O’zbekiston respublikasi oliy o’rta maxsus ta’limvazirligi


Download 112.11 Kb.
bet1/9
Sana18.02.2023
Hajmi112.11 Kb.
#1210826
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
kurs ishi krillchadan lotinchaga o\'tkazish POLVONNaza

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY O’RTA


MAXSUS TA’LIMVAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI


“FIZIKA-MATEMATIKA” FAKULTETI “MATEMATIK
INJIINERING” KAFEDRASI “Algoritmik tillar va
dasturlash ”FANIDAN
KURS ISHI
Mavzu: “Berilgan satrni krillchadan lotinchaga o’tkazuvchi dastur“ 5130300 - “Matematik injiniring (Ishlab chiqarish sohalari bo’yicha)”
Bajardi:1-kurs Bazarboyev Polvonnazar Akbar o’g’li:
Ilmiy rahbari: ____________________________
Topshirgan sanasi:_______________________________
Himoya qilgan sanasi:____________________________
Baho:____
Urganch-2023 yil
MUNDARIJA
KIRISH
I BOB C# dasturlash tili haqida .........................................3
1.1.Vizuual studio muhitida ishlash........................................7
1.2 C# tilining sintaksisi va asosiy operatorlar………....…...9
II BOB. Dasturning asosiy qismi
2.1. C# tilida ifoda, instruksiya va operatorlar.....................11
2.2. Satrni krilchadan lotinchaga o'tkazish............................13
XULOSA.................................................................................23
FOYDALANGAN ADABIYOTLAR…………………..….24
ILOVA……..............................................................................25


KIRISH
Dasrurlash tillari Inson kabi kompyuter ham o‘ziga xos tilda muloqot qiladi. Bu til faqat kompyuter tushunadigan til bo‘lib, u cheklangan lug‘at va qat’iy yozish qoidalaridan iboratdir.Kompyuter tushunadigan va muloqot olib boradigan “til” dasturlash tili deb ataladi. Istalgan dasturlash tilini bilgan shaxs o‘z dasturini bemalol tuza oladi. Protsessor dasturlash tilida yozilgan dasturni to‘g‘ridan – to‘g‘ri tushunmaydi.
Buning uchun dasturni protsessor tiliga tarjima qiladigan (raqamli o‘tkazib beruvchi) tarjimon tili –translyatordan foydalaniladi. Tarjimon tilining ikkita turi mavjud: kompilyator va interpretator . Kompilyator dasturlash tilida yozilgan dastur kodini to‘laligicha o‘qib , mashina kodiga tarjima qiladi va tarjima natijalarini bajariladigan yaxlit bitta faylga yig‘adi. Interoretator dasturlash tilida yozilgan kodni bosqichma -bosqich mashina kodiga aylantirib , tahlil qiladi va berilgan buyruqlarni ketma- ketlikda bajaradi.
Agar xatolik sodir bo‘lsa, o‘sha zahoti xabar beradi. Dasturlash tillari juda ko‘p bo‘lib, ularning har biridan o‘ziga xos masalalarni yechishda foydalanish mumkin. Quyida ularning eng mashhurlari haqida ma’lumotlar bilan tanishamiz. C kompyuter operatsion tizimlarini yozish uchun mo‘ljallangan til. JAVASCRIPT interfaol web- saytlarni yozish uchun mo‘ljallangan til. SCRATCH dasturlarni o‘rganish uchun eng qulay vizuallashgan dasturlash tili.
JAVA kompyuter, mobil telefon va planshetlar uchun mo‘lljallangan dastur yozuvchi til. PHP dinamik web-saytlar yaratish uchun mo‘lljallangan til. PYTHON turli masalalarni yechish, sun’iy intellekt tizimlari uchun mo‘lljallangan dasturlash tili. Aksariyat dasturlash tillari, xususan, C++ , C#, Pascal , Java, Python va boshqalar integrallashgan dasturlash muhiti (IDE)ga ega. IDE ( Integrated Development Environment- integrallashgan dasturlash muhiti)- dasturiy ta’minot yaratish uchun dasturiy vositalar majmui. Dasturlash tillari ishlash muhiti va qulayliklari bilan bir-biridan farqlanadi.
Bir xil turdagi ishni bajaradigan dasturlarni Basic, Pascal, C va boshqa tillarda yozish mumkin. Pascal, Fortran va Kobol tillari universal tillar hisoblanadi, C va Assembler tillari mashina tiliga ancha yaqin tillar bo‘lib, quyi yoki o‘rta darajali tillardir. Algoritmik til inson tillariga qanchalik yaqin bo‘lsa, u tilga yuqori darajali til deyiladi. Mashina tili esa eng pastki darajali tildir. Mashina tili bu sonlardan iboratdir, Masalan: 010110100010101. Dasturlash tillari 2 ta katta guruhlarga bo‘linadi, quyi va yuqori darajali dasturlash tili. Quyi darajali dasturlash tili ancha murakkab bo‘lib ular juda maxsus sohalarda ishlatiladi va ularning mutaxassislari ham juda kam. Chunki quyi dasturlash tillari (masalan: assembler) ko‘pincha miktoprotsessorlar bilan ishlashda kerak bo‘lishi mumkin. Odatda turli dasturlash ishlari uchun yuqori darajali dasturlash tilidan keng foydalaniladi. EHM (Elektron Hisoblash Mashinasi) endi yuzaga kelgan paytda programma tuzishda, faqat mashina tillarida, ya’ni sonlar yordamida EHM bajarishi kerak bo’lgan amallarning kodlarida kiritilgan. Bu holda mashina uchun tushinarli sanoq, sistemasi sifatida 2 lik, 6 lik, 8 lik sanoq sistemalari bo‘lgan. Programma mazkur sanoq sistemasidagi sonlar vositasida kiritilgan. Yuqori darajali dasturlashda, mashina tillariga qaraganda mashinaga moslashgan (yo‘naltirilgan) belgili kodlardagi tillar hisoblanadi.
Belgilar kodlashtirilgan tillarning asosiy tamoyillari shundaki, unda mashina kodlari ularga mos belgilar bilan belgilanadi, hamda xotirani avtomatik taqsimlash va xatolarni tashhis qilish kiritilgan. Bunday mashina moslashgan til - ASSEMBLER tili nomini oldi. Odatda dasturlash yuqori saviyali dasturlash tillari (Delphi, Java, C++, Python) vositasida amalga oshiriladi.
Bu dasturlash tillarining semantikasi odam tiliga yaqinligi tufayli dastur tuzish jarayoni ancha oson kechadi. Biz hozir biladigan va ishlatadigan tillarning barchasi insonga ’’tushunarli” tilda yoziladi. Ingliz tilini yaxshi biluvchilar programma kodini qiynalmasdan tushunishlari mumkin. Bu guruhga Fortran, Algol, C, Pascal, Cobol va h.k. tillar kiradi(ko‘pchiligi hozirda deyarli qo‘llanilmaydi).
Eng birinchi paydo bo`lgan tillardan to hozirgi zamonaviy tillargacha ishlatish mumkin. Lekin, hozirgi web texnologiya orqali ishlaydigan tillarda(PHP, ASP.NET, JSP) bunday dasturlar tuzilmaydi. Chunki bunday dasturlarning ishlashi uchun yana bir amaliy dastur ishlab turishi kerak. Hozirda, amaliy dasturlar, asosan, Visual C++, C#, Borland Delphi, Borland C++, Java, Phyhon kabi tillarda tuziladi. Quyidagi jadvalda dasturlash tillarining yaratilgan yili va yaratuvchilari haqida ma’lumotlar keltirilgan.


Download 112.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling