O‘zbekiston respublikasi moliya vazirligi o‘zbekiston respublikasi iqtisodiyot vazirligi o‘zbekiston respublikasi davlat soliq qo‘mitasi o‘zbekiston respublikasi


Download 45.17 Kb.
bet1/7
Sana23.05.2022
Hajmi45.17 Kb.
#692367
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
s
Doc1, Texnologik masterlar, Маълумолтнома, Город-среда обитания человека., ВСЕОБЩАЯ ИСТОРИЯ СКИФЫ, КРЫЛАТЫЕ ВЫРАЖЕНИЯ ИЗ БИБЛИИ, STAMFORD L, STAMFORD L, 1-sinf jismoniy tarbiya, 16317626404365342 (1), Презентация Microsoft PowerPoint, Презентация Microsoft PowerPoint, kvarsporit ishlab chiqarish sexini loyixalash, 2 5226610762667000950, mektep psixologi





O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QO‘MITASI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOSHQARUVI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT STATISTIKA QO‘MITASINING
QARORI
CHET EL VALYUTASIDAGI OPERATSIYALARNING BUXGALTERIYA HISOBIDA AKS ETTIRISH TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Markaziy banki Boshqaruvi, Davlat statistika qo‘mitasining 2013-yil 2-iyuldagi 65, 35, 2013-33, 13/2, 4mb-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1411-1, 30.07.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 31-son, 417-modda)
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 17-sentabrda 1411-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Markaziy banki Boshqaruvi, Davlat statistika qo‘mitasining 2018-yil 22-oktabrdagi 135, 32, 2018-67, 257-V-3 va 4-qq-sonli “Chet el valyutasidagi operatsiyalarning buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqidagi”gi qaror, shuningdek unga o‘zgartirishlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 1411-3, 26.10.2018-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
“Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 25-oktabrdagi 422-sonli “Ichki valyuta bozorida almashuv kurslarini birxillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2001-y., 20-son) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Markaziy bank Boshqaruvi, Davlat statistika qo‘mitasi qaror qiladi:
1. Chet el valyutasidagi operatsiyalarning buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi to‘g‘risidagi nizom (yangi tahrirda) ilovaga muvofiq tasdiqlansin;
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Markaziy banki Boshqaruvi, Davlat statistika qo‘mitasining 2013-yil 2-iyuldagi 65, 35, 2013-33, 13/2, 4mb-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1411-1, 30.07.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 31-son, 417-modda)
2. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin:
2001-yil 7-noyabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 119-sonli, Davlat soliq qo‘mitasining 2001-111-sonli, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligining 34-sonli, Markaziy bankning 205-V-sonli “Chet el valyutasidagi operatsiyalarning buxgalteriya hisobi, statistika va boshqa hisobotlarda aks ettirish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (2001-yil 16-noyabr, ro‘yxat raqami 1085 — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 2001-y., 22-son);
2002-yil 14-fevraldagi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 34-sonli, Davlat soliq qo‘mitasining 2002-26-sonli, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligining 1-sonli, Markaziy bankning 205-V-1-sonli “Chet el valyutasidagi operatsiyalarning buxgalteriya hisobi, statistika va boshqa hisobotlarda aks ettirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (2002-yil 5-mart, ro‘yxat raqami 1085-1 — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 2002-y., 5-son);
2003-yil 15-maydagi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 65-sonli, Davlat soliq qo‘mitasining 2003-52-sonli, Iqtisodiyot vazirligining 5-sonli, Markaziy bankning 205-V-2-sonli, Davlat statistika qo‘mitasining 3-sonli “Chet el valyutasidagi operatsiyalarning buxgalteriya hisobi, statistika va boshqa hisobotlarda aks ettirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (2003-yil 7-iyun, ro‘yxat raqami 1085-2, — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi” 2003-y., 11-son).
3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab 10 kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.

Download 45.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling