O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining moliyaviy nazoratni amalga oshirishdagi ahamiyati


Download 294.59 Kb.
bet1/6
Sana07.05.2023
Hajmi294.59 Kb.
#1439782
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
UMUMDAVLAT NAZORAT ORGANLARI VA ULARNING MOLIYAVIY NAZORATNI TASHKIL ETISHI


13-MAVZU. UMUMDAVLAT NAZORAT ORGANLARI VA ULARNING MOLIYAVIY NAZORATNI TASHKIL ETISHI.
Reja:
13.1. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining moliyaviy nazoratni amalga oshirishdagi ahamiyati.

13.2. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining moliyaviy nazoratni amalga oshirishdagi ahamiyati.

5.3. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi komissiyasilarning moliyaviy nazoratni amalga oshirishdagi ahamiyati.

5.4.Respublika nazorat organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish kengashning moliyaviy nazoratni amalga oshirishdagi ahamiyati.




Tayanch iboralar: Umumdavlat nazorat organlari, ularning guruhlanishi. Oliy Majlisining moliyaviy nazorai, Vazirlar Mahkamasining moliyaviy nazorati, muvofiqlashtirish kengashning moliyaviy nazorati.


5.1. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining moliyaviy nazoratni amalga oshirishdagi ahamiyati.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlangan hokimiyatni taqsimlanish prinsipi Prezident va vakolatli hukumat organlari tomonidan ijro hokimiyati organlarining moliyaviy faoliyatini nazorat qilishni nazarda tutadi. Bunday nazorat, avvalambor, respublika va mahalliy byudjetlarni, davlat maqsadli nobyudjet fondlarining loyihalarini ko’rib chiqish va qabul qilishda hamda ularning ijrosi haqida hisobotlarni tasdiqlashda amalga oshiriladi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 78-moddasining 8-bandiga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Vazirlar Mahkamasining taqdimoti bo’yicha mamlakat byudjetini qabul qiladi va uning ijrosi ustidan nazorat o’rnatadi. Xalq deputatlari Кengashlari ayrim mintaqalarga ajratiladigan byudjet mablag’laridan maqsadli foydalanish hamda mahalliy byudjetlarning ijro etilishini nazorat qiladi. Bundan tashqari, vakolatli organlar zimmasiga ayrim tarmoqlar va sohalarda byudjet mablag’laridan foydalanish ustidan nazoratni amalga oshirish yuklatilishi mumkin.
Parlament nazorati ham Oliy Majlis faoliyatining asosiy yo’nalishlaridan biri hisoblanadi .
Parlament tarixi asrlar bilan o’lchanadi. Zamonlar o’zgarishi bilan parlamentlarning roli ham izchil o’zgarib, uning mohiyati yangi g’oyalar, tamoyillar bilan, shakllanish va faoliyat ko’rsatish tajribasi bilan boyib bormoqda. Tabiiyki, har bir davlat parlamentning tuzilishi va faoliyat ko’rsatish masalalarini o’zicha hal etadi. O’zbekiston 1991 yil 1 sentyabrda davlat mustaqilligiga erishgach, davlat hokimiyatining eng muhim institutlaridan biri sifatida milliy parlamentni rivojlantirishning sifat jihatidan yangi bosqichi boshlandi. Milliy parlamentarizmning eng yangi tarixi umum e’tirof etilgan uchta asosiy davrga bo’linadi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi mamlakatni isloh etish va modernizatsiya qilishning davlatimiz boshlig’i tomonidan olg’a surilgan ustuvor yo’nalishlari hamda aniq maqsadli vazifalari asosida ishlab chiqilgan qonunchilik faoliyati dasturini qabul qildi va ushbu dasturning nazorati amalgа oshirmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati(yuqori palatasi) hududiy vakillik palatasi bo’lib, 100 ta Senat a’zosidan iborat. Senat ishi yalpi majlislarga va uning qo’mitalari majlislariga to’planadigan senatorlar faoliyatiga asoslanadi. Senat a’zolari Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan teng miqdorda 6 kishidan saylanadi. Senatning 16 nafar a’zosi fan, san’at, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega bo’lgan hamda alohida xizmat ko’rsatgan eng obro’li fuqarolar orasidan O’bekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi. Senat faoliyatini samarali tashkil etish, palata qo’mitalari ishini muvofiqlashtirib borish, qonunlarni dastlabki tarzda ko’rib chiqishni tashkil etish maqsadida Senat Кengashi tuziladi. Senat faoliyati majlislarni birgalikda va erkin muhokama qilishga, oshkoralikka, jamotachilik fikrini hisobga olishga asoslanadi.
Senat tomonidan nazorat qilish sohasidagi vakolatlarning amalga oshirilishi quyidagilar bilan izohlanadi:

      • Senat, shuningdek senatorlar davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining mansabdor shaxslariga ularning vakolatlariga kirgan masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki nuqtai nazarini bayon qilish talabi bilan parlament so’rovi yuborishga haqli;

      • Paralament so’roviga javobni davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining mansabdor shaxslari Senat majlislarida beradilar;

      • O’zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi, Oliy xo’jalik sudining raisi, Bosh prokurori, surishtiruv va tergov organlarining rahbarlari nomiga yo’llangan parlament so’rovi ularning ish yurituvidagi muayyan ishlar va materiallarga taaluqli bo’lishi mumkin emas;

      • Parlament so’rovlari bo’yicha axborot Senat majlisida muhokama qilinishi mumkin. Senat muhokama yakunlari bo’yicha qaror qabul qiladi.

Senat tomonidan moliyaviy nazoratni amalga oshirish sohasidagi boshqa vakolatlari quyidagilardan iborat:

      • Senat har yili o’z majlisida O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasining hisobotini mazkur masala yuzasidan Qonunchilik palatasining qarori Senatga kelib tushgandan keyin eshitadi va muhokama qiladi;

      • Senatning O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasining hisobotlari yuzasidan qarorlari mazkur qarorlar qabul qilingandan e’tiboran 10 kun ichida Qonunchilik palatasiga yuboriladi;

      • O’zbekiston Respublikasi Markaziy Banki boshqaruvi raisining qonun xujjatlarida belgilangan tartibda Senatga taqdim etgan har yilgi hisobotlari Senatning navbatdagi majlisida ko’rib chiqiladi;

      • Senatning qo’mitalari, shuningdek senatorlar davlat organlari va boshqa tashkilotlardan, mansabdor shaxslardan xujjatlar, ekspert xulosalari, statistika ma’lumotlari va boshqa ma’lumotlarni talab qilib olishlari mumkin;

      • Senatning qo’mitalari yoki senatorlar talab qilib oladigan axborotni tegishli davlat organi, boshqa tashkilot, mansabdor shaxs murojaat olingan kundan e’tiboran 10 kundan kechiktirmay taqdim etishi kerak;

      • Senat qo’mitalarining davlat hokimiyati va boshqaruv organlari rahbarlarining ular tomonidan qonunlarga qanday rioya etayotgani, palata qo’mitalarining qarorlari qanday bajarilayotgani to’g’risidagi axborotlarni eshitishi qo’mitalarning ish rejalariga muvofiq o’tkaziladi.

Ikki palatadan (Senat va Qonunchilik) iborat bo’lgan Oliy majlis soliqlar, yig’imlar, nosoliqli to’lovlarni belgilaydi (o’rnatadi), Davlat byudjetini ko’rib chiqadi va tasdiqlaydi, shuningdek, Davlat byudjetining ijrosi to’g’risidagi hisobotni ham tasdiqlaydi, moliyaviy qonunlarni (masalan, Soliq kodeksi va boshqalar) qabul qiladi. Bir vaqtning o’zida davlat ichki va tashqi qarzining tegishli (chegaraviy) darajasini belgilash (o’rnatish) ham Oliy Majlis tomonidan amalga oshiriladi.


5.2. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining moliyaviy nazoratni amalga oshirishdagi ahamiyati.


O’zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi Hukumati O’zbekiston Respublikasida iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma’naviy sohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni, O’zbekiston Respublikasi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlovchi ijro etuvchi hokimiyat organidir.
Vazirlar Mahkamasi o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oldida javobgar bo`lib, qonunchilik tashabbusi huquqiga ega.
o’rinbosarlari, vazirlar, davlat qo’mitalarining raislari kiradi. Qoraqalpog’iston Respublikasi hukumatining boshlig’i Vazirlar Mahkamasi tarkibiga o’z lavozimi bo’yicha kiradi.
Vazirlar Mahkamasining iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy rivojlantirish sohasidagi asosiy vakolatlari:
iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy jarayonlarni boshqaradi, mulkchilikning barcha shakllarini uyg’unlashtirish va ularning tengligi, iqtisodiyotni Vazirlar Mahkamasi tarkibiga O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, uning monopoliyalashtirishdan chiqarish, bozor iqtisodiyotining huquqiy mexanizmini ishga solish asosida erkin tadbirkorlik uchun shart-sharoitlar yaratadi;

  • xo’jalik yuritishning yangi shakllari — konsernlar, konsorsiumlar, tarmoqlararo birlashmalar, turli uyushmalar va boshqa shunga o’xshash tashkilotlarni barpo etishga va mustahkamlashga yordamlashadi, iqtisodiyotni rivojlantirish va aholi talab-ehtiyojlarini qondirish zaruriyatidan kelib chiqqan holda ular faoliyatini yo’naltiradi va muvofiqlashtiradi;

  • O’zbekiston Respublikasida pul va kredit tizimini mustahkamlash chora- tadbirlarini amalga oshirishga ko’maklashadi, yagona narx siyosatini o’tkazish, mehnatga haq to’lash miqdorining belgilangan kafolatlarini hamda ijtimoiy ta’minot darajasini ta’minlash chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;


Download 294.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling