ham barkamol avlod tarbiyasi haqida gapirar ekanlar: “Vatanimizning kelajagi, xalqimizning ertangi kuni, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi obro-e’tibori avvlambor farzandlarimizning unib, o‘sib, ulg‘ayib, qanday inson bo‘lib hayotga kirib borishga bog‘liqdir.” — deb alohida ta’kidlaganlar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev aytganlaridek: “Biz jamiyatimizdagi quyi pog‘onadagi tartib, intizom va masuliyatni mutlaqo o‘zgartirmoqchimiz. Eng zaif tomonimiz - yoshlar bilan shug‘ullanmayapmiz. Buni gapirish oson, endi shug‘ullantiradigan tizim joriy etishimiz kerak. Masuliyatli odamlarni shu lavozimlarga qo‘yishimiz kerak” Talimiy islohotlar jarayonida jahon andozalariga mos keluvchi uzluksiz ta’lim tizimini yaratish, uning samaradorligini yuqori bosqichlarga ko‘tarish masalalarining ijobiy hal etilishiga erishish dolzarb pedagogik vazifalar sifatida kun tartibiga qo‘yildi. Ilg‘or mamlakatlar ta‘lim tajribalarini o‘rganish asosida so‘nggi yillarda ta‘lim samaradorligini ta‘minlovchi muhim omil — o‘qitish metodlarini qo‘llashda o‘ziga xos yo‘ldan borish, jarayonga pedagogik texnologiyalarini olib kirish orqali ta’lim-tarbiya jarayoni imkoniyatlari yanada kengaytirish muhim ekanligi tobora keng anglab borilayotgan haqiqatdir. O‘zbekiston Respublikasining “Ta‘lim to‘g‘risida”gi Qonunida davlat o‘zining rivojlanishda imkoniyatlari cheklangan fuqarolariga ta’lim olish, rivojlanishdagi, nutqidagi kamchilikni korreksiyalash hamda ijtimoiy himoyalash va moslashish uchun kerakli shart-sharoitlarning yaratib berilishini kafolatlaydi. 2017 – 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishni beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha “ Harakatlar strategiyasi “ning to‘rtinchi ustuvor yo‘nalishida “Aholini ijtimoiy himoya qilish, nogiron, aholining boshqa ehtiyojmand toifalarni davlat tomonidan qo‘llab – quvvatlash “ni kuchaytirishga alohida e’tibor berildi.
O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 19-mayda qabul qilingan, Senat tomonidan 2020-yil 7-avgustda ma’qullangan Ta’lim to‘g‘risidagi Qonuning 1-bob 3-moddasida: davlat ta’lim talablari ta’limning tuzilmasiga, mazmuniga va uni amalga oshirish shart-sharoitlariga, shuningdek ta’lim oluvchilarning jismoniy, shaxsiy, intellektual, ilmiy hamda kasbiy sifatlariga qo‘yiladigan majburiy talablar:
Tarbiya – aniq maqsadli hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlara kamol toptirishga, ularning ongini, ma'naviy-axloqiy qadriyatlar va dunyoqarashini shakllantirishga qaratilgan tizimili jarayon:
Ta’lim oluvchilarga chuqur nazariy bilim, malakalar va amaliy ko‘nikmalar berishga, shuningdek ularning umumta’lim va kasbiy bilim, malaka hamda ko‘nikmalarini shakllantirishga, qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan tizimli jarayon.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi quyidagilarni taminlash choralarini ko‘rsin: nogironligi bo‘lgan shaxslar, shu jumladan katta yoshdagilarning savodxonligini oshirish maqsadida viloyatlar, tumanlar markazlarida umumta’lim maktablari negizida imo-ishora tili va Brayl alifbosini o‘rgatish bo‘yicha ushbu sohadagi mutaxassislarni jalb qilgan holda maxsus kurslarni tashkil etish . Nogironlik belgisi bo‘yicha kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik, nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ro‘yobga chiqarishda teng sharoitlarni va ularni buzganlik uchun javobgarlikning muqarrarligini ta’minlash;
nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini ta’minlash sohasidagi umumetirof etilgan xalqaro norma va standartlarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish;
tibbiy-mehnat ekspertizasi va nogironlikni belgilashning shaffof, zamonaviy uslub va mezonlarini joriy etish, nogironligi bo‘lgan shaxslarga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish darajasi va sifatini, shu jumladan diagnostika, davolash va reabilitatsiyaning zamonaviy uslublarini qo‘llagan holda yuqori texnologiyali ixtisoslashgan tibbiy va ijtimoiy yordamdan foydalanish imkoniyatini kengaytirish orqali oshirish; nogironligi bo‘lgan shaxslarni o‘z vaqtida hisobga olishning samarali mexanizmlarini yaratish, nogironlikning belgilari paydo bo‘lgan vaqtdan boshlab ularni kuzatib borish va qo‘llab-quvvatlashning, shu jumladan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy ahvolini ta’sirchan monitoring qilish, ularning turmush sharoitlarini har tomonlama baholash, individual rivojlanish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, shuningdek, o‘z vaqtida zarur tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish imkonini beruvchi yagona kompleks tizimini joriy etish.
O‘zbekiston Respublikasi nogiron shaxslarning huquqlari to‘g‘risida qonunda ularning huquqlari qator moddalarda keltirilgan misol uchun PF-641 2020-yil 22-iyulda qabul qilingan 3-moddasida Asosiy tushuncha nogironlik belgisiga ko’ra kamsitish — maqsadi yoki natijasi siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, fuqaroviy sohada yoki boshqa sohada o’zgalar bilan nogironligi bo‘lgan shaxslarning teng huquq va erkinliklarini etirof etishni yoki ro‘yobga chiqarishni inkor qilishdan iborat bo’lgan, nogironlik sababli har qanday ajratib qo‘yish, istisno etish, chetlatish, cheklash; Nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalari
— nogironligi bo‘lgan shaxslar tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning jamiyat va davlat hayotida boshqa fuqarolar bilan teng ravishda ishtirok etish imkoniyatlarini ta’minlash maqsadida tuzilgan nodavlat notijorat tashkilotlari; Protez-ortopediya moslamalari
— yo‘q bo‘lgan qo‘l-oyoqlarning yoki tana boshqa qismlarining o‘rnini bosish uchun mo‘ljallangan, organizmning buzilgan yoki yo‘qolgan funksiyalarini kompensatsiya qiluvchi moslamalar;
Surdotarjima
— biror-bir tildan daktil alifbosi yordamida va (yoki) imo-ishora tilida tarjima qilish usuli; surdotexnika vositalari
— eshitishdagi nuqsonlarni tuzatish va kompensatsiya qilish uchun texnik vositalar, shu jumladan aloqani va axborot uzatishni kuchaytiruvchi vositalar: tibbiy-ijtimoiy ekspertiza
— tekshiruvdan o‘tkazilayotgan shaxsning klinik-funksional, ijtimoiy, kasbiy-mehnat va psixologik ma’lumotlarini kompleks baholash asosida uning sog‘ligi yo’qolganligi darajasini hamda organizmining funksiyalari turg’un buzilganligi sababli hayot faoliyati cheklanganligi darajasini, nogironlik guruhini, nogironlikning boshlanishi sababi hamda vaqtini aniqlash, shuningdek shaxs uchun sog‘ligining holatiga ko‘ra mumkin bo‘lgan mehnat faoliyati turlari va zarur mehnat sharoitlari, o‘zgalarning parvarishiga, sanatoriy-kurortda davolanishning tegishli turlariga hamda ijtimoiy himoyaga bo‘lgan ehtiyoji to‘g‘risida tavsiyalar berish; tiflotexnika vositalari
— nogironligi bo‘lgan shaxslarning ko‘rishidagi nuqsoni natijasida yo‘qolgan imkoniyatlarini tiklash va kompensatsiya qilishga qaratilgan vositalar; shaxs hayot faoliyatining cheklanganligi
— shaxsning o‘ziga o‘zi xizmat qilish, harakatlanish, yo‘lni topa olish, muloqot qilish, o‘z xulq-atvorini nazorat qilish, shuningdek o‘qish va mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish qobiliyatini yoki imkoniyatini to‘liq yoxud qisman yo‘qotganligi.
Maxsus maktabda eshitishda nuqsoni bo‘lgan va zaif eshituvchi bolalarni boshqa barcha fuqarolar bilan teng imkoniyatlarga ega bo‘lishini ta’minlash, ularning turmush faoliyatidagi cheklanishlarni bartaraf etish, to‘laqonli hayot kechirishlariga, jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy turmushida faol qatnashishlariga, shuningdek, o‘zlarining fuqarolik burchlarini bajarishlariga imkon beradigan qulay shart-sharoitlar yaratish davlatimiz insonparvarlik siyosatining asosiy mazmunini tashkil etadi.Ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy hayotga oid chuqur o‘zgarishlar kundalik turmushimizga shiddat bilan kirib kelmoqda. Sog‘lom avlodni voyaga yetkazish borasida bolalarimiz o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni yanada keng ommalashtirish, shu maqsadda yangi sport obyektlarini qurish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash kabi vazifalarni kun tartibiga qo‘yish zarurligi haqida ortiqcha gapirib o‘tirishning hojati yo‘q, deb o‘ylayman. Sog‘lom va mustahkam oila sog‘lom kelajak poydevori ekanini nazarda tutib, bo‘lajak kelin-kuyovlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha mas‘uliyatni kuchaytirish, shu maqsadda tegishli poliklinikalarni zamonaviy tibbiyot va diagnostika asbob-uskunalari bilan jihozlash, ularda xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish masalasiga eng muhim vazifa sifatida qarashimiz zarur.

Download 68.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling