O‘zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik institutida harbiy-professional tanlash tadbirlarini o‘tkazish tartibi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Download 490.38 Kb. Pdf ko'rish
|
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY GVARDIYASI QO‘MONDONINING BUYRUG‘I
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 141-son “O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalariga tanlash tartibi va qabul qilish qoidalari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik institutida harbiy-professional tanlash tadbirlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Qo‘mondon B. TAShMATOV Toshkent sh., 2018-yil 14-may, 122-son
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonining 2018-yil 14-maydagi 122-son buyrug‘iga ILOVA
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 141-son “O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalariga tanlash tartibi va qabul qilish qoidalari to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik institutida (bundan buyon Institut deb yuritiladi) harbiy-professional tanlash tadbirlarini o‘tkazish tartibini belgilaydi. 1-bob. Umumiy qoidalar 1. Institutga nomzodlarni o‘qishga qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlangan Butlash rejasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonining Institutga qabul o‘rinlarini ajratish to‘g‘risidagi buyrug‘iga asosan tashkil etiladi. Oldingi tahrirga qarang. 2. Institutga o‘qishga kirish uchun nomzodlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-dekabrdagi PQ-4076-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizom hamda
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni tashkil etish va amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 3147, 2019-yil 3-aprel) talablariga javob berishi zarur. (2-band O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonining 2019-yil 19-apreldagi 80-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3019-1, 13.05.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 10/19/3019-1/3117-son) 3. Harbiy-professional tanlashda quyidagi tadbirlar tashkil etiladi va o‘tkaziladi: hujjatlarni o‘rganish; psixofiziologik o‘rganish; tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish; yozma ish (diktant); kompyuter texnikasini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini egallab olganlik darajasini tekshirish; yakka tartibdagi yakuniy suhbat.
4. Institutga o‘qishga qabul qilishni sifatli tashkil etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonining buyrug‘iga asosan Institut qabul komissiyasi (bundan buyon qabul komissiyasi deb yuritiladi) tuziladi. Institut boshlig‘i qabul komissiyasi raisi hisoblanadi. 5. Qabul komissiyasi tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonining buyrug‘iga asosan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining tegishli sohaviy xizmatlari va Institut xodimlari orasidan shakllantiriladi. Qabul komissiyasi ishiga kelishuv asosida vazirlik va idoralar mutaxassislari jalb qilinishi mumkin.
Qabul komissiyasining ishini tashkillashtirish, faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish uchun qabul komissiyasi raisi mas’ul hisoblanadi. 6. Qabul komissiyasi qabul yilining 1-fevral kunidan 31-avgust kuniga qadar faoliyat yuritadi. 3-bob. Harbiy-professional tanlash tadbirlarini o‘tkazish 7. Harbiy-professional tanlash tadbirlari qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadigan reja-jadval asosida 1-iyundan 25-iyunga qadar Institutda o‘tkaziladi. 8. Harbiy professional-tanlash tadbirlarini o‘tkazish davomida nomzodlar turar joy va oziq- ovqat bilan ta’minlanmaydi. 9. Nomzodlarning hujjatlarini o‘rganish qabul komissiyasining tegishli a’zolari tomonidan amalga oshiriladi. Bunda har bir nomzodning shaxsiy hujjatlar yig‘ma jildi ro‘yxatga olinadi hamda belgilangan talablarga muvofiqligi tekshiriladi. 4-bob. Psixofiziologik o‘rganish 10. Nomzodlarning psixofiziologik holatini o‘rganish qabul komissiyasi tomonidan mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq Psixofiziologik o‘rganish metodikasi asosida o‘tkaziladi. 11. Psixofiziologik o‘rganish avtomatlashtirilgan psixofiziologik komplekslar (bundan buyon matnda maxsus kompleks deb yuritiladi) yordamida amalga oshiriladi. 12. Psixofiziologik o‘rganish nomzodning hissiy (somatik), psixoemotsional holati yaxshi bo‘lgandagina o‘tkazilishi lozim. 13. Psixofiziologik o‘rganish boshlanishidan oldin o‘zini yomon his qilayotgan yoki sog‘lig‘idan shikoyat qilayotgan nomzodlar mazkur o‘rganishga qo‘yilmaydi. Bunda, qabul komissiyasi a’zosi tomonidan mazkur holat yuzasidan dalolatnoma tuziladi. Mazkur bandda nazarda tutilgan holda psixofiziologik o‘rganishga kiritilmagan nomzodga keyingi guruhlar tarkibida psixofiziologik o‘rganishdan o‘tish uchun qabul komissiyasi tomonidan ruxsat beriladi.
14. Nomzodlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonining buyrug‘i bilan tasdiqlanadigan, tibbiyot mutaxassislaridan maxsus shakllantiriladigan harbiy-tibbiy komissiyalar tomonidan o‘tkaziladi. Oldingi tahrirga qarang. 15. Tibbiy ko‘rik O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-dekabrdagi PQ- 4076-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomga hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni tashkil etish va amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 3147, 2019-yil 3-aprel) muvofiq amalga oshiriladi. (15-band O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonining 2019-yil 19-apreldagi 80- sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3019-1, 13.05.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 10/19/3019-1/3117-son) 16. Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish natijalari bo‘yicha sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra nomzodning Institutda o‘qishga yaroqliligi darajasi to‘g‘risida xulosa chiqariladi. Sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra Institutda o‘qishga yaroqsiz deb hisoblangan nomzodlar harbiy- professional tanlashning keyingi tadbirlariga qo‘yilmaydi.
17. Yozma ish diktant yozish yo‘li bilan nomzodning orfografik va punktuatsion savodxonligini baholash maqsadida amalga oshiriladi. 18. Diktantning mavzulari va matnlari qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi. 19. Diktantning tasdiqlangan mavzu va matnlari qabul komissiyasining mas’ul kotibida saqlanadi va u ularning oshkor qilinmasligini ta’minlaydi. 20. Diktant o‘tkazilayotgan auditoriyaga kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari va shpargalkalar olib kirish taqiqlanadi. 21. Diktant mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq Diktant o‘tkazish metodikasi va baholash mezonlari asosida o‘tkaziladi. 22. Auditoriyada nomzodlarga diktant matnini o‘qib eshittirgan shaxs tomonidan shu auditoriyadagi nomzodlarning yozgan diktantlarini tekshirishga yo‘l qo‘yilmaydi. 23. Nomzodlarning yozgan diktantlarini tekshirgan shaxs mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq Diktant o‘tkazish metodikasi va baholash mezonlari asosida diktantlarni baholaydi va har bir maxsus blankka o‘zining imzosini qo‘yadi. 24. Nomzodlarga diktantni qayta topshirishga ruxsat berilmaydi.
25. Nomzodning kompyuter texnikasini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini (bundan buyon KT va AKT deb yuritiladi) egallab olganlik darajasini aniqlash kompyuter yordamida test shaklida mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq Kompyuter texnikasini va axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini egallab olganlik darajasini tekshirish metodikasi va baholash mezonlari asosida o‘tkaziladi. 26. Nomzodlarning KT va AKTni egallab olganlik darajasini tekshirishdan oldin ularga tekshirish o‘tkazish tartibi tushuntiriladi hamda tegishli yo‘l-yo‘riqlar beriladi. 27. Test savollari 1-iyun kuniga qadar qabul komissiyasi tomonidan umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi fan dasturlariga muvofiq ishlab chiqiladi. Test savollari qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi. 28. Test savollari va ularning javoblari qabul komissiyasi mas’ul kotibida saqlanadi va u ularning oshkor qilinmasligini ta’minlaydi. 29. Nomzodning test savollariga bergan javoblari mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq
Kompyuter texnikasini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini egallab olganlik darajasini tekshirish metodikasi va baholash mezonlari asosida baholanadi. 8-bob. Yakka tartibdagi yakuniy suhbatni o‘tkazish 30. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat nomzodning Institutga o‘qishga kirishi sababini, yetakchilik fazilatlarini, aqliy qobiliyatlari va boshqa muhim professional fazilatlarini aniqlash maqsadida yagona metodika bo‘yicha psixofiziologik o‘rganish, diktant natijalari, kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini egallab olganlik darajasini tekshirish natijalari asosida o‘tkaziladi. 31. Nomzodlarga harbiy-professional tanlash tadbirlari boshlanishidan oldin qabul komissiyasi tomonidan yakka tartibdagi yakuniy suhbat o‘tkazish bo‘yicha tushunchalar, suhbat davomida berilishi mumkin bo‘lgan savollarning umumiy yo‘nalishlari va boshqa zarur ma’lumotlar beriladi. 32. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq Yakka tartibdagi yakuniy suhbat o‘tkazish metodikasi va baholash mezonlari asosida o‘tkaziladi. 33. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat og‘zaki shaklda qabul komissiyasi a’zolari tomonidan nomzodga beriladigan savollarga javob berish orqali amalga oshiriladi. 34. Nomzodlarga beriladigan savollar nomzodning o‘qishga kirish sababini, yetakchilik fazilatlarini, aqliy qobiliyatini, dunyoqarashi va boshqa muhim professional fazilatlarini aniqlashga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim. Savollar umumiy o‘rta ta’lim fanlarining o‘quv dasturlariga muvofiq ishlab chiqiladi. 35. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat davomida nomzodlarga beriladigan savollar ro‘yxati qabul komissiyasi tomonidan shakllantirilib, 1-iyun kuniga qadar qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi. 36. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat savollari qabul komissiyasi mas’ul kotibida saqlanadi va u ularning oshkor qilinmasligini ta’minlaydi. 37. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat qabul komissiyasi tomonidan qabul yilining 25-iyuniga qadar kollegial prinsip bo‘yicha o‘tkaziladi. 38. Nomzodlar yakka tartibdagi yakuniy suhbatdan o‘tish uchun auditoriyaga 1 nafardan kiritiladi. 39. Nomzodlarning savollarga bergan javoblari mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq
Yakka tartibdagi yakuniy suhbat o‘tkazish metodikasi va baholash mezonlari asosida baholanadi. 40. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijalari shu kunning o‘zida nomzodlar e’tiboriga yetkaziladi. 41. Nomzodlarga yakka tartibdagi yakuniy suhbatni qayta topshirishga ruxsat berilmaydi. 9-bob. Harbiy-professional tanlash tadbirlari natijalarini aniqlash 42. Nomzodlarning psixofiziologik o‘rganish, yozma ish, kompyuter texnikasini va axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini egallab olganlik darajasini tekshirish hamda yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijalari bo‘yicha to‘plangan ballari qabul komissiyasi mas’ul kotibi tomonidan mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq shakldagi Harbiy-professional tanlash tadbirlari natijalari bo‘yicha qaydnomaga kiritiladi. 43. Nomzodlarning harbiy-professional tanlashning barcha tadbirlari natijalari bo‘yicha to‘plagan ballari umumlashtirilib, ularning o‘rtacha arifmetik bahosi aniqlanadi. 44. O‘rtacha arifmetik bahosi “3” va undan yuqori bo‘lgan nomzodlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlarini topshirishga qo‘yiladi. 45. Nomzodlarning aniqlangan o‘rtacha arifmetik bahosi asosida qabul komissiyasi tomonidan nomzodni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlarini topshirishga qo‘yish yoki qo‘ymaslik to‘g‘risida qaror qabul qilinadi. 46. Qabul komissiyasining nomzodni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlarini topshirishga qo‘yish yoki qo‘ymaslik to‘g‘risidagi qarori mazkur Nizomning 5-ilovasidagi Harbiy-professional tanlash tadbirlari natijalari bo‘yicha qaydnomaga kiritiladi. Harbiy-professional tanlash tadbirlari natijalari bo‘yicha qaydnoma qabul komissiyasining a’zolari tomonidan imzolanadi. 47. Harbiy-professional tanlash natijasidan norozi bo‘lgan nomzodlar Institut boshlig‘ining buyrug‘i bilan tuziladigan apellatsiya komissiyasiga apellatsiya berish huquqiga ega. 48. Apellatsiya komissiyasi tarkibiga qabul komissiya faoliyatida ishtirok etmagan Institut xodimlari orasidan komissiya raisi va kamida to‘rt nafar a’zo kiritiladi. 49. Nomzod harbiy-professional tanlash natijasidan norozi bo‘lgan taqdirda, harbiy- professional tanlash natijasi e’lon qilingan vaqtdan boshlab 3 kun davomida apellatsiya berishi mumkin. Nomzod tomonidan berilgan apellatsiya Apellatsiya komissiyasi tomonidan 3 kun ichida ko‘rib chiqilishi lozim. 50. Nomzodning apellatsiyasini ko‘rib chiqishda nomzod ishtirok etish huquqiga ega. 51. Apellatsiya komissiyasi nomzodning apellatsiyasini ko‘rib chiqib, uning natijasi bo‘yicha tegishli qaror qabul qiladi. Qarorda nomzodning keyingi bosqichga qo‘yilishi yoki qo‘yilmasligi ko‘rsatiladi. Apellatsiya komissiyasi tegishli qarorning qabul komissiyasiga va nomzodga yetkazilishini ta’minlaydi.
52. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar. O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik institutida harbiy-professional tanlash tadbirlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA Psixofiziologik o‘rganish METODIKASI 1. Psixofiziologik o‘rganish nomzodning psixofiziologik xislatlari va individual xususiyatlarini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi. 2. Nomzodlarni psixofiziologik o‘rganish avtomatlashtirilgan psixofiziologik komplekslar (bundan buyon matnda maxsus kompleks deb yuritiladi) yordamida o‘tkazilishining asosiy tamoyili — nomzodning psixofiziologik xususiyati bo‘yicha xulosa qilishda inson omilidan holi bo‘lish va subyektivlikdan saqlanish hisoblanadi. 3. Psixofiziologik o‘rganish o‘tkaziladigan kunda nomzod maxsus jihozlangan xonaga kiritilishidan oldin unga mazkur Metodikada nazarda tutilgan psixofiziologik o‘rganish o‘tkazish tartibi, maxsus kompleksning texnik xususiyatlari, xavfsizlik nuqtai nazaridan o‘zini qanday tutishi lozimligi tushuntiriladi hamda tegishli yo‘l-yo‘riqlar beriladi. 4. Psixofiziologik o‘rganish har bir nomzod uchun alohida maxsus jihozlangan xonada o‘tkaziladi. Ushbu xona tabiiy yoki sun’iy holda yoritilgan hamda shovqindan himoyalangan bo‘lishi lozim. 5. Psixofiziologik o‘rganish o‘tkaziladigan xonaga nomzodlar bir nafardan kiritiladi. Nomzodlar psixofiziologik o‘rganish o‘tkaziladigan xonaga o‘zining shaxsini tasdiqlovchi hujjatini ko‘rsatgan holda kiritiladi. 6. Nomzodning qo‘llariga maxsus kompleksning elektrodlari ulanadi. Nomzodga mazkur elektrodlar orqali 10 daqiqagacha bo‘lgan vaqt davomida kichik quvvatli elektr impulslar uzatiladi. 7. Psixofiziologik o‘rganish davomida nomzod bilan muloqotga kirishishga yo‘l qo‘yilmaydi. 8. Psixofiziologik o‘rganish davomida nomzod uzluksiz ravishda kuzatib turiladi. 9. Psixofiziologik o‘rganish yakunida maxsus kompleks nomzodning psixofiziologik xususiyatini “5” ballik tizimda aniqlaydi. 10. Psixofiziologik o‘rganishda uzrsiz sabablarga ko‘ra qatnashmagan nomzodlar “0” ball bilan baholanadi. 11. Psixofiziologik o‘rganish natijalari bo‘yicha shu kunning o‘zida mazkur Metodikaning ilovasiga muvofiq shaklda qaydnoma rasmiylashtiriladi. 12. Qaydnoma psixofiziologik o‘rganishda ishtirok etgan qabul komissiyasining a’zolari tomonidan imzolanadi hamda shu kunning o‘zida qabul komissiyasining mas’ul kotibiga topshiriladi. Psixofiziologik o‘rganish metodikasiga ILOVA
20__ yil “____” ______________
T/r
2.
3.
...
Qabul komissiyasi a’zolari: ____________________(F.I.O.)
____________________(F.I.O.)
_____________(imzo)
____________________(F.I.O.)
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik institutida harbiy-professional tanlash tadbirlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA Diktant o‘tkazish metodikasi va baholash mezonlari 1-bob. Diktant o‘tkazish metodikasi 1. Diktant boshlanishidan oldin qabul komissiyasi a’zolari tomonidan nomzodlarga diktant o‘tkazish tartibi tushuntiriladi hamda maxsus blankalar tarqatiladi. 2. Nomzod maxsus blankaning tegishli qismiga o‘zining familiyasi, ismi va otasining ismini yozadi. 3. Nomzodlarga o‘qib eshittiriladigan diktant matnining hajmi 170 — 200 ta so‘zdan iborat bo‘ladi. 4. Qabul komissiyasi a’zolari tomonidan nomzodlarga diktant matni bir marotaba tushunarli va to‘liq o‘qib eshittiriladi. Diktant matni to‘liq o‘qib eshittirilgandan keyin nomzodlar diktantni yozishga tayyorlanadi. 5. Diktant yozish boshlanganda qabul komissiyasi a’zosi diktant matnini sekin birma-bir o‘qib beradi. Bunda 1 ta gap o‘qib eshittiriladi va nomzod o‘qib eshittirilgan gapni yozishga kirishadi. 6. O‘qib eshittirilgan gapni nomzodlar yozib bo‘lganidan keyin ushbu gap qabul komissiyasi a’zosi tomonidan yana bir marotaba o‘qib beriladi. 7. Nomzod diktantni yozib tugatgandan keyin unga berilgan maxsus blankani qabul komissiyasi a’zosiga topshirib auditoriyani tark etadi. 8. Qabul komissiyasi a’zosi nomzodlardan qabul qilib olingan maxsus blankalarni tekshirish uchun topshiradi. 9. Mutaxassislar nomzodlarning yozgan diktantlarini 1 kun ichida tekshiradi hamda natijalarni nomzodlarga o‘qib eshittirish orqali e’lon qiladi.
10. Nomzodlar tomonidan yozilgan diktant “5” ballik tizimda baholanadi. Diktant: 1 tagacha orfografik yoki punktuatsion xatolikka yo‘l qo‘yilgan deb topilganda — “5” ball bilan baholanadi; 2 tadan 4 tagacha orfografik yoki punktuatsion xatolikka yo‘l qo‘yilgan deb topilganda — “4” ball bilan baholanadi; 5 tadan 10 tagacha orfografik yoki punktuatsion xatolikka yo‘l qo‘yilgan deb topilganda — “3” ball bilan baholanadi;
11 ta va undan ortiq orfografik yoki punktuatsion xatolikka yo‘l qo‘yilgan deb topilganda — “2” ball bilan baholanadi. Nomzod maxsus blankani diktant yozilmagan bo‘sh holda topshirganda u “0” ball bilan baholanadi. 11. Quyidagi holatlar mavjud bo‘lgan taqdirda diktantdagi xatoliklar 1 ta xato deb hisoblanadi: 5 ta o‘rinda “h” yoki “o‘” harflari o‘rnida tegishlicha “x” yoki “u” harflari yozilgan bo‘lsa; kirish so‘zlarning (masalan, darvoqe, darhaqiqat) yozilishida 6 tagacha punktuatsion xatolikka yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa; qaratqich belgisi 3 tagacha so‘zda noto‘g‘ri qo‘llanilgan bo‘lsa. 12. Quyidagilar xato deb hisoblanmaydi: tasodifiy xatolar (masalan, “tushunmoq” so‘zi barcha o‘rinlarda to‘g‘ri yozilgan bo‘lsa); takroriy xatolar (masalan, “qutulmoq” so‘zi 5 tagacha o‘rinda “qutilmoq” tarzida qo‘llanilgan bo‘lsa); so‘z ko‘chirishdagi xatolar (masalan, voqe-a yoki oktya-br); ayrim atamalarning yozilishidagi xatolar (masalan, Cho‘lpon ota — Cho‘pon ota, Yunusobod — Yunus-obod). 13. Diktantdagi tuzatishlar miqdori 5 tadan ortiq bo‘lsa, baho bir ballga pasaytiriladi. 14. Diktant natijalari bo‘yicha shu kunning o‘zida mazkur Metodikaning ilovasiga muvofiq shaklda qaydnoma rasmiylashtiriladi. 15. Qaydnoma diktantni o‘tkazishda ishtirok etgan qabul komissiyasining a’zolari tomonidan imzolanadi hamda shu kunning o‘zida qabul komissiyasining mas’ul kotibiga topshiriladi. Diktant o‘tkazish metodikasi va baholash mezonlariga ILOVA
20 __ yil “____” ______________
qo‘yilgan ball
2.
3.
...
Qabul komissiyasi a’zolari: ____________________.(F.I.O.)
_____________________(F.I.O.)
____________(imzo)
__________________(F.I.O.)
____________(imzo)
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik institutida harbiy-professional tanlash tadbirlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 3-ILOVA Kompyuter texnikasini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini egallab olganlik darajasini tekshirish metodikasi va baholash mezonlari 1-bob. KT va AKTni egallab olganlik darajasini tekshirish 1. Nomzodlarning KT va AKTni egallab olganlik darajasini tekshirish kompyuter dasturiga kiritilgan test savollariga javoblarni belgilash orqali amalga oshiriladi. 2. Nomzodlar maxsus kompyuterlar bilan jihozlangan xonaga o‘zining shaxsini tasdiqlovchi hujjatini ko‘rsatgan holda kiritiladi. 3. Nomzodlar maxsus kompyuterlarga bir nafardan o‘tkaziladi. 4. Nomzod maxsus dasturda beriladigan ro‘yxatdan o‘zi haqidagi ma’lumotlarni tanlaydi. 5. Nomzod kompyuter dasturlarida beriladigan savollarga javoblarni belgilash orqali test sinovlaridan o‘tadi. 6. Test sinovlari o‘tkazilayotgan xonaga jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari va shpargalkalar olib kirish taqiqlanadi. 7. Nomzodga 50 ta test savoli beriladi. Test savollarini echish uchun 1,5 soat (90 daqiqa) vaqt beriladi. 8. Har bir test savolida 4 tadan javob varianti beriladi. Nomzodlar test savollarini echishda faqat bitta to‘g‘ri javobni belgilashi lozim. Javoblar to‘g‘ri belgilanishi uchun nomzod shaxsan javobgardir. Javoblarni noto‘g‘ri belgilagan nomzodlarning e’tirozi ko‘rib chiqilmaydi. 9. Test sinovlarini topshirish vaqtida nomzodning xonadan chiqishi taqiqlanadi, nomzodning sog‘lig‘i yomonlashgan holatlar bundan mustasno. 10. Nomzodga test sinovlarini qayta topshirishga ruxsat berilmaydi. 11. Test sinovlarini o‘tkazish vaqtida test sinovlari o‘tkazilayotgan xonada nomzodlar, qabul komissiyasi a’zolaridan tashqari boshqa shaxslarning bo‘lishi taqiqlanadi. 12. Test sinovlarini belgilangan muddatdan oldin bajargan yoki test sinovlarini bajarish uchun ajratilgan vaqt tugagach, shu vaqtning o‘zida nomzodga uning test sinovlari natijalari kompyuter ekranida e’lon qilinadi. 2-bob. KT va AKTni egallab olganlik darajasini baholash mezonlari 13. Nomzodning test savollariga bergan to‘g‘ri javoblariga avtomatik ravishda kompyuter dasturi orqali har bir to‘g‘ri javob uchun “1” ball beriladi. 14. Nomzodning kompyuter ekranida e’lon qilingan test sinovlari natijalari quyidagicha “5” ballik tizimda baholanadi: 41 — 50 ball berilgan bo‘lsa — “5” ball bilan baholanadi; 31 — 40 ball berilgan bo‘lsa — “4” ball bilan baholanadi; 21 — 30 ball berilgan bo‘lsa — “3” ball bilan baholanadi; 11 — 20 ball berilgan bo‘lsa — “2” ball bilan baholanadi; 1 — 10 ball berilgan bo‘lsa — “1” ball bilan baholanadi. Nomzodning kompyuter ekranida e’lon qilingan test sinovlari natijasi “0” bo‘lgan hamda test sinovlarida uzrsiz sabablarga ko‘ra qatnashmagan nomzodlar “0” ball bilan baholanadi. 15. Test sinovlarining natijalari bo‘yicha shu kunning o‘zida mazkur Metodikaning ilovasiga muvofiq shaklda qaydnoma rasmiylashtiriladi. 16. Qaydnoma test sinovlarini o‘tkazishda ishtirok etgan qabul komissiyasining a’zolari tomonidan imzolanadi hamda shu kunning o‘zida qabul komissiyasining mas’ul kotibiga topshiriladi. Kompyuter texnikasini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini egallab olganlik darajasini tekshirish metodikasiga
ILOVA Nomzodlarning kompyuter texnikasini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini egallab olganlik darajasini tekshirish natijalari bo‘yicha QAYDNOMA
20__ yil “____” ___________
2.
...
Qabul komissiyasi a’zolari:
_______________________________(F.I.O.) __________________(imzo)
_______________________________(F.I.O.)
__________________(imzo)
_______________________________(F.I.O.)
__________________(imzo)
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik institutida harbiy-professional tanlash tadbirlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
4-ILOVA Yakka tartibdagi yakuniy suhbat o‘tkazish metodikasi va baholash mezonlari 1-bob. Yakuniy suhbat o‘tkazish 1. Nomzod yakka tartibdagi yakuniy suhbat o‘tkaziladigan xonaga o‘zining shaxsini tasdiqlovchi hujjatini ko‘rsatgan holda kiritiladi. 2. Qabul komissiyasi a’zolari yakka tartibdagi yakuniy suhbatga kirgan har bir nomzodga 3 ta savol beradi. Nomzodga savollar navbat bilan birma-bir beriladi (nomzodga 1 ta savol beriladi va nomzod u savolga javob bersa yoki javob bera olmasa unga navbatdagi savol beriladi). 3. Har bir nomzodga savollarga javob berish uchun 10 daqiqagacha vaqt beriladi. 4. Nomzod savollarga belgilangan muddatdan oldin javob bersa u xonani tark etadi.
5. Nomzodlar savollarga bergan javoblariga qarab quyidagi mezonlar asosida “5” ballik tizimda baholanadi: nomzod to‘g‘ri xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, mohiyatini tushunadi, biladi va aytib beradi deb topilganda — “5” ball; nomzod mustaqil mushohada yuritadi, mohiyatini tushunadi, biladi, aytib beradi va tasavvurga ega deb topilganda — “4” ball; nomzod mohiyatini qisman tushunadi, biladi, aytib beradi va tasavvurga ega deb topilganda — “3” ball; nomzod bilmaydi, aytib bera olmaydi va tasavvurga qisman ega deb topilganda — “2” ball; nomzod bilmaydi, aytib bera olmaydi va tasavvurga ega emas deb topilganda — “0” ball qo‘yiladi. 6. Nomzodning savollarga bergan javobiga qabul komissiyasining har bir a’zosi nomzodga o‘z bahosini qo‘yadi. Qo‘yilgan barcha ballar umumlashtirilib, nomzodning o‘rtacha arifmetik bali aniqlanadi. 7. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijalari bo‘yicha shu kunning o‘zida mazkur Metodikaning ilovasiga muvofiq shaklda qaydnoma rasmiylashtiriladi. 8. Qaydnoma yakka tartibdagi yakuniy suhbatni o‘tkazishda ishtirok etgan qabul komissiyasining a’zolari tomonidan imzolanadi hamda shu kunning o‘zida qabul komissiyasining mas’ul kotibiga topshiriladi. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat o‘tkazish metodikasiga
ILOVA
Yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijalari bo‘yicha QAYDNOMA
20__ yil “____”__________
T/r
2.
3.
...
Qabul komissiyasi a’zolari:
_____________(imzo)
_______________________(F.I.O.)
_______________________(F.I.O.)
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik institutida harbiy-professional tanlash tadbirlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
5-ILOVA Harbiy-professional tanlash tadbirlari natijalari bo‘yicha QAYDNOMA
20__ yil “____” _______________________
T/r
F.I.O.
o‘rganish natijasi bo‘yicha to‘plangan ball
natijasi bo‘yicha to‘plangan ball
texnikasini va axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini egallab olganlik darajasini tekshirish natijasi bo‘yicha to‘plangan ball
tartibdagi yakuniy suhbat natijasi bo‘yicha to‘plangan ball
arifmetik ball
topshirishga qo‘yish (qo‘ymaslik) to‘g‘risidagi qaror
Qabul komissiyasi a’zolari
____________________________(F.I.O.)
_______________(imzo)
____________________________(F.I.O.)
_______________(imzo)
____________________________(F.I.O.)
_______________(imzo)
10/19/3019-1/3117-son) Download 490.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling